Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNING TURLI TARMOQLARIDA YOSHLAR HUQUQLARI MASALALARINING DOLZARBLIGI'

IQTISODIYOTNING TURLI TARMOQLARIDA YOSHLAR HUQUQLARI MASALALARINING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ilg’or infrotuzilma / konvensiya / BMT assambleyasi / mehnat bozori / kichik biznes / Demografik dividend / logistika gender tenglik kolloboratsiya.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Amanullayev Bekzod Botirovich

Yurtimizdagi yoshlarning huquqlari ularga berilgan imkoniyatlar. Davlatmiz tomonidan yoshlarga siyosat darajasidagi e’tibor, ularning kelajagi uchun tuzilayotgan rejalar, yoshlar o’rtasida gendertenglik tushunchasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNING TURLI TARMOQLARIDA YOSHLAR HUQUQLARI MASALALARINING DOLZARBLIGI»

IQTISODIYOTNING TURLI TARMOQLARIDA YOSHLAR HUQUQLARI MASALALARINING DOLZARBLIGI Amanullayev Bekzod Botirovich

Toshkent shahar chilonzor tumani 126-maktab 11"a sinf o'quvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10876139

Annontasiya. Yurtimizdagi yoshlarning huquqlari ularga berilgan imkoniyatlar. Davlatmiz tomonidan yoshlarga siyosat darajasidagi e 'tibor, ularning kelajagi uchun tuzilayotgan rejalar, yoshlar o'rtasida gendertenglik tushunchasi

Kalit so'zlar: Ilg'or infrotuzilma, konvensiya, BMT assambleyasi, mehnat bozori, kichik biznes, Demografik dividend, logistika gender tenglik kolloboratsiya.

Abstract. The rights of young people in our country are the opportunities given to them. Policy-level attention to youth by our state, plans for their future, concept of gender equality among youth.

Aннотация. В нашей стране права молодежи - это возможности, предоставленные ей. Политика внимания нашего государства к молодежи, ее планы на будущее, концепция гендерного равенства среди молодежи.

"Bashariyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanish tajribasi shundan dalolat beradiki, har qanday davlatning kelajagi hamisha yosh avlodga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib kelgan", -deydi. A.Saidov (yuridik fanlar doktori) - Chunki aynan 18-30 yosh oralig'idagi navqiron insonlarning kreativ, ya'ni zamonaviy fikrlashi , bemisl shiddat - shijoat ijtimoiy mas'uliyatni his etib yashashi , puxta bilim olganligi va muayyan kasb-korni egallaganligini har qanday demokratik jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega Davlatning kelajagini iqtisodiy rivojlanishsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Negaki, rivojlangan mamlakat yoki yuqori daromadli mamlakat— nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirilganda iqtisodiy hayot darajasining ancha yaxshiligi, yuksak taraqqiy qilgan iqtisodiyot sohibi ekanligi va texnologik jihatdan ilg'or infratuzilmaga egaligi bilan ajralib turadigan suveren davlatdir. Hozirgi kunda o 'z ustida ishlayotgan, kreativ yosh kadrlarga alohida e 'tibor qaratilmoqda. Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish g'oyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. U-Report, Inson huquqlari milliy markazi bilan birgalikda, ushbu Konvensiya loyihasi haqida yoshlarning fikrini bilish uchun so'rov o'tkazdi.

So'rov natijalari joriy yilning 12-13 avgust kunlari BMT Bosh kotibi, YEXHT, O'zbekiston hukumati, BMT agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar va mamlakat vakillari ishtirok etgan inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumida taqdim qilindi.

Konvensiyaning maqsadi - yoshlarning huquqlari, erkinliklari, qiziqishlari, ehtiyojlarini belgilash va ularni amalga oshirish bo'yicha davlatlarning majburiyatlarini ta'minlash.

So'nggi o'n yilliklar tajribasi shuni aniq ko'rsatadiki, shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda, asosiy ulushi yoshlar bo'lgan, inson kapitali va innovatsion salohiyatni jadal rivojlantirish, samarali to'plash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan davlatlar ustunlikka ega bo'ladi.

