Научная статья на тему 'IQTISODIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI'

IQTISODIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
279
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / iqtisodiy tahlil / iqtisodiy tamoyillar / xizmatlar sohasi / economy / economic analysis / economic principles / service sector

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xoliqulov A.N.

Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning tamoyillari va ularning manbalariga doir muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillaridan samarali foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF ECONOMIC ANALYSIS AND THEIR INFORMATION SOURCES

In this article, the author comments on the principles of economic analysis and their sources. In addition, proposals and recommendations on the effective use of the main principles of economic analysis have been developed.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI»

Xoliqulov A.N.

"Iqtisodiy tahlil va statistika" kafedrasi mudiri, dotsenti, i.f.n.

SamISI

IQTISODIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning tamoyillari va ularning manbalariga doir muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillaridan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zar: iqtisodiyot, iqtisodiy tahlil, iqtisodiy tamoyillar, xizmatlar sohasi.

Xoliqulov A.N., PhD docent

department of Economic, analysis and statistics

SamIES

TYPES OF ECONOMIC ANALYSIS AND THEIR INFORMATION

SOURCES

Abstract. In this article, the author comments on the principles of economic analysis and their sources. In addition, proposals and recommendations on the effective use of the main principles of economic analysis have been developed.

Key word: economy, economic analysis, economic principles, service sector.

Iqtisodiy tahlil umumqabul qilingan tamoyillarga qat'iy asoslanishi lozim. Korxonalarning xo'jalik faoliyati tahlilida tamoyillar bilimning turli jabhalari uchun qo'llaniladi: obyektivlik, ilmiylik, tizimlilik, aniqlik, komplekslilik, muntazamlik, taqqoslanuvchanlik. Ixtiyoriy darajadagi xo'jalik faoliyati tahlilini olib borishda ularga asoslanish talab qilinadi. Obyektivlik tamoyili tadqiq etilayotgan hodisa, vaziyat, jarayonlar tekshirilgan va ishonchli iqtisodiy axborotlar tizimida ifodalangan obyektiv voqelikni aks ettirishi lozim.

Ilmiylik tamoyili tahlil o'tkazishda ilmiy asoslangan metodika va tartiblarga tayanish lozimligini anglatadi.

Tizimlilik tamoyili - tadqiq etilayotgan jarayonlar, iqtisodiy hodisalar, xo'jalik operatsiyalari bir-biri bilan o'zaro aloqadorlikda, yagona tizimda o'rganilishini anglatadi.

Aniqlik tamoyili o'rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlar konkret real ma'lumotlarga asoslanishi lozim, natijalar esa aniq analitik hisob-kitoblarga asoslanadi.

Komplekslilik tamoyili tizimli tahlilning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va butun va uning qismlariga dialektik yondashuv sifatida ko'rib chiqiladi. Tahlil va sintez birligi haqida mulohazalarga tayangan holda hodisa va jarayonlarning barcha jihatlari ichki aloqadorlikda hamda omillar ta'sirida o'rganish asosida xo'jalik faoliyati haqida aniq bilimlarga ega bo'lish va uni to'g'ri baholash mumkin. Demak, kompleks yondashuv faoliyatning barcha jihatlarini qamrab olish, korxonalar iqtisodiyotidagi sabab bog'lanishlarini har tomonlama o'rganishni talab qiladi.

Muntazamlik tamoyili hodisadan hodisagacha emas, balki oldindan belgilangan vaqt oralig'ida doimiy ravishda, uzluksiz tahlil olib borilishini talab qiladi.

Amaliylik tamoyili korxonalar faoliyatida ka mchilik va xatoliklarni o'z vaqtida aniqlash va kelgusida bu holatlarga yo'l qo'ymaslikni anglatadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar belgilangan natijalarga erishish maqsadida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yo'naltiriladi.

Taqqoslanuvchanlik tamoyili taqoqslanuvchanlik shartiga rioya qilinishini talab qiladi. Taqqoslanuvchanlik ta'minlanishi uchun taqqoslanayotgan davrlarda ko'rsatkichlar o'lchanishi va aks ettirilishi yagona uslubiyot bo'yicha amalga oshirilishi lozim.

Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi axborot barcha ma'lumotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli, ixcham, qulay va qayta ishlashda tushunarli bo'lishi lozim. Mutanosib axborot manbalarida aks ettirilgan ma'lumotlar va natijalar foydali, mazmunli va turli hisobot davrlari uchun taqqoslanuvchan bo'lishi darkor.

Tahlil (uni xo'jalik faoliyatiga bog'lamasdan va mustaqil fan sifatida ajratmay) azaldan mavjud va insoniyatning jami ilmiy va amaliy faoliyati asosida yotuvchi ancha keng tushuncha hisoblanadi. Tahlil obyekt va hodisalarni qismlarga ajratib o'rganish jarayonini o'zida aks ettiradi. Tahlilga teskari jarayon sifatida sintez namoyon bo'lib, u bilan tahlil ko'pincha amaliy yoki bilish faoliyatida uyg'unlashadi. O'rganilayotgan obyekt turi, uning strukturasi murakkabligi, o'rganilayotgan jarayonning mavhumlik darajasi va ularni amalga oshirish usullariga bog'liq ravishda tahlil turli shakllarda namoyon bo'ladi, jumladan ko'pincha ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar(kimyoviy tahlil, matematik tahlil, biologik tahlil, iqtisodiy tahlil)da tadqiqot so'zining sinonimi hisoblanadi.

