PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
IQTISODIY VA STATISTIK USULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA AHOLI VA DEMOGRAFIK JARAYONLARNI TAHLIL QILISH
Siroj Zarina Rustambekovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Gavxar ko'chasi 1-uy
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13353072 Annotatsiya: Ushbu maqola iqtisodiy va statistik usullardan foydalangan holda aholi va demografik jarayonlarni tahlil qilishni muhokama qilishga bag'ishlanadi. Demografik jarayonlar jamiyat hayotining turli jabhalari uchun, tug'ilish va o'lim darajasidan tortib, aholining migratsiya va yosh tarkibigacha katta ahamiyatga ega. Maqolada demografik ko'rsatkichlar va iqtisodiy omillar o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan, shuningdek, aholi soni, uning tuzilishi va dinamikasidagi o'zgarishlar tendentsiyalari aniqlangan. Shuningdek, iqtisodiyotdagi demografik jarayonlarni bashorat qilish va aniqlash uchun demografik ma'lumotlarni tahlil qilish usullari muhokama qilinadi. Olingan natijalar milliy iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda foydali bo'lishi mumkin.
Kalit so'zlar: Aholi bandligi, aholi daromadlari, aholi soni, aholi jon boshi, aholi zichligi, aholi statistikasi, aholi takror barpo bo'lishi, ishchi kuchi, demografik jarayonlar, demografik jarayon, demografik vazifalar, mehnat resurslari, bandlik statistikasi, ishsizlik statistikasi, mehnat bozori.
KIRISH
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad aholi farovonligini ta'minlash va xalqaro maydonda iqtisodiy salohiyatni yanada yaxshilashdan iborat. Aholini statistik o'rganishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari juda ko'p bo'lib, iqtisodiy tarmoqlarning rivojlanishida ishchi kuchi sifatida qatnashadigan aholi, bozorlarda iste'molchi vazifasini ham bajarishi yuqoridagi jihatlardan eng asosiylari hisoblanadi. [1]
Mustaqillik yillarida aholining bandligi va daromadlarini oshirish bo'yicha katta ishlar amalga oshirildi. Hukumatimiz yuzaga kelayotgan katta demografik vazifalar bois aholining jon boshiga daromadlarini oshirish bilan bog'liq murakkab vazifalarni bajarishiga to'g'ri kelmoqda.
Aholishunoslikni rivojlantirish mamlakat aholisi miqdorining dinamikasini va uning asosiy manbalarini, aholi tabiiy ko'payishidagi o'zgarishlarni, urbanizasiya va migrasiya dinamikasini, milliy va ijtimoiy tarkibini hamda uning mehnat resurslari bandligini tavsiflaydigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayon hisoblanadi.
O'zbekistonda mustaqillik yillarida o'ziga hos xususiyatlari bilan bilan sobiq ittifoq davridagidan farqlanadigan yangi demografik vaziyat yuzaga keldi. Bunga iqtisodiyotda muvaffaqiyatli tuzilmaviy o'zgarishlar, barqaror yuqori o'sish ko'lamlari natijasida erishildi.
Mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik statistikasi ma'lumotlari davlatning aholi bandligi va mehnat bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishi va istiqbolini belgilashi uchun zarurdir. Shuningdek, potensial investorlar uchun respublika hududlari yoki korxonalarida talab etiladigan (ta'lim va malakaviy) xususiyatlarga ega ishchi kuchining muvofiqligi masalalarini yechishda, malakaviy ta'lim muassasalarida bozor talablariga javob beradigan mutaxassislarni
tayyorlashning kasbiy tuzilmasini shakllantirish uchun, korxonalarga kadrlar siyosatini ishlab chiqish, ishchi kuchidan foydalanishni yaxshilash zaxira(rezerv)larini izlash va tahlil qilish uchun hamda alohida shaxslar uchun yangi ishni tez va samarali topish, o'zini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni oqilona amalga oshirish va tashkil etish uchun demografik axborotlar zarur hisoblanadi.
