Научная статья на тему 'IQTISОDIY ISLОHОTLAR SHARОITIDA KОRXОNALARNI BОSHQARISH'

IQTISОDIY ISLОHОTLAR SHARОITIDA KОRXОNALARNI BОSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kоrxоna / innоvatsiyalar / mahsulоtlar / davlat / fuqarоlar / yuridik shaxslar / islohot / iqtisod. / Enterprise / Innovation / Products / state / citizens / legal entities / reform / economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Umirova G.

Ushbu maqolada kоrxоna tо‘g‘risida tushunchalar hamda iqtisоdiy islоhоtlar sharоitida kоrxоnalarni bоshqarishning samaradorligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT OF ENTERPRISES UNDER ECONOMIC REFORMS

This article provides information on concepts about the enterprise and the effectiveness of Enterprise Management in the context of economic reforms.

Текст научной работы на тему «IQTISОDIY ISLОHОTLAR SHARОITIDA KОRXОNALARNI BОSHQARISH»

Umirova G.

Jizzax politexnika instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi assistenti

Primqulova Z.

Jizzax politexnika instituti 531-22 guruh talabasi

IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA KORXONALARNI

BOSHQARISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada korxona to'g'risida tushunchalar hamda iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarni boshqarishning samaradorligi haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: korxona, innovatsiyalar, mahsulotlar, davlat, fuqarolar, yuridik shaxslar, islohot, iqtisod.

Umirova G. assistant

"Economics and Management" department Jizzakh Polytechnic Institute Primkulova Z.

student group 531-22 Jizzakh Polytechnic Institute

MANAGEMENT OF ENTERPRISES UNDER ECONOMIC REFORMS

Annotation. This article provides information on concepts about the enterprise and the effectiveness of Enterprise Management in the context of economic reforms.

Keywords: Enterprise, Innovation, Products, state, citizens, legal entities, reform, economy.

Korxona to'g'risida tushuncha hosil qilish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Ko'pgina adabiyotlarda korxona to'g'risida turlicha fikrlar keltirilgan. Masalan R.S.Muratov, I.A.Djalolova, S.Sh.Oripovlarning "Korxona iqtisodiyoti" darsligida korxonaga quyidagicha ta'rif berilgan. Korxona-ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi mustaqil xo'jalik yurituvchi iqtisodiyot subyektidir15 I.O.Ulashev, Sh.A.Atamuradovlarning "Korxona iqtisodiyoti va menejmenti" o'quv qo'llanmasida esa korxonaga quyidagicha ta'rif berilgan. Korxona16 -bu jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanuvchi, aholining talabini

1 Muratov R.S., Djalolova I.A., .Oripov S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik-Toshkent, 2014- 35-b.

2 Ulashev I.O., Atamuradov Sh.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013, 24-b.

qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajaгish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlaг ishlab chiqaradigan, ayiгboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo'yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo'lgan, har xil o'lchamdagi xo'jalik yurituvchi subyektdir.

Fikrimizcha, huquqiy shaxs huquqiga ega bo'lgan, mulkchilik huquqi yoki xo'jalikni to'la yuritish huquqi bo'yicha o'ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko'rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o'z faoliyatini ro'yobga chiqaradigan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.

Hozirgi paytda korxonani rivojlantirilishiga faqat innovatsiyalarni uzluksiz ravishda joriy etilishi bilangina erishish mumkin. M.Porter kompaniyalarning raqobatli ustunlikka erishishlarida innovatsiyaning rolini quyidagicha aniqlagan: «....kompaniya raqobatdagi ustunlikni innovatsiyalar vositasida qo'lga kiritadi. Ular yangi kiritilgan tartib-qoidalarga ham yangi texnologiyalardan, ham yangi ish usullaridan keng ma'noda foydalangan holda yondashadilar. Kompaniya yangiliklar tufayli raqobatdagi ustunliklarga erishganidan keyin, bu ustunliklarni faqat muntazam ravishda yaxshilashlar yordamida qo'lda tutib turishi mumkin. Raqobatchilar innovatsiyalarni takomillashtirish va joriy etishdan to'xtagan har qanday kompaniyani darhol va albatta chetlab o'tib ketadilar».

