Scientific Journal Impact Factor
O
IS'HOQXON TO'RA IBRAT SHOIR VA OLIM, NOSHIR VA PEDAGOG,
DIN ARBOBI VA TARJIMON
Ro'ziyeva Nasiba Kenjayevna
SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti "Gumanitar fanlari" kafedrasi mudiri, fransuz tili o'qituvchisi
Is'hoqxon To'ra Ibrat shoir, tarixnavis, tilshunos va islomshunos sifatida o 'zidan boy meros qoldirgan. Xatning o 'n yetti turida qalam yurgizgan mohir hattot, o'z nomida "Matbaai Is'hoqiya"ni tashkil etgan birinchi o'zbek noshirlaridan. "Jom'e ul-hutut" dunyoda mashhur bo'lgan 41 xil yozuv tizimi haqida, shu jumladan, arab xatining suis, tavqe', rayhon, zulf, humoyun, turra kabi shakllari haqida ma 'lumot beradi vashu bilan birga, unda husnixat san 'atiga oid fikrlar bildiriladi. Ibrat ushbu asarida rus tili bilan bir qatorda ingliz, fransuz, nemis, lotin kabi chet tillarni o 'rganish ilm-fan va madaniyatni egallashda katta rol o 'ynashini ta'kidlaydi. U to'rt tilni, ya'ni arab, fors, hind-urdu va ingliz tilini mukammal o'rgandi.Chet ellarda u Sharq va Garb xalqlari hayoti, madaniyati va san'atini muqoyasa etish imkoniga ega bo'ldi. Yevropaning ilg'or ilm fanini yaqindan o 'rgandi, ilmiy asarlari uchun qimmatli materiallar to 'pladi. U Sharq xalqlari tillari bilan bir qatorda G'arb xalqlari tillarini bilish zarur deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz tilini, shu bilan birga eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o 'rgandi. Bu haqida zamondoshi Ibrohim Davron shunday yozadi: "Fazoili insoniyadin maoda qozi to'ra (Is'hoqxon) janoblari turkcha, forscha, hindcha, ruscha lison bilib, yana ruscha, fransuzcha, armanicha va boshqa xatlaryozmoqqa mohirdurlar"("Turkiston viloyati gazetasi" 1908,56-son)
Kalit so'zlar. Matbaai, suls, tavqe', rayhon, zulf, humoyun, turra, insoniydan, avon (vaqt, davr), akobir (eng ulug'lar) ansab (munosib, loyiq, arz (yer), aqbo (qiyinchilik), ahkom (nizom, yo'l-yo'riq), bazla (yoqimli so'z), ahodis (hodisalar), ahsan (go'zal), dabiston (maktab), vola (maftun, shaydo), mabda' (boshlanish), zabar (ust, ustki), fuzalo (fozil kishilar).
Is 'hakkhan Tora Ibrat left a rich legacy as a poet, historian, linguist and Islamic scholar. He is one of the first Uzbek publishers to write Matbaai Ishaqiya under his own name. "Jom'e ul-Hutut" provides information on 41 world-famous writing systems, including the Arabic forms suls, tavqe, rayhan, zulf, humoyun, turra. Opinions are expressed. In this work, Ibrat emphasizes that the study of foreign
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
О
languages, such as Russian, English, French, German, and Latin, plays an important role in the acquisition of science and culture. He was fluent in four languages: Arabic, Persian, Indo-Urdu and English. Abroad, he was able to compare the life, culture and art of the peoples of the East and the West. He studied the advanced sciences of Europe and collected valuable materials for his scientific works. He considered it necessary to know the languages of the peoples of the East as well as the languages of the peoples of the West, and studied French in Arabia, English in India, as well as the most ancient Phoenician, Jewish, Syrian, and Greek scripts. His contemporary Ibrahim Davron writes: "Mr. Fazoili insoniyadin maoda qazi tora (Ishaqkhan) knows Turkish, Persian, Hindi, Russian and is good at writing letters in Russian, French, Armenian and other languages" ("Turkistan Provincial Newspaper") 1908,56-son)
Keywords. Matbaai, suls, tavqe ', rayhan, zulf, humoyun, turra, insoniydan, avon (time, period), akobir (the greatest) ansab (worthy, worthy, arz (earth), aqbo (difficulty), ahkom (regulation) , guidance), bazla (pleasant word), ahodis (events), ahsan (beautiful), dabiston (school), vola (charming, shaydo), ideology (beginning), zabar ( ust, ustki), fuzalo (fozilpeople).
