Научная статья на тему 'INSON KAPITALINI RIVOJLANIShIGA DOIR MULOHAZALAR'

INSON KAPITALINI RIVOJLANIShIGA DOIR MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1628
240
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson kapitali / inson salohiyati / milliy iqtisodiyot / raqamli iqtisodiyot / ishlab chiqarish omillari.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Aripov Oybek Abdullaevich

Maqolada inson kapitali va uni rivojlanishiga doir nazariy mulohazalar yuritilgan. Inson kapitali tufayli inson salohiyatining oshib borishi tadqiq etilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishiga inson kapitalining katta ta’siri ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALINI RIVOJLANIShIGA DOIR MULOHAZALAR»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 3

INSON KAPITALINI RIVOJLANIShIGA DOIR MULOHAZALAR

Aripov Oybek Abdullaevich

i.f.d., prof. Namangan muhandislik-qurilish instituti, "Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.7595042

Annotatsiya: Maqolada inson kapitali va uni rivojlanishiga doir nazariy mulohazalar yuritilgan. Inson kapitali tufayli inson salohiyatining oshib borishi tadqiq etilgan. Bugungi kunda iqtisodiyotning rivojlanishiga inson kapitalining katta ta'siri ochib berilgan.

Tayanch so'zlar: inson kapitali, inson salohiyati, milliy iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, ishlab chiqarish omillari.

Abstract: The article presents theoretical considerations about human capital and its development. The increase in human potential due to human capital has been studied. At present, a great influence of human capital on the development of the economy has been revealed..

Keywords: human capital, human potential, national economy, digital economy, factors of production.

Inson kapitali - bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilim, ko'nikma va malakalar yo'g'indisidir. Bu atama birinchi marta 1958 yilda amerikalik iqtisodchi Jeykob Minser tomonidan qo'llanilgan, so'ngra 1961 yilda Teodor Shults va 1964 yildan boshlab Gari Bekker inson kapitaliga investitsiyalar samaradorligini asoslab, ushbu g'oyalarni inson xatti-harakatlariga iqtisodiy yondashuvni shakllantirgan holda ishlab chiqdilar.

Masalan, G.Bekker fikricha, "inson kapitali" - bu tug'ma qobiliyatlar va olingan bilim, ko'nikma va motivatsiyalar to'plami bo'lib, ulardan (korxona yoki jamiyatning shaxsi darajasida) to'g'ri foydalanish natijasida daromadni oshirishga erishiladi [3]. "Inson kapitali" har bir aniq shaxs tomonidan shakllantiriladi va u tirik inson shaxsiyatidan ajralmasdir.

Ko'rinib turibdiki, dastlab, inson kapitali deganda, faqat insonga va uning mehnat qobiliyatiga xos bo'lgan - ta'lim va kasbiy mahoratni oshiradigan sarmoyalar yig'indisi tushunilgan. Hozirgi davrga kelib esa, inson kapitali tushunchasiga e'tibor yanada kuchaydi va ushbu kontseptsiyani rivojlantirishga jiddiy urg'u berilmoqda. Inson kapitali barcha faoliyat turlarida mehnat sifati va unumdorligini oshirishga yordam beradi. Bilimli va tajribali mutaxassislar mehnat unumdorligi va samaradorligini belgilaydi. Mehnat samaradorligida esa bilim, sifatli mehnat, mutaxassislarning malakasi, tajribasi hal qiluvchi o'rin tutadi.

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, inson kapitali kontseptsiyasi iste'mol xarajatlarini, ya'ni oilalarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat uchun xarajatlarni hamda shu maqsadlar uchun davlat xarajatlarini o'z ichiga qamrab oladi [1; 2]. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida barcha mablag'larning 70% ga yaqini inson kapitaliga, atigi 30% ga yaqini esa jismoniy kapitalga yo'naltirilgan [4].

