Научная статья на тему 'Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi'

Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2243
388
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
strategik boshqaruv / korxona faoliyati / raqobatbardoshlik / trend / boshqaruvni takomillashtirish / ichki va tashqi omillar / innovatsiya / integral koʻrsatkich / strategiya / baholash / korxona barqarorligi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodir Gʻiyosaliyevich Xidirov, Mohinur Umar Qizi Turdiyeva, Laylo Nuraliyevna Umarova

Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvini takomillashtirish, unga ta’sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yoʻllari hamda boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi»

Korxonalarda strategik boshqaruv tizimi

Nodir G'iyosaliyevich Xidirov Mohinur Umar qizi Turdiyeva Laylo Nuraliyevna Umarova Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarning strategik boshqaruvini takomillashtirish, unga ta'sir qiluvchi omillar, korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish yo'llari hamda boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: strategik boshqaruv, korxona faoliyati, raqobatbardoshlik, trend, boshqaruvni takomillashtirish, ichki va tashqi omillar, innovatsiya, integral ko'rsatkich, strategiya, baholash, korxona barqarorligi

Strategic management system in enterprises

Nodir Giyosalievich Khidirov Mokhinur Umar kizi Turdieva Layla Nuralievna Umarova Tashkent Institute of Finance

Abstract: This article examines the effectiveness of strategic management of enterprises, the factors affecting it, methods for increasing the competitiveness of enterprises and the issues of improving the organizational and economic management mechanism.

Keywords: strategic management, enterprise activity, innovation, integration indicators, strategy, estimation, sustainability of enterprise

KIRISH

Hozirgi kunda har bir sohani tog'ri boshqarishda strategik menejmentning ahamiyati katta. Uning asosiy vazifalaridan biri korxonani rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdir. Korxonada byudjet tizimini ishlab chiqish uchun kompaniya ichidagi rejalarni ya'ni strategik reja, o'rta muddatli va taktik rejalarni amalga oshirishi kerak. Hozirda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning dolzarbligi ortib bormoqda. Albatta, bu jarayon ularning vakolatini kengayishi hamda korxonaning iqtisodiy ahvoli uchun javobgarlikning oshganligi bilan bog'liqdir. Shuni alohida

ta'kidlash kerakki, 2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi davlat tomonidan dolzarb masalalardan etib belgilangan [1].

Strategiya ilg'or xorijiy tajribani, shu jumladan, iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv bo'yicha tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat ulushi mavjud bo'lgan xo'jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarini boshqarish va isloh qilishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Shu sababdan korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi.

Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog'liq bo'ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo'lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo'lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o'rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko'pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o'zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o'z yechimini topmaganligini ko'rsatadi, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog'liq.

ADABIYOTLAR SHARHI

Korxonalarning strategik boshqaruvini rivojlantirish bo'yicha juda ko'plab xorijiy hamda mahalliy olimlar o'z ilmiy izlanishlarini olib borishgan. Jumladan, xorij olimlaridan R.S.Kaplan, D.P.Norton asarlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari keng ko'rib chqilgan [3]. Ushbu olimlarning asosiy qarashlari strategik boshqaruv tizimini korxona va tashkilot uchun asosiy xususiyatlarini, uning samaradorlik ko'rsatkichini baholashga qaratilgan.

I.Ansoffning qarashlarida strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini o'rganish va ularga ta'sir qiluvchi omillarni baholash muhim o'rin tutadi [2]. Uning e'tiborida korxona doim risk bilan ishlashi, uning uzoq muddatli faoliyati uchun prognozlar tuzish, ekstropflyatsiya usulini qo'llash zarur.

M.Porter qarashlarida kompaniyalarning rivojlanishida innovatsiyalarning o'rni, ularni qo'llash xususiyatlari, kompaniyaning barqaror rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni doimiy ravishda joriy etish hamda kompaniyalarning raqobat ustunligiga erishishlarida innovatsiyaning ta'sir masalalari tadqiq etilgan [4].

Mahalliy olimlardan, R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripov qarashlarida esa korxona alohida obyekt sifatida qaralib, uning mazmun va mohiyati, unga qo'yiladigan talablar, ko'rsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari

atroflicha yoritib berilgan [5]. Korxonalar boshqaruvi va ularga qo'yiladigan talablar, tamoyillar, boshqaruv shakllari baholab berilgan.