2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo'lga qo'yish, vazifalari belgilab berilgan. Xususan, "Yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko'maklashish bo'yicha davlat dasturi" doirasida xorijdan qaytgan fuqarolarni manzilli ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish orqali qayta tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish belgilab berilgan. [2]
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAXLILI
Demografik jarayonlarni yuzaga kelishi, aholi to'g'risidagi statistik ma'lumotlar, jumladan, uning tarkibi, hajmi, tarqalishi, tug'ilish, o'lim, migratsiya va boshqa parametrlar maxalliy va horijiy olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, demografik omillarning jamiyat tuzilishi, iqtisodiyot va boshqa ijtimoiy jihatlarga ta'sirini o'rganish davom etmoqda.
Rus olimi A.I.Sherbakov va boshqalar tomonidan yozilgan "Demografiya" nomli o'quv qo'llanmasida[3] demografiyaning nazariy asoslari, demografik jarayonlarni o'rganish va tahlil qilish usullari, aholi soni va tuzilishi, aholining mexanik harakati, Rossiya Federatsiyasida demografik jarayonlarning rivojlanish tendentsiyalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, jamiyat tarkibida migratsiya, nikoh va oila masalalariga, demografik jarayonlarning asosiy tendentsiyalari rivojlanishini baholash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
va aholi takror ishlab chiqarish o'rtasidagi munosabatlarga alohida e'tibor qaratilgan.
Yana bir rus tadqiqotchisi N. L.Antonovaning[4] "Demografiya" nomli o'quv-uslubiy qo'llanmasida demografiya amaliy faoliyatning bir turi ekanligi, demografik siyosat va demografik prognozlash haqida batafsil ma'lumotlar berilgan bo'lib, demografiya aholining ijtimoiy-tarixiy sharoitlarida ko'payishning asosiy qonuniyatlarini o'rganishga qaratilgan fan ekanligi ta'kidlangan. Bu fan talabalarda demografik rivojlanishning umumiy tamoyillari, demografiyaga asosiy yondashuvlar va zamonaviy demografik vaziyatni o'rganish haqida tushunchalarni shakllantiradi.
Tadqiqotchi olim M.S. Zabavina tomonidan zamonamizning global demografik muammolari o'rganilgan, shuningdek dunyo mintaqalari va mamlakatlari kontekstida demografik tendentsiyalar, urbanizatsiya va migratsiya muammolari o'rganilgan. [5]
Yana bir rossiyalik tadqiqotchi olim S.I.Buslayev esa hozirgi davrning asosiy global muammolaridan biri - demografik muammoni o'rganib chiqqan bo'lib, u o'z ilmiy ishlarida qochqinlar va majburiy muhojirlar muammosining paydo bo'lish tarixini hal qilish maqsadida tahlil qilgan holda, statistik ma'lumotlar va global migratsiyaning asosiy tendentsiyalari taqdim etgan, emigratsiya va immigratsiyaning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqib, vaziyatni yanada rivojlantirish bo'yicha xulosalar chiqargan, qochqinlar muammosini hal qilishning mumkin bo'lgan yo'llari bo'yicha tavsiyalar bergan. [6]
XVI asrda (1530-1596 yy) fransuz siyosiy yozuvchisi J.Boden tomonidan ham demografik bilimlar birmuncha rivojlantirilgan. 1577 yili J.Bodenning Angliyada "Respublikaning olti kitobi" nomli asari nashr etilib, uning alohida bobida aholi va uning daromadi statistikasini muntazam hisoblab borish har qanday davlat uchun zarurligi qayd etilgan. J.Bodenning zamondoshi italiyalik siyosiy yozuvchi D. Botero ham o'z asarlarida aholi statistikasiga alohida etibor qaratadi. U aholi harakati haqida birinchilardan bo'lib fikr yuritgan olim hisoblanadi. D.Botero XVI asrda yashab, tadqiqotlar olib borgan bo'lsa-da, uning ijodi XX asrda rossiyalik olimlar tomonidan juda yuqori baholanadi. Ular D. Boteroni aholi nazariyasining asoschilari sifatida tan olishgan. D.Botero aholini juda tez ko'payib borish xususiyatini ta'kidlab, uni to'xtatishda turli harakatlar, ochlik, epidemiya va urushlarni omil sifatida ko'rsatadi.[7]
XVIII-XIX asrlarda Fransiyada ham aholini statistik o'rganish borasida tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda aholi takror barpo bo'lishi jarayonlari ham o'rganilgan. 1855-yilda Parijda A. Giyyarning "Inson statistika elementlari yoki qiyosiy demografiya", 1881 -yilda Jan Bertil'on tomonidan yozilgan "Fransiya aholisi xarakterining statistikasi" [] nomli asarlari aholi statistikasiga bag'ishlanadi.