Исхакхан Тора Ибрат оставил богатое наследие как поэт, историк, лингвист и исламский ученый. Он один из первых узбекских издателей, написавших «Матбаи Исхакия» под своим именем. «Джоме улъ-Хутут» предоставляет информацию о 41 всемирно известной системе письма, включая арабские формы сулъс, тавке, райхан, зулъф, хумоюн, турра. Мнения высказываются. В этой работе Ибрат подчеркивает, что изучение иностранных языков, таких как русский, английский, французский, немецкий и латынъ, играет важную роль в приобретении науки и культуры. Он свободно говорил на четырех языках: арабском, персидском, индо-урду и английском. За границей он смог сравнить жизнъ, культуру и искусство народов Востока и Запада. Он изучал передовые науки Европы и собирал ценные материалы для своих научных работ. Он считал необходимым знатъ языки народов Востока, а также языки народов Запада, изучал французский в Аравии, английский в Индии, а также древнейшие финикийские, еврейские, сирийские и греческие языки. скрипты. Его современник Ибрагим Даврон пишет: «Г-н Фазойли инсониядин маода кази тора (Исхакхан) знает турецкий, персидский, хинди, русский язык и хорошо пишет письма на русском, французском, армянском и других языках» («Туркестанская провинциальная газета») 1908 г., 56-сын)
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
о
Ключевые слова. Матбаи, сулс, тавке ', райхан, зулъф, хумоюн, турра, инсонийдан, авон (время, период), акобир (величайший) ансаб (достойный, достойный, арз (земля), акбо (трудность), ахком (регулирование), руководство), базла (приятное слово), аходис (события), ахсан (красивый), дабистон (школа), вола (очаровательный, шайдо), идеология (начало), забар (устъ, устки), фузало (народ фозил).
Is'hoqxon to'ra Ibrat shoir va olim, noshir va pedagog, din arbobi, tarjimon va islohotchi sifatida umrini vatan va millat manfaatiga qaratdi. Shu bois uning boy madaniy merosini mamlakatimizda, hatto yaqin va uzoq xorijda ham keng o'rganilmoqda. Shoirning tarjimai holini to'laroq yoritishda uning "Lug'ati sittati alsina", "Jom'e ul-hutut", "Tarixi Farg'ona", "Mezon-uz-zamon", "San'ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy" kabi ilmiy,pedagogik hamda badiiy asarlaridagi ma'lumotlar, Ibratni yaqindan bilgan zamondoshlarining xotiralari va o'sha davr vaqtli matbuotida e'lon qilingan Is'hoqxon Ibrat haqidagi maqolalar muhim o'rin tutadi.
Is'hoqxon Ibrat 1862 yil Namangan yaqinidagi To'raqo'rg'on qishlog'ida tug'iladi. Uning ota- onalari Junaydullaxo'ja va Huribibi davrining o'qimishli kishilaridan bo'lganlar. Is'hoqxon dastlab hijo usuliga asoslangan qishloq maktabida o'qidi, ammo onasining qo'lida savod chiqardi. Bu haqida o'zi shunday yozadi: "Avvalgi vaqtdagi mahalla maktabida 5 yilda 3 adad muallimda o'qub, oxiri savodim chiqmay, keyin qizlar maktabida, o'z uyimda volidai marhumamdan o'qub savod chiqardim. Ikki sana qiblagohimdan husnixat mashq etdim"
Adabiyot va san'atga zo'r muhabbat qo'ygan Isxoqxonni o'qishni davom ettirish uchun Qo'qonga yuboradilar. U XIX asr boshlarida barpo etilgan Muhammad Siddiq Tunqator madrasASIGA 1878 yili o'qishga kiradi.Is'hoqxon Ibratning Qo'qon madrasasida tahsil olgan yillari (1878-1886) o'zbek adabiyotida, madaniy hayotida, maorifda tub sifat o'zgarishlar sodir bo'layotgan davrga to'g'ri keladi.U Qo'qon adabiy muhitining yirik namoyondalari Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavqiy, Nodim, Haziniylar bilan yaqin aloqada bo'lgan, adabiy mushoiralarda ishtirok etgan. Is'hoqxon Ibrat madrasada beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi. U o'qish davomida buyuk sharq olimlari asarlarini mustaqil ravishda qunt bilan mutolaa qildi va arab, fors var us tililarni chuqur o'rgandi.
