Научная статья на тему 'IQTIDORLI YOSHLAR TA’LIMI DIFFERENSIAL TA’LIMNING ASOSIY YО‘NALISHI SIFATIDA'

IQTIDORLI YOSHLAR TA’LIMI DIFFERENSIAL TA’LIMNING ASOSIY YО‘NALISHI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2225
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
differensial / iqtidor / ijodiy / intellekt / nostandart / qobiliyat / differential / talent / creative / intellect / originality / ability

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Beknazarova, X.

Ushbu maqolada differensial ta’limning asosiy yo’nalishi bo’lgan iqtidorli yoshlar ta’limining afzalliklari, xorij ta’limining o’ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF TALENTED YOUTH AS THE MAIN DIRECTION OF DIFFERENTIAL EDUCATION

This article describes the benefits of education for gifted youth, which is the main direction of differentiated education, and the features of foreigner education.

Текст научной работы на тему «IQTIDORLI YOSHLAR TA’LIMI DIFFERENSIAL TA’LIMNING ASOSIY YО‘NALISHI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

IQTIDORLI YOSHLAR TA'LIMI DIFFERENSIAL TA'LIMNING ASOSIY

YO'NALISHI SIFATIDA

X. Beknazarova

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada differensial ta'limning asosiy yo'nalishi bo'lgan iqtidorli yoshlar ta'limining afzalliklari, xorij ta'lmining o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: differensial, iqtidor, ijodiy, intellekt, nostandart, qobiliyat.

АННОТАЦИЯ

В этой статье описываются преимущества образования одаренной молодежи, которое является основным направлением дифференцированного обучения, и особенности иностранный образования.

Ключевые слова: дифференциал, талант, творческий, интеллект, нестандартность, способность.

ABSTRACT

This article describes the benefits of education for gifted youth, which is the main direction of differentiated education, and the features of foreigner education.

Keywords: differential, talent, creative, intellect, originality, ability.

KIRISH

Jahon tajribasi ko'rsatishicha, iqtidorlilarni eng kichik yoshdan maxsus o'qitish pedagogik maqsadga ko'ra to'g'ri tarbiyalash oliy maqsaddir. Oddiy sinflarda iqtidorli bolalar qiyinchiliksiz muvaffaqiyatga erishadi keyin esa rivojlanishda to'xtab qoladi yoki rivojlanish susayadi. Iqtidorli o'quvchini taqdiri ba'zi hollarda ayanchli bo'lishi mumkin: ba'zan о'qituvchilar yetarli e'tibor berishmaydi, ota-onalar esa nostandart ta'limga mablag' topa olmaydi.

Differensial ta'limning asosiy yo'nalishi iqtidorli, qobiliyatli bolalar va o'smirlarni o'qitishdir. Hozirgi kunda jahon pedagogikasida bu masalaga qiziqish yanada kuchaydi. Masalan, yuqori qobiliyatlar bo'yicha Yevropa assotsiatsiyasi mavjud bo'lib, uning maqsadi - iqtidorlilar ta'limini tadqiq qilish va rag'batlantirishdir. Shuningdek, bolalar iqtidorini aniqlash mezonlari, qobiliyatli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari o'rganiladi. Iqtidorli bolalarni o'qitish bo'yicha Yevropa komiteti olimlari "iqtidorli bola" tushunchasiga intellektual va badiiy sohada eng yuqori natijalarga erishishi qobiliyatini yoki ajoyib psixomotor va ijtimoiy qobiliyatni kiritadilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iqtidor - qaysidir qobiliyatning eng yuqori darajadagi rivojlanishdir. V.Yurkevich iqtidorning 3 asosiy turini farqlaydi, buni umumta'lim maktablarida hisobga olinishi lozim deb hisoblaydi:

- akademik (o'qishga aniq ko'rinib turgan qobiliyat);

- intellektual (dalillarni tahlil qilib, qiyoslab fikrlash

qobiliyati);

- ijodiy (dunyoni nostandart ko'rish va fikrlash).