Keng ma'noda inson kapitali - bu iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va oila taraqqiyotining intensiv ishlab chiqaruvchi omili, shu jumladan ishchi kuchining o'qimishli qismi, bilimlar, intellektual va boshqaruv ishlari vositalari, yashash joylari va ish faoliyati bo'lib, samarali va oqilona ishlashini ta'minlaydi. Inson kapitali tabiiy resurslar yoki to'plangan boylikdan ko'ra muhimroq bo'lgan eng qimmatli resursdir.

Fikrimizcha, inson kapitali hozirgi davr milliy iqtisodiyot taraqqiyotida innovatsion jarayonlarni tadbiq etishning asosiy omilidir. Qolaversa, inson kapitali -raqamli tsivilizatsiyani rivojlantirishda asosiy omil bo'lib, ijtimoiy-texnologik infratuzilmalarni faollashuviga olib keladi. Bu esa o'z navbatida milliy iqtisodiyotni, shuningdek, jahon iqtisodiyotini jadal rivojlanishini ta'minlashga olib keladi. Chunki inson kapitali aholi sifatini tavsiflaydi. Shu bilan birga, inson kapitalining takomillashuvi tobora inson salohiyatini oshishiga olib keladi (1-rasm).

Инсон капитали

I

Саломатлик капитали

Мехнат

кяпитяли

Интеллектуал капитал

I

Ташкилий-тадбиркорлик капитали капитал

I

Маданий-маънавий капитал

J

Ишлаб чикариш омиллари

I

Ракамли иктисодиёт Миллий иктисодиёт

i

Виртуал мухит * > Иктисодий мухит

1

Инсон салохияти

1-rasm. Inson kapitalini inson salohiyatiga ta'siri

(Muallif ishlanmasi)

Inson salohiyatining oshishi aholi sifati va saviyasining ortib borishi bilan belgilanadi. Inson kapitali aholi sifatini oshirishga, intellektual faoliyatga, jumladan, tarbiya, ta'lim, sog'likni saqlash, bilim (fan), shuningdek madaniyat, san'at va boshqa komponentlarga tadbirkorlik qobiliyati va ishbilarmonlik muhitini kengaytirishga, mehnatni axborot bilan ta'minlashga, iqtisodiy erkinlikni kengaytirishga investitsiyalar jalb etish orqali ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, inson kapitaliga investitsiyalarning asosiy ulushi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nuqtai nazaridan uning eng muhim vazifalaridan biridir.

So'nggi 25 yil ichida inson salohiyatining taraqqiy etishida misli ko'rilmagan yutuqlarga erishildi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda inson salohiyatining rivojida jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda.

• 2019-yilda barcha yosh bolalarning beshdan bir qismidan ko'prog'i bo'yi pastligidan aziyat chekkan (ya'ni, ularning o'z yoshiga nisbatan bo'y o'sishi sekinlashgan, bu - ularning jismoniy nogironlik yoki kognitiv buzilishlarni rivojlanish xavfîning ko'rsatkichini anglatadi) (JME 2020). Global pandemiya davri bolalarning bo'yi past bo'lishiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatishi mumkin degan tahminlar kuchaydi.

• Ko'pgina mamlakatlar (rivojlanayotgan va ayniqsa, kambag'allik indeksi yuqori bo'lgan mamlakatlar) ta'lim sohasida inqirozni boshdan kechirmoqda, bu esa ularning iqtisodiy rivojlanishini sekinlashtiradi. Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, bir xil yoshdagi maktab o'quvchilari ba'zi mamlakatlarda ta'lim olishi va fanlarni o'zlashtirishi boshqa mamlakatlardagi tengdoshlaridan bir necha yil orqada qolmoqda. Pandemiya bu vaziyatni yanada kuchayishiga olib keldi.

• Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi har yili tibbiy yordamga (sog'likni saqlashga) o'z mablag'laridan 500 milliard AQSh dollari, ya'ni, bir kishi uchun 80 dollardan ko'proq miqdordagi mablag'ni sarflaydi va bu xarajatlarning eng og'ir yuki aholining eng qashshoq qatlamlari zimmasiga tushadi. Bo'lib o'tgan pandemiya zarur tibbiy xizmatlar, jumladan, bolalarni muntazam emlash va tibbiy yordam ko'rsatishda jiddiy uzilishlarni keltirib chiqardi.

• Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida qashshoqlikda yashovchi har besh kishidan to'rttasi ijtimoiy xavfsizlik tarmog'idan tashqarida bo'lib, aynan ular har qanday zarbalarga juda zaif bo'lib qoldilar.

• Toza ichimlik suvi va tegishli sanitariya sharoitlari yo'qligi sababli har yili 300 mingga yaqin bola diareya kasalligidan vafot etadi.

Inson kapitalining etishmasligi texnologiya, demografiya, beqarorlik va iqlimdagi tez global o'zgarishlar sharoitida yomonlashishga olib keladigan xavfli tendentsiyalarni keltirib chiqaradi. Mojarolar va pandemiyalar inson kapitaliga o'ta zararli ta'sir ko'rsatib, hayot kechirish, daromad manbalarini yo'q qilish, ovqatlanish

sifatini yomonlashtirish, eng asosiysi, sog'liqni saqlash va ta'lim xizmatlarini ko'rsatishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ushbu ta'sirlar ko'plab odamlarning hayoti davomida o'z ta'sirini ko'rsatishi va ularning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shunga qaramay, odamlarga sarmoya kiritish ko'pincha e'tibordan chetda qoladi. Shu bilan birga, ayni paytda, inson kapitalining tez o'zgarishiga, masalan, Singapur, Koreya Respublikasi va Irlandiya kabi mamlakatlarda, shuningdek, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarning ulkan va ajoyib muvaffaqiyatlarga erishishiga ko'plab misollar keltirish mumkin.

Shunday qilib, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o'sish va iqtisodiy samaradorlikning tamal toshi zavodlar, konlar, tabiiy resurslar va uskunalar emas, balki inson kapitalining o'zidir. Inson kapitali ham boshqa mamlakatlardan kelib tushish hisobiga shakllanadi yoki davlatdan chiqib ketishi tufayli kamayib boradi, Bunday holat hozirgacha ham O'zbekistonda, ham boshqa MDH mamlakatlarida kuzatilmoqda.

2020 yilning mart oyidagi Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonning inson kapitali indeksi 62% ni tashkil etadi. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan hisobot bo'yicha mamlakatda birinchi marta inson kapitali indeksi (IKI) o'g'il bolalarga qaraganda qizlarda yuqori bo'ldi [5].

O'zbekistonda ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyatning faol bo'lmayotganligining asosiy sabablari inson kapitaliga etarlicha e'tibor berilmayotganligidir. O'zbekistonda so'nggi 20-30 yil ichida unga investitsiyalarning ko'payib borayotganligi bilan ahamiyatlidir. Chunki bundan o'n yil avvalgi davrlarda O'zbekiston inson kapitalining barcha tarkibiy qismlarining sifati pasayib ketgan edi: birinchi navbatda, ta'lim va fan, shuningdek, tibbiyot, fuqarolar va biznes xavfsizligi. Biroq, 2017 yildan boshlab Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etilganligi va 2022 yilga kelib Taraqqiyot strategiyasidagi belgilangan vazifalar birinchi navbatda, innovatsion iqtisodiyot uchun ishonchli poydevor qurish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Xulosa qilib shuni ta'qidlash mumkinki, zamonaviy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bevosita inson kapitaliga bog'liq, shuning uchun ham alohida hududlar darajasida va umuman davlat darajasida inson resurslarini rivojlantirish sohasida izchil siyosat va inson kapitaliga muvozanatli investitsiyalar zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Шестакова И. Г. Человеческий капитал в цифровую эпоху // Научный журнал НИУ ИТМО. Сер. Экономика и экологический менеджмент. 2018. № 1. С. 56-63.

2. Константинов И. Человеческий капитал и стратегия национальных проектов. // https://forum-msk.org/material/economic/310895.html

3. http : //www. myshared.ru/slide/491427/

4. https://mirec.mgimo.ru/upload/ckeditor/files/mirec-2016-4-gorbanev.pdf

5. https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/18/hci/ Всемирный банк оценил индекс человеческого капитала

6. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. (2021, December). DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN. In Conference Zone (pp. 123-128).

7. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. Ibrogimov Sherzodbek Halimjon ogli.(2021). In Development of small business and private entrepreneurship

in Uzbekistan. Conference Zone (pp. 123-128).

8. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. (2021, December).

DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN. In Conference Zone (pp. 123-128).

9. Xolmirzayev, A. X. (2021). RISK FACTORS AND UNCERTAINTIES IN THE ECONOMY. Мировая наука, (2), 24-27.

10. Юлдашев, К. М., & Холмирзаев, А. Х. (2019). Осуществление реализации механизма частного партнерства в Узбекистане. Молодой ученый, (51), 435-437.

11. Roxatalievich, S. B., Xakimovich, A. R., Mamadjanovic, Y. K., Xapizovich, H. A., & Bulturbayevich, M. B. (2020). The Results Of The Assessment Of The Investment Potential Of The Regions Of The Republic Of Uzbekistan. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 4428-4437.

12. Ишимбаев, Р. Н., & Холмирзаев, А. Х. (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ МАЛОГО И СРЕДНЕГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. Экономика и социум, (7), 304-307.

13. Холмирзаев, А. Х., & Ишимбаев, Р. Н. (2021). СУЩНОСТЬ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МАЛОГО БИЗНЕСА И ВАЖНОСТЬ РАЗВИТИЯ. Экономика и социум, (7), 520-526.

14. Kholmirzaev, A. K. (2021). Criteria and directions of development of small business activities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 730-735.

15. Yuldashev, Q. M., Tursunov, N. N., & Kholmirzaev, A. X. (2020). Analysis of small business and private entrepreneurship in the development of the economy of the republic of Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(8), 60-67.

16. Abdullayevich, A. O. (2022). OPPORTUNITIES FOR SUSTAINABILITY OF SMALL BUSINESS ENTERPRISES ON THE BASIS OF IMPROVING THE BUSINESS ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11, 83-87.

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 3

17. Abdullayevich, A. O. (2022). THE DEVELOPMENT OF

MANAGEMENT SCIENCE IN THE ANCIENT WORLD. INTERNATIONAL

JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL

SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(4), 33-39.

18. Арипов, О. А. (2012). Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни давлат томонидан тартибга солиш. Т.: Фан, 272.

19. Арипов, О. А. (2015). Современное развитие малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане. Молодой ученый, (22), 332-334.

20. Sirojiddinov, I. Q., & Abdumalik o'g'li, M. М. (2022, June). SIGNS AND APPEARANCE OF ECONOMIC HELPLESSNESS. In Conference Zone (pp. 8-14).

21. Xolmirzaev, U. A. (2020). Financial assets and improvements of their

analysis. Экономика и социум, (1), 102-105.

22. Juraev, E. S., & Xolmirzayev, U. A. (2020). Supporting small business

subjects by tax reforms. Экономика и социум, (1), 48-52.

23. Juraev, E. S., & Xolmirzayev, U. A. (2019). Profits of housekeeping and its

development. TRANS Asian Research Journals, 8(4).

24. Холмирзаев, У. А. (2021, October). КИСКА МУДДАТЛИ КИММАТЛИ КОГОЗЛАРНИ АНАЛИТИК ХДСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 396399).

25. Juraev, E., Xolmirzaev, U. A., & Rustamova, M. (2021). INCREASING THE EFFICIENCY OF REAL INVESTMENT IN THE CONDITIONS OF ECONOMIC LIBERATION. Интернаука, (21-5), 9-11.

26. Хакимов, Б., Талабоев, Х., & Холмирзаев, У. (2021). ВОПРОСЫ УЛУЧШЕНИЯ АНАЛИЗА ОБРАЩЕНИЯ ДОЛГОВОЙ ЗАДОЛЖЕННОСТИ В УСЛОВИЯХ НАПРАВЛЕНИЯ. Экономика и социум, (6-2), 441-446.

27. Xolmirzaev, U., Juraev, E., & Axmadjonova, M. (2021). THE ROLE OF ACCOUNTING IN SMALL BUSINESS MANAGEMENT. Интернаука, (21-5), 2022.

28. Камолов, А. А., & Холмирзаев, У. А. (2016). Малый бизнес и частное предпринимательство в Узбекистане. Вопросы экономики и управления, (5), 182-184.

29. Xolmirzaev, U. A., & Juraev, E. S. (2020). Problems of improvement of debitor debt debt analysis. Мировая наука, (1), 100-105.

30. Abdurahmon, K., & Abdulazizovich, K. U. (2021, December). SOME ISSUES OF IMPROVING SECURITIES ACCOUNTING. In Conference Zone (pp. 129-132).

31. Gulshirin, J., & Abdulazizovich, X. U. B. (2022, March). INCREASING THE EFFICIENCY OF INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF EXPORT

DIVERSIFICATION IN THE REGION. In Conference Zone (pp. 277-281).

32. Sirojiddinov, I., Xolmirzaev, U., & Axmadjonova, M. (2021). THE NEED AND FACTORS TO ACCELERATE THE DEVELOPMENT OF PRIVATE ENTREPRENEURSHIP. Интернаука, (21-5), 14-16.

33. Xolmirzaev, U. A., Juraev, E., & Jamgirova, G. I. (2021). APPROACH TO ACCOUNTING FOR FINANCIAL ASSETS IN THE ENTERPRISE IN ACCORDANCE WITH INTERNATIONAL STANDARDS. Интернаука, (21-5), 17-19.

34. Khakimov, B., & Kholmirzayev, U. (2020). IMPROVING CASH ACCOUNTING AND ANALYSIS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL EXPERIENCES. International Finance and Accounting, 2020(1), 18.

35. Hakimov, B., Yunusov, M., & Holmirzayev, U. (2018). Elaboration of The Balance Sheet Liquidity Analysis-Requirements of The Period. International Finance and Accounting, 100.

36. Kamolov, A. A., & Xolmirzayev, U. A. (2018). Economic Laws And Categories. Экономика и социум, (2), 34-36.

37. Убайдуллаев, Т., & Холмирзаев, У. (2019). ФАКТОРЫ И ТЕНДЕНЦИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Мировая наука, (1), 299-302.

38. Abdulazizovich, K. U. (2022). IMPROVING METHODOLOGICAL APPROACHES TO FINANCIAL ASSET ACCOUNTING. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(4), 56-62.

39. Abdulazizov, K. U., Sherzod, I., & Abdulkhodinevna, S. M. (2022). IMPROVING THE METHODOLOGICAL BASIS OF ACCOUNTING FOR FINANCIAL ASSETS. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11, 3439.

40. Abdulazizovich, X. U. B., Qutbiddinovich, S. I., & Sobirjon o'g'li, J. E. (2021). POSITIVE ASPECTS OF THE CASH METHOD IN SMALL BUSINESSES IN A PANDEMIC ENVIRONMENT. American Journal of Economics and Business Management, 4(3), 1-8.

41. Abdulazizovich, K. U. IMPROVING THE REFLECTION OF MONEY AND CASH EQUIVALENT IN THE ACCOUNTING BALANCE. Dear Academicians & Research Scholars, 55.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

42. Ogli, I. S. H., & Oglu, O. I. A. Peculiarities of the Development of Industrial Production in Namangan Region. Volume, 9, 544-547.

43. Tursunpulatovna, N. N. (2022). THEORETICAL ANALYSIS OF THE CONTENT AND CHARACTERISTICS OF MARKET COMPETITION. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT,

ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(4), 79-85.

44. Tursunpolatovna, N. N. (2022). NEED AND DUTIES OF ACCOUNTING IN BUSINESS ENTITIES. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(11), 8-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.