Научная статья на тему 'IQTIDORLI O`SMIRNING TAFAKKURI VA QOBILIYATLARINING O`ZARO BOG`LIQLIGI VA SAMARADORLIGI'

IQTIDORLI O`SMIRNING TAFAKKURI VA QOBILIYATLARINING O`ZARO BOG`LIQLIGI VA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qobiliyat / iqtidor / bola / motivatsiya / A.M.Matyushkin / qiziqish / tafakkur / Termen / Spirmen / Kettel / L.S.Vigostskiy.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Suyunova Dildora Halim Qizi, Kayumova Gozal Narzullayevna

Ushbu maqola orqali iqtidorli, qobiliyatga ega bolalarni yoshligidan aniqlash va ularni qay tartibda to`g`ri yo`naltirish yoritilgan bo`lib, O`smir yoshidagi maktab o`quvchilarida olingan tadqiqotning metodik tahlili keltiribo`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTIDORLI O`SMIRNING TAFAKKURI VA QOBILIYATLARINING O`ZARO BOG`LIQLIGI VA SAMARADORLIGI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ARTICLE INFO

IQTIDORLI O SMIRNING TAFAKKURI VA QOBILIYATLARINING O ZARO BOG LIQLIGI VA SAMARADORLIGI

Suyunova Dildora Halim qizi

TerDU Amaliy psixologiya yo'nalishi talabasi Kayumova Gozal Narzullayevna

TerDU Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12604463

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 25- June 2024 yil Nashr qilindi: 30- June 2024 yil

KEY WORDS

Qobiliyat, iqtidor, bola, motivatsiya, A.M.Matyushkin, qiziqish, tafakkur, Termen, Spirmen, Kettel, L.S.Vigostskiy.

Ushbu maqola orqali iqtidorli, qobiliyatga ega bolalarni yoshligidan aniqlash va ularni qay tartibda to^g^ri yo^naltirish yoritilgan bolib, O^smir yoshidagi maktab o^quvchilarida olingan tadqiqotning metodik tahlili keltirib o^tilgan.

Dunyo shunchalik tez sur'atlarda rivojlanmoqdaki, har bir sohada yangiliklar, innovatsiyalar bo'lmoqda. Shunday globallashuv zamonida olimlar barcha sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda va yangiliklar bilan bo'lishmoqda. Ushbu bir qator tadqiqotlar tarkibiga qobiliyat va uning shaxsda rivojlanishini o'rganish muammosi ham kiradi. Bola endigina unib chiqqan niholdir. Uning to'g'ri va chiroyli o'sishi kattalar zimmasida bo'ladi. Bola o'zining qo'lidan keladigan qobiliyatidan, boshqalarga o'rnak bo'la olishi mumkin bo'lgan iste'dodidan mamnun bo'lishi lozim. Bunda unga motivatsiya kerak bo'ladi. O'qituvchi bolada ta'lim mazmuni va o'quv jarayoni bilan bog'liq motivlarni shakllantirishga harakat qilishi lozim. Bola topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur orqali mushohada yuritishga, o'quv jarayonidagi topshiriqlarni bajarish chog'idagi qiyinchiliklarga qarshi o'z bilimini ishlatishga harakat qiladi. Kattalarning e'tibori, mehri, ruhiy daldasi kelajakda bolaning Vatanimiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shadigan komil shaxs bo'lishiga xizmat qildi. Qobiliyatlarimiz, asosan, faoliyatda namoyon bo'ladi. Maxsus qobiliyatga ega bo'lgan bolalarda ular kichikligidayoq ko'p narsalarga qiziqishi, tinmay savol berishida ularning harakatchanligi namoyon bo'ladi. Do'stlari bilan o'yinchoqlarni o'ynayotganida, ulardan qanday foydalanish, qanday shakllarni ishlatishda, biror bir narsani sinchiklab tekshirib qiziqishida ham qobiliyat uchqunlari ko'rina boshlashi mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalarda o'qishga nisbatan qiziqish yuqori bo'ladi. Ulardan qaysidir bola tasavvurlar orqali rasm chizishga, qaysidir biri esa, musiqa asboblarini chalishdagi o'ziga xoslikka, yo she'r o'qish, raqs tushish kabi faolliklari bilan o'zlarini ko'rsatishi mumkin. Ana shunday vaqtda, o'qituvchi-pedagog ularning qobiliyatini to'g'ri baholay olishi, to'g'ri yo'nalish berishi, qo'llab-quvvatlashi lozim. Albatta, shu o'rinda ota-onaning bola kelajagi oldidagi mas'uliyati, o'rni, e'tibori, nihoyatda katta bo'ladi. Ota-ona bolaning qiziqishi, undagi o'ziga xos bo'lgan qobiliyat uchun sharoit yaratishi lozim. Misol uchun musiqa asbobi yo rangli qalamlar olib berish, bola bilan birga harakat qilib, unga ruhan ko'maklashishi lozim

