Научная статья на тему 'IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA INSON OMILINI FAOLLASHTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI'

IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA INSON OMILINI FAOLLASHTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
97
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson taraqqiyoti / iqtisod / xalqaro maydon / inson omili.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — O‘razboyev S., Khurmatov B.

ushbu maqolada, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda inson omilini faollashtirishning asosiy tendensiyalari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA INSON OMILINI FAOLLASHTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI»

O'razboyev S.

Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

Khurmatov B.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti o'qituvchisi

IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA INSON OMILINI FAOLLASHTIRISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda inson omilini faollashtirishning asosiy tendensiyalari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: inson taraqqiyoti, iqtisod, xalqaro maydon, inson omili.

Orazboyev S. assistant

Department of Economics and Management Jizzakh Polytechnic Institute Khurmatov B. teacher

Tajik State Medical University named after Abu Ali Ibn Sina

THE MAIN TENDENCIES OF THE ACTIVATION OF THE HUMAN FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF OUR ECONOMY

Abstract: this article provides information on the main trends in the activation of the human factor in the development of our economy.

Key words: human development, economy, international arena, human

factor.

Jahon hamjamiyatida inson taraqqiyoti va uni faollashtirish masalasiga eng ustuvor masala sifatida qaraladi. Bunda inson omilini faollashtirish aholi turmush farovonligini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni yo'lga qo'yishning bosh omili sifatida tan olingan. Komil inson g'oyasiga umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan buyuk kuch sifatida qaraladi. Bu nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlar va mamlakatlarni yuksak taraqqiyot sari yetaklagandir.

Bu tushuncha xalqaro maydondagi nufuzli tashkilotlar, shu jumladan BMT tomonidan qabul qilingan konsepsiyada ko'rsatib berilganidek, "Odamlarning ishlab chiqarish faoliyatidan ko'zlagan eng asosiy maqsadi, manbai - insonni taraqqiy ettirishga e'tibor qaratadi. Bu yerda ishlab chiqarish maqsad emas, balki insonning shu yuksak nomga loyiq kun kechirish yo'lidagi vositadir. Shu bilan

birga bunda aks ta'sir ham mavjud kishilarning taraqqiyot darajasini oshirish orqali ishlab chiqarishning yanada yuqoriroq darajasiga erishiladi. Jamiyatning rivojlanganlik darajasi nafaqat mamlakatning iqtisodiy salohiyati yuqoriligi bilan, balki bu salohiyatdan har bir insonni uyg'un va har taraflama rivojlantirish uchun qanchalik foydalanayotganligi bilan ham o'lchanadi»41 - deyiladi.

Inson omilini faollashtirishning asosiy tendensiyalari inson kapitalining turlari mazkur iqtisodiy kategoriyaning ikkita o'ziga xos turlariga taaluqli (1-rasm).

Inson salohiyati - iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning asosiy elementi sifatida ishlab chiqarishning barcha jabhalarida inson resurslarining sifatiga bo'lgan talabning oshib borayotganligi, inson omilining faollik darajasini

1-rasm. Inson kapitalining tasnifi

Ma'lumki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya, insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o'sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Iqtisodiyotda shunday umumqabul qilingan tamoyil amal qiladiki, unga ko'ra, qulay investitsion muhitning yaratilishi iqtisodiy o'sishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday muhit inson kapitali investitsion faolligiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Jamiyatning jami boyligi inson kapitali va boshqa kapitallarga bog'liq.

41Inson taraqqiyoti to'g'risida ma'ruza. BMT, O'zbekiston. - T.: 2005 yil, - B. 13.

Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida inson kapitalining asosiy tarkibiy qismi - ta'limni rivojlantirishga e'tibor ortgan. Bundan 100 yil muqaddam ta'lim uchun davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotining 1,0 % ni tashkil etar edi. Hozirga vaqtda bu ko'rsatkich 5,1 % ga etgan. Natijada dunyoda boshlang'ich ta'limga ega bo'lganlar soni jami aholining 94,0 % dan ortib ketdi. Ilmiy ishlanmalarga xarajatlar ham inson kapitaliga investitsiyalar hisoblanadi.