I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning ilmiy qarashlarida korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolari, ularni yechish bo'yicha takliflar, boshqaruv usullari, boshqaruvda optimal variantni tanlash, boshqaruv samaradorligini baholash kabi masalalar yoritib berilgan [6].

G.Sh.Xonkeldiyeva ilmiy izlanishlarida korporatsiyalarni boshqarish, tashkiliy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini baholash, rag'batlantirish va samaradorligini oshirish yo'nalishlari yoritilgan [8]. Xalqaro tajribalar dan kelib chiqib, korporativ boshqaruvni zamonaviy usullaridan foydalanish yo'llari, milliy tuzilmalarni shakllantirish, iqtisodiy ko'rsatkichlarni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan.

R.R.Abduraupov qarashlarida O'zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy yondashuvlarga alohida e'tibor qaratilgan [9].

Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olib borilgan ilmiy-nazariy izlanishlarga qaramasdan, aynan bugungi globallashuv va demokratik bozor islohotlari sharoitida strategik boshqaruv tizimida korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga ta'sir qiluvchi omillarni baholashga qaratilgan masalalar tizimli holda yoritib berilmaganligi korxonalarda strategik boshqaruv tizimidagi muammolarni tadqiq etish zaruriyatini yaratadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Korxonalardagi strategik boshqaruv tizimini ko'rib chiqishimiz uchun avvalambor biz strategik reja haqida tushunchaga ega bo'lishimiz kerak. Strategik reja, bu tashkilotning maqsadli xulq-atvori konseptsiyasini amalga oshirish, shuningdek, uning strategik majmuasini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Strategik reja murakkab ichki tuzilishga ega bo'lib, korxona faoliyatining ko'p maqsadli xususiyatini aks ettiradi va reja va dasturlar tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O'z tarkibida strategik reja rasmiylashtirilgan rejalashtirish hujjati bo'lib, u alohida rejalashtirish vazifalarida ko'rsatilgan korxonaning strategik majmuasini ifodalaydi [9]. Strategik rejaning zarur tarkibiy qismlari yordamchi rejalar, dasturlar, smetalar, byudjetlardir. Strategik rejalar va dasturlarni amalga oshirish vositalari joriy va operatsion rejalardir. O'rta muddatli rejalashtirish tizimi strategik maqsadlarga erishish ketma-ketligini (strategik rejalarni amalga oshirish bosqichlari), bozor konyunkturasining rivojlanish istiqbollarini, iste'mol talabining prognoz qilinayotgan dinamikasini va mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda belgilashni ta'minlaydi.

Strategiyaning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish tizimini isloh qilish, raqobatbardosh bozor sharoitida ularning faoliyatini takomillashtirish va tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan har bir korxonaga qo'yilgan maqsad va

vazifalarni bajarishda ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- iqtisodiy o'sish uchun barqaror shart-sharoitlarni ta'minlash manfaatlarini ko'zlagan holda, davlat ishtirokidagi korxonalar tarkibi va tuzilmasini optimallashtirish;

- korxonalarning (ulardagi ulushlarning) davlat mulkida bo'lishi yoki saqlanishining mezonlarini (asoslarini) belgilash;

- davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan maqsadlarni belgilash bo'yicha talablarni o' rnatish;

- davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, shu jumladan, boshqaruvning uzoq va qisqa muddatli maqsadlari va vazifalarini belgilash hisobidan ularning raqobatbardoshligi hamda investitsion jozibadorligini, korporativ boshqaruv darajasi va axborot shaffofligini oshirish.

Strategiya aniqlik, shaffoflik, manfaatlar muvozanatini ta'minlash, nazoratning uzluksizligi va loyihaviy yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Aniqlik tamoyili har bir davlat ishtirokidagi korxonaga nisbatan maqsadni shakllantirish va belgilashni, unga erishish usullarini, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tartibini, hisobotni va boshqa boshqaruv mexanizmlarini tavsiflaydi. Shaffoflik tamoyili davlat ishtirokidagi korxonalar va ularda davlat nomidan mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyasini amalga oshirayotgan davlat organlari haqidagi ma'lumotlarning ochiqligi, mavjudligi va oshkoraligini, korxonalar haqidagi ma'lumotlarni aniqlash va hisobini yuritishni, shu jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini amalga oshirish orqali ta'minlaydi.