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

hisoblanadi. Agarda kattalar boladagi miltillab turgan yog'dudek nur socha boshlagan qobiliyatni payqab, rivojlantirishga harakat qilishsa, bola ruhan o'sadi va o'ziga bo'lgan ishonch ortadi. Ammo e'tiborsizlik bolani ruhan cho'ktirishi, qiziqishlarining susayishi va hatto, keyinchalik yo'q bo'lishiga ham olib kelishi mumkin. Ilmli, salohiyatli ota-onadan komil, el-yurt manfaatiga munosib hissa qo'shuvchi farzandlar dunyoga keladi. Farzand bilan ruhiy, ijobiy munosabatlar undagi qiziqish, qobiliyatlarni yuzaga chiqishiga sabab bo'ladi. Hech ham erinmay bola bilan ishlash, savollariga javob berish lozim bo'ladi. Bola biror bir mashg'ulotga qiziqsa, u bilan shug'ullanishni xohlaydi. Ammo sinab ko'rgach, keyinchalik unda boshqa bir sohaga qiziqish natijasida, bundagi qiziqish susayishi mumkin. Bolani ota-ona o'z istaklari yuzasidan biror narsaga qiziqishga majbur qilishi ijobiy natijaga olib kelmasligi mumkin. Bola fikrlari inobatga olinishini bilishi va o'ziga ishonchi bo'lishi lozim. Qobiliyatli, iste'dodli bola o'z imkoniyatlaridan foydalana olmasa, ko'p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko'nikmada paydo bo'ladi. Qobiliyat atrof muhit bilan o'zaro ta'sir va ta'lim-tarbiya bilan rivojlana boradi. Qobiliyatlarning miqdor tavsifi va ularni o'lchash bilan chet el psixologlari Termen, Spirmen, Kettel va boshqalar shug'ullanganlar. Ular qobiliyatni o'lchash usuli sifatida aqliy iste'dod testlaridan foydalangan. Bu usul aqliy jihatni emas, balki qobiliyatlar haqida ma'lumot to'plashga xizmat qiladi. Shu o'rinda, L.S.Vigotskiy o'zining qarashini aytib o'tgan. "Qobiliyatlar odamning faoliyatidan tashqarida mavjud bo'lmaydi. Qobiliyatlarning tarkib topishi esa ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yutuqlari tezligida namoyon bo'ladi" O'quvchining qobiliyatlari nimada namoyon bo'lishini va binobarin, o'quvchi shaxsini qanday indivudial psixologik xususiyatlari faoliyatni qay darajada bajarish qobiliyatiga ega ekanligi, ya'ni o'quvchining boshqalarga nisbatan malaka va bilimlarni qanchalik tez, yengil mustahkam egallab olishini bilish pedagog uchun muhimdir. Bolalar maktabgacha bo'lgan davrda kattalardan asosan ko'p savol so'rashadi. Kattalar esa bu savollarga javob berishga erinishadi. Shu vaqtda bola o'zining qiziqishlaridan kelib chiqqan holda savol bergan bo'ladi. Iqtidorli yoshlar tug'ma bo'lishi ham mumkin masalan: rassom odamning qizi ham rasom bo'lishi, otasidagi rasm chizishga bo'lgan qiziqish, iqtidor unga ham o'tishi mumkin. Psixologik tadqiqot va natijalar tahlili