Iqtisodiy tahlil fan sifatida obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar hamda obyektiv va subyektiv omillar ta'sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jara- yonlarni tadqiq qilish bilan bog'liq maxsus bilimlar tizimini o'zida aks ettiradi.

Boshqaruv funksiyasi sifatida rejalashtirish, hisob, tahlil va boshqaruv qarorlari o'zaro chambarchas bog'langan. Tahlil boshqaruv qarorlarini qabul qilishning ilmiy asosi hisoblanadi, uning yordamida iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari o'rganiladi, faoliyat natijalarining o'zgarishi omillar asosida tadqiq qilinadi, biznes-rejalar va boshqaruv qarorlari asoslanadi, ularning ijrosi ustidan nazorat amalga oshiriladi, samaradorlikni oshirish zaxiralari aniqlanadi.

Yuqorida aytib o'tilgan boshqaruv funksiyalarisiz hech qanday boshqaruv qarorini qabul qilish mumkin emas.

Amaliy iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o'rinni egallovchi iqtisodiy tahlil bevosita xo'jalik faoliyati bilan bog'liq qator o'ziga xos funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy qonuniyatlar namoyon bo'lishini o'rganish, korxonalarning aniq sharoitida iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning qonuniyatlari hamda tendensiyalarini aniqlash, ularni tadqiq qilish asosiy funksiyalardan biri hisoblanadi. Masalan, talab va taklif qonuniyati. Talab o'ta harakatchan va o'zgaruvchan, chunki uning miqdori va dinamikasiga ham iqtisodiy, ham ijtimoiy tusdagi ko'p sonli omillar ta'sir qiladi. Tovarga talabning o'zgarishiga, misol tariqasida olsak, reklamadan foydalanish, moda, afzal ko'rish, atrof- muhit, did, tovarlar hammabopligi, daromadlar miqdori, buyum foydaliligi, o'rnini bosuvchi tovarlar uchun narxlar, aholi soni o'zgarishi ta'sir etishi mumkin.

Tahlilning keyingi muhim funksiyasi joriy va istiqboldagi rejalarni ilmiy asoslash hisoblanadi. Ilmiy asoslangan reja korxonalar faoliyati samarasini baholash mezoni sanaladi. O'tgan yillar (5-10 yil) uchun korxonalar faoliyat natijalarini iqtisodiy tahlil qilmasdan, istiqbol uchun asoslangan prognozlashsiz va korxonalar iqtisodiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o'rganmay turib, o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan kamchilik va xatoliklarni aniqlamasdan ilmiy asoslangan rejani ishlab chiqish, boshqaruv qarorlarining optimal variantini tanlashning iloji yo'q.

Rejalashtirish zamonaviy korxonalarda moliyaviy resurslar, birinchi navbatda, pul mablag'lari bilan bog'liq, ular oxir-oqibatda moddiy, mehnat va boshqa resurs turlariga o'zgaradi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ulardan samarali foydalanishga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, sotish va investitsion rejalarni professional darajada tayyorlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun eng muhim omil hisoblanadi.

Rejalar va boshqaruv qarorlari bajarilishi, resurslardan tejamli foydalanish ustidan nazorat korxona uchun muhim ahamiyat kasb etadi va tahlilning asosi y funksiyalaridan biri sanaladi. Rejalar bajarilishini baholash rejada ko'zda tutilgan xo'jalik operatsiyalarini bajarish muddati tugashi bo'yicha amalga oshiriladi. Erishilgan natijalarni baholashda kamchilik va xatolar aniqlanadi, ularni bartaraf etish bo'yicha tezkor qarorlar qabul qilinadi.

Iqtisodiy tahlil real foyda keltirganda o'zini oqlaydi. Iqtisodiy tahlilning haqiqiy nafi ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanilmagan zaxiralarni aniqlashdan ham iborat. Iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri - resurslardan samarali foydalanishdagi foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash, ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish hamda fan va amaliyot yutuqlari, ilg'or tajribalar o'rganilishini hisobga olgan holda korxonani muvaffaqiyatli rivojlantirish va daromadlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.

Shunday qilib, iqtisodiy tahlil moliya-xo'jalik faoliyatini boshqarish tizimining muhim elementi hisoblanadi, undan investitsion loyihalarni baholashda oldindan prognozlash varianti sifatida; moliyaviy shart-sharoit va natijalarni prognozlash instrumenti sifatida; ishlab chiqarishni boshqarishdagi joriy muammolarni aniqlash; har bir faoliyat yuritayotgan obyektga tegishli ichki zaxiralarni aniqlash, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida foydalanish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. -Т.: TDIU, 2010.

2. Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. O'quv qo'llanma. -Т.: TDIU, 2010.

3. Шеремет А.Д. Теория экономического анализа. Учебное пособие. - М.: Финансы и статистика, 2010.

4. Басовский Л.Е. Экономический анализ. Учебное пособие. -М.: Риор. 2009.

5. Шадрина Г.В. Теория экономического анализа. Учебник. - М.: Новое знание, 2006.

6. Пардаев М.К,., Шоалимов А.Х. Укув кулланма. Бошкарув тахлили. -T.: Иктисодиёт ва хукук дунёси, 2005.

7. www.uz- (Национальная Информационная агентство).

8. www.cer.uz- (Центр экономического исследования).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.