Korxonaning faoliyati maqsadlarini ro'yobga chiqarishga o'z mahsuloti, ishlari va xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a'zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta'minlash yo'li bilan erishiladi. Korxona to'g'risida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, huquqiy shaxs huquqiga ega bo'lgan, mulkchilik huquqi yoki xo'jalikni to'la yuritish huquqi bo'yicha o'ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko'rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o'z faoliyatini ro'yobga chiqaradigan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona o'zining faoliyati davomida davlat, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlarda bo'ladi va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida o'zining katta hissasini qo'shadi.

Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: "....kompaniya raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qo'lga kiritadi. Ular yangi kiritilgan tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng ma'noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda yaxshilashlar yordamida qo'lda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni takomillashtirish va joriy etishdan to'xtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta chetlab o'tib ketadilar" [5].

Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste'molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan ko'proq o'ziga tortuvchan bo'lgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish -ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun mo'ljallangan zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.

Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan bo'ladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni ta'minlovchi yangi elementlarni joriy etishga bo'lgan layoqat, shu korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir.

Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori bo'lsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi shuncha past bo'ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, raqobatchilar tovarlarining sifatidan yuqori turuvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.

Iqtisodiy tizimlar rivojlanishining innovatsion turiga o'tish zarurati tufayli yuzaga kelgan obyektiv sabablar, butun innovatsion-investitsion jarayonda ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy omillarning samarali ravishda o'zaro hamkorlikda ishlash muammolarini kompleks hal etilishini talab qiladi. Fikrimizcha, texnologik va iqtisodiy salohiyatlarni oqilona uyg'unlashtirish innovatsion-investitsion jarayonni boshqarishning markaziy masalasini tashkil etadi.

1-jadvalda korxonaning barqarorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarga baho berilgan. Unda korxonalardagi asosiy innovatsion yo'nalishlar hamda innovatsiyalarni joriy qilishga salbiy ta'sir qiluvchi omillar, shu bilan birga innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda qo'llab-quvvatlashni ta'minlovchi omillar tahlil etilgan.

1-jadval

Korxonalar faoliyatining barqarorligiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili1

№ Omillar Omillar ta'siri natijalari

1 Bilim va ko'nikma Ishlab chiqarish korxonalarida aynan boshqaruv (bozor iqtisodiyoti qonunlari) bo'yicha bilim va ko'nikmalarni yetishmasligi innovatsion boshqaruvni joriy qilishga to'sqinlik qiladi

2 Markazlashish darajasi Markazlashuv darajasining yuqoriligi quyi pog'ona boshqaruvchilarini ijodiy fikrlash va boshqaruvda ijodiy yondashish imkoniyatini cheklaydi.

3 Kommunikatsiya tizimi Kommunikatsiya tizimini yaxshi tashkil qilinmagayligi yoki boshqaruvchini ulardan samarali foydalana olmasligi axborot va yangiliklarni ayrim hollarda o'z vaqtida yetkazish muammosini keltirib chiqarmoqda.

4 Shartnoma munosabatlari Boshqaruvchi va xodim belgilangan vazifalarni aniq bilmasligi va ularga amal qilinmasligi boshqaruv jarayonini rivojlantirishga to'sqinlik qilmoqda.

5 Innovatsiyalarga bo'lgan qiziqish Boshqaruvchilar tomonidan innovatsiyalarga bo'lgan qiziqishning pastligi ya'ni boshqaruvdagi egiluvchanlik qobiliyatining kamligi.

6 Rag'batlantirish Boshqaruvda rag'batlantirish tizimini mukammal ishlab chiqilmaganligi innovatsion boshqaruvni joriy qilishga qiziqishni pasaytiradi.

Omillarning ko'pligi, ularni muayyan belgilar bo'yicha tasniflanishini amalga oshirishga imkon beradi.

