Научная статья на тему 'IQTIDORLI BOLALARNI O`QITISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

IQTIDORLI BOLALARNI O`QITISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1515
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtidor / iqtidorli bola / ta‘lim / bilim / ko`nikma / individual yondashuv. / talent / gifted child / education / knowledge / skills / individual approach.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soliha Narzulloyevna Allayarova, Muxabbat Rustam Qizi Norbutayeva

Maqolada boshlang`ich sinflarda iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni o`qitishning nazariy-metodologik asoslari, iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, o`quvchilarning iqtidorini rivojlantirish tajribalari to`g`risida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL FEATURES OF TEACHING GIFTED CHILDREN

The article discusses the theoretical-methodological foundations of identifying gifted children in elementary grades and their education, working with gifted students, and the experiences of developing students' talents

Текст научной работы на тему «IQTIDORLI BOLALARNI O`QITISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

IQTIDORLI BOLALARNI OQITISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Soliha Narzulloyevna Allayarova

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

Muxabbat Rustam qizi Norbutayeva

DTPI "Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi" yo'nalishi 1-kurs magistranti

[email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich sinflarda iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni o'qitishning nazariy-metodologik asoslari, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, o'quvchilarning iqtidorini rivojlantirish tajribalari to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: iqtidor, iqtidorli bola, ta'lim, bilim, konikma, individual yondashuv.

PEDAGOGICAL FEATURES OF TEACHING GIFTED CHILDREN

ABSTRACT

The article discusses the theoretical-methodological foundations of identifying gifted children in elementary grades and their education, working with gifted students, and the experiences of developing students' talents.

Keywords: talent, gifted child, education, knowledge, skills, individual approach.

KIRISH

Ta'lim jarayonida pedagogik faoliyatning turli jabhalarida o'quvchilarning alohida iqtidor va qobiliyatlari namoyon bo'ladi. Maktabda, xususan, boshlang'ich sinflarda iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularning qobiliyat va iste'dodlarini namoyon qilishda ta'lim va tarbiya ishlarini samarali tashkil etish, o'quvchilarning iqtidorini rivojlantirish masalasi tobora taraqqiy etayotgan bugungi kunda muhim vazifalardan biridir. Zamonaviy ta'lim sharoitida bugungi kun pedagoglaridan talab qilinayotgan eng muhim xususiyat va vazifalardan biri ham yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs va jahonda ilm-fanda raqobatlasha oladigan bilimli, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashdan iborat. Xususan, iqtidorli bolalar va qobiliyatli yoshlarning oz bilimlarini namoyon etishi va iste'dodlarini rivojlantirishi uchun o'qituvchilar ozida mas'uliyatni his etishi, mamlakat kelajagi bo'lgan yoshlarning ta'limiga vijdonan yondashishi zarur.

May, 2024

261

Muayyan sohada iqtidorga ega shaxslarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash maqsadida pedagogik, psixologik, ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish, ularning ma'naviy-ruhiy kamoloti, aqliy-ijodiy iqtidorini oshirishning zarur me'yoriy-huquqiy asoslari yaratilmoqda. Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar bir qator hujjatlarda o'z aksini topgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4306-son qarori aynan iqtidorli bolalar bilan ishlashni takomillashtirishni nazarda tutadi.

Jahon tajribasida ham iqtidorlilar masalasiga katta e'tibor qaratiladi. Dunyoning yetakchi davlatlarida bunday tadqiqotlar, iqtidorli bolalar bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'z faoliyatini yuritadi. Jumladan, Yevropa mamlakatlari va AQSH da iqtidorlilar uchun bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar ularning qobiliyatlarini rivojlantirish uchun hissa qo'shadi. Bunga misol sifatida xalqaro "Merit" dasturini ko'rsatish mumkin. Bu dastur o'rta maktabda iqtidorli bolalarni tanlash bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada "London Gifted and Talanted", "National Association for Gifted Children (NAGC)" tashkilotlari aynan shu sohada faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, PISA (Oquvchilarni xalqaro baholash), Dalton-reja (Individual o'qitish tizimi) dasturlari ilg'or ta'lim muassasalaridagi iqtidorli o'quvchjilarni aniqlashga qaratilganligi alohida e'tiborga molik.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har bir bolada kim bo'lishidan qat'iy nazar nimagadir qobiliyat bolishi mumkin. Lekin, qobiliyat va iqtidorning farqi bor. Iqtidor har doim ham namoyon bolavermaydi hamda hammada ham uchramaydi. Iqtidorning yuzaga chiqishi uchun ichki va tashqi omillarning ta'siri, ta'lim jarayonida o'quvchilar tomonidan olinadigan motivlarning ahamiyati juda katta. Iqtidor tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Xo'sh, iqtidor nima?