U rus va o'zbek tillarida chiqadigan Turkistonning ilk gazetalari "Turkiston viloyatining gazetasi", "TypKecraHCKHeBegoMOCTH" hamda Turkiston o'lkasida yangi
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
tarqala boshlagan Ismoilbek Gasparalining "Tarjimon" gazetasi bilan birinchi marta Qo'qon madrasasida o'qib yurgan kezlarida tanishdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Is'hoqxon to'ra Ibrat 1886 yili Qo'qon madrasasini tugatib, o'z qishlog'i To'raqo'rg'onga qaytib keladi. O'z faoliyatini ilg'or maorifchi sifatida ma'rifat tarqatish bilan boshlaydi,o'sha yili o'z qishlog'ida maktab ochadi. Uning maktabi "usuli qadim", ua'ni hijo metodiga asoslangan maktablardan birmuncha farq qilar edi. Ibrat Qo'qonda o'qib yurgan vaqtlaridayoq o'lkada ochilayotgan rus maktablaridagi o'quv usullarining mahalliy maktablarda hukm surayotgan quruq yodlash usulidan ustunligini sezgan edi. Is'hoqxon to'ra Ibrat o'z maktabiga nisbatan ilg'or bo'lgan tovush (savtiya) usulini tadbiq qildi va "usuli savtiya"ni eski metod tarafdorlaridan himoya qildi. Biroq bu maktabida uzoq ishlay olmadi. Ayrim johil mutaassiblar uning maktabini "kofirlar maktabi" deb e'lon qilib, xalq bolalarini bu maktabdan qaytarishga harakat qildilar. Hatto general-gubernatorlik amaldorlar yordamida maktabni yoptirishga muvaffaq bo'ldilar.
Ibrat o'zining "Lo'g'ati sittati alsina", "Jom'e ul-hutut", "Tarixi Farg'ona" asarlarida yozishicha, 1887 yili, ya'ni 25 yoshida onasini Makkaga, haj ziyoratiga olib boradi. Biroq onaizoriga o'z vataniga qaytish nasib etmadi.Onasi Huribibi Jidda shahrida o'pka shamollash kasali bilan vafot etadi.
Is'hoqxon to'ra Ibratning Sharq mamlakatlariga safarga chiqishdan asosiy maqsadi, birinchidan, onasini hajga olib boorish haqidagi iltimosini qondirish bo'lsa, ikkinchidan, chet el xalqlari hayoti, madaniyati bilan yaqindan tanishish, bu mamlakatlarni o'z ko'zi bilan ko'rish istagi edi: "...Umrum naqdini havas bozorida kechirmak taqozosi-la o'lub, sinnim yigirma besh kechmish ekan, havoi taqozoi muhtarama dushub sayohat etdurn...."(HcxoKxoH Hôpar. .HyraracHTTaraancHHa. T,:HnbHHTHnorpa$nacH, 1901, 2-6eT)
Is'hoqxon to'ra Ibrat onasini Jidda shahrida dafn etib,Sharq mamlakatlari bo'ylab sayohatni davom ettirdi. Shu bilan birga, u Istambul,Sofiya,Afma, Rim kabi Yevropaning markaziy shaharlarida bo'ldi. Ancha vaqt Afg'onistonning Kobul Arabistonning Jidda kabi katta shaharlarida istiqomat qildi. Makka shahridan Qizil dengiz va Hind okeani orqali Hindistonga keldi. 1892-1896 yillarda Hindistonning eng katta port shaharlaridan, Bombey va Kalkuttada yashadi. Bu yerda ko'p ishlatiladigan arab lisonni, ya'ni to'rt tilni: arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o'rgandi
Is'hoqxon Ibrat bu mamlakatlarda Yevropa usulidagi shaharlar, ulardagi
madaniy hayot va texnika yangiliklari bilan tanishdi va zamonaviy fan yutuqlarini
681
Scientific Journal Impact Factor
О