Korxonaning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sohasida davlatning inqirozga qarshi qaratilgan siyosati; mamlakatdagi demografik vaziyat; siyosiy barqarorlik; fan va texnikaning taraqqiyoti; transport infratuzilmasini rivojlanganligi. Ichki omillar korxonaning ichki muhitida, uning kichik tizimlarida (xodimlar, ishlab chiqarish, marketing, sotish, moliya, tashkiliy tuzilma) shakllanadi.

Ichki omillarni boshqarish korxonaga barqarorlikni mustahkamlashning rezervlarini aniqlash va tashqi omillar o'zgargan taqdirda, ishlab chiqarishni tezkor ravishda boshqarish imkonini beradi.

Korxonaning tizimli rivojlanishi markazlashtirishdan nomarkazlashtirish-gacha bo'lgan bosqichlarni birin-ketinlik bilan bosib o'tish orqali amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, korxonaning har bir elementi rejalashtirilganlik, tashkillashtirilganlik xususiyatiga ega bo'lib boradi. Mohiyatiga ko'ra, korxona tomonidan boshqarishning nomarkazlashtirilgan sxemasiga o'tish obyektga, uni boshqa holatga o'tkazish uchun maqsadga yo'naltirilgan tashqi ta'sir sifatidagi boshqaruv tizimini ham o'zgartiradi. Noma'lum bo'lgan tashqi muhit sharoitida korxona elementlarini mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish darajasigacha rivojlantirish - korxonaning raqobatbardoshligini ta'minlashning zaruratidir. Boshqa tomondan, korxona tashqi muhitdagi yaxlitlik sifatida, maqsadga yo'naltirilgan rivojlanish sifatida muayyan belgilarga ega bo'lishi kerak. Ularning asosiysi - boshqariluvchanlikdir.

Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi, shakllantirilayotgan xususiyatlarning quyidagicha ketma-ketligida amalga oshirilishi mumkin:

1 Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan

egiluvchanlik moslashuvchanlik raqobatbardoshlik

1-rasm: Korxonani rivojlantirishning tizimli boshqarilishi2 Korxonalarni faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq qilish, strategik boshqaruv usullaridan foydalanish samaradorlik ko'rsatkichlari hamda ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Tahlil natijalariga ko'ra, korxonalar innovatsion faoliyatining strategik boshqaruvini joriy qilish uchun eng avvalo boshqaruvdagi kadrlar bilim ko'nikma malakalarini oshirish, markazlashuv darajasini kamaytirish va bosqichlar orasidagi ma'lumot almashish tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish, boshqaruvdagi xodimlarni innovatsiyaga bo'lgan qiziqishini oshirish, rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish, har bir boshqaruvchini o'ziga yuklatilgan vazifalarni aniq va to'liq tushunishi hamda ularni o'z vaqtida bajarishini ta'minlash, norasmiy muloqotlar darajasini kamaytirish xizmat qiladi [7].

Insonning ilmiy-texnik faoliyati natijasida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ilgari mavjud bo'lgan turlarini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan jarayon innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsiyani joriy etish natijalari kompaniyalarga raqobatda muhim ustunlikka ega bo'lish imkonini beradiki, bu, korxona uchun muhim rag'batlantiruvchi omil bo'ladi.

Jahon tajribasi ko'rsatishicha, korxonalar ilm fandagi ilg'or resurs tejamkor ishlanmalarni joriy qilishidan manfaatdor ekanligini, ikkinchidan bu global tadbir natijasida respublikamiz korxonalari salohiyatini yanada rivojlantirish orqali uning investitsion jozibadorligini oshirish, uchinchidan, korxonalarda chuqur diversifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali barqaror va sifatli tovar mahsuloti ishlab chiqarish hamda samaradorlikni tubdan oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

2-jadval

Korxonalar rivojlanishining SWOT tahlili3

Kuchli tomonlari Kuchsiz tomonlari

Korxonalarni rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlari ishlab chiqilganligi Korxonalarda zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirish bo'yicha kadrlar yetishmasligi

Korxonalarda berilayotgan moliyaviy imkoniyatlar Mahsulot va xizmatlarni eksport qilishda infratuzilmalar yetishmasligi

Korxonalarda eksport qilish imkoniyatlarining yuqoriligi Mahsulotlarni sotish va saqlashdagi muommolarning mavjudligi