Biz bu ilmiy mavzumizning tadqiqot qismi uchun A.M.Matyushkinning "Mantiqiy tafakkur mahsuldorligini aniqlash" metodikasini 50 nafar 9-sinf o'quvchilaridan oldik. Bu metodikani tanlashimizdan maqsad, ko'plab iqtidorli insonlarda tafakkur tezligi, mazmunligi yuqori bo'ladi. Ushbu metodikaga bo'yicha sinaluvchilarga "Q" harfi bilan boshlanuvchi o'zbekcha so'zlardan 30 ta so'zni yozishi kerakligi aytiladi. Bunga qo'shimcha tarzda yana boshqa vaqt oralig'ida 15 ta so'z yozishi kerak bo'ladi. Natijalar tahlili. Barcha 45 ta so'zni yozish uchun sarflangan vaqt ikkala qatorni to'ldirish uchun ketgan vaqt yig'indisiga teng bo'ladi. Sinaluvchining mantiqiy tafakkurini baholash: 7 dan 10 minutgacha mantiqiy tafakkur mahsuldorligi yuqori; 10 dan 15 gacha mantiqiy tafakkur mahsuldorligi o'rtacha; 15 dan 18 gacha mantiqiy tafakkur mahsuldorligi past; undan yuqorisi juda past. Natija bilan quyida tanishishingiz mumkin. 23 ta yuqori-46 %, 18ta o'rtacha-36%, 9 ta past-18 % va juda past natija qayd etilmadi.

Sinaluvchilar soni Yuqori O'rtacha Past Juda past Jami

50 nafar 23 18 9 0 50

Foiz ko'rsatgichi 46% 36% 18% 0% 100%

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Xulosa: Iqtidorli bolalar boshqa bolalarga nisbatan har bir ta'lim tizimida ajralib turadi. Bu uning o'zi qiziqayotgan sohaga salohiyati yuqoriligini bildiradi iqtidorli bolalarning asosiy belgilari bu bajarayotgan harakatni "Men bajara olaman" deb o'ziga katta ishonch berishidir. Bundan tashqari ta'lim jarayonida agarda unga psixologlar va o'qituvchilar tomonidan motivatsiya berilsa, u holda bola o'z ustida ko'proq ishlaydi, bu degani ozgina kamchiliklarga ko'z yumgan holda "Sen buni uddalay olasan" kabi motivatsiyalar, ishonch berilsa, bolada yanada qiziqish ortib, u keyingi safar inson aqli shoshadigan ixtirolar qilishi mumkin. Agarda ko'p tanbehlar berib ishonchsizlik bildirilsa, bola tushkunlika tushib qiziqishlari so'nib borishi mumkin. Lekin albatta shu iqtidor umri mobaynida yuzaga chiqarilmasa ham saqlanib qoladi. Hozirgi ayni vaqtda zamonaviy psixologlar ushbu masalani ijobiy hal qilgan holda bolaning qiziqishini ta'lim muassasida turli metodlar orqali aniqlab va natijalar asosida ularga yo'l-yo'riqlar ko'rsatib kelinmoqda. Test natijalari asosida bolaning qaysi sohaga bo'lgan qiziqishi, iqtidori yuqori bo'lsa shu sohani tanlash maslahat beriladi, shu asosida qobiliyatini namoyon qila olmaydigan bolalar ham o'zlarini test orqali namoyon qilishi mumkin. Iqtidorli bolalar boshqa sohalarga qaraganda o'z tanlagan sohasini orqali ko'proq muvaffaqiyatga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-311.

2. Kayumova.G.N.&Sheraliyeva.Sh.Sh. Iqtidorli o'quvchilarning qiziqishlarining psixologik jixatlari. EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH. Volume 2 Issue 12, November 2022 ISSN 2181-2020 Page 217-219.

3. Usmonovna, N. A. (2022). Raising children is the biggest responsibility. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 1524-1529. 5.

4. Usmonovna, A. N. (2022). FARZAND RUHIY TARBIYASIDA OTA-ONANING MA'SULLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and innovation, 1(B3), 477-480.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.