Iqtidor tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Xo'sh, iqtidor nima? M.Karimova , M. Tojimamatova va R. To'ychiyevalarning " Iqtidorli yoshlarni aniqlash va tarbiyalashning pedagogik asoslari" maqolasida iqtidor, iqtidorli bola, iqtidorlilik haqida quyidagicha izoh berilgan:

Iqtidor - bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bolib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligidir.

Psixologik lug'atda "iqtidor" tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi:

1. iqtidor bu - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga

May, 2024

262

oshirilishini ta'minlaydigan qobiliyatlarniong o'ziga xos uyg'unlashuvidir;

2. iqtidor bu - insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o'ziga xosligini belgilaydigan umumiy qobiliyatlar;

3. iqtidor bu - aqliy potensial, ta'lim olish qobiliyati va bilish imkoniyatlarining bir butun individual xarakteristikasi;

4. iqtidor bu - tabiat tomonidan in'om etilgan qobiliyatlar, qobiliyatlar tabiiy asoslarining o'ziga xosligi va ularning namoyon bo'lishi darajalari;

5. iqtidor bu - iste'dodlilik, faoliyatda yuqori natijalarga erishish uchun ichki imkoniyat va sharoitlarning mavjudligi.

Bu kabi fikrlarga asoslanib, iqtidorlilik tusshunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin:

Iqtidorlilik - bu hayot davomida rivojlanadigan psixikaning tizimli sifati bo'lib, u odamning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir nechta faoliyat turlarida yuqori, ajoyib natijalarga erishish imkoniyatiga egalik.

Iqtidorli bola - bu u yoki bu faoliyat turida yorqin, ravshan, ba'zan ajoyib yutuqlari ( yoki bunday yutuqlar uchun ichki qobiliyatlarga egaligi) bilan ajralib turadigan bola.

Iqtidor va iqtidorli bolalarni o'qitishning asoslari, usullari, va pedagogik jihatlari mohiyatini bayon etish uchun turli manbalarni o'rgandik.

Avstraliyalik olim N.F.Ellerton 11-13 yoshli maktab o'quvchilarining murakkab matematik topshiriqlarni mustaqil yechish metodikasini bolalar uchun yaratilgan matematik muammolar - iqtidorli matematiklarga yangi nuqtai nazardan o'rgangan. Yechilishi qiyin bo'lgan muammolarni tuzish topshiriqlari va suhbatlar asosida qobiliyatli va qobiliyatsiz bolalar guruhlari tomonidan tuzilgan muammolar hamda muammolarga berilgan sharhlari orqali ularning bilish qobiliyatlari o'zaro taqqoslangan. Natijalarga ko'ra, iqtidorli bolalar murakkab mantiqiy masalalarni tuzgan va o'zlari tuzgan masalaga to'g'ri yechimni ishlab chiqa olgan. Qobiliyatsiz bolalar esa masalalarni tuzishda ham, ularni hal qilishda ham ancha zaif ekanliklarini ko'rsatgan. Bu tadqiqot iqtidorli bolalar boshqa tengdoshlariga qaraganda ancha ilg'or va aqlli ekanliklarini ko'rsatadi.