egallash uchun G'arb tillarini bilish zarur ekanligini yaxshi angladi. Lekin bu madaniy hayotdan bahramand bo'la olmayotgan, mustamlaka zulmi ostida azob chekayotgan arab, hind va boshqa Sharq xalqlari hayoti uni iztirobga soldi. Is'hoqxon o'z vatanida ko'rgan mustamlaka zulmining og'ir dahshatlarini chet mamlakatlarda ham ko'rdi, hamma mustamlaka mamlakatlarda xalq hayoti bir xilda og'ir ekanligini tushundi. Is'hoqxon Ibrat chet ellarda olim va fozil kishilar bilan, ular qaysi dinga yoki millatga mansub bo'lishidan qat'iy nazar, yaqin aloqada bo'ldi. "Har bir lison safar ahlina yuz oltin barobarinda" (Is'hoqxon Ibrat, "Jom'e ul-hutut", Namangan, Matbaai Isxoqiya, 1912, 5-bet) ishlatilganligini tushungan ma'rifatparvar chet tillarni o'rganishga katta e'tibor berdi: "Har bir zavvor va ahli fazl kishini ko'rsam, kayfiyat va ta'limot maollarini andin so'radim" ("Туркестанскиеведомости", 1900, 7(20) декабрь, 98- son)
Lug'ati sittati alsina
XX asr boshlarida Chor hukumati mustamlakachilik siyosatining avjiga chiqishi mahalliy aholi o'rtasida rus tiliga bo'lgan ehtiyojni oshirdi. Rus -tuzem maktablari, "usuli savtiya" maktablari o'lkaning katta-katta shaharlaridagina emas, balki qishloqlarda ham ochila boshladi. Bunday maktablarda dunyoviy fanlar, ona tili bilan bir qatorda rus tili ham o'qitilar edi. Zamon talablarini yaxshi tushungan ilg'or fikrli kishilar o'z farzandlarini bunday maktablarga bera boshladilar. Lekin o'quvchilar uchun rus va xorijiy tillarni mustaqil o'rganuvchilar uchun darslik va qo'llanmalar yetishmas yoki yo'q darajada edi. Toshkentdagi kitob do'koni xo'jayinlaridan birining "Туркестанскиеведомости" gazetasida e'lon qilingan quyidagi so'zlari ushbu fikrni tasdiqlaydi: " Shu kunlarda shaharliklar o'rtasida rus tiliga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Toshkent kitob do'koni xo'jayini shikoyat qilayapdiki, "sartlar(o'zbeklar) hech tinchlik bermayapdi, Ruscha o'rganish uchun sart tilida yozilgan biror darslik bormi?"-deb so'rab kelishaverib jonga tegdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yerli o'troq aholining til o'rganishga qobiliyati kuchli"
Rus tili bilan bir qatorda o'nga yaqin Sharq va G'rb tillarini ancha mukammal bilgan Is'hxoqxon Ibrat bu muhim masalada o'z xalqiga yordam qo'lini cho'zadi. U olti tildagi: arabcha, farscha, hindcha, turkcha, sartcha(o'zbekcha) va Ruscha so'zlarni o'z ichiga olgan "Lug'ati satti alsina" (olti tilli lug'at) nomli lug'at kitobini yaratadi. Isxoqxon to'ra Ibrat mazkur asarni yaratar ekan, birinchi galda rus tiliga qiziquvchilarni ko'zda tutgan. Bu hol kitobning birinchi betidanoq ko'zga tashlanadi. Muallif Ruscha yozuv tizimini bilmaydiganlarga ham qulay bo'lsin uchun rus so'zlarini ham arab yozuvi bilan beradi. Ma'lumki, rus va Yevropa so'zlarini arab
Scientific Journal Impact Factor
o
yozuvida ifodalash ancha murakkab bo'lsada, Ibrat bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshiradi.