Korxonaning raqobatbardoshligi deganda, iste'molchilar uchun raqobatchilarning tovarlariga nisbatan ko'proq o'ziga tortuvchan bo'lgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish tushuniladi. Raqobat muhitini uzluksiz nazorat qilib turish -ishlab chiqarishni ehtiyojlarni eng samarali usulda qondirish uchun mo'ljallangan zarur shartidir. Raqobat muhitining holati haqidagi xulosalar, korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.

Mohiyatan, raqobatchilar ustidan erishilgan ustunlik innovatsiyalar hisobidan bo'ladi va shuning uchun, korxona faoliyatidagi raqobatchilar ustidan erishiladigan har qanday ustunlikni ta'minlovchi yangi elementlarni joriy etishga bo'lgan layoqat, shu korxona raqobatbardoshligining zarur tashkil etuvchisidir.

Korxona barqarorligi, uning davomiylik jihatdan uzoq muddatga mo'ljallangan samarali faoliyat ko'rsatishini xarakterlovchi murakkab iqtisodiy kategoriyadir va korxonaning raqobatbardoshligi, iqtisodiy xavfsizligi hamda iqtisodiy samaradorlik kabi uchta elementga asoslangan. Shuni ta'kidlash kerakki, bu elementlar o'zaro chambarchas bog'liq va birgalikda faoliyat ko'rsatadi, biroq, turlicha funksional vazifalarga ega. Raqobatbardoshlik - korxona rivojlanishining salohiyatini, barqarorlik esa - korxonaning uzoq muddatli istiqbolini belgilaydi. Korxonaning barqarorligini vaqtlarga taqsimlangan raqobatbardoshlik, deb aytish mumkin. Vaqtning uncha katta bo'lmagan intervallarida bu ikkala tushuncha teng kuchga ega bo'ladi.

Korxonaning ishlab chiqarishni, mehnat va boshqarishni tashkil etishda, uning texnik hamda texnologik imkoniyatlarida ifodalangan ishlab chiqarish salohiyati - innovatsiyalami o'z vaqtida ta'minlab beгadigan elementdir. Koгxonaning ishlab chiqarish salohiyati qancha yuqori bo'lsa, mahsulot ishlab chiqarishga va uning sifatiga qilinadigan xarajatlar ulushining darajasi uncha past bo'ladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning, гaqobatchilaг tovaгlaгining sifatidan yuqori tumvchi sifati, innovatsion salohiyatning moddiy ifodalovchisidir.

Ushbu kategoгiya tuгli davr va foгmatsiyalaг iqtisodchilaгi tamonidan keng, ayni paytda tuгli ma'nolaгda qo'llanilgan. Haг biг davг va ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya o'z xo'jalik mexanizmiga ega bo'lib, ishlab chiqarish Ыг usuldan boshqasiga o'tganda xo'jalik mexanizmi ham o'zgaradi.

«Korxona xo'jalik mexanizmi - bu, xo'jalik yuritishning tamoyil, usul va shakllari ko'lami bo'lib, ulaT yoгdamida ishlab chiqaгish jarayoni va mehnat jamoasini boshqarish, mehnat jamoasini boshqarish munosabatlaгi tizimi bilan ishlab chiqarish asosiy vositalari o'гtasida aloqa va o'zaro ta'siг amalga oshiriladi»17.

Xo'jalik mexanizmining samaгali amal qilishi ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil etishning tarkibiy qismlaгi asoslash zaгuгatini keltirib chiqaradi, xo'jalik yuгitishning shakl va usullari esa ilmiy tamoyillaг asosida tanlanishini taqozo etadi.