Turkiyalik olimlar Necate Baykoc, Duygu Aydemir, Bahar UyarogTu iqtidorli bolalar va iqtidorli bolalarning ta'lim imkoniyatlaridagi tengsizlik mavzusini o'rgangan. Ularning tadqiqqotlariga ko'ra, iqtidorli bolalar uchun ta'limning ustuvor yo'nalishlari, maxsus ta'limga muhtoj o'quvchilarga alohida e'tibor qaratiladi. Iqtidorlilar uchun asosiy imkoniyatni ta'lim deb baholanadi. Shuningdek, Turkiyadagi ta'lim olishni barcha bolalarga birdek, ya'ni iqtidorli bolalar bilan boshqa normal o'quvchilarni birgalikda o'qitish kerakligi haqida muhokamalar olib boriladi. Bu tadqiqotda

May, 2024

263

iqtidorlilarga berilayotgan alohida e'tibor, ularni boshqa oquvchilardan farqlash, ajratib ko'rsatish tanqid qilingan va muvofiq yechimlar taklif qilingan.

Ceylan Sen, Zeyneb Sonay Ay, Seyit Ahmed Kiray muhandislik loyihalash jarayoniga asoslangan integratsiyalashgan STEM faoliyatida iqtidorli va iqtidorli o'quvchilarning hisoblash fikrlash qobiliyatlari: robototexnika va 3D robot modellashtirish misolida tadqiq etgan. Ushbu tadqiqotning mohiyati STEM ta'limida 3D printer texnologiyasi faoliyatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Buni amalga oshirish maqsadida 7 nafar 7-sinf o'quvchilari o'rtasida STEM maktabdan tashqari kurslari tashkil etilib, kursdagi mashg'ulotlar 3D printer texnologiyasi yordamida amalga oshirilgan. Faoliyat davomida Balans modeli asosida o'quvchilarning loyihalash, rejalashtirish, dizayn jarayonini yaratish qobiliyatlarini yaxshilash va rivojlantirishga erishilgan. Tadqiqot natijalari samarali bo'lib, bu o'qituvchilarga o'quvchilarning muhandislik qobiliyatlarini ochish va yaxshilashga yordam beradi.

Romaniyalik olim Gabriela Kelemen iqtidorli bolalar ta'limi uchun moslashtirilgan namunaviy dizaynni ishlab chiqqan. Tadqiqotda iqtidorli boalar va ularning salohiyatini rivojlantirishning eng mos usullari haqida fikr yuritilgan. Iqtidorli bolalarning tug'ma qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli imkoniyatlar yaratish zarurati va buning uchun tadbiq etilishi mumkin bo'lgan modelni yaratish masalasi muhokama qilingan. Shu jihatdan iqtidorli bolalar uchun ta'limni individuallashtirish strategiyasini ishlab chiqish, differensatsiyalash, o'quv dasturlarini maxsus va sinfdan tashqari mashg'ulotlar bilan boyitish, musiqa, san'at, matematika, kimyo, fizika va boshqa fanlar sohasidagi tanlovlarning qamrovini oshirish masalasi yoritilgan.

Rossiyalik olim Yurkevich V "Iqtidorli bolalar: bugungi tendentsiyalar va ertangi muammolar" mavzusini o'rgangan. Maqolada iqtidorli bolalar bilan ishlashning dolzarb muammolarini hal qilishda ta'lim tashkilotlarining o'rni va iqtidorlilik, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni qollab-quvvatlashda ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni tashkil etish borasidagi fikrlar keltirilgan. Tadqiqotda so'rov usulidan foydalanilib, bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligi baholangan. So'rovda 149 nafar respondent ishtirok etgan bo'lib, tahlil o'tkazilgan. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun oliy o'quv yurti va ta'lim ta'lim tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik modeli ishlab chiqilgan.Ushbu tadqiqot natijalari quyidagicha izohlangan: birinchidan, iqtidorli bolalar bilan ishlashni tashkil etishning asosiy muammolari aniqlangan, iqtidorli bolalarning e'tibordan chetda qolganligi, ta'limning turli darajalarida ular bilan ishlashda uzluksizlik; ikkinchidan, aniqlangan muammolarni hal qilishga yo'naltirilgan

May, 2024

264

yetakchi universitet va ta'lim tashkilotlari o'rtasidagi tarmoq hamkorligi modeli ishlab chiqilgan; uchinchidan, iqtidorli bolalarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash mexanizmlari iqtidorning 9 turi (akademik, texnik, tadbirkorlik, kommunikativ, yetakchilik, dizayn, sport, san'at, ishlab chiqarish kabi)da namoyon bo'lgan bolalarni jalb qilish orqali aniqlangan.

