Научная статья на тему 'INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA OLIY TAʼLIMNING AHAMIYATI'

INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA OLIY TAʼLIMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
492
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / qobiliyat / ta’lim / kompetentsiya / iqtisodiyot / salomatlik / ijtimoiylashuv / jamiyat / investitsiya / sotsial mobillik / oliy ta’lim / bandlik. / human / ability / education / competence / economy / health / socialization / society / investment / social mobility / higher education / employment.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Sodirjonov, Muxriddin Maxamadaminovich

Ushbu tezisda inson kapitali rivojlanishida ta’lim xususan oliy ta’limning tutgan o’rni sotsiologik tahlil etildi. Mavzu katta hajmdagi ilmiy nazariy o’rganishni talab qilsada – zamonaviy taʼlim tendensiyalari, ijtimoiy hamkorlik, oʻzaro aloqadorlik dialektikasi sifatida tadqiq etildi. Ta’lim orqali ijtimoiy-iqtisodiy faravonlikni oshirish, yoshlarda ijtimoiy me’yorlar, sotsial mobillikni faollashtirish, ko’nikma va odatlarni shaklantirishda, hamda daromadlar o’sib barqarorligini ta’minlashdagi xulosalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF HIGHER EDUCATION IN HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT

In this thesis, the role of education, especially higher education, in the development of human capital was sociologically analyzed. although the topic requires a large amount of scientific theoretical study, it was studied as a dialectic of modern educational trends, social cooperation, and interrelationship. Conclusions on increasing social and economic empowerment through education, activating social norms and social mobility in young people, forming skills and habits, and ensuring the growth and stability of incomes are given.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA OLIY TAʼLIMNING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

INSON KAPITALI RIVOJLANISHIDA OLIY TA'LIMNING AHAMIYATI

Ushbu tezisda inson kapitali rivojlanishida ta 'lim xususan oliy ta 'limning tutgan o'rni sotsiologik tahlil etildi. Mavzu katta hajmdagi ilmiy nazariy o'rganishni talab qilsada - zamonaviy ta'lim tendensiyalari, ijtimoiy hamkorlik, o'zaro aloqadorlik dialektikasi sifatida tadqiq etildi. Ta'lim orqali ijtimoiy-iqtisodiy faravonlikni oshirish, yoshlarda ijtimoiy me'yorlar, sotsial mobillikni faollashtirish, ko'nikma va odatlarni shaklantirishda, hamda daromadlar o'sib barqarorligini ta'minlashdagi xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: inson, qobiliyat, ta'lim, kompetentsiya, iqtisodiyot, salomatlik, ijtimoiylashuv, jamiyat, investitsiya, sotsial mobillik, oliy ta'lim, bandlik.

In this thesis, the role of education, especially higher education, in the development of human capital was sociologically analyzed. although the topic requires a large amount of scientific theoretical study, it was studied as a dialectic of modern educational trends, social cooperation, and interrelationship. Conclusions on increasing social and economic empowerment through education, activating social norms and social mobility in young people, forming skills and habits, and ensuring the growth and stability of incomes are given.

Key words: human, ability, education, competence, economy, health, socialization, society, investment, social mobility, higher education, employment.

KIRISH (ВЕДЕНИЕ / INTRODUCTION)

Inson kapitali o'z tarkibida bir qator ijtimoiy-biologik yaxlitlik komponentlarini qamrab oladi va uni sotsiumga yo'naltirib boradi. Bular demografik, sog'liqni saqlash, ta'lim, mehnat, madaniy, fuqarolik, ma'naviy-axloqiy, axborotlarga egalik komponenti va shu kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida ijtimoiy zarur faoliyat turlari va funksional imperativlarga mos keladi. Shu bilan birga, inson kapitaliga xizmat qiluvchi uch xil salohiyat turini ajratib ko'rsatish mumkin[9]. Bular: a) shaxs va jamoaning ehtiyoj, qobiliyat va ijtimoiy hayotni qo'llab-quvvatlashga oid komplekslar tizimi; b) ehtiyoj, qobiliyat va malakaga oid tizimlar majmuasi; v) odatiy hayot faoliyatidir.