Kitob qo'lyozma holidayoq qo'ldan- qo'lga o'tib, nashr etilmasdanoq ziyolilar undan foydalanishga, ko'chirib olishga muvaffaq bo'lganlarRus tilini o'rganish istagidagi o'zbek ziyolilari, "usuli savtiya" maktablari o'qituvchilari bu asarning yaratilishidan xursand bo'ldilar,ko'p nusxada chop etilishini sabrsizlik bolan kutdilar. Kitob bilan qo'lyozmaligadayoq tanishgan shaxsning quyidagi so'zlari buni tasdiqlaydi: "Ushbu ovoni hayriyanishonda Namangan uezdiga tobe' To'raqo'rg'on qozisi janob Is'hoqxon o'z tab'laridan chiqarib, "Sittati alsina" degan olti lo'g'atlik kitob tasnif qilib,bosmaxonaga yuboribdurlar. Mazkur olti lo'g'at: arabiy,forsiy,turkey,sartiy,hindiy va Ruscha kitoblarni alhol iboralarni durust va tashihlab ko'rub turubdurmiz.Albatta oning bosilmog'iga ijozat berilub,nechand nusxalar bosilib chiqsa kerak. Lekin aksar ibora va lo'g'atlari tashih tag'yir bo'lindi.Xususan,rusiya lo'g'atlarini musulmoniya huruflari ilan yozmoq xo'b qiyin dushvor uchun ul Ruscha yozilg'on iboralarni ko'proq tag'yir berildi va mazkur "Sittati alsina" degan janob qozining ixtiro qilgan lo'g'at kitoblari garchand kichik bo'lsa ham, bizning Turkiston viloyatimizda sartiyalardan chuncha til bilib, bul tariqa kitob va lo'g'at tasnif qilgan odam yo'q edi.Binobarin,ul janob qozining bosma uchun yuborgan tasnif aylagan lo'g'at kitoblarini ko'rub, bosma qilmoqqa ijozat berilsa kerak, deb umid aylab gazetga yozduk. Ul lo'g'atni ko'b ko'rub o'qidim. Aning uchun bu so'zni men to'qidim " (Turkiston viloyati gazetasi, 1901, 4 avgust, 30- son )
Olimning ushbu asari XIX asrning 90- yillari o'rtalaridayoq, muallifning chet el safaridan qaytib kelishi bilan tugatilgan bo'lsada, lekin mahalliy mualliflar asarlarining ta'qib ostiga olinishi(^H3ypa) tufayli asar ancha kechikib -1901 yili bosmadan chiqdi.
"Lo'g'ti sittati alsina" bir necha yillik sarguzashtlardan so'ng 1901 yili Toshkentdagi V.I.Il'in bosmaxonasida nashrdan chiqdi. Is'hoqxon to'ra ushbu asarni yaratishda ancha vaqt ilmiy ish olib bordi, chet ellarda bo'lib, material to'plaid. Asar kichik muqaddima bilan boshlanadi. Unda muallif mazkur asarni yaratish uchun bir necha yil material to'plagani, keying avlodlarga "bir nishon" qoldirish maqsadida kitob holiga keltirgani,asarning tuzilishi, tartibi haqida gapirdi: "sayohat etdugum vaqtlarida"
Afg'oniston, Hindiston va Forsiston shaharlari sayohatida bir lison safar ahlina yuz oltun barobarida ishladiki, biza mushohada bo'lib, lisonlar tahsilig QO'SHISH EDUB, va ham dahr ahlina bir nishon qoldirmak fikri birla bir necha muddati madid
Scientific Journal Impact Factor
о
bu kitob tadvinina jastijo' edub, bo'la bir kitob suratinda xalqg'a namudor etdim va ham olti lisondan murakkab o'idug'u uchun, "Lo'g'ati sittati alsina" tasmiya edub,ikki jildi la tartib etdum.(Is'hoqxon Ibrat, Lo'gati sittati alsina,1901,2-3 betlar)
Lug'at olti tillik,ancha murakkab, o'zbekcha so'zlarning qarshisida arabcha, forscha, turkcha,hindcha va Ruscha tarjimalari beriladi.U mingdan ortiq so'zni o'z ichiga olib,53 betdan iborat, ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qism- alifbo tartibida tuzilib,har qaysi harfga alohida kichik- kichik bobchalar ajratilgan. Bu qismda fe'llarning noaniq va kelasi zamon shakllari avval forscha, keyin arabcha,turkcha, sartcha (o'zbekcha) hindcha va Ruscha tarjimalari beriladi.
