Научная статья на тему 'MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ILMIY FAOLIYATIDA INSON KAPITALINI YUKSALTIRISH MASALALARI'

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ILMIY FAOLIYATIDA INSON KAPITALINI YUKSALTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

513
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / ilm / bilim / ko„nikma / kasb / maktab / jamiyat / taraqqiyot / ta‟lim / madrasa. / jadid / science / knowledge / skill / profession / school / society / development / education / madrasa.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzoxid Latifovich Sharipov

Ushbu maqolada inson kapitalining millatlar taraqqiyotidagi o„rni va ahamiyati, inson kapitalini yuksaltirishda Mahmudxo„ja Behbudiyning olib borgan nazariy va amaliy faoliyati tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the role and importance of human capital in the development of nations, the theoretical and practical activities of Mahmudhoji Behbudi to improve human capital

Текст научной работы на тему «MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY ILMIY FAOLIYATIDA INSON KAPITALINI YUKSALTIRISH MASALALARI»

MAHMUDXO'JA BEHBUDIYILMIY FAOLIYATIDA INSON KAPITALINI

YUKSALTIRISH MASALALARI

Mirzoxid Latifovich Sharipov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi sharipovmirzoxid@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson kapitalining millatlar taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati, inson kapitalini yuksaltirishda Mahmudxo'ja Behbudiyning olib borgan nazariy va amaliy faoliyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jadid, ilm, bilim, ko'nikma, kasb, maktab, jamiyat, taraqqiyot, ta'lim, madrasa.

ABSTRACT

This article analyzes the role and importance of human capital in the development of nations, the theoretical and practical activities of Mahmudhoji Behbudi to improve human capital.

Keywords: jadid, science, knowledge, skill, profession, school, society, development, education, madrasa.

KIRISH

Jahonda inson kapitali muammosi har bir davlatning taqdirini belgilaydigan, zamonaviy dunyo taraqqiyotining dinamikasi, insonning innovatsion, ijodiy faoliyati, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishini belgilab beruvchi omil sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish, uning ijodiy qobiliyatlariga, inson kapitaliga sarmoya kiritish muammosi dunyo fanining asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Shu sababli ham qayerda inson kapitali, uning ravnaqiga ko„p e'tibor berilayotgan, shart-sharoit yaratilayotgan bo'lsa, bugun o'sha mamlakatning tez rivojlanayotgani va taraqqiyoti jadal ildamlayotganini ko'rishimiz mumkin [3. 7].

Inson kapitali har qanday jamiyatning asosiy boyligi va eng qimmatli manbai, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning bosh mezoni hisoblanadi.

Bugungi kunda davlat va jamiyat ta'lim jarayonida inson tomonidan egallanayotgan bilim, ko'nikmalarga alohida e'tibor qaratmoqda. Shuning uchun ta'lim olish jarayonida bilim va

March, 2023

497

ko'nikmalarni egallash sohasida, atrof-muhitga ijtimoiy moslashishda inson kapitalini rivojlantirish va boyitishga yordam beruvchi ta'lim muassasalarining tarmog'i kengaymoqda [2. 28].

Mamlakatimiz tarixining turli davrlarida ajdodlarimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarga erishgan. IX-XII asrlardagi ilk Uyg'onish davri va XIV-XV asrlardagi ikkinchi Uyg'onish davrlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ana shunday ma'rifatparvarlik harakatlaridan biri jadidchilik harakatidir.

XIX oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati faoliyatida jamiyatda ilm-fanni yuksaltirishga katta ahamiyat berilgan. Jadidlar o'z hisoblaridan maktablar ochib, xalqni bilimli qilishni maqsad qildilar, yosh avlodni mustaqillikka tayyorladilar, she'r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini singdirishga urindilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dastlab, inson kapitali deganda faqat insonning mehnat qobiliyatini oshiradigan investitsiyalar yig'indisi - ta'lim va kasbiy mahorat tushunilgan. Inson kapitali keng ma'noda iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab chiqarish omili, jamiyat va oila rivoji, bilimlar, intellektual va boshqaruvchi mehnat vositalari, aholi salomatligi va yashash muhiti, zamonaviy malakali kadrlarning yuksak salohiyatidir [4. 19].