Muxriddin Maxamadaminovich Sodirjonov

Sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) E-mail: [email protected]

+998-94-170-17-14

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Inson kapitalining rivoji ham shaxsning ongi, odob-axloqi, ma'naviyati, dunyoqarashi, talab-ehtiyojlarining qondirilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bog'liqdir. Jamiyat qanday bo'lsa, ijtimoiy munosabatlar majmui bo'lgan inson kapitali ham unga mos bo'ladi. Inson aql-idpok sohibi bo'lganligi uchun real dunyodagi voqealarni biladi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni o'rab turgan barcha ijtimoiy muhitda ro'y berayotgan voqealar ta'siri kuchli bo'ladi[9].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD ( LITERATURE REVIEW)

XX asrning 60-yillaridan keyin inson kapitalining deyarli barcha ta'riflarida keng qamrovli talqin prinsipi kuzatildi:

- inson kapitali nafaqat bilmlar yig'indisi balki, insondagi ko'nikma, malaka va qobiliyatlardir;

- insondagi imkoniyat va salohiyatlarni bosqichma-bosqich kapitalga aylantirish;

- salomatlik, ta'lim darajasini rag'batlantirish, motivatsiya hamda invistitsiya kiritib borish mohiyatan inson kapitalining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini o'zgartirmaydi.

Inson kapitali rivojida ta'lim masalalari muhim o'rin tutishini ilgari surgan ingliz olimi P. Uolshning fikriga ko'ra: "XIX asrdan boshlab, ko'plab iqtisodchilar insonni jamiyat rivojining asosiy kapitali toifasiga kiritadilar. Chunki, inson kapitali bu - xarajatlarni foyda bilan qaytarish uchun sarflangan harajatlarni talab etadi va qo'shimcha tarzda unga xizmat qiladi. Biroq, bunday xulosaga kelish umumiy ma'noda e'tirof qilingan va o'zaro munosabatlarga kirishishda barcha odamlar uchun asosiy kapital hisoblangan ta'lim va tarbiya harajatlarining barcha turlari iqtisodiy qiymat sifatida belgilanadi"[4].

Iqtisodiy o'sish omillari tizimida 1960 yilda iqtisodchilar T. Shuls va G. Bekker tadqiqotlarida "Inson kapitali" kategoriyasi jiddiy o'rganilgan[5]. "Inson kapitali" omili faqat inson (ta'lim va kasbiy mahoratlar bo'yicha)ga sarflangan investitsiyalar majmui sifatida tushunilib, uning natijasida sotsiumning ishlash qobiliyati oshdi. Yillar o'tib, Ushbu tushunchaga oid kategoriyalar shaxs va umuman jamiyatning xilma-xil ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladigan bilim, ko'nikma hamda malakalar majmui sifatida ko'rib chiqish imkonini berdi"[6. - C. 102-110.]. XXI asrga kelib, "Inson kapital"ining o'rniga "bilimlar iqtisodiyoti asri" degan atama ahamiyat kasb eta boshladi. Mazkur iborani birinchi bo'lib nemis olimi F. Mechlar 1962-yilda "Bilimlar iqtisodiyoti" degan asarida qo'llagan edi. Bugungi kunga kelib, XXI asr iqtisodiyotini tavsiflashda Ushbu atamaga tez-tez murojaat qilinib, yangi texnologiyalar asrida yangi bilimlarni shakllantirish, taqdim etish, foydalanish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

(iste'mol qilish) va takomillashtirishda alohida o'rin tuta boshladi[7. - C. 62-72.]. Inson kapitali ishlab chiqarish poydevorining hal qiluvchi elementidir; ta'lim iqtisodiyot va jamiyat uchun inson kapitalini rivojlantirish uchun mas'uldir. Ta'lim inson kompetentsiyalari, ijtimoiy me'yorlar, odatlar va ishlab chiqarishni yaxshilash orqali jamiyatning hayot sifatini oshiradi. Bu iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikni oshirish uchun mamlakatning ta'limga sarmoyasidir.

Yangi ming yillikda bilimlar zamonaviy muhim jarayonlarni aks ettiruvchi atamalar "globallashuv", "axborotlashuv", "tarmoqlar" va "ekomuhitni yaxshilash va saqlab qolish"da namoyon bo'ladi. Ma'lumki, XX asrning asosiy yutug'i jismoniy mehnat ishtirokchilari (konveyerlar, sanoatni avtomatlashtirish va b.) samaradorligini oshishi bilan ahamiyat kasb etgan. Sotsiolog P. Drukkerning ta'kidlashicha, XXI asrning dominant egalari albatta, "bilimli" va "ilmli" kishilardir. Ularni mutaxassis sifatida yaxshiroq tayyorlash, har qanday mamlakatning intellektual yutug'i hisoblanadi. Bilimli mutaxassis bo'lish har qanday ishda intellektual mehnatning yuqori unumdorligini ta'minlaydi. Mamlakatdagi intellektual salohiyat davlatga investitsiyalar jalb etish imkoniyatini oshiradi va inson kapitalining barqaror, uzoq muddatli o'sishi uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi[3. - C. 268.].

MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)

Ko'pgina rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Singapur, Janubiy Koreya davlatlarining rivojlanishida ta'lim tizimi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bugungi kundagi rivojlanish bizning ham oldimizga ushbu davlatlar singari mehnat bozorida talab katta bo'lgan sohalar bo'yicha kadrlar tayyorlash masalasini qo'ymoqda. Hozirgi davrda jahon bozorida shunday kasb va hunarlar vujudga kelganki, ularning aksariyati universitet va kollejlarda emas, balki oddiy o'quv markazlarida uch yoki bir yilda emas, juda qisqa vaqt ichida tayyorlanmoqda. Bunga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, Singapurda ham ta'limga iqtisodiy taraqqiyotning birinchi galdagi vazifasi sifatida qaralgan. Ta'lim sohasini rivojlantirish bilan bog'liq masalalar amerikacha ta'lim modeli bilan o'zaro aloqaga kirishish yo'li orqali hal etildi. Garchi mazkur tizim pullik bo'lsa ham (O'zbekistonda maktab ta'limi bepul) singapurliklar nafaqat 10 yillik maktab ta'limi, balki malaka oshirishga qaratilgan ishlab chiqarishga tayyorlovchi turli kurslarga ham alohida ahamiyat bera boshladilar. Singapurning politexnika maktablari va kollejlarida texnika sohasiga oid bilimlardan tashqari grafika va dizayn asoslari hamda arxitekturaga oid fanlar ham o'qitib borilgan. Ta'lim ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borilgan, asosiy e'tibor amaliyotga qaratilgan[11.-B.92].

Ta'lim yaponlar uchun hali-hanuz eng oliy qadriyat sifatida qadrlanadi. Bir zamonlar Yaponiyada bolalarni o'qimishli qilish uchun kundalik ehtiyojlarga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

sarflanadigan harajatlarni tejab, pul jamg'arish an'anasi majud bo'lgan. Yaponlar bolalariga pul va moddiy boyliklarni emas, bilimni meros qilib qoldirishga harakat qilganlar, aniqrog'i, bolalarga qoldirilishi kerak bo'lgan pulni ularning zamonaviy ta'lim olishlari uchun sarflab, shu asosda bolalariga mustaqil pul topa olish imkonini qoldirganlar. Bu esa ularga yuksak ijtimoiy mavqeni ta'minlaydigan davlat lavozimlarida faoliyat ko'rsatishlarini kafolatlagan. Bugungi kunda Yaponiyada joriy qilingan ta'lim tizimi butun jahonga o'rnak bo'larli darajada taraqqiy etgan. Xuddi yurtimizdagi kabi o'z ichiga boshlang'ich va o'rta ta'limni qamrab oluvchi majburiy ta'lim yo'lga qo'yilgan bo'lib, unda yaponiyalik bolalarning deyarli 100%i qamrab olinadi. Ularning 96%i esa 2 bosqich maktab ta'limida tahsil olishadi. Ikkinchi bosqichni tugatgan bolalarning 60%i ta'limni kollej, institut va kasb-hunar bilim yurtlarida davom ettirishadi.

Zamonaviy yapon pedagogikasida ta'lim tizimi bilan uzviy uyg'unlashgan ahloqiy tarbiya tamoyili shakllangan. O'rta asrlardayoq maktablarda amaliy etikaga e'tibor qaratila boshlangan edi. Ushbu maktablarda amaliy boshqaruv kishisi qanday bo'lishi kerakligi haqida tahsil berilar edi. Konfutsiylik aqidalari va buddizm an'analari ta'sirida ta'lim tizimiga nafaqat bilim olish va hunarmandlik ko'nikmalarini oshirish vositasi, shuningdek, ahloqiy va ma'naviy barkamollikni shakllantirish va shu asosida qat'iy intizomlilik fazilatini yuzaga chiqarish vositasi sifatida qarala boshlandi.

NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)

Rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to'lik sikliga investitsiya kiritishga, ya'ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e'tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko'rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi[1. - B.224.]. Shu nuqtai nazardan ta'limga yo'naltirilgan investitsiyalar nafaqat mamlakatni rivojlantirishning muhim usuli, inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitalini takomillashtirib moddiy fapovonlik va sog'lom turmush tarziga erishiladi. Shuni ta'kidlash kepakki, inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Inson qobiliyatlari, bilimlari, ko'nikmalari va tajribasi har bir yosh fuqaroning shaxsiy mulki hisoblanadi.