V. Yurkevich iqtidorning 3ta asosiy turini ajratadi, bularni maktablarda hisobga olinishi kerak deb ta'kidlaydi:

- akademik (o'qishga aniq ko'rinib turgan qobiliyat);

- intellektual (dalillarni tahlil qilib , qiyoslab fikrlash qobiliyati;

- ijodiy (dunyoni nostandart ko'rish va fikrlash).

Olimning fikriga ko'ra, iqtidorli bolalarni bilishga qiziqish birlashtiradi, ular bilimga chanqoq va oz aqliy mehnatlaridan qoniqadi. Iqtidorning boshqa belgilari, ya'ni kattalar bilan munosabatga kirishish, yuqori xissiyotlilik, yumor qila olish, o'zgacha nutqqa ega bo'lish kabilarni sanab o'tadi.

Angliyalik olimlar Christos Dimitriadis, Jan Georgeson "Boshlang'ich maktablarda matematik qobiliyatli bolalarni ta'minlash: Angliya iqtidorli va iqtidorlilar tashabbusidan voz kechganidan besh yil o'tgach, amaliyotni ko'rib chiqish" mavzusini o'rgangan. Bu tadqiqot loyihasi "eng qobiliyatli" bolalarni o'qitish bo'yicha boshlang'ich maktabning hozirgi holatini aniqlashga qaratilgan. Matematika bo'yicha ta'lim siyosatidagi so'nggi o'zgarishlar, o'qituvchilarning qarashlari, tajribalari va idrok etilgan ehtiyojlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga asosan, maktablarda matematik iqtidorni rivojlantirishda ixtisoslashtirilgan maxsus ta'lim va "mahorat o'quv dasturi" kabi tashabbuslarga ehtiyoj borligi ta'kidlangan.

Germaniyalik olim Martina Endepohls-Ulpe iqtidorli bolalarni o'qitish metodlarini o'rgangan. Tadqiqotchi har bir o'qitish usuli barcha o'quvchilar uchun bir xil darajada mos emasligi, bu yosh va faqatgina ba'zi aqlli o'quvchilarga samaraliroq bo'lishi mumkinligi haqidagi dalillarni keltirgan. U ochiq o'qitish usulini taklif etgan va o'quvchilarni tabaqalashtirish, motivatsiya berish ukarning o'rganish tezligi, xottira va bilish konikmalarini rivojlantirishda asosiy jihat ekanligini ta'kidlaydi. Rag'batlantirish bilan yuqori samarali qobiliyatning namoyon bo'lishifgaq erishish mumkinligi aytib o'tilgan.

O'zbekistonda ta'lim sohasida iqtidorli o'quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash xususiyatlari bo'yicha Z. Narimbetova tadqiqot olib borgan. Iqtidorli bolalarni o'qitishda, asosan, o'qituvchi mahoratiga e'tibor qaratgan. Oqituvchining bilim, konikmalari va mahoratiga qo'yiladigan talablarni sanab o'tgan. Bolaning iqtidorini aniqlash va rivojlantirish uchun, avvalo, dars mazmunli bo'lishi kerakligi, iqtidorli bolalar g'ayrioddiy qobiliyat va qizishga egaligi, tezkor fikrlash va ijodiy tafakkurining ustunligi

May, 2024

265

bilan boshqalardan ajralib turishi haqida so'z yuritgan. Muallif iste'dodli bolalarning iqtidorini kashf etish uchun zamonga mos usul va metodikalar zarurligi va bunga o'qituvchi shaxsi mas'ul ekanligini ta'kidlaydi.

O. Rajabov ta'lim jarayonida iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash dasturlarining afzalliklarini tadqiq etgan. Tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli o'quvchilarning ta'lim jarayonlarini tashkillashtirish va takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, iqtidorli o'quvchilar uchun maxsus dasturlarning yaratilish tarixi, nazariyasi va tajribalari bayon etilgan. Bundan tashqari, maqolada umumta'lim maktablari yuqori sinf iqtidorli o'quvchilari uchun jadallashtirilgan ta'lim tizimi asosida olib boriladigan dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar uchun tavsiyalar ham berilgan.