Imkoniyatlari Xavf-xatar yoki tahdidlar

Korxonalarda mahsulot va xizmatlani diversifikatsiyalash imkoniyatlari Ichki va tashqi bozorlarda narx navoning o'zgarishi

Ichki bozordan foydalanish imkoniyatlari Jahon bozorida raqobatning kuchayishi

Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati Davlatlardagi iqtisodiy siyosiy vaziyat o'zgarishi

2 Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan

3 Tadqiqotlar natijasida mualliflar tomonidan tayyorlangan

Respublikamiz korxonalarini barqaror rivojlanishi va boshqarishni o'ziga xos jihatlari amaliyotda keng foydalanib kelinayotgan SWOT-tahlil asosida baholanadi (2-jadval).

SWOT-tahlil strategik rejalashtirish usuli hisoblanib, tashkilotning ichki va tashqi muhitlardagi mavjud omillarini aniqlashga yo'naltirilgan. Ular to'rtta kategoriyaga ajratiladi, ya'ni Strengths (kuchli tomonlari), Weaknesses (bo'sh tomonlari), Opportunities (imkoniyatlari) va Threats (xavf-xatarlari).

Keltirilgan jadvaldan ko'rinib turibdiki, korxonalar faoliyatini boshqarishda kuchli tomonlar bilan bir qatorda, zaif tomonlari ham mavjud ekan. Shuning uchun boshqaruv va xo'jalik sub'ektlari rahbarlari bo'sh tomonlarga alohida jiddiy e'tibor berishlari kerak, aks holda kutilgan iqtisodiy samaradorlikka erishib bo'lmaydi. Oxir-oqibatda korxona faoliyati iqtisodiy rivojlanishning omili emas, balki uning teskarisiga aylanishi mumkin.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo, boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni eng kam xarajatlar asosida ishlab chiqarish eng ko'p daromad olishni ta'minlab, inqirozga uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. Boshqaruvning samaradorligiga ko'p jihatdan korxona oldiga qo'yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning o'zaro munosabatlari yordamida erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 12017-2021-yillarda O'zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2020 yildagi PF-5953-son Farmoni

2. Ansoff I. Strategies for Diversification. Harvard Business Review, 1957, pp. 113-124.

3. Kaplan, R.S. and Norton, D.P. (1996) Strategic Learning: The Balanced Scorecard. Strategy & Leadership, 24, 18-24. https://doi.org/10.1108/eb054566

4. Инновационная глобализация и российская конкурентоспособность через призму «Алмаза» М. Портера

5. Muratov R.S., Djalolova I.A.,.Oripov.S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik-Toshkent, 2014- 35-b.

6. Ulashev I.O., Atamuradov Sh.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013, 24-b.

7. Xonkeldiyeva G.Sh. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korporatsiyalarni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari. Iqtisodiyot fanlari

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 677 [М^^^И

doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. -T.: 2018. -71 b.

8. Abduraupov R.R. O'zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar iqtisodiy salohiyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish. Iqt.fanlari doktori ilm.daraj. olish uchun yozilgan diss. avtoref. Toshkent, 2017-y. -70 b.

9. Xo'djamuratova G.Y. Strategik boshqarish. Darslik. -Т.: "Iqtisodiyot", 2019. - 177 b.

10. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Social-economic significance, essence and theoreticalmethodical basis of medium-term budget practice. Science and Education, 3(12), 991-996.

11. Sotvoldiyev, A. I., & Xidirov, N. G. (2022). Dinamik modellarni iqtisodiyotda qo'llanilishi. Science and Education, 3(3), 1128-1137.

12. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.

13. Allayarov, S. R. (2014). Systemal understanding the insight, tasks and factors of economic growth. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA), Oct.-Dec, 20, 56-65.

14. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). Перспективы эффективного использования бюджетных средств в управлении государственными финансами. СТОЛИЦА НАУКИ, 3(4).

15. Luna, A., Nizametdinov, A., & Xudayarov, R. (2023). KORXONALAR FAOLIYATINI STRATEGIK BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING CHORA TADBIRLARI. Science technology&Digital finance, 1(5), 34-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.