To'liq o'rta ma'lumotga ega kishilar bilan universitet diplomiga ega mutaxassislar o'rtasidagi farq solishtirilganda, oliy ma'lumotli kishilar topgan daromad va keltirilgan foydadagi afzallik keskin farqlar bilan ajralib turishini ko'rish mumkin. Masalan, Indoneziyada oradagi farq 80 foizdan oshsa, Ushbu ko'rsatkich Paragvayda 300 foizni tashkil etgan. uning faoliyati makon-zamonda cheksiz bo'ladi,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

chunki bilimlar ma'lumotlar manbasi sifatida axborotlarni nafaqat manzilga tezda etkazadi, balki tahliliy prognoz asosida istiqbolni belgilaydi[1.-B.94.].

To'g'ri, ta'lim kerak, ammo u tanqidiy fikrlashni shakllantiradigan va inson kapitalini rivjlantirishga qaratilgan bo'lishi shart. O'tgan davr mobaynida ta'limda turli salbiy streotiplar shakllanishi kuzatildi. Jamiyatda ijtimoiy mavqeni oshirish uchungina oliy ma'lumotli bo'lish, qaysi soha bo'lishidan qat'i nazar, oliy ta'limni tanlash yoki yoshlarda maktab ta'limidan so'ng hayotiy pozitsiyalarini talaba bo'lish yoki talabalikka qarab belgilashi kuzatildi. Ta'lim jarayonlarida esa ularga ushbu mahoratlar mexanik tarzda o'rgatildi. Masalan, siz shunchaki ma'ruzalarni tinglaysiz, ma'lum bir detallarni yodlaysiz, formulalarni qo'llaysiz va ta'lim asosan, shundan iborat bo'lgan. Taqdim etilgan fikrni shubha ostiga olish, ochiq bayon etish va asosiysi, mustaqil fikrlashga juda kam holatlarda e'tibor qapatildi.

Bugungi davr talabi va xorij tajribasida ko'rish mumkinki, intellektual madaniyatni rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shaxs sifatida o'z fikriga ega bo'lish va o'z fikri bilan bo'lisha olishgina zamonaviy ilm-fan hamda kasblarga egalik qilish mumkin. Ko'pgina rivojlangan davlatlar, xususan, Yaponiya, Malayziya, Singapur va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning rivojlanish japayonida ta'lim tizimi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Bugungi kundagi rivojlanish japayonlari bizning ham oldimizga ushbu davlatlar singapi mehnat bozorida talab katta bo'lgan sohalar bo'yicha kadrlar tayyorlash masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. Hozirgi davrda jahon bozorida shunday kasb va hunarlar vujudga kelganki, ularning aksariyati universitet va kollejlarda emas, balki oddiy o'quv markazlarida uch yoki bir yilda emas, juda qisqa vaqt ichida tayyorlanmoqda. Bunga ko'plab misollar keltirish mumkin.[8. - B. 57.].

XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)

Inson kapitali nafaqat xalqaro darajada, balki mahalliy sharoit, shu jumladan, hududiy xususiyatlarga ko'ra ham ta'lim va amaliy faoliyat jarayonida inson tomonidan qo'lga kiritilgan bilim, ko'nikma hamda qobiliyatdir. U birinchi navbatda, kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish va amalga oshirishga imkon beradi. Kapital ta'lim japayoni va ijodiy faoliyatda shakllanadi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning ma'lum bir sohasida qo'llaniladi.

Biz oliy ta'lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko'tarish, oliy o'quv yurtlari tizimini yanada rivojlantipish, sohadagi mavjud muammolarni baptaraf etish, pirovardida ilm-fanning yirik o'choqlariga aylantirishga alohida e'tibor qaratamiz. Aholining oliy ta'lim bilan qampab olinganlik darajasi muttasil oshirib boriladi[1. - B.230.]

