Научная статья на тему 'IQTIDORLI OʻQUVCHILARDA SAMARALI KOPING XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH MAMLAKAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA'

IQTIDORLI OʻQUVCHILARDA SAMARALI KOPING XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH MAMLAKAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

105
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson kapitali / iqtidorli o‘quvchilar / intellekt / rivojlanish / qiyin xayotiy vaziyat / stress / koping-xulq / psixodiagnostika / psixokorreksiya / human capital / gifted students / intellect / development / difficult life situation / stress / coping behavior / psychodiagnostics / psychocorrection

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — L. Yu. Abduqodirova, Aziza Sobirova

Ushbu maqolada mamlakatni rivojlantirishda inson kapitalining roli, bunda iqtidorli oʻquvchilar alohida ahamiyat kasb etishi ochib berilgan. Iqtidorli oʻquvchilarning inson kapitali sifatini oshirishda ularning samarali koping xulqatvorini shakllantirishga e‘tibor qaratish, buning uchun ularning psixologik xususiyatlarini, xususan, koping-xulqini oʻrganish maqsadida psixodiagnostik metodlarni yaratish, mavjudlarini oʻquvchilarning yoshi va milliy xususiyatlariga adaptatsiya qilish, shuningdek, psixokorreksion dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi xulosa qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article reveals the role of human capital in the development of the country, as well as the key role in this belongs to gifted students. It is concluded that in order to improve the quality of the human capital of gifted students, it is necessary to focus on the formation of effective methods of coping behavior in them, while the development of psychodiagnostic methods for studying their psychological characteristics, in particular coping behavior, adapting existing methods to age-related and national characteristics of students, as well as the development of programs for psychocorrection of coping behavior

Текст научной работы на тему «IQTIDORLI OʻQUVCHILARDA SAMARALI KOPING XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH MAMLAKAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA»

IQTIDORLI O'QUVCHILARDA SAMARALI KOPING XULQ-ATVORNI SHAKLLANTIRISH MAMLAKAT INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH

OMILI SIFATIDA

Ushbu maqolada mamlakatni rivojlantirishda inson kapitalining roli, bunda iqtidorli o'quvchilar alohida ahamiyat kasb etishi ochib berilgan. Iqtidorli o'quvchilarning inson kapitali sifatini oshirishda ularning samarali koping xulq-atvorini shakllantirishga e'tibor qaratish, buning uchun ularning psixologik xususiyatlarini, xususan, koping-xulqini o'rganish maqsadida psixodiagnostik metodlarni yaratish, mavjudlarini o'quvchilarning yoshi va milliy xususiyatlariga adaptatsiya qilish, shuningdek, psixokorreksion dasturlar ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi xulosa qilingan.

Kalit so'zlar: inson kapitali, iqtidorli o'quvchilar, intellekt, rivojlanish, qiyin xayotiy vaziyat, stress, koping-xulq, psixodiagnostika, psixokorreksiya.

This article reveals the role of human capital in the development of the country, as well as the key role in this belongs to gifted students.

It is concluded that in order to improve the quality of the human capital of gifted students, it is necessary to focus on the formation of effective methods of coping behavior in them, while the development of psychodiagnostic methods for studying their psychological characteristics, in particular coping behavior, adapting existing methods to age-related and national characteristics of students, as well as the development of programs for psychocorrection of coping behavior.

Keywords: human capital, gifted students, intellect, development, difficult life situation, stress, coping behavior, psychodiagnostics, psychocorrection.

L. Yu. Abduqodirova

FarDU o'qituvchisi

Aziza Sobirova

FarDU talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Zamonaviy jamiyatda davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy sohani rivojlantirish, I

May, 2022'

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish inson kapitalining rivojlanganlik darajasi bilan bog'liq.

Jahon Taraqqiyot Banki ekspertlarining fikricha, inson kapitali - bu insonlar o'z hayoti davomida bilim, ko'nikma va salomatlikka investitsiya qiladigan va to'playdigan vositalar bo'lib, bu esa ularga jamiyatning foydali a'zosi sifatida o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkon beradi (https://www.vsemirnyibank.org/ru/news/immersive-story/2018/08/03/investing-in-people-to-build-human-capital).

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hindistonlik olim Mahbub ul Haq "Reflection on Human Development" (Mahbub ul Haq 1996) kitobida "Inson kapitali iqtisodiy o'sishni majmuaviy tarzda qo'llab-quvvatlovchi instrument bo'lib, inson kapitali to'g'ridan-to'g'ri inson taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq va ushbu kategoriya iqtisodiy o'sishning son va sifat jihatidan rivojlanishini ta'minlashi muqarrardir", — deb yozgan [11].