Hozirgi paytda inson kapitalining mohiyati, uni shakllantirish va rivojlantirish oid falsafiy-nazariy masalalari O.F.Fayzullaev, M.N.Abdullaeva, J.S.Ramatov, G.G'.G'affarova, Z.D.Davronova kabi olim va tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilgan.

Mustaqillik yillarida ko'plab jadidchilik namoyondalarining hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyatlari chuqur o'rganildi. Jumladan, professor Begali Qosimov boshchiligida "Maxmudxo'ja Behbudiy" nomi bilan adibning maqola va dramalarini o'ziga jamlagan kitobi 1999 yil "Ma'naviyat" nashriyotida chop etildi. Ushbu maqolada kitobdan o'rin olgan maqolalardan foydalanildi.

NATIJALAR

Behbudiy o'z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida eng yirik namoyondasi, yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi edi. Mahmudxo'ja Behbudiy mana shu fidoiylar orasida o'ziga xos o'rinni egallaydi.

Mahmudxo'ja Behbudiy Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqillik g'oyasi yalovbardori, yangi maktab g'oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, o'zbek

March, 2023

498

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

dramaturgiyasining asoschisi, noshir va jumalist bo'lgan. Jamiyatni ma'rifatli qilish faqat maktab ochish bilan amalga oshmasdi, shuning uchun Behbudiy 1911 yilda "Padarkush" dramasini yozdi. "Padarkush" dramasi dastlab Samarqandda 1914 yil 15 yanvarida sahnaga qo'yilgan. Muallif "milliy fojia" deb atagan dramada nodonlik, ilmsizlik va johillik tanqid qilingan. Ushbu dramada Behbudiy Turkiston va millatimiz haqida shunday deydi: "Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqru-zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo'lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o'qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukmfarmo bo'lsa kerak. Bu ishlarni yo'q bo'lmog'iga o'qumoq va o'qutmoqdan boshqa iloj yo'qdir" [1.49]. "Padarkush" dramasining bosilib chiqishi oson kechmagan, chunki chor hukumati mahalliy xalqni ilmli bo'lib, ma'rifat yo'liga kirib, o'z huquqini tanishidan manfaatdor emas edi.

1916 yilda Turkiston general-gubernatori N.R.Kuropatkin o'z kundaligida shunday jumlalarni yozgan: "Biz tubjoy xalqni taraqqiyotdan, maktabdan, rus hayotidan 50 yil chetda tutdik" [1.10]. Turg'unlik, tutqunlik va senzura avj olgan bunday jamiyatda ilg'or fikrlar ilgari surilgan maqola va asarlarni nashr qilish oson emasdi. Shu sababdan muallif kitob jildida "Borodino jangi va Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo'lishining yubiley sanasiga bag'ishlanadi" deb yozib nashr qilishga erishgan.

Mahmudxo'ja Behbudiy o'zining "Ikki emas, to'rt til lozim" ("Oyna" jurnali 1913 yil. 1-son, 12-14-betlar) maqolasida yoshlarning ilm egallashida ko'plab tillarni egallashi muhim ekanligini ta'kidlaydi.

"Biz Turkistoniylarg'a turkiy, forsiy, arabiy va rusiy bilmoq lozimdir. Turkiy, ya'ni o'zbekini sababi shulki, Turkiston xalqining aksari o'zbakiy so'ylashur. Forsiy bo'lsa, madrasa va udabo tilidur. Barcha madrasalarda shar'iy va diniy kitoblar arabiy ta'lim berilsa ham, mudarrislarni taqriru-tarjimalari forschadur. Bu qoida, ya'ni dars kitobi - arabiy, muallim - turkiy, taqriru-tarjimaning forsiyligi ajibdur" [1.150]. Behbudiy rus tilini bilish davlat ishlari va hukumat maktablarida o'qish uchun zarurligini, vatan va millat uchun xizmat qilish, davlat lavozimlariga ko'tarilish esa dunyoviy ilmsiz bo'lmasligi ta'kidlaydi. "Xulosa, bugun bizlarga to'rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak, ya'ni arabiy, rusiy, turkiy va forsiy. Arabiy til din uchun na darajada lozim bo'lsa, rusiy ham tiriklik va dunyo uchun lozimdur" [1.152].