Har qanday inson kapitalining sifat darajasi mamlakat miqyosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga bevosita ta'sir ko'psatadi. Bunda biz (ekspertlar fikri ham)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

doimiy ta'kidlab keladigan "ta'lim faqatgina shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyati emas, balki jamiyat va qolavepsa millatning jamoaviylikga yo'naltirilgan kelajagiga sapmoya sifatida ta'sir ko'rsatishini ta'kidlashimiz yangicha yondashuv bo'ladi. Inson kapitali ma'lum bir chegara qiymatidan oshib ketganda, jamoaviylikka innovatsion ta'sir ortadi. Oliy ma'lumotli odamlarning yuqori foizga erishishi, bizning nazarimizda "qadriyat va udumlarrga asoslangan jamoaviylik"ni "innovatsion jamoaviylik"ka yoki yaratuvchi xalq (millat)ga aylantirish kafolatini beradi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, har qanday inson kapitalining rivojlanganlik va mukammalligi asosiy kopponent hissoblanadigan ta'lim sifatiga va davomiyligiga bevosita bog'liq. Zamonaviy oliy ta'limga alohida urg'u berilar ekan, endi diplomli mutaxassis emas, balki raqobatbardosh, malakali va irodasi mustahkam, yangicha davr ruhiga mos fazilatlar (bosiqlik, vazminlik, diplomatiya, muloqot madaniyati, ijobiy xarakter va shu kabilar)ga ega kadrlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlar va korporatsiyalarning qiyosiy tahlili shuni ko'rsatadiki, universitetda olingan ta'lim pragmatik belgilarni ifodalovchi darajaga qarab joylarda bandlik darajasining nafaqat miqdori, shu bilan birga sifatini ham oshiradi.

Yangi O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda barqarorlashib bormoqda, xomashyo tovarlari bilan emas, balki jamiyatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy o'sib borishi aholi "inson kapitali"ning rivojlanishiga bog'liq. Axborotlashgan jamiyatda asosiy mehnat predmeti axborot va bilimga muntazam investitsiyalar kiritib, "Yangi O'zbekiston"da inson kapitalidan samarali foydalanish bilan dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan munosib o'rin egallash, "Aqllar ko'chishi" tahdidining oldini olish, faol fuqarolik pozitsiyasini moddiy-ma'naviy rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. M^3^eB Ш.М. Янги Y36eracTOH CTpaTer^c^ -Тошнот: O'zbekiston, -2021. - Б.230.

2. Y36eracTOH Pecпубликacи Пpeзидeнти Шявгат Миpзиёeвнинг Олий Мaжлиcгa муpoжaaтнoмacи // Xan^ cy3^ 2020 йил 25 янвapь.

3. Питep Ф. Дpукep. Эффeктивный упpaвляющий. - М.: BCI, 1994. - C. 268.

4. Кopицкий A. В. Ввeдeниe в тeopию чeлoвeчecкoгo кaпитaлa // http://sibupk.nsk.su/New /04/ chairs / c_ ectheory/ kapital/book1.htm

5. Becker G. S. Human capital: A theoretical and empirical analysis, with special reference to education. - University of Chicago press, 2009.// Becker G. S. Human capital and the economy //Proceedings of the American philosophical society. - 1992. - Т. 136. - №. 1. - С. 85-92.// Becker G. S. Nobel lecture: The economic way of

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

looking at behavior //Journal of political economy. - 1993. - Т. 101. - №. 3. - С. 385-409.// Schultz T. W. Capital formation by education //Journal of political economy. - 1960. - Т. 68. - №. 6. - С. 571-583.// Schultz T. W. Reflections on investment in man //Journal of political economy. - 1962. - Т. 70. - №. 5, Part 2. -С. 1-8. // Schultz T. W. Investment in poor people. - US Department of Labor, Manpower Administration, 1967.

6. Каменских E. A. Концептуализация формирования человеческого капитала в социоэкономической системе региона // Научные сообщения. Экономика и управление. - 2010. - №5. - C. 102-110.

7. Хаджалова Х. М. Человеческий капитал современной семьи // Креативная экономика. - 2014. - №11 (95). - C. 62-72.

8. Содиржонов М. М. Инновацион тараккиёт йулида инсон капиталини ривожланиш жараёнларини оптималлаштириш имкониятлари // Жамият ва бошкарув. - Тошкент, 2020. - №2 (88). - Б. 57.

9. Содиржонов, М. "Инсон капитали ривожи шахснинг онги, билими, ахлок-одоби, дунёкарашига боглик."."Янги Узбекистан" газетаси 10 (2022).

10. Содиржонов М. М. Инновацион тараккиёт йулида инсон капиталини ривожланиш жараёнларини оптималлаштириш имкониятлари // Жамият ва бошкарув. - Тошкент, 2020. - №2 (88). - Б. 57.

11. Содиржонов М. М. Инсон капитали ривожланиш жараёнларининг этносоциологик хусусиятлари (ФаpFOна водийси мисолида). Социология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. - Тошкент, 2022. - Б. 94.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.