So'rovda mamlakat bo'ylab 10 mingdan ortiq respondentlar qatnashgan, ularning 37%i ayol respondentlardir.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kirib kelgan yangi 2024-yilni "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash" yili deb e'lon qilgan.

Bu borada yoshlarning ongli fikrlab, salohiyatli kadr bo'lishi ko'zda tutilar ekan, yoshlarning huquqlarini ta'minlash eng kerakli ish hisoblanadi. Davlatimiz rahbari BMT bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon hamjamiyatini "BMTning yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi" ni qabul qilish bo'yicha O'zbekistonning tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Butun jahonda yoshlar huquqlari to'g'risidagi masalalar tobora dolzarblashmoqda. O'zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasida yoshlar huquqlarini kafolatlash tasdiqlangan.Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Hozirgi kunda yurtimizda yoshlar uchun o'z huquqlaridan kelib chiqqan holda turli imkoniyatlar mavjud. Bu borada misol tariqasida aytib o'tish joizki - "2024-yil 1-martdan" boshlab iqtidorli va iste'dodli jumladan, individual yondashuvga muhtoj yoshlar vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatlar, oliy o'quv yurtlari rahbarlariga biriktiriladi.

Bu biz yoshlar uchun tajriba oshirish va keng doirada fikrlashimizga katta yordam beradi. Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19 million 600 ming nafardan ziyodni tashkil qilmoqda. Mehnat bozoriga har yili o'rtacha 600 ming nafar yoshlar kirib kelayotgani hisobga olinsa, kelgusi 10 yilda bu raqam 1 millionga yetadi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yoshlar huquqlari masalasi ko'tarilar ekan, huquqlarimiz ichida juda katta imkoniyatlar mavjud. Yosh tadbirkorlar kichik biznes boshlamoqchi bo'lsa O'zbekistonda 2024-yildan kichik biznes uchun har bir tadbirkorga 1,5 mlrd so'mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

13.11.2023, 17:33 33839

Prezident qarori bilan O'zbekistonda Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash kompleks dasturi amalga oshiriladi. Hujjatda tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartiblari aks etgan.

Yangi O'zbekistonni ulkan choqqilarga yetaklovchi, qisman olib chiquvchi yoshlar hisoblanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori mavjud.

Kelgusi besh yillikda (2020-2025) yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar "demografik dividend"ga ega bo'lishga, ya'ni mamlakatning qisqa muddatda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishiga zamin yaratadi. Qisqa muddatda iqtisodiyotni yuqori saviyaga olib chiqish bu davlat manfaatini oshiradi.

Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish; masalasi ham ko'tarilgan. Iqtisodiy imkoniyat kengaytirilishida ta'limning roli ham juda muhim. Yoshlarga maktab va Universitetlarda o'z huquqlaridan maksimal darajada foydalana olishini Inobatga olgan holda huquq fanini yanada yaxshiroq o'zlashtirishga e'tibor qaratilsa, Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga foyda keltiradi.

Ayni damda ko'plab yoshlar qiziqib o'rganayotgan soha - Logistika. Logistika iqtisodiyotning "raqamli iqtisodiyot" turiga kiradi. Logistika— tovar va ma'lumotlar oqimini ishlab chiqaruvchidan to oxirgi iste'molchigacha bo'lgan barcha bosqichlarida boshqarishni optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Logistikaning maqsadi xarajatlarni kamaytirish va korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishdir.

Ayni damda yurtimizda logistika sohasidagi "dispetcher" lavozimini yosh jihatidan ko'proq yoshlar egallagan.

Yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish yo'nalishida:

mazkur sohadagi yoshlarga oid davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yosh xotin-qizlar va erkaklarda teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish bo'yicha dasturlarni amalga oshirish;

jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishini ta'minlash;

ta'lim, ilm-fan, madaniyat, sog'liqni saqlash, tadbirkorlik faoliyatida yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Ushbu olib borilayotgan ishlar bizda "gender tengligi " bor ekanini ko'rsatadi. (Gender tengligi) erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik - bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha. O 'zbekistonda gender tengligi bu yoshlarning huquqlarini yanada oshiradi va iqtisodiy taraflama ustunlik beradi. O'zbekiston Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun 2024" indeksida eng ilg'or o'zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi.