March, 2023

MUHOKAMA

Mahmudxo'ja Behbudiyning "A'molimiz yoinki murodimiz", "Favqulodda takfir", "Bizni hollar va ishlar", "Zo'raki boy", "Jaholat dardlaridan", "Yoshlarga murojaat" kabi maqolalarida yoshlarga ta'lim berish, zamonaviy maktablarda o'qitish, xorijiy mamlakatlardagi oliy o'quv yurtlarida ilm olishga da'vat etgan. Buning uchun hatto hozirda ham biz uchun katta muammo bo'lib kelayotgan, ortiqcha isrofgarchilik bilan o'tkazilayotgan to'y va ma'rakalarni qisqartirish kerakligini ta'kidlaydi.

Behbudiy kabi ko'plab jadidlar ham millatimizning isrofgarchilik bilan o'tkaziladigan to'y va ma'rakalariga qarshi kurashishgan, lekin ming afsuski, oradan yuz yillar o'tib ham bu illatdan millatimiz qutula olmadi. Hozirki kunda ham yillar davomida ishlab topganimizni 1-2 kunlik to'yda orzu-havas deb sovurib yuboryapmiz. Holbuki ushbu mablag'lar evaziga farzandlarimizga til, axborot texnologiyalari va boshqa fanlarni mukammal o'rgatish imkoniyati mavjuddir.

"A'molimiz yoinki murodimiz" (Oyna jurnali. 1913 yil, 6-7 sonlar, 130-132, 154-156 betlar) maqolasida Behbudiy shunday deydi: "To'y va ma'raka oqchasidan bolalarni hukumat maktablariga berilsun va bu oqchadan talabalarni Makka, Madina, Misr, Istambulg'a va Rusiya dorilfunun va dorulsanoatlariga yuborilib diniy va dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishtirmoqg'a sa'y qilinsun" [1.159].

Mahmudxo'ja Behbudiy Turkiya, Suriya, Falastin, Livan, Misr, Ozarbayjon va Rossiya kabi mamlakatlarga safarlar qilgan. Ushbu safarlar jarayonida bu mamlakatlarning taraqqiyoti, ta'lim va ma'orif tizimi bilan yaqindan tanishdi va ta'lim tizimimizni tubdan isloh qilishimiz lozimligini tushunib yetdi.

"Bizni hollar va ishlar" maqolasida ("Oyna" jurnali. 1914 yil, 13-son 200-202-betlar) shunday fikr bildiradi: "Biz qanday keyin qolganmiz. Xalqi olam usuli jadid va ilmi zamoniy ila osmonlarg'a uchar, biz hanuz bir-birimizni takfir va tal'in ila vaqt o'tkararmiz" [1.163]. Bunday fikr bildirishiga sabab Buxoro, Toshkent, Samarqand kabi katta shaharlardagi ayrim masjid imomlari jadid usulidagi maktablarga farzandlarini o'qishga berganlarni kofir deb e'lon qiladi. Bu davr diniy ulamolarida ham jaholat ustuvor bo'lganini ko'rishimiz mumkin, vaholanki, islom dini hech qachon dunyoviy ilmga qarshi bo'lmagan.

Behbudiy "Yoshlarga murojaat" maqolasida ("Oyna" jurnali. 1914 yil, 21-son 390-391-betlar) hukumat idoralari, banklar va korxonalarda ishlaydigan, zamonaviy ilm-fandan xabardor yoshlarga alohida murojaat bilan chiqib, o'z farzandlari ta'lim-tarbiyasiga e'tibor berishni so'raydi. "Hamvatanlarimiz mulkini sotib to'y qilganidek siz-da, hatto, lozim bo'lganda mulkingizni sotsangizda o'g'lingizni zamoncha o'qimog'iga sa'y qilsangiz.

March, 2023

500

To'yga isrof qilinaturg'on oqchalarni o'qumoq yo'liga sarf qilsangiz!" [1.169].

Behbudiyning "Millatlar qanday taraqqiy etarlar" ("Samarqand" gazetasi. 1913 yil, 30 iyul) maqolasida bir qancha xalqlarning ma'orif va ta'lim tizimi, ularning usul va vositalari tahlil qilingan. Bu millatlarning ulamolari, ziyoli va olimlari o'z millatiga to'g'ri yo'l ko'rsatishi, masjidlarda ilm olishga da'vatlar qilishi, pand-nasihat va maslahatlar berilishi, maktab va madrasalarda dunyoviy ilm-fanlardan ta'lim berilishini ta'kidlagan. Kavkaz, Qrim va Qozondagi musulmon boylari, ulamo va qalam ahllari o'z xalqi ta'lim-tarbiyasi uchun ko'p harakat qilishlari, fondlar tashkil etishlari va hatto o'z mablag'lari evaziga millat yoshlarini o'qitayotganini havas bilan e'tirof etgan.