X. Beknazarova iqtidorli yoshlar ta'limini differensial ta'limning asosiy yo'nalishi sifatida o'rgangan. U iqdidorli bolalar bilan ishlashda jahon tajribalari, dastur va loyihalarini tadqiq etgan. Jumladan, AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarning tashkilot va tadqiqotlarini tahlil qilib, afzal tomonlarini ko'rsatib bergan. Bunda AQSH da "Merit" dasturi orqali har yili iqtidorli o'quvchilar tanlab olinishi va ularga alohida imtiyozlar berilishi, Fransiya va boshqa davlatlarda iqtidorlilar uchun alohida maktablar tashkil etilishi haqida fikr yuritgan. Maqolada iqtidorli yoshlarning nostandart fikrlash va ijodiy qobiliyatlari asosiy me'zon sifatida qaralib, qobiliyatlarni rivojlantirish uchun o'qituvchining ijodiy va ilmiy yondashishi, topshioriqlarning iqtidorli o'quvchilarning xususiyatlaridan kelib chiqib kengaytirib borish zarurati borligini ilgari suradi.

Iqtidorli bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik usullari haqida D. Isabayeva tadqiqot olib borgan. Bu ilmiy ishda iqtidorni erta yoshdan aniqlash, bunga ota-ona, jamiyat, pedagoglar e'tibor qaratishi lozimligi aytilgan. Iqtidorlilarga beparvolik qobiliyatning yo'qolishiga olib keladi, deydi muallif. Iqtidorli bolalarni o'qitishda individual yondashuv, samarali ta'lim texnologiyalaridan foydalanish borasida fikr yuritadi. Bunda har xil usul va texnologiyalarni taklif etib, zamonaviy ta'limda intellektual rivojlanishga erishish uchun o'quvchining ta'lim ehtiyojlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Maktab ta'limidan tashqari, turli innovatsion va ijodiy yondashuvga asoslangan loyihalarni tahlil etadi.

NATIJALAR

Bugungi metodikalar, usullar va texnologiyalar qay darajada samarali natijalami olib kelmoqda, qay darajada o'zini oqlamoqda va qay darajada ta'limning rivojlanishida ahamiyatini yo'qotayotganini tahlil qilishimiz va o'rganishimiz kerak. Chunki bizda taraqqiy etayotgan ilm-fanga mos usullar, texnologiyalar. Qaysidir ma'noda eski an'anaviy

May, 2024

266

metodika va usullarni qayta ishlashimiz, yangilarini kashf etib tatbiq etishimiz zarur. Albatta, bunga katta ehtiyoj bor. Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ularni boshlang'ich sinfdanoq alohida e'tiborga olgan holda, iste'dodlarini rivojlantirish o'quvchilarning kelgusida o'z qobiliyatlarini namoyon eta olish va ulkan natijalarga erishish imkonini yaratadi. Iqtidor kichik yoshlardan namoyon bo'la boshlaydi. Qaysidir bola turli modellar yasashga, kimdir esa ijod qilishga, yana kimdir mantiqiy hisoblashga qiziqadi. Agarda bu boalarga boshlang'ich sinfda e'tibor berilmasa, bu qiziqish o'zidan-o'zi yo'qoladi va yuqori sinflarda ham bu iqtidor ko'rinmasdan qolish ehtimoli bor.

MUHOKAMA

Iqtidorli bolalarni o'qitishdagi tajribalar shuni ko'rsatadiki, iste'dodlilarga ta'lim alohida yondashuv va usullarni talab qiladi. Jahon amaliyotida iqtidorni ko'ra olish, iqtidorni erta aniqlash va to'g'ri yo'naltirish, ta'lim imkoniyatlarini talab darajasida oshirish orqali iqtidorni rivojlantirishga erishish masalalari yoritilgan. Shu bilan birgalikda, boshlang'ich ta'limdagi mavjud muammolar o'rganilgan. Respublikamizdagi tajribalar esa, asosan, iqtidorli bolalar bilan ishlash usullarini takomillashtirish, eng samarali ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish zaruratini ilgari suradi.