Aholishunoslik bo'yicha "Statistik jurnal" bilan bir qatorda boshqa ilmiy asarlarni ham ko'rsatish mumkin. Masalan, K.F. Germanning "Aholishunoslik haqida" deb nomlangan ilmiy asarida Rossiya aholisi bo'yicha
statistik tadqiqotlar natijalari berilgan. Muallif o'z asarida ko'plab ma'lumotlar, jadvallar keltirgan, xususan, aholining o'lim darajasi haqidagi jadval Rossiyada ilk bor qo'llaniladi. 1811 yilda Rossiyada vazirlikning statistik mahkamasi tuzildi.[8]
TADQIQOT METODOLOGOYASI
Tadqiqot metodologiyasini aholi bandligini ta'minlash nazariyasi bo'yicha mamlakatimiz hamda xorijiy olimlarning olib borgan ilmiy ishlari natijalari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi bandligini ta'minlash va turmush farovonligini oshirishga oid farmon va qarorlari tashkil etadi. Shu bilan birga, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda aholi bandligini ta'minlash modellarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash siyosatini yuritishda foydali jihatlarini amaliyotga kiritishda katta turtki bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ushbu tadqiqotning metodologik jihati mamlakatimizda innovasion rivojlanish g'oyalarini amaliyotga joriy etish yo'llarini asoslashdan iborat.
TAXLIL VA NATIJALAR
Demografik jarayonlar juda ham bir-biriga zid va ko'p omillar ta'sirida bo'ladi: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, milliy, tabiiy va h.k. Hozirda dunyo aholisi taxminan 8 milliarddan ortiq kishini tashkil qiladi. Bu dunyo aholisi 20-asr o'rtalariga qaraganda uch baravar ko'pligini anglatadi. Kelgusi 30 yil ichida dunyo aholisi qariyb 2 milliardga, 2050 yilda hozirgi 8 milliarddan 9,7 milliardga ko'payishi kutilmoqda va 2080-yillarning o'rtalarida eng yuqori cho'qqisiga ko'ra qariyb 10,4 milliardga yetishi mumkin.
Aholining bunday tez o'sishi, asosan, reproduktiv yoshda omon qolgan odamlar sonining ko'payishi, shuningdek, o'rtacha umr ko'rish davomiyligi, urbanizatsiya va migratsiyaning kuchayishi kabi omillar bilan bog'liq. Tug'ilish ko'rsatkichlarining oshishi ham muhim rol o'ynaydi. Bu tendentsiyalar kelajak avlodlar uchun juda muhim bo'ladi.
Aksariyat aholi Osiyoda (4,6 milliarddan ortiq), shuningdek, Afrikada (1,3 milliarddan ortiq) va Yevropada (750 milliondan ortiq) yashaydi. Shimoliy Amerikada 370 millionga yaqin, Lotin Amerikasida esa 650 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.[9]
1-jadvalda aholi soni bo'yicha dunyoda eng yuqori ko'rsatkichlarga ega mamlakatlar 10 taligi keltirilgan bo'lib, unda hidiston etakchilik qiladi? Bugungi kunda hindiston davlatining aholisi soni 1,428,627,663 kishini tashkil etmoqda. Roy'hatning ikkinchi o'rnini Hitoy 1,425,671,352 kishi aholisi bilan egallab turibdi. Bu ro'yhatda shuningdek, AQSh, Indoneziya, Pokiston, Negeriya, Braziliya, Bangladesh, Rossiya, Meksika kabi mamlakatlar bor. Jadvalda aholining o'rtacha yoshi ham berilgan bo'lib, bu ko'rsatkich Xitoy va Rossiyada 39 yoshni tashkil etadi. Negeriyada 17 yoshni, Pokistonda esa 21 yoshni tashkil etadi. Dunyo aholisining o'rtacha yoshi esa taxminan 30 yoshni tashkil etadi.