V. Yurkevichning fikricha, iqtidor turlari farqlanishiga qaramay, iqtidorli bolalarni bilishga qiziqish va talabi birlashtiradi, bu bilimga b o'igan chanqoqlik va aqliy mehnatdan qoniqishda ko'rinadi. Iqtidorning boshqa belgilari ham bor: kattalar bilan muomalaga kirisha olish va shunga intilish, yuqori xissiyotlik, yumor qila olish va o'zgacha nutqqa ega bo'lish.

Jahon maktabi iqtidorli bolalarga juda katta ahamiyat bermoqda, o'z tengdoshlariga nisbatan "yosh o'quvchilar" - besh yoshli iqtidorli bolalar soni ortmoqda. Ular o'qishni erta boshlab muvaffaqiyatli erta tugatadilar.

"Vunderkindlar maktabi", iqtidorlilar uchun maxsus seminarlar, maxsus pedagogik tadbirlardan tashqari iqtidori bolalar uchun oddiy maktablarda yuqori tezlik sinflarini tashkil qiladilar. Iqtidorli o'quvchilarni maqsadli aniqlash va o'qitish siyosati zarurdir, chunki bu millat kelajagini belgilaydi. Olimlarning hisoblashicha, har bir yoshdagi guruhda 3%dan 8%gacha o'quvchilar yuqori iqtidor va qobiliyatga ega. Lekin ularning hammasi ham rag'batlantirilmaydi. AQShda iqtidorli bolalarning 40%gina e'tiborga tushadi. Fransiyada 1989 yil yuqori intellektual salohiyatga ega bo'lgan litsey bitiruvchilarining iqtidorlari o'z vaqtida aniqlanmaganligi tufayli atigi 5% foizi oliy maktabga kirdi.

Hozirgi kunda iqtidorli o'quvchilar bilan ishlaydigan o'qituvchining pedagogik ta'limi tadqiq qilinmoqda. Iqtidorli talabalar ustozi modelini P.Torens (AQSH), P.Debrai-Ritzen (Fransiya)lar taklif qilishgan. Mazkur modelga ko'ra bu o'qituvchilarning o'ziga xos xislatlari tashabbuskorlik, o'ziga ishonch, o'quvchiga yordam berish va uning qiziqishi, muvaffaqiyatini bashorat qilish deb belgilandi. Har bir o'qituvchi kabi iqtidorlilar ustozi egiluvchan kasbiy fikrlashga, ochiq muloqotchanlikka ega bo'lishi, qiziqish uyg'ota olishi, o'z shogirdini himoya qila olishi lozim.

Iqtidorli o'quvchilarni o'qitishni tashkil qilish ko'lami va prinsiplari yetakchi davlatlarda turlichadir.

AQShda qobiliyatli o'quvchilarni aniqlash va maxsus o'qitish - tizimli siyosatga aylangan. AQSH prezidenti har yili jamiyatning o'ta iqtidorli farzandlariga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

e'tiborni tortish maqsadida 10ta eng yaxshi maktabning iqtidorli o'quvchilarini qabul qiladi.

"Merit" dasturiga ko'ra har yili AQShda 600 ming a'lochi zehnli o'quvchilar tanlab olinadi. Keyin ular yana "filtrlanadi", va 35 ming iqtidorli o'quvchilar tanlab olinadi. Ularga ta'limni davom ettirish uchun turli imtiyozlar beriladi (stipendiyalar, nufuzli universitetlarga kirish uchun kafolatlar va h.).

Iqtidorlilarni aniqlash va o'qitishda ayrim firmalar va korporatsiyalar maktab bilan hamkorlik qiladilar. Yosh amerikaliklar orasida iqtidorlilarni tanlashning asosiy quroli test to'plamidir. Bir hil yoshdagi o'quvchilar bilimining o'rtacha ko'rsatkichini aniqlashda standart testlar ayniqsa ko'p ishlatiladi.