Hisobotda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yo'lidagi jahon taraqqiyoti baholanadi. Hujjat 190 ta davlatda, jumladan, O'zbekistonda ayollarning ahvolini 10 ta ko'rsatkich: "xavfsizlik", "harakatlanish erkinligi", "bandlik", "mehnatga haq to'lash", "nikoh", "ota-onalik", "bolalarni parvarishlash", "tadbirkorlik", "mulkni boshqarish" va "pensiya ta'minoti" bo'yicha baholovchi indeksni o'z ichiga oladi.

Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasining ma'lum qilishicha, "Ayollar, biznes va qonun" hisobotining oxirgi nashri 2022-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 1-oktyabrgacha bo'lgan davrda mamlakatlar qonunchiligidagi tegishli o'zgarishlarni baholyadi. Bu davrda dunyodagi atigi 18 ta davlat yoki indeksda baholangan davlatlarning 10 foizidan kamrog'idoiyuqoridagi ko'rsatkichlar doirasida ayollarning mavqeyini yaxshilagan huquqiy islohatlarni amalga oshiradi. Yosh yigitlar va ayollar o 'z huquqlaridan, imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanib yurtimiz kelajagini samarali qo'llab-quvvatlash va hamkorlik madaniyatini yaratish borasida birgalikda "Kolloboratsiya" qilsa davlat manfaatini yanada oshirishga hissa qoshgan bo'ladi.

Kolloboratsiya (collaboration) tushunchasi, turli kuchlar, shaxslar tashkilotlar yoki tuzilmalar o'rtasida birgalikda ishlash va faol bo'lishni ifodalovchi bir tavsifdir

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir yosh fuqaroning ortida davlat turibti.Yoshlarning ilm o'rganishida va kuchli kadr bo'lib yetishishida, huquqlarining himoyalanishida yangi rejalar, yangi ishlar olib borilmoqda. Bu borada biz yoshlarning qiladigaqn ishlarimiz va qanday " pozitsiya" da bo'lishimiz juda muhim rol o'ynaydi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, bugungi kunda biz yoshlarga berilayotgan kata imkoniyatlardan o'rinli foydalangan holda har birimiz Vatan tarraqiyoti uchun o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.

Pozitsiya (holat, vaziyat) biron narsaga joylashishi biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr nuqtai nazar.

REFERENCES

1. https://parliament.gov.uz/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-va-himoya-qilish-mexanizmlari

2. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Rivojlangan_mamlakat

3. https://uzbekistan.ureport.in/story/675/

4. https://www.agro.uz/2024-yil-yoshlar-va-biznesni-qo-llab-quvvatlash-yili/

5. http://nhrc.uz/oz/menu/eshlar-uulari-imkonijatlar-va-imoja-meanizmlari-mavzudagi-halaro-forum-2023 -jil-23 -oktj abr

6. https://www.instagram.com/reel/C3xXNDrsDNx/?igsh=MWdjbWI1Mnp1MGJtMQ==

7. https://parliament.gov.uz/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-va-himoya-qilish-mexanizmlari

8. https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-2024-yildan-kichik-biznes-uchun-15-mlrd-somgacha-imtiyozli-kreditlar-beriladiprezident-qarori

9. https://lex.uz/acts/-5234746

10. https://allcargo.market/uz/blog/post/what-is-logistics

11. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Gender_tengligi

12. https://daryo.uz/2024/03/05/ozbekiston-gender-tengligi-indeksida-eng-ilgor-ozgarishlarni-amalga-oshirgan-davlatlar-qatoriga-kirdi

13. https://cyberleninka.ru/article/n/pedagogik-jamoa-bilan-ishlashda-kolloboratsiya-hamkorlik-tamoyillari

14. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Pozitsiya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.