Научная статья на тему 'IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI'

IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy xavfsizlik / iqtisodiy islohotlar / oziq-ovqat xavfsizligi / barqaror rivojlanish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Aslonov Muhammad Tosh O‘G‘Li

Maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda oziq-ovqat mustaqilligining o‘rni, undan kelib chiqadigan muammolarning oldini olish vaularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari aks ettirilgan. Maqola davomida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga alohida to ’xtalib o’tilgan va maqola so’nggida muhokama va xulosa berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O'RNI

Aslonov Muhammad Tosh O'g'li

O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston maydarin13@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13324960 Annotatsiya: Maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda oziq-ovqat mustaqilligining o'rni, undan kelib chiqadigan muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari aks ettirilgan. Maqola davomida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga alohida to 'xtalib o'tilgan va maqola so'nggida muhokama va xulosa berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror rivojlanish.

KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta'minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda.

"Iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasi o'zbek iqtisodiyotida yangi sohalardan hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta'minlaydi. Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, eng asosiy iqtisodiy omillardan biri oziq ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo'yicha yondashuvni mutlaqo o'zgartirish vaqti kelganini ta'kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to'liq ta'minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yo'lida ham qishloq xo'jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanadi. Bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg'or va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat balansi bo'yicha farqning o'sayotgani, iqlim o'zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-ne'matlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.

Oqibatda, BMT ma'lumotlariga ko'ra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo'lsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi

o'limning 45 foizi aynan to'yib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan ko'z yummoqda. Ma'lumki, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi

iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i sanaladi. Unda 3,6 million kishi, ya'ni iqtisodiyotda band bo'lganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng bo'lsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir e'tiborli jihati, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xo'jaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-to'qimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva- sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdig'idir.

Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.

Umuman olganda, iqtisodiy xavfsizlik mamlakat xavfsizligi deb bejiz ta'kidlanmaydi. Aholi istemol qiladigan har bir mahsulot iste'mol darajasiga tayyor bo'lishi bu o'ta muhim hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi qanchalik kuchli rivojlangan bo'lsa, kirib kelayotgan tovarlar, yaratilayotgan mahsulotlar shunchalik iste'molga yaroqli va sifatli bo'ladi, jamiyat xavfsizligi ta'minlanadi, ular turli yaroqsiz mahsulotlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kasalliklardan himoya qilinadi.

XULOSA

Zotan, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog'likni ta'minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xo'jaligidagi islohotlardan maqsad - iqtisodiy foyda ko'rish bilan

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, e-e may 2004 www.in~academy.uz

birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, xalq esimizdan chiqarmasligimiz zarur". farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2021

[2] Oliy Majlis Qonunchilik palatasi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun loyihasi. 25.06.2022.

[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019 yildagi PF-5863-son.

[4] Броварский В. Д., Турдалиев А. Т., Мирзахмедова Г. И. Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения //Научное обозрение. Биологические науки. - 2020. - №. 3. - С. 43-48.

[5] Турдалиев, А. Т., Аскаров, К. А., Жалилова, Ш. А., Гуломова, З. А., & Мусаев, И. И. (2019). Физико-химические, геохимические особенности и их влияние на почвенноэкологическое состояние гидроморфных почв. Научное обозрение. Биологические науки, (4), 44-49.

[6] Аскаров К. А., Турдалиев А. Т., Сотиболдиева М. М. Геохимия микроэлементов в почвах Центральной Ферганы //Современные научные исследования и разработки. - 2018. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-45.

[7] Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

[8] Турдалиев А., Юлдашев Г. Геохимия педолитных почв. Монография //Т." Фан. - 2015. - С. 41-48.

[9] Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 3227-3235.

[10] Турдалиев А. Т., Аскаров К. А. Энергетические особенности микроэлементов в засоленных почвах Центральной Ферганы //Актуальные проблемы современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 83-87.

[11] Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

[12] Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мирзаев Ф. А. У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. - №. 3. - С. 6.

[13] Броварский, В. Д., Турдалиев, А. Т., & Мирзахмедова, Г. И. (2020). Воздействие температуры

[14] окружающей среды на пчел и растения. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 43-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.