Intellektni aniqlovchi testlar o'quvchilarning so'z, raqam, grafik materiallarni bilish darajasini belgilashda yordamlashadi. Natijalar ballda hisoblanadi, keyin maxsus formula bo'yicha aqliy rivojlanish koeffitsiyenti aniqlanadi. O'rtacha koeffitsiyent 90dan 109gacha. Iqtidorlilar 115 dan yuqori natijaga ega bo'lishi kerak. Aniq ko'zga ko'ringan qobiliyatlarga ko'ra sinfdan sinfga sakragan o'quvchilar ham iqtidorlilar safiga kiradi. Aqliy rivojlanishning yuqori koeffitsiyentini olmasa ham biror-bir faoliyatda juda zo'r qobiliyatga va ijodkorlikka ega bo'lsa ham iqtidorlilar safiga kiradi.

Nostandart fikrlash iqtidorlilar tanlovining asosiy mezonidir. Yuqori iqtidorli o'quvchilarni odatda oddiy maktabda o'qitishadi. Ular uchun tezlashtirilgan maktab dasturlari, muqobil mavzular bo'yicha mashg'ulotlar o'tkaziladi. Iqtidorlilar uchun Boston, Nyu-York, Chikago va b.shaharlarda maxsus o'quv muassasalari bor. Shuningdek universitetlar qoshida maxsus yozgi kurslar ham tashkil qilinadi. Yevropa davlatlari ham iqtidorli yoshlar muammosidan chetda qolgan emas.

Buyuk Britaniyada iqtidorli bolalarni tadqiqot qilish Markazi joylashgan. Iqtidorli o'quvchilar uchun maxsus bo'limlar, tezlashtirilgan, kengaytirilgan va boyitilgan ta'lim kurslari tashkil etiladigan maktablar soni ortib bormoqda. Ingliz pedagoglari diagnostik test o'tkazish, iqtidorli bolalarni o'qitish metodikasi, iqtidorli bolalarni o'qitadigan o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha katta tajribaga ega.

Germaniyadagi Gamburg shahrida 1985 yildan beri qobiliyatli o'quvchilarni maxsus o'qitish bo'yicha alohida maslahat markazi ish yuritadi.

1990 yil boshida Bad-Vyurtemberg shahrida 4ta jamoat gimnaziyalari tashkil etildi, bunda iqtidorli bolalar 8-9 yil davomida ta'lim olishlari mumkin. Fransiyada 1980 yil o'rtalarida ba'zi boshlang'ich o'quv muassasalarida qobiliyatli o'quvchilar sinflari paydo bo'ldi. 1990 yil boshlarida Strasburgda aqliy erta rivojlangan bolalar uchun alohida maktab tashkil etildi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

XULOSA

Yaponiyada iqtidorli bolalar ta'limi muammosiga vazminlik bilan yondashadi. 1960 yil o'rtalaridan ba'zi o'quv muassasalarida qobiliyatli o'quvchilarni aniqlovchi testlar o'tkaziladi, keyin natijaga ko'ra ular bilan alohida shug'ullanadi.

Agar o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi past bo'lsa, o'z-o'zidan topshiriq qisman ijodiyga aylanadi. Chunki o'quvchi yo o'qituvchining tushuntirishi, yo ko'rsatilgan namunaga qarab ish ko'rishga majbur bo'ladi. Shuning uchun o'quvchilarning o'quv imkoniyatlari kengayib borgan sari, ijodiy topshiriqlar miqdori ham ortib borishi kerak.

Yuqoridagilarni umumlashtirib xulosa qilishimiz mumkinki, o'quvchilarning qobiliyatlar darajasining xilma-xilligini inobatga olgan holda, ularning rivojlanishini to'g'ri amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Бим-Бад Б.М. Педагогический энциклопедический словарь. — М., 2002.352 стр.

2. Олешков М.Ю., Уваров В.М. Современный образовательный процесс: основные понятия и термины.— М.: Компания Спутник, 2006.154 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.