1-jadval

Kоrxоnalarda ishlab chiqarish, bоshqarishni tashkil etishning

tarkibiy qismlari tasnifi

Bоshqarish elementlari Iqtisоdiy samaradоrligi

Korxonaning barqarorligi Korxonaning raqobatbardoshligi

Korxonaning innovatsion rivojlanishi Mahsulotning raqobatbardoshligi

Boshqarish mexanizmini takomillashtirish Raqobat ustunliklari

Xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyati

Xo'jalik yuritish va bu jaгayonni tashkil etish bilan bog'liq ko'pgina tushunchalar mavjud. «Xo'jalik mexanizmi», «xo'jalik yuritishning iqtisodiy mexanizmi», «xo'jalikni boshqarish mexanizmi», «iqtisodiyotni boshqarish», «xo'jalik boshqamvi mexanizmi», «bozor mexanizmi» kabi tushunchalaг ana shunday tushunchalar siгasiga kiгadi. Izohlanishi davomida ular ilmiy muomalaga yangidan-yangi ma'no kasb etgan holda kirib kelaveradi. Bu, o'z navbatida, xo'jalik yuritish tizimining alohida elementlarini tadqiq etish jarayonida ma'lum darajada chalkashliklarni va kompleks yondashuvni ishlab chiqishda ba'zi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ko'pgina holatlarda bitta tushunchaning ta'rifi turli xil ma'nolarni anglatadi. Bu fikr keng tarqalgan faoliyat yuritishning

3Zaynutdinov Sh.N. va boshq. Menejment asoslari.Toshkent: Moliya. 2001. va menejmenti. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013, 24-b.

«xo'jalik mexanizmi» va «iqtisodiy mexanizm» kategoriyalariga ham bevosita taalluqlidir.

«Mexanizmi» tushunchasi (yunon tilidan olingan bo'lib, «mashina» ma'nosini anglatadi) iqtisodiyot nazariyasi asoschilari tomonidan mexanikadan kiritilgan. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy jarayonlarga ta'sir ko'rsatish usullari va vositalari yig'indisi ma'nosini anglatuvchi tushuncha sifatida qo'llaniladi.

Xo'jalik mexanizmini aniqlash borasidagi turli xil yondashuvlarni o'rganish natijalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, bu mexanizmga uning asosini tashkil qiluvchi boshqaruv jarayonidagi aniq usullar yig'indisi sifatida qarash lozim. Unutmaslik joizki, korxona xo'jalik mexanizmi bilan boshqaruv tizimi o'zaro aloqada bo'ladi. Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, samarali xo'jalik yuritishda iqtisodiy mexanizm boshqa mexanizmlarga qaraganda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham unga korxona xo'jalik yuritish faoliyatida iqtisodiy mexanizmni asosiy bo'g'in sifatida qarash zarur.

Umuman, boshqarish mexanizmiga boshqarish ob'ekti faoliyati natijalari bog'liq bo'lgan omillarga ta'sir etishni ta'minlovchi boshqarish tizimining bir-muncha faol elementi sifatida qarash lozim. Shunday ekan, fikrimizcha, boshqarishning iqtisodiy mexanizmi-bu, boshqaruv maqsadlariga erishish uchun boshqaruv subyekti tomonidan qo'llaniladigan boshqaruv jarayonlariga ta'sir etuvchi usullar, vositalar, dastaklar yig'indisidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Muratov R.S., Djalolova I.A., .Oripov S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik-Toshkent, 2014- 35-b.

2. Ulashev I.O., Atamuradov Sh.A. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013, 24-b.

3. Zaynutdinov Sh.N. va boshq. Menejment asoslari.Toshkent: Moliya. 2001. va menejmenti. O'quv qo'llanma. Toshkent-2013, 24-b.

4. Umirova, G. Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda innovatsiyalarning tutgan o'rni va ro'li //Qo'qon universiteti xabarnomasi. - 2022. - T. 5. - C. 64-66.

5. Umirova, G. (2023). Tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya omillaridan foydalanishning zaruriyati. Qo 'qon universiteti xabarnomasi, 8, 74-77.

6. Umirova, G.Sh. (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank tizimini isloh qilishning yo'llari, 37-38. TATUFF-EPAI.

7. qizi Umirova, G. S. (2024). Tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsiyalarning hozirgi kundagi ahamiyati. Educational Research in Universal Sciences, 3(3), 452-454.

8. Gulmira, U. (2023). Theoretical basis of management of the financial stability of the banking system. International Journal of Advance Scientific Research, 3(05), 126-130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.