Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASHDA ENRICHMENT YONDASHUVNING AHAMIYATI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASHDA ENRICHMENT YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
58
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtidorli o‘quvchi / iste’dod / enrichment yondashuv / qobiliyat / ichki salohiyat / sezgirlik / optimizm.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odiljon Toxirovich Karimov

Mazkur maqolada iqtidorli o‘quvchining o‘ziga xos jihatlari, globallashuv davrida butun dunyo miqyosida iqtidorlarga e’tibor, ularga shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli o‘quvchilarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganligi xususida so‘z yurtilgan. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda dunyo miqyosida amaliyotda qo‘llanilayotgan enrichment yondashuvining ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASHDA ENRICHMENT YONDASHUVNING AHAMIYATI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI IQTID ORLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHGA TAYYORLASHDA ENRICHMENT YONDASHUVNING AHAMIYATI

Odiljon Toxirovich Karimov

Andijon davlat pedagogika institute Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish

bo'limi 1-toifali muhandisi +998 91 484 40 90 https://doi.org/10.5281/zenodo.1011402 7

Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtidorli o'quvchining o'ziga xos jihatlari, globallashuv davrida butun dunyo miqyosida iqtidorlarga e 'tibor, ularga shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli o'quvchilarni o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib borayotganligi xususida so'z yurtilgan. Shuningdek, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashda dunyo miqyosida amaliyotda qo'llanilayotgan enrichment yondashuvining ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: iqtidorli o'quvchi, iste'dod, enrichment yondashuv, qobiliyat, ichki salohiyat, sezgirlik, optimizm.

Аннотация. В данной статье говорится об уникальных особенностях одаренного ученика, растущем интересе к развитию одарённых учеников и создании для них условий. Также были высказаны мнения о важности обогащающего подхода, используемого на практике в мировом масштабе в работе с одаренными учениками.

Ключевые слова: одаренный ученик, талант, подход к обогащению, способность, внутренний потенциал, чувствительность, оптимизм.

Abstract. This article mentions about the unique features of a talanted student, the growing interest in the development of talanted students and the creation of conditions for them, the growing interest in the study of talantedstudents. Opinions were also expressed on the importance of the enrichment approach used in practice on a global scale in working with talanted students.

Keywords: talanted student, enrichment approach, ability, inner potential, sensitivity, optimism.

Dunyo ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma'lumotlarimizdan ayon bo'lmoqdaki, glaballashuv davrida butun dunyo miqyosida turli yo'nalishlardagi iqtidorlilarga e'tibor, ularning iqtidoridan foydalanish, ularga shart-sharoitlar yaratish, salohiyatini o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, o'zbek xalqi azal-azaldan farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib kelgan va, xususan, ilmga chanqoq, qobiliyatli farzandlarimiz hamisha elimiz ardog'ida bo'ladi. Aynan mana shu an'ana bois, yosh avlod tarbiyasiga e'tibor bugungi kunda ham davlatimiz siyosatining ajralmas qismi sanaladi. Alohida e'tirof etish kerak, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "O'zbekiston - 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "O'zbekiston - 2030" strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri "har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish" ekanligi belgilab qo'yilgan [1]. Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida: "Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash - O'zbekiston o'z oldiga qo'ygan strategik vazifalardan biridir.

Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta'limni kambag'allikka barham berish, xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy o'sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz", - deya mamlakatimiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar xususida alohida

to'htalib o'tdi [2]. Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta'lim oluvchilarning bilimi, kasbiy mahoratini rivojlantirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ta'limni insonparvarlashtirish, bo'lajak pedagoglarda yangilikka intilish, dunyo talablariga javob bera olishga yo'naltirilgan pedagogik yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirdi. Bugungi kun talabi oliy ta'lim muassasalari talabalarida kasbiy qadriyatlar tizimi, kasbiy mahoratni rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi va mexanizmlarini takomillashtirish, kreativ ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun pedagogi ta'lim-tarbiyada har bir o'quvchining o'ziga mos ravishda yondashmog'i, o'quvchining o'ziga xos talabiga javob bermog'i kerak. Har bir o'quvchi o'z iqtidori, o'z salohiyatiga mos ravishda ta'lim-tarbiya olishi, qaysidir yo'nalishda iqtidor egasi bo'lgan bola ta'lim muassasasida iste'dodini sayqallashi, namoyon etishi kerak.

"O'quvchilarni to'g'ri tarbiyalash uchun, ularni bilmoq kerak. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy o'zining "Kishi tarbiya predmeti sifatida" degan asarining muqaddimasida "Agar pedagogika kishini hamma jihatdan tarbiyalashni istasa, u avvalo bu kishini hamma jihatdan bilmog'i kerak", - deb yozgan edi" [3]. Amerikalik psixolog Deyl Karnegi iqtidorlilarda quyidagi muammolar mavjudligini ta'kidlaydi: mukammallikka intilish, o'ta sezgirlik, kattalar e'tiboriga muhtojlik, falsafiy muammolarga sho'ng'ish, aniq maqsadlarning yo'qligi, norozilik hissi, murosasizlik, uyquning kamligi, harakatli o'yindagi muammo va jismoniy, intellektual, ijtimoiy ko'nikmalar o'rtasidagi nomuvofiqlik.

Insoniyat tarixidan ma'lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo'ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo'ladi, ya'ni iqtidorli o'quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz ko'rinadi deb o'ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko'rinadigan narsadan tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o'zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan iste'dodlar ham mavjud. "Iqtidorlilar bilan shug'ullangan o'qituvchilar oson o'rganish iqtidorlilikni anglatishini aniq va yaqqol ko'rinishi deb tushunishadi. Ammo, bu tushuncha asosida ish olib borishimiz ko'pincha xatolikka, iqtidorni so'ndirib qo'yishimizga sabab bo'lib qoladi. Misol uchun, buyuk fizik Albert Eynshteyn o'z qobiliyatini nisbatan kech ko'rsatgan, shuning uchun o'sha davrda uning ko'plab o'qituvchilari uni "qobiliyasiz" deb hisoblashgan va keyinchalik uni, hatto, haydab yuborishgan" [4].

Tan olish kerakki, butun dunyoda umumta'lim tamoyiliga asoslangan ta'lim tizimi iqtidorlilarni oddiy o'quvchilar bilan tenglashtirib, ularning talabini qondira oladigan darajada bilim olishga imkon bermaydi. Dunyoning turli mamlakatlarida mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, oddiy ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining 30%da ijodiy qobiliyat susaygan.

Iqtidorli o'quvchilarni qobiliyatini rivojlantirishda dastlabki e'tibor oilada - ota-onalar tomonidan qaratilsa, ta'lim muassasalarida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari zimmasida bo'ladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ota-ona va bolaning o'zaro ta'siri iqtidorni rivojlantirishning eng muhim omili sifatida e'tirof etiladi. Unutmaslik kerakki, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ona-onalar hamon ibrat olish uchun "bosh qahramon" bo'lib hisoblanadi. Bu jarayonda ota-onaning ta'lim-tarbiya borasidagi pedagogik ko'nikmasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu borada boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari ona-onalar bilan uzviy aloqada, hamkorlikda bo'lishi zarur. Boshlang'ich sinflar bolaning qobiliyati va iqtidorini

rivojlantirish davri hisoblanadi. Shuni e'tirof etish kerakki, boshlang'ich sinflardagi muammolar bolaning iqtidorini yo'q bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin!

Pedagogika tarixida iqtidorli bolalarni baxolashga ikki xil qarash mavjud. "Iqtidor - bu noyob hodisa" degan qarashni qo'llab-quvvatlovchi mutaxassislarga qarshi turuvchi ikkinchi qarash tarafdorlari: "Har qanday bola bilan umid va sabr bilan ish olib boring, chunki ko'pchilik e'tiboriga tushmagan bolada ham iqtidorning ochilmagan qirralari bor", - degan fikrni bildirishadi [5]. Iqtidorli bolalarni baxolashga qaratilgan bu ikki xil qarash asosida shuni aytish mumkinki, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi o'qituvchisining asosiy vazifasi har bir o'quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa qo'shishdir. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'ziga xos qobiliyatlari darajasini aniqlash va bu qobiliyatni rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Bu jarayondan ko'rinib turibdiki, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash ko'plab mutaxassislarning birgalikdagi harakatini talab etadi. Tan olishimiz kerakki, boshlang'ich sinflar o'quvchilari kamdan-kam hollarda o'z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o'z iqtidorini rivojlantirish borasida e'tibordan chetda bo'ladi. Kelajakda qaysi kasb egasi bo'lishi nisbatan aniq bo'lgan yuqori sinf o'quvchilaridan farqli ravishda boshlang'ich sinf o'quvchilari o'z kelajagi haqida hali tassavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflardagi iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv -bugungi kunda dunyo pedagogikasiga "enrichment" tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv asosida ish olib borish zarur.

Enrichment - inglizcha so'z bo'lib "boyitish" ma'nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi "nakopitelnogo", "obogaщyeniye" so'zlariga to'g'ri keladigan bu yondashuv ta'lim jarayonida o'quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo'llab-quvvatlash, o'quvchidagi mavjud iqtidorni imkon qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi. "Iqtidorli o'quvchining ichki salohiyatini rivojlantirishga, o'z hayotining egasi, ijodkori bo'lishga, o'z oldiga aniq maqsad qo'yish va shu maqsadga erishish yo'llarini topishga o'rgatishga e'tibor qaratish zarur. Iqtidorli o'quvchi o'z maqsadiga erishish uchun erkin fikrlashi, butun qobiliyatidan foydalanishni bilishi va javobgarlikni xis qilishi kerak" [6].

E'tirof etish kerakki, har bir bola iqtidor egasi bo'lib tug'iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir. Yana shuni aytib o'tish kerakki, iqtidor - inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli rivojlanadigan psixikaning imkoniyati bo'lib, insonning boshqalarga nisbatan noan'anaviy va kutilmagan yutuqlarga, natijalarga erishishini ta'minlaydi. Iqtidor insonning barcha imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga moslashishga yo'naltiradi. SHuning uchun zamonaviy pedagoglarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo'nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitni yaratish, o'quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir.

"Shuni aytib o'tish kerakki, iqtidorli o'quvchi doimo nima bilandir chalg'igan, doimo ta'sirchang odam taassurotini qoldirishi mumkin. Ular uchun standart - qat'iy talablar yo'q, ular uchun konformist - intizomli, tartibli, itoatkor bo'lish qiyin, ayniqsa, mavjud norma va qoidalar ularning manfaatlariga zid bo'lsa" [7]. Barchamiz iqtidorli o'quvchi soatlab o'tirib, o'zi yoqtirgan narsani qilishi mumkinligiga ishonamiz. Lekin alohida e'tibor bilan - iqtidorli bolaning iste'dodini boyitishga yondashgan holda, pedagogik usullar asosida ish olib borilmasa, o'quvchilarning ko'pchiligi toqatsizlik, zerikish xususiyatini namoyon