Научная статья на тему 'IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA ULARNING AXBOROT MANBALARI'

IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA ULARNING AXBOROT MANBALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
239
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / iqtisodiy tahlil / axborot manbalari / xizmatlar sohasi / economy / economic analysis / information sources / service sector

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xoliqulov A.N.

Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning turlari va ularning axborot manbalariga doir muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiy tahlilning turlari va ularning axborot manbalari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF ECONOMIC ANALYSIS AND THEIR INFORMATION SOURCES

In this article, the author comments on the types of economic analysis and their sources of information. In addition, proposals and recommendations on the types of economic analysis and their sources of information have been developed.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA ULARNING AXBOROT MANBALARI»

Xoliqulov A.N.

"Iqtisodiy tahlil va statistika" kafedrasi mudiri, dotsenti, i.f.n.

SamISI

IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA ULARNING AXBOROT

MANBALARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning turlari va ularning axborot manbalariga doir muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiy tahlilning turlari va ularning axborot manbalari bo 'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zar: iqtisodiyot, iqtisodiy tahlil, axborot manbalari, xizmatlar sohasi.

Xoliqulov A.N., PhD docent

department of Economic, analysis and statistics

SamIES

TYPES OF ECONOMIC ANALYSIS AND THEIR INFORMATION

SOURCES

Abstract. In this article, the author comments on the types of economic analysis and their sources of information. In addition, proposals and recommendations on the types of economic analysis and their sources of information have been developed.

Key word: economy, economic analysis, information sources, service sector.

Tahlil turlarini turkumlash - ulami umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o'z belgilariga qarab ma'lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o'tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o'rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o'rganiladigan ob'ekt, tahlil qiluvchi sub'ekt, o'rganiladigan hodisalarning ko'lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar.

XO'JALIK FAOLIYATINING JORIY (RETROSPEKTIV) TAHLILI

Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil o'tkazish usuli to'la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo'jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik,

kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi. Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo'jalik faoliyatida erishilgan pirovard natijalarga ob'ektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo'jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish hisoblanadi.

TEZKOR TAHLIL Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi. Amalda esa uning umumiy bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmog'i 10 foizni tashkil etadi. Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o'iaroq u asosan boshlang'ich ma'lumotlarga asoslanadi. Tezkor tahlil o'z ichiga quyidagilarni oladi: korxonaning asosiy miqdor va sifat ko'rsatkichlari bo'yicha hamda uning bo'linmalari smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalarda chetga chiqishini aniqlash; me'yordan chiqishga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash; kamchiliklarga yo'l qo'ygan javobgar shaxslarni aniqlash; salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish; ko'rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg'or bo'g'inlarni aniqlash.

ISTIQBOL TAHLILI Istiqbol tahlili, deganda xo'jalik yurituvchi sub^ktaing kelgusi faoliyatini oldindan o'rganish, bo'ladigan jarayonlarni oldindan belgilash maqsadida amalga oshiriladigan tahlil tushuniladi. Masalan, xo'jalik yurituvchi sub^kt biznes-rejani tuzish uchun o'z faoliyatini nima bilan yakunlashi to'g'risida aniq tushuncha va ko'rsatkichlarga ega bo'lishi kerak. Bu esa istiqbol tahlili orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda uni loyiha tahlili, ham deb atamoq.

MOLIYA-IQTISODIY TAHLIL Ushbu tahlilning mohiyati umumiy qiymat ko'rsatkichlar tizimini o'rganish va korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini tahlil qilish bilan ifodalanadi. Umumlashgan qiymat ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: sotish bo'yicha rejaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda bajarilishi, Tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to'g'ri keladigan yillik ish unumi, mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar.

TEXNIK-IQTISODIY TAHLIL

Ushbu tahlil kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning birikishi asosida hosil bo'lgan. Texnika-iqtisodiy tahlil 3 yo'nalishda olib boriladi: 1. ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish; 2. ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish; 3. ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish.

TAQQOSLAMA (KORXONALARARO) TAHLIL Taqqoslash - bu iqtisodiy tahlilning eng ko'p qo'llaniladigan usulidir. Taqqoslama tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki korxona tahlili, ya'ni tahlilning ob^kti sifatida shu korxonaga taalluqli xo'jalik jarayoni o'rganiladi; korxonalararo, qachonki bir qator korxonalarning xo'jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg'or tajriba o'rganiladi.

FUNKSIONAL - QIYMAT TAHLILI

Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida keraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga keltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog'ida har tomonlama hisobga olish kerak. Bu masalani ijobiy hal qilishda Funksional - qiymat tahlili asqotadi.

Funksional Qiymat Tahlili - ob'yektni (mahsulot) texnologik va mehnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi. Funktsional Qiymat Tahlili ning asosiy maqsadi-ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari chog'ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni o'zlashtirishda ortiqcha xarajatlarning yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha bo'yicha ko'zda tutilgan xarajatlar darajasidan chetga chiqmaslikni; buyumni qo'llash bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yo'qotishlarni bartaraf qilish va nihoyat, buyumlarni utilizatsiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini o'z ichiga oladi. Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni to'rt guruhga bo'lish mumkin:

1. Buyumning konstruktiv tuzilishi;

2. Texnologik jarayon;

3. Ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi;

4. Tabiiy.

Ushbu sanab o'tilgan ma'lumotlar ichida eng asosiysi buxgalteriya hisobi va hisobot hisoblanadi, chunki taxminan 70 foiz ma'lumotlarni iqtisodiy tahlil buxgalteriya hisobidan oladi. Tahlil qilish jarayonida yillik hisobotga yozilgan izohnoma ham har tomonlama ko'rib chiqiladi. Tahlil qilish jarayonida hisobdan tashqari ma'lumotlardan ham foydalanish katta samara beradi. Bularga: tekshirish va taftish aktlari, moliya va soliq idoralari, bankning bajargan tahlil natijalari, laboratoriya va tabobat nazorati materiallari, korxona mehnat jamoasining umumiy majlis materiallari kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik. -Т.: TDIU, 2010.

2. Shoalimov A.X. Tojiboyeva Sh.A. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. O'quv qo'llanma. -Т.: TDIU, 2010.

3. Шeрeмeт А.Д. Teop^ экономичeского анализа. Y4e6Hoe пособи. - М.: Финансы и статистика, 2010.

4. Басовский Л.Е. Экономичeский анализ. Y4e6Hoe пособи. -М.: Риор. 2009.

5. Шадрина Г.В. Тeория экономичeского анализа. У^бник. - М.: Новоe знанда, 2006.

6. Пардаeв М.К,., Шоалимов А.Х. Укув кулланма. Бошкарув тахлили. -T.: Иктисодиёт ва хукук дунёси, 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.