"Boshqa millatlarning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe ekan, bizni ulamo bil'aks avomg'a tobe'dur? Buning oxiri xarobdur" [1.203].

Mahmudxo'ja Behbudiy millatimizni ilm-fanni o'rganishga da'vat etib, uning yo'llarini ham ko'rsatib beradi. Zamona ilmisiz taraqqiy etib bo'lmasligini o'z dramalari va maqolalarida aks ettiradi.

XULOSA

Bugungi kunda ta'lim inson va jamiyatni rivojlantirishning eng muhim omiliga aylangan. Ta'lim muassasalari madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, kasbiy tayyorgarlikning asosiy shakliga aylangan. Ta'lim shaxs tomonidan bilimlarni egallashiga xizmat qiladi, unga ijtimoiy me'yorlarni o'zlashtirishga yordam beradi, iqtisodiy faol hayotga kirishida dastak bo'ladi.

Ta'lim insonni rivojlantirishning eng muhim omili sifatida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va gumanitar muammolar butun majmuasini hal etishga katta ta'sir ko'rsatishi isbotlangan.

2022 yil 28 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari " tamoyiliga asoslangan «2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi. Taraqqiyot strategiyasining to'rtinchi ustuvor yo'nalishi "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" deb nomlanib 34 ta maqsadni qamrab olgan.

Inson kapitalini rivojlantirishdagi asosiy bo'g'inlardan biri oila hisoblanadi. -Chunki inson kapitalining barcha tarkibiy qismlari oila o'z farzandiga kiritadigan investitsiya orqali shakllantiriladi va ko'paytiriladi [6:3]. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalari vujudga kelishida oilaning o'rni beqiyos. O'z navbatida, sog'lom oila va farzandlar davlat uchun

March, 2023

501

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

investitsiya hisoblanadi. Oila farovonligi - moddiy farovonlik qatorida oila a'zolari va farzandlar salomatligi, ijtimoiy turmush tarzi sog'lomligi, tinchligi bilan belgilanadi.

REFERENCES

1. Maxmudxo'ja Behbudiy. (1999). (Tanlangan asarlar). T., "Ma'naviyat"

2. F.S.Qosimov. (2022). Yangilanayotgan O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish omillari. T., "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati"

3. G.G'.G'affarova. (2022). Yangilanayotgan O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish: imkoniyat va istiqbollari. T., "Ilm-ziyo-zakovat"

4. S.A.Grachev, M.A.Gundorova, V.A.Moshnov. (2016). Investitsii v chelovecheskiy kapital. "Vladimir".

5. I.N.Shapkin. (2017). Chelovecheskiy kapital: teoriya, istoricheskiy opbit i perspektivbi razvitiya. "Moskva".

6. Mirzoxid Latipovich Sharipov. (2022). Inson kapitali taraqqiyotida ta'lim, sog'lik va gender tenglikning ahamiyati. «Academic research in educational sciences». Volume 3. Issue 5. 648-659.

7. Mirzoxid Latipovich Sharipov, Nilufar Maxsudovna Koshanova (2021). Inson kapitali mohiyati, uning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. «Academic research in educational sciences». Volume 2. Issue 4. 1259-1268.

8. Nilufar Maxsudovna Koshanova, Mirzoxid Latipovich Sharipov. (2021). Bola tarbiyasida ota-onalar ma'suliyatini oshirish dolzarb vazifa. «Academic research in educational sciences». Volume 2. Issue 4. 1252-1258.

9. Mirzoxid Latipovich Sharipov. (2021). Intellektual inson kapitalining mohiyati, manbalari va xususiyatlari. «Academic research in educational sciences». Volume 2. Issue 6. 694-703.

10. Mirzoxid Latipovich Sharipov. (2021). Sog'lik kapitali kategoriyasi, uning turlari, manbalari va ahamiyati. «Academic research in educational sciences». Volume 2. Issue 6. 710-719.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.