Научная статья на тему 'IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI'

IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
250
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiy xavfsizlik / iqtisodiy islohotlar / oziq-ovqat xavfsizligi / barqaror rivojlanish. / economic security / economic reforms / food security / sustainable development.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — K. Bahkhriddinov

Maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda oziq-ovqat mustaqilligining o‘rni, undan kelib chiqadigan muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari aks ettirilgan. Maqola davomida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga alohida to’xtalib o’tilgan va maqola so’nggida muhokama va xulosa berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FOOD INDEPENDENCE IN ENSURING ECONOMIC SECURITY

The article reflects the role of food independence in ensuring economic security, prevention of problems arising from it and elimination of their negative consequences. During the article, the concept of economic security was highlighted, and at the end of the article, a discussion and conclusion was given.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING O‘RNI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

IQTISODIY XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT MUSTAQILLIGINING

O'RNI

Bahkhriddinov Komiljon Amonjon o'g'li

Toshkent Moliya instituti iqtisodiyot yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6969324

Annotatsiya. Maqolada iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda oziq-ovqat mustaqilligining o'rni, undan kelib chiqadigan muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari aks ettirilgan. Maqola davomida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga alohida to 'xtalib o'tilgan va maqola so'nggida muhokama va xulosa berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligi, barqaror rivojlanish.

РОЛЬ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Аннотация. В статье отражена роль продовольственной независимости в обеспечении экономической безопасности, предупреждении вытекающих из нее проблем и устранении их негативных последствий. В ходе статьи было выделено понятие экономической безопасности, а в конце статьи дано обсуждение и заключение.

Ключевые слова: экономическая безопасность, экономические реформы, продовольственная безопасность, устойчивое развитие.

THE ROLE OF FOOD INDEPENDENCE IN ENSURING ECONOMIC SECURITY

Abstract. The article reflects the role of food independence in ensuring economic security, prevention ofproblems arising from it and elimination of their negative consequences. During the article, the concept of economic security was highlighted, and at the end of the article, a discussion and conclusion was given.

Keywords: economic security, economic reforms, food security, sustainable development.

KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta'minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

"Iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasi ozbek iqtisodiyotida yangi sohalardan hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta'minlaydi. Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, eng asosiy iqtisodiy omillardan biri oziq ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo'yicha yondashuvni mutlaqo o'zgartirish vaqti kelganini ta'kidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to'liq ta'minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

manfaatlari yo'lida ham qishloq xo'jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanadi. Bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg'or va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat balansi bo'yicha farqning o'sayotgani, iqlim o'zgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-ne'matlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.

TADQIQOT NATIJALARI

Oqibatda, BMT ma'lumotlariga ko'ra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan bo'lsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi o'limning 45 foizi aynan to'yib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan ko'z yummoqda. Ma'lumki, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i sanaladi. Unda 3,6 million kishi, ya'ni iqtisodiyotda band bo'lganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng bo'lsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir e'tiborli jihati, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo'lga qo'yilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xo'jaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-to'qimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdig'idir.

MUHOKAMA

Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan O'zbekiston qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.

Umuman olganda, iqtisodiy xavfsizlik mamlakat xavfsizligi deb bejiz ta'kidlanmaydi. Aholi istemol qiladigan har bir mahsulot iste'mol darajasiga tayyor bo'lishi bu o'ta muhim hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi qanchalik kuchli rivojlangan bo'lsa, kirib kelayotgan tovarlar, yaratilayotgan mahsulotlar shunchalik iste'molga yaroqli va sifatli bo'ladi, jamiyat xavfsizligi ta'minlanadi, ular turli yaroqsiz mahsulotlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kasalliklardan himoya qilinadi.

XULOSA

Zotan, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog'likni ta'minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xo'jaligidagi islohotlardan maqsad - iqtisodiy foyda ko'rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur".

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2021

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonun loyihasi. 25.06.2022.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019 yildagi PF-5863-son.

4. Броварский В. Д., Турдалиев А. Т., Мирзахмедова Г. И. Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения //Научное обозрение. Биологические науки. -2020. - №. 3. - С. 43-48.

5. Турдалиев, А. Т., Аскаров, К. А., Жалилова, Ш. А., Гуломова, З. А., & Мусаев, И. И. (2019). Физико-химические, геохимические особенности и их влияние на почвенно-экологическое состояние гидроморфных почв. Научное обозрение. Биологические науки, (4), 44-49.

6. Аскаров К. А., Турдалиев А. Т., Сотиболдиева М. М. Геохимия микроэлементов в почвах Центральной Ферганы //Современные научные исследования и разработки. -2018. - Т. 2. - №. 5. - С. 42-45.

7. Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 14-15.

8. Турдалиев А., Юлдашев Г. Геохимия педолитных почв. Монография //Т." Фан. - 2015. - С. 41-48.

9. Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - С. 3227-3235.

10. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А. Энергетические особенности микроэлементов в засоленных почвах Центральной Ферганы //Актуальные проблемы современной науки. - 2019. - №. 6. - С. 83-87.

11. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

12. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мирзаев Ф. А. У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. -№. 3. - С. 6.

13. Броварский, В. Д., Турдалиев, А. Т., & Мирзахмедова, Г. И. (2020). Воздействие температуры окружающей среды на пчел и растения. Научное обозрение. Биологические науки, (3), 43-48.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.