O'rtacha umr ko'rish ham mamlakatlarga qarab farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu taxminan 80
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz
yoshni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 70 yoshni tashkil qiladi. Bugungi kunda demografiyaning asosiy muammolaridan biri rivojlangan mamlakatlarda aholining qarishi va rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi sonining o'sishidir.
1-jadval: Aholi soni dunyo mamlakatlari 10 taligi[10]
Aholinin
№ Mamlakatlar Aholi soni g o'rtacha yoshi
1 Xindiston 1,428,627,66 3 28
2 Xitoy 1,425,671,35 2 39
3 AQSH 339,996,563 38
4 Indoneziya 277,534,122 30
5 Pokiston 240,485,658 21
6 Nigeriya 223,804,632 17
7 Braziliya 216,422,446 34
8 Bangladesh 172,954,319 27
9 Rossiya 144,444,359 39
1 0 Meksika 128,455,567 30
Manba: www.worldometers.info MDH mamlakatlaridagi demografik jarayonlar turli tendentsiyalar, jumladan, tug'ilishning pasayishi, o'limning ko'payishi, aholining qarishi va migratsiya oqimlari bilan tavsiflanadi.
Ko'pgina MDH mamlakatlarida tug'ilish darajasi pasayib bormoqda, bu esa aholining kamayishiga olib keladi. Ayrim mamlakatlarda turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar tufayli o'lim darajasi ham yuqoriligicha qolmoqda. Bu tendentsiyalar birgalikda aholining qarishiga va keksa odamlarning mehnatga layoqatli aholiga qaramligini oshirishga olib keladi.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari migratsiya jarayonlari, jumladan, fuqarolarning chet elga ish izlab ketishi, shuningdek, MDHning boshqa davlatlaridan migratsiya jarayonlari bilan duch kelmoqda. Ushbu oqimlar mintaqa mamlakatlaridagi demografik vaziyatga, jumladan, aholining etnik tarkibi va demografik tarkibidagi o'zgarishlarga ta'sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, MDH mamlakatlaridagi demografik jarayonlar aholining barqaror rivojlanishini ta'minlash va mintaqada demografik xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ko'rsatmoqda.
2-jadvalda MDH tarkibiga kiruvchi
Yilla r Jami axoli soni Shaxar aholisi soni Qishloq axolisi soni
Min g kishi 2001 yilga nisbat an o'sishi , %da Ming kishi 2001 yilga nisba tan o'sis hi, %da Min g kishi 2001 yilga nisb atan o'sis hi, %da
2001 2481 3,1 100 9225 ,3 100, 0 1558 7,8 100, 0
2005 2602 1,3 104,9 9441 ,9 102, 3 1657 9,4 106, 4
2010 2800 1,4 112,8 1442 5,9 156, 4 1357 5,5 87,1
2015 3102 5,5 125,0 1574 8 170, 7 1527 4,5 98,0
2020 3390 5,2 136,6 1714 4,1 185, 8 1676 1,1 107, 5
2021 3455 8,9 139,3 1751 0,4 189, 8 1704 8,5 109, 4
2022 3527 1,3 142,1 1793 5,7 194, 4 1733 5,6 111, 2
2023 3602 4,9 145,2 1837 0,9 199, 1 1765 4 113, 3
2024 3679 9,8 148,3 1877 1,1 203, 5 1802 8,7 115, 7
mamlakatlarining aholi soni va o'rtacha yoshi ko'rsatilgan. Jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkin, O'zbekiston aholi soni bo'yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bugungi kunda O'zbekiston aholisi 36 million kishidan oshgan. Aholining o'rtacha yoshi esa 27 yoshni tashkil etadi. Bu esa aholining ko'p qismi mehnatga layoqatli ekanligini anglatadi. Jadval ma'lumotlariga e'tibor beradigan bo'lsak, Tojikistonda aholining o'rtacha yoshi 22 yoshni tashlik qiladi, Rossiya, Moldova, Belarussiya, Armaniston va Ozarbayjonda istiqomat qiladigan aholi asosan o'rta yoshlilardan iborat ekanligini ko'rishimiz mumkin.