Axborot jamiyatida ilm-fan o'ziga xos «inson kapitali generatori»ga aylanadi. Inson kapitali nazariyasiga muvofiq, uning to'planishi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng asosiylari ta'lim olish hamda kasbiy tayyorgarlik davomida qobiliyatlarni rivojlantirish asosida kapitalni to'plashdir. Odatda, bu qatordan oiladagi tarbiya ham muhim o'rin oladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining42 2021 -yil 24-yanvardagi Murojatnomasida "...biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz" degan vazifani qo'ydilar.

Ma'lumki mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya, insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o'sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Iqtisodiyotda shunday umumqabul qilingan tamoyil amal qiladiki, unga ko'ra, qulay investitsion muhitning yaratilishi iqtisodiy o'sishning muhim sharti hisoblanadi. Bunday muhit inson kapitali investitsion faolligiga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Jamiyatning jami boyligi inson kapitali va boshqa kapitallarga bog'liq. Inson kapitaliga ta'lim, treninglar, migratsiya kabi sohalarga qilingan investitsiyalar yig'indisi kirsa, boshqa kapitallarga tabiiy boyliklar, binolar va texnologiyalar kiradi.

Inson kapitaliga yo'naltiriladigan investitsiyalarning samaradorligini shakllantirish bo'yicha tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar amal qilishiga qarab quyidagicha guruhlanadi (2-rasm). Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar bir-biri bilan

Inson kapitaliga yo'naltiriladigan investitsiyalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari

Tashkiliy mexanizmlar Iqtisodiy mexanizmlar

Qonunchilik bazasi Soliq-byudjet

Ma'muriy-hududiy boshqaruv Bank, kredit, moliya

Sud-huquq Bojxona

Mehnat bozori va ta'lim Sug'urta

Tabiiy resurslar Ijtimoiy infratuzilma

Axborot-kommunikatsiya Tashqi iqtisodiy siyosat

2-rasm. Inson kapitaliga yo'naltiriladigan investitsiyalarni shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar*

Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib inson omilini faollashtirishning asosiy tendensiyalariga quyidagilar ta'sir ko'rsatadi:

42 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 24 -yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasi. Lex.uz.

1. Bugungi kunda inson kapitali jamiyatning asosiy qadriyati va iqtisodiy muhim omili ekanligini unutmaslik.

2. Tashkilot miqyosida malakali psixolog bilan hamkorlikda favqulotdagi vaziyatlarda xodimlarning xavotirlanish hissini yo'qotishga va motivatsion, ruhlantiruvchi, o'z-o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishga qaratilgan seminar -treninglarni doimiy amalga oshirish.

3. Inson kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali amal qilishini ta'minlash vositalarini o'rganish, inson kapitalini baholashning amaldagi mexanizmlaridan foydalanishni takomillashtirish usullarini tavsiya etish.

4. Korxonalar faoliyatini boshqarish tizimida inson kapitalini rivojlantirish va uni baholash jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish.

5. Inson kapitalini boyitish, innovatsion sohaga jalb qilish maqsadida ilmfan, ta'lim va biznes integratsiyasini kuchaytirish hamda inson kapitaliga qilingan

investitsiyaning tarkibiy tuzilishini kengaytirishga erishish. Demak, inson resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo'lib, mehnat jarayonida moddiy ne'matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ularda jamiyatning mehnatga bo'lgan ijtimoiy qobiliyati jamlangan bo'lishi bilan bir qatorda, o'zining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida mehnat qilish xohishlari bilan harakatda bo'ladilar.

Adabiyotlar:

1. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot. Darslik / Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. - T.: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "FAN" nashriyoti davlat korxonasi, 2019. - 475 b.

2.Abdurahmanov Q.X., Xolmo'minov Sh.R., Zokirova N.K. Personalni boshqarish - T.: O'qituvchi, 2008.

3. Abdullayev M.G'.Personalni boshqarish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining gender jihatlarini tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar va tezislar to'plami. - Andijon.: ADU, 2021. 135 b.

4. Abduraxmonov Q. Innovatsion iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlashda inson kapitalining ahamiyati. TDIU 2019 y.Ilmiy-amaliy konferseniya materiallari. 15 bet

5. Норбоева Д.Д. КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬ ПРЕДПРИЯТИЯ // Экономика и социум. 2019. №9 (64). URL: https://cyberleninka.ru/article/n7konkurentosposobnost-predpriyatiya-6

6. Норбоева Д. Д. МЕТОДЫ УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЕМ В ЭКОНОМИЧЕСКОЙ СФЕРЕ //Экономика и социум. - 2019. - №. 9 (64). -С. 204-207.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.