Xulosa shundayki, har bir tajriba keyingi barkamollik uchun asos bo'ladi. Iqtidorni aniqlash va uni rivojlantirishda bolani kichik yoshidan, boshlang'ich sinfdan ko'ra bilish, qobiliyatini o'stirishga tayyorlash va uni o'zi qiziqqan sohasiga yo'naltirish muhim hisoblanadi. Ta'limdagi mavjud muammolarni hal qilish, zamonaviy ta'limga mos imkoniyatlarni yaratish yosh avlodning iste'dodlarini rivojlantirishga keng yo'l ochadi. Umumiy qobiliyat egalari tez fikrlashi, biron-bir masalaning javobini tezda topishi va ijodiy yondashishi bilan farq qiladi. Maxsus iqtidor egalari esa muayyan bir sohada alohida qobiliyatga ega bo'lib, aynan shu sohada faoliyat olib borishga qiziqadilar. Boshlang'ich maktabda iqtidorli o'quvchilarni o'qitishda individual yondashuvdan foydalanish ancha samarali natijalar ko'rsatgan. Individuial ishlaganda bola iqtidorini namoyon etishda ko'proq imkoniyatga ega bo'ladi va tez rivojlanadi. Yangi texnologiyalar va usullarni ta'lim jarayoniga jalb qilish bilan iqtidorli o'quvchilarning salohiyatini oshirishga erishishimiz mumkin.

XULOSA

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

REFERENCES

1.Beknazarova, X.. "IQTIDORLI YOSHLAR TA'LIMI DIFFERENSIAL TA'LIMNING ASOSIY YO'NALISHI SIFATIDA" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 5, 2023, pp. 11501153.

2.Ceylan §en, Zeynep Sonay Ay & Seyit Ahmet Kiray (2020) A design-oriented STEM activity for students' using and improving their engineering skills: the balance model with 3D printer, Science Activities, 57:2, 88101, DOI: 10.1080/00368121.2020.1805581

3.Christos Dimitriadis & Jan Georgeson (2018) Provision for mathematically able children in primary schools: a review of practice five years after England dropped the gifted and talented initiative, Educational Review, 70:3, 358-380, DOI: 10.1080/00131911.2017.1330252

4.Dilfuza Isabayeva. "IQTIDORLI O'QUVCHILARNI ANIQLASHNING PEDAGOGIKPSIXOLOGIK USULLARI" Oriental Art and Culture, vol. 3, no. 4, 2022, pp. 205-210..

5.Ellerton, N.F. Children's made-up mathematics problems — a new perspective on talented mathematicians. Educ Stud Math 17, 261-271 (1986). https://doi.org/10.1007/BF00305073.

6.Endepohls-Ulpe, M. (2009). Teaching Gifted and Talented Children. In: Saha, L.J., Dworkin, A.G. (eds) International Handbook of Research on Teachers and Teaching. Springer International Handbooks of Education, vol 21. Springer, Boston, MA. https://doi.org/10.1007/978-0-387-73317-3 57

7.Karimova, Mukaddas Otajonovna, Todjimamatova, Mashxura Erkinovna, and To'Ychiyeva, Ra'noxon Nodirjon Qizi. "IQTIDORLI YOSHLARNI ANIQLASH VA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 7, 2023, pp. 55-63..

8.Keleman, G. 2010. A personalized model design for gifted children's education. Procedia Social and Behavioral Sciences 2: 3981-3987. https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2010.03.627

9.Narimbetova Z.A.. MAKTABDA IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH XUSUSIYATLARI Экономика и социум, no. 4-2 (83), 2021, pp. 920-923.

10.PQ-4306-coh 03.05.2019. "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" https://lex.uz/docs/-4320713.

11.Rajabov, O. (2023). TA'LIM JARAYONIDA IQTIDORLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASH DASTURLARINING AFZALLIKLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (I). извлечено от https: //j ournal .j dpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/9168

12.Юркевич В.С. Одаренные дети: сегодняшние тенденции и завтрашние вызовы // Психологическая наука и образование. 2011. Том 16. № 4. С. 99-108.

May, 2024

268

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.