2-jadval: MDH mamlakatlarining aholi soni va
№ Mamlakatlar Aholi soni Aholining o'rtacha yoshi
1 O'zbekiston 36,799,944 27
2 Rossiya 144,444,359 39
3 Qozog'iston 19,606,633 30
4 Turkmaniston 6,516,100 26
5 Tojikiston 10,143,543 22
6 Moldova 3,435,931 35
7 Belarussiya 9,498,238 41
8 Armaniston 2,777,970 35
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
9 Ozarbayjon 10,412,651 32
Manba: www.worldometers.info
Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Hindiston aholisi bir necha o'n yillar davomida o'sishda davom etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, yaqinda Xitoy aholisi o'zining maksimal soniga yetdi va 2022 yildan beri kamayib bormoqda. Prognozlarga ko'ra, Xitoy aholisining qisqarishi davom etadi va asr oxiriga borib 1 milliarddan pastga tushishi mumkin.
Masalan, hozirgi davrda O'zbekistonda zamonaviy demografik jarayonlar o'zining tarangligi va keskinligi bilan farq qiladi. Mazkur jarayonlar asosida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yotadi. Shuni qayd qilish darkorki, barcha demografik jarayonlar u yoki bu miqdorda aholining bandligiga ta'sir qiladi.
O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2024 yil 1 yanvar holatiga 36799,8 ming kishini tashkil etib, 2001 yildagiga nisbatan 11986,7 ming kishiga, ya'ni 48,3%ga o'sgan(3-jadval)
3-jadval: O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni dinamikasi[11]
Manba:www.stat.uz
Yuqoridagi 3-jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2001 yilda O'zbekiston jami aholisining 37,2 foiz shahar va 62,8 foiz qishloq aholisi tashkil qilgan bo'lsa, 2001 yilga nisbatan jami aholi soni 139,3 foizga, shahar aholisi 189,8 foizga va qishloq aholisi 109,4 foizni tashkil etganligini kuzatishimiz mumkin.
Aholi soni mamlakat va uning aholisi haqida yetarli ma'lumot bera olmaydi. Buning uchun aholi zichligi(4-jadval) yoki aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YIM ko'rsatkichlari hisoblab topilishi kerak va ushbu ko'rsatkichlar mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy holatini aks ettirishi mumkin.
4-jadval: Aholining zichligi(yil boshiga; 1 kv.km ga to'g'ri keladigan aholi soni)
Manba:www.stat.uz
Hududlar 200 0 201 0 202 0 202 1 202 2 2023
O'zbekiston Respublikasi 54, 6 62, 4 75, 5 77, 0 78, 6 80,2
Qoraqalpog' iston Respublikasi 9,0 9,8 11, 4 11, 5 11, 7 11,9
Andijon 520 ,5 592 ,8 727 ,4 741 ,4 756 ,2 772, 7
Buxoro 35, 2 40, 0 47, 8 48, 4 49, 2 50,0
Jizzax 46, 0 52, 7 65, 2 66, 5 68, 1 69,6
Qashqadary o 75, 8 91, 6 114 ,8 116 ,7 119 ,3 121, 9
Navoiy 7,1 7,7 9,0 9,1 9,3 9,5
Namangan 260 ,0 303 ,6 377 ,8 385 ,4 394 ,0 402, 9
Samarqand 158 ,9 186 ,0 231 ,2 235 ,4 240 ,3 245, 6
Surxandaryo 86, 4 103 ,2 130 ,8 133 ,4 136 ,5 139, 6
Sirdaryo 149 ,3 166 ,9 197 ,7 201 ,1 205 ,5 209, 5
Toshkent 153 ,6 169 ,5 192 ,9 195 ,1 194 ,3 197, 7
Farg'ona 397 ,7 454 ,8 555 ,0 565 ,1 576 ,5 588, 2
Xorazm 217 ,0 258 ,1 308 ,5 312 ,9 317 ,9 323, 7
6 6 7 7 6 6599 ,1
Toshkent sh. 472 750 699 554 379
,2 ,2 ,6 ,4 ,1
Yuqoridagi 4-jadvaldan ko'rinib turibdiki, aholi zichligi yillar davomida o'sib kelishi hudud o'zgarmagan holda aholi sonining ortishi zichlikning ortib borishiga olib keladi.