Is'hoqxon Ibrat mazkur asarga material to'plar ekan, jonli tilda ko'p qo'llaniladigan eng faol so'zlarni kiritishga alohida e'tibor berdi.Unda iste'mioldan chiqib ketayotgan arxaik so'zlarni deyarli uchratmaymiz,lo'gatni keng xalq ommasiga tushunarli bo'lgan arab yozuvida yaratdi.
Is'hoqxon Ibrat bilim doirasining ancha kengligi bilan ham zamondosh shoirlar va olimlardan ajralib turadi.U ko'plab Sharq va G'rb olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishgan. Tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, uning shaxsiy kutubxonasida rus va o'zbek tilidagi mahalliy gazeta, jurnal boylamlari kitoblaridan tshqari Rossiyada nashr etilgan "Нива", «ЛитературнаяНива», kabi adabiy jurnallar boylamlari, "Turkcha - fransuzcha lo'g'at", V. Nalivkin, M. Nalivkinalarning "Сартовскорусскийсловарь", "Русскосартовскийсловарь", "Краткая история Кокандскогоханство" asarlari, V.V. Bartold, V.V. Radlov, G.Vamberi kabi atoqli sharqshunos olimlarning o'nlab asarlari bo'lgan. Bular Ibratning Yevropa tillari va adabiyoti, rus va jahon sharqshunoslarining ilmiy asarlari bilan qiziqqanligidan, ularni mukammal o'rganganligidan dalolat beradi.
Is'hoqxon chin qalbdan o'z xalqining ilimli,ma'rifatli bo'lishini istadi va bu istagini amalga oshirishda bilimini, kuch-g'ayratini ayamadi. U 1916 yilda yozilgan "Tarixi madaniyat" asarida xabar berishicha, keying 20 yil Ichida 14 ilmiy- tarixiy, lingvistik asarlar va 30 yillik nazmiy ijodining majmui bo'lmish "Devoni Ibrat" she'rlar to'plamini yaratdi. Uning tilshunoslikka oid "Lo'g'ati sittati alsina", "Jome' ul-hutut" asarlaridan tashqari tilshunoslikka oid "Tarixi Farg'ona", "Tarixi madaniyat", "Mezon uz- zamon" asarlari bizgacha yetib kelgan.
Quyida Ibrat qalamiga mansub g'zallardan namunalar keltirdim va tatarjima qilishga harakat qildim:
XULOSA
GAZET XUSUSIDA
Gazetdur jahon ahliga bir lison,
684
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Muayyan erur anda yaxshiyu- yomon. Gazet ko'rmagan,bexabar xalqlar Misli o'lgandur va yo uxlagon.
Dedi bir kishi menga: "Bid'at gazet", Dedim: "Qayda qoldiki, eski zamon ?" Ajib so'filar,ajib so'filar, Gazet onlarga bid'at,nodurust.
Halol o'rniga kechdi g'iybat degan, Takalluf tamoq rasmi odat ekan. Bular topsa erdiki ilmu adab, Demas erdi bu xil so'zi bo'lmag'on.
Gazet amru ma'ruf etar xalqg'a, Yozar xo'b xabarlarni etmay nihon. Xabarni yozilgani avlo turar, Og'izdin birovdin eshitgan bilon.
Yozing ilmu axloqu fanni maqol, O'qub bo'lsun, Ibrat olib bilmag'on
REFERENCES
1. Mirahmedova, S. N. (2021). IS'XOQXON IBRAT ASARLARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY QARASHLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 2(5), 770-778.
2. Axrorova, U. X. (2021). NAMANGAN MADANIY-MA'RIFIY HAYOTIDA IS'HOQXON IBRAT MAKTABINING O'RNI. Scientific progress, 2(1), 1087-1093.
3. Алиназарова, Д. В. (2019). NAMANGANDA VAQTLI MATBUOTNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXIDAN. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, (20).
4. Teshayev, A. T. O., & Boboqulov, O. (2021). TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARINING FAOLIYATI (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI). Scientific progress, 2(3), 269-275.