Yu.A. Korchaginga ko'ra, inson kapitali - bu professionalizm, intellekt, bilimlar, sifatli va yuksak samarali mehnat va yuksak turmush darajasi demakdir [13]

B.Sh.Usmonov, M.Q.Qodirov, J.D.Eltazarovlar inson kapitali "insoniyatning postindustrial jamiyatga, informatsion va innovatsion texnologiyalar davriga qadam qo'yishi bilimli va malakali inson kuchiga bo'lgan talabni mislsiz ravishda yuksaltirdi", deb ta'kidlab o'tganlar [14, 4-b.].

Rossiyalik olim Didenko inson kapitali — bu insonda mujassamlangan iqtisodiy jihatdan qimmatli bilimlar, ko'nikmalar, motivatsiyalar, uning yangi axborotni idrok etish va ishlab chiqarish qobiliyati [12, 39-b].

Zamonaviy dunyo muammolari inson kapitalini rivojlantirish uchun yanada moslashuvchan va nostandart usullardan foydalanishni taqazo etadi. Bunday usullaridan biri iqtidorli va iste'dodli yoshlarning tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat. M. Xolmuxamedov inson kapitaliga investitsiyalar haqida gapirib, AQSH tajribasiga e'tibor qaratgan. Uning fikriga ko'ra, AQSHdagi xususiy kompaniyalar tomonidan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun sarmoya qilingan 1 dollar, oqibatda 3dan 8 dollargacha daromad olib keladi [16].

Iqtidorli yoshlarni rivojlantirish haqida fikr yuritilar ekan, bu borada O'zbekistonda kengqamrovli islohotlar amalga oshirilayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

May, 2022

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi Farmoni imzolandi. Farmonda "Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, milliy o'zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash" masalasiga alohida ahamiyat berilgan [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoniga muvofiq 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan[2].

Yoshlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma'naviy yetuk va jismonan sog'lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2019-yilning 12-iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 577-son qarori [5]; 2020-yil 23-sentyabrdagi ORQ-637 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi qonuni" [4]; 2021-yil 18-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 23-sonli qarori [6]; O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yining 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni [3] qabul qilinganligini ham e'tirof etish lozim.

Bizning fikrimizga ko'ra esa, agar iqtidorli yoshlarga investitsiya qilinsa, natijada dunyo miqyosida O'zbekiston fan, san'at, biznes, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarda munosib o'rnini egallashi, xamda iqtisodiy o'sishga tezroq erishishi uchun xizmat qilishi mumkin.

Iqtidorli bolalarni o'qitish va tarbiyalashda ularning qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy moslashuvini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Ular betakrorliklari, nostandart fikrlarga ega bo'lganliklari tufayli, xamda oddiy maktabda differensial

ta'limning yo'qligi, maktabning o'rtacha o'quvchiga e'tibor

May, 2022

qaratilishi va ko'zda tutilmagan yoki qabul qilinmagan dasturlarning birlashtirilishi sababli tengdoshlaridan farq qilib, ulardan qobiliyati pastroq o'quvchilar tomonidan kamsitishlarga duch keladilar. Natijada iqtidorli bolalar boshqalar bilan muloqot qilishda qiynalishi, stress, psixologik qiyinchiliklarga uchrashlari mumkin.

Shunday ekan, iqtidorli o'quvchilarning inson kapitalini rivojlantirish va natijada jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlarga erishish uchun, hayotiy muammolarni samarali yengishga qaratilgan xulq-atvorni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Muammolarni yengishga qaratilgan xulq chet el psixologlari tomonidan "coping" -xulq deb ataladi. Ushbu termin inglizcha "to cope" — "yengish" degan ma'noga ega bo'lib, uni ilk bor L. Murphy (1962-y.) maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan krizis holatlarni yengib otish xulqini tadqiq etish bo'yicha ilmiy risolasida qo'llagan

Shaxsning murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o'tish, ya'ni koping - xulq haqidagi nazariya XX asrning ikkinchi yarmida amerikalik psixolog Abraham Maslou tomonidan yaratilgan (1987 y.). Uning nazariyasida "koping-xulq - bu individning hayotiy muammolarni yechishga tayyorgarligini aks etuvchi xulq shakli, ma'lum bir vaziyatga moslashishga yo'naltirilgan va emotsional stressni yengib otishda vositani qo'llashidagi taxminiy shakllangan mahoratdir" deb ta'rif beradi [9].

1966 yilda Lazurus ozining "Psixologik stress va uni yengib otish yollari" kitobini yozgan. Unda Lazurus stress - bu diskomfort ya'ni ehtiyojlar, xohishlar bilan bog'liq bo'lgan, atrof olamning insonga qo'yadigan talablari bilan ehtiyojlar nomutanosibligidir degan fikrni ilgari surgan. Atrof olamni inson individual qabul qilishi bilan bog'liq bo'lgan holatlar. Aynan individ sodir bo'lgan voqea hodisa, vaziyat va x.kni baholashiga bog'liq, ya'ni buni u stress holat kabi qabul qiladimi yoki yoq [8].

Iqtidorli bolalarda yengib o'tuvchi xulq O'zbekiston olimlari tomonidan o'rganilmagan. Ularni asosan chet el olimlari E.Frydenberg, R.Lewis, A.Parsons, C.Pool, T.L. Kryukova, V.D.Saporovskaya, S.A.Xazovalar o'rganganlar. Eng mashhur tadqiqotlar Avstraliyada E.Frydenberg, R.Lewis, L.Medvedova, G. Villiandlar tomonidan amalga oshirilgan. Ular Iqtidorli bolalardagi yengib o'tuvchilarning xulqi turli muammolarni qay tarzda uddalay olishlariga bog'liqdir deb hisoblashgan. Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tengdoshlar bilan muammo, qiyinchiliklar yuzaga kelganda ular munosabatlarni ochiq oydin hal qilib olishni ma'qul ko'rishadi. Oilasi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarda esa o'zlari yolg'iz qolib, yaxshilab o'ylab hal qilishni ma'qul

[10].

ko'rishadi. Iqtidorli bolalarda o'zlarini tengdoshlariga qaraganda

May, 2022

turli muammoga, qiyin vaziyatga tushib qolganda zararli odatlar (spirtli ichimliklar, narkotik moddalari)ga berilib ketishga moyillik ancha kam. Ular qiyin muammoli vaziyatlarga tushib qolganlarida zararli odatlarga berilmay, balki ozlarini qiziqtirgan ish faoliyatlari bilan mashg'ul bo'lib, ishga o'ta berilib ketadilar. Bu yo'l bilan ular muammodan chalg'ishga harakat qiladilar. Ko'plab psixologlar iqtidorli, kuchli qobiliyatga ega bo'lgan bolalarning aksariyati qiyin muammoli ahvoldaliklarida o'zlarini umuman ojiz, yordamga muhtoj ekanliklarini his qilmaydilar deb ta'kidlab o'tishgan.

E.Frydenberg, R.Lyuvislarning aniqlashlaricha, avstraliyalik yuqori sinf iqtidorli o'quvchilari ko'proq yuqori natijalarga, yutuqlarga erishish uchun va muammolarini yechishda ko'proq dam olish, chalg'imaslik, xayollarga kamroq berilib orzu qilmaslikka, charchoqlarini yechish uchun turli (alkogol, chekish) yo'llardan foydalanishga o'zlarini yo'naltirishar ekan [7]. Turli muammoli vaziyatlar, o'z qiyinchiliklarini yengolmay yechimiga qiynaladilar va yordam so'rab do'stlariga murojaat qilishar ekan.

Rossiyalik olima S.A.Xazovaning tadqiqotlariga ko'ra, iqtidorli yuqori sinf o'quvchilari tengdoshlari kabi yosh davriga xos bo'lgan barcha ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklarni kechirishadi. Ushbu qiyinchiliklar qaysi sohada yuzaga kelayotganiga, kommunikativ qobiliyatining darajasiga va shaxs xususiyatiga bog'liqdir. Shu bilan birgalikda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ota-ona, o'qituvchining pozitsiyasiga bog'liqdir. Tengdoshlari bilan munosabatlar iqtidorli o'quvchilarni o'zlarini nostandart tarzda namoyon qilganliklari bilan bog'liqdir [15]. Ularni sotsiometrik mavqesi boshqalarga nisbatan yuqori. Iqtidorli o'quvchilardagi eng katta qiyinchilik tengdoshlari bilan bog'liq, ota-ona bilan bo'lgan munosabatlar katta ahamiyatga ega emas. Yangi sharoit, qiyinchiliklarga moslashishi boshqa tengdoshlarininkidan ko'ra yuqori. Ular ijtimoiy munosabatlarga ko'proq ko'nikkan, oilada adaptatsiya yuqori, o'zlarini nazorat qilish xususiyatlari ham yuqori. Emotsional holatlari barqarorligi bilan ajralib turadi. Juda yuqori aqliy salohiyatga ega yoshlarning ijtimoiy adaptatsiyasi boshqalarnikidan pastroq. Iqtidorlilar qiyinchilik paytida o'zlarini "qobig'iga" kirishga moyil bo'lib introvertlik xususiyatni, Ilmiy ijodda esa ekstrovertlikni namoyon etishadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish muammosini hal etishda iqtidorli

o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini, xususan, koping-

May, 2022

xulqini o'rganish, ularda samarali koping-xulqini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada psixodiagnostik metodlarni yaratish, mavjudlarini o'quvchilarning yoshi va milliy xususiyatlariga adaptatsiya qilish; psixokorreksion dasturlar yaratishni tavsiya qilamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab quvvatlash to'g'risida"gi Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yining 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi ORQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risidagi qonuni"

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi "O'quvchilarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 577-son qarori

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 23-sonli qarori

7. Frydenberg, E., & Lewis, R. (1991). Adolescent Coping Styles and Strategies: Is There Functional and Dysfunctional Coping? Australian Journal of Guidance and Counselling, 1, 1-8. https://doi.org/10.1017/S1037291100002351

8. Lazarus, R.S. Psychological Stress and the Coping Process. New York, McGraw-Hill Book Co., 1966.

9. Maslow, A. H. (1987). Motivation and personality (3rd ed.; R. Frager, J. Fadiman, C. McReynolds, & R. Cox, Eds.). Addison Wesley.

10. Murphy, Lois, and Associates. The widening world of childhood: Paths toward mastery. New York: Basic Books, 1962.

11. Haq, Mahbub ul. Reflections on Human Development. New York: Oxford University Press. 1995.

12. Диденко Д. В. Человеческий капитал как фактор развития

российской интеллектуалоемкой экономики

May, 2022

в

компаративном контексте (историко-экономический анализ) //РАН. Институт социологии. Институт экономики. М. - 2015.

13. Корчагин Ю.А. Человеческий капитал. Определение // ЦИРЭ: Центр исследований региональной экономики. LERC: local economics research center http://www.lerc.ru/?part=articles&art=3&page=24 (December, 2014)

14. Усмонов Б.Ш., Кодиров М.К., Элтазаров Ж.Д. Инсон капиталининг шаклланишида таълим ва илм-фаннинг роли (илмий-оммабоп рисола). -Самарканд: СамДУ, 2015. - 83 Б.

15. Хазова, С. А. Ментальные ресурсы субъекта в разные возрастные периоды : автореф. ... дис. докт. психол. наук : 19.00.13 / Хазова Светлана Абдурахмановна. - Кострома, 2014. - 540 с.

16. Холмухамедов М. Меритократия со школьной скамьи наращивает человеческий капитал. Экономическое обозрение №9 (249) 2020.

17. Максимова, Людмила Александровна, and Муаззам Тулкиновна Исакова. "ЧЕЛОВЕК КАК СУБЪЕКТ СОЦИОКУЛЬТУРНОГО ПРОСТРАНСТВА: ОЦЕНКА ЖИТЕЛЯМИ УЗБЕКИСТАНА УРОВНЯ ВЛИЯНИЯ СОЦИОКУЛЬТУРНЫХ ФАКТОРОВ НА ИХ ПСИХИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ." Стратегические ориентиры современного образования. 2020.

18. Abdukadirova, Laura Yulbarsovna, and Eleonora Topvoldievna Mirzajonova. "The importance of reading competencies in the context of the "industry 4.0" industrial revolution." Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11.1 (2021): 205-210.

19. Djuhonova, N. H. "PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL PROBLEMS OF PREPARING STUDENTS FOR FAMILY LIFE." Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества. 2020.

20. Laura, Abdukadirova. "THE MAIN APPROACHES TO THE STUDY OF THE DIFFICULT LIFE SITUATION IN SOCIO-PSYCHOLOGICAL RESEARCH." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7.12 (2019).

21. Юлдашева, Махлиё Бахтиёровна, and Зарнигор Эргашова. "ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ АГРЕССИИ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ(2021): 318.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.