HULOSA VA TAKLIFLAR
Hulosa qalib aytganda, demografik o'zgarishlar jamiyat hayotining turli jabhalariga, jumladan, iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy tizimlarga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Migratsiya turli mamlakatlarda demografik va ijtimoiy tuzilishga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
Demografik jarayonlar jamiyat hayotining turli jabhalari uchun, tug'ilish va o'lim darajasidan tortib, aholining migratsiya va yosh tarkibigacha katta ahamiyatga ega. Aholining qarishi, tug'ilishning pastligi va migratsiya oqimi kabi hozirgi demografik tendentsiyalar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning samarali strategiyalarini ishlab chiqish uchun e'tibor va tahlilni talab qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi taklif va tafsiyalarni berish mumkin:
Tug'ilish darajasini rag'batlantirish, bolali oilalar uchun ijtimoiy imtiyozlar berishni takomillashtirish siyosatini ishlab chiqish zarur.
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam tizimlarini aholining yosh tarkibidagi o'zgarishlarga moslashtirish masalasini ko'rib chiqish kerak.
Mamlakatning demografik ehtiyojlari va immigrantlarning jamiyatga integratsiyalashuvini hisobga oladigan moslashuvchan migratsiya siyosatini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Bolali oilalarni ijtimoiy dasturlar, ota-onalar uchun imtiyozlar siyosati orqali qo'llab-quvvatlash zarur.
Keksalarni qo'llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqish, sog'liqni saqlash, pensiya va ijtimoiy tizimlarni keksalar ulushini oshirishga moslashtirish muhim ahamiyatga ega.
Migratsiya oqimlari tahlil qilinib, immigrantlarning jamiyat va mehnat bozoriga integratsiyalashuviga yordam beradigan siyosat ishlab chiqilishi kerak.
Ushbu tavsiyalar davlat tuzilmalari va siyosatlarini o'zgaruvchan demografiyaga moslashtirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
ADABIYOTLAR:
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ
[1] Siroj Zarina Rustambekovna. O'zbekistonda demografik jarayonlardagi o'zgarishlarning statistik tahlili/ Ozbekiston statistika axborotnomasi/ 2023 yil 1(15)-son
[2] Узбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 28-январдаги "2022 - 2026-йилларга мулжалланган Янги Узбекистонннинг тараккиёт стратегияси тугрисида"ги ПФ-60-сон Фармони. https://lex.uz/ 2022-й.
[3] А.И.Шербаков и др. Демография. Учебное пособие. Москва. ИНФРА-М. 2017. 214 стр.
[4] Антонова, Н. Л. Демография : учеб.-метод. пособие / Н. Л. Антонова ; М-во образования и науки Рос. Федерации, Урал. федер. ун-т. -Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2014. - 154 с.
[5] Забавина М.С., Забавина Е.Ю. Глобальные демографические проблемы современности // Современная мировая экономика: вызовы и реальность. Секция: «Актуальные вопросы мировой экономики» [Электронный ресурс]: материалы 1-й Республиканской научно-практической конференции, г. Донецк, 20 ноября 2018 г. / отв. ред. Я. В. Хоменко / ГОУВПО «ДОННТУ». - Донецк: ДОННТУ, 2018. - с. 30-32.
[6] Станислав Иванович Буслаев Пути решения демографической проблемы современности. МИР (Модернизация. Инновации. Развитие). 2015. Т. 6. № 4. С. 375-379
[7] Шелестов Д.К. Демография: История и современность.-М.1983г. 21-34 с.
[8] Буриева М. Демография асослари. - Т.,. 2001-й. 12-13-б
[9] www.un.org/ru/global-issues/population
[10] www.worldometers.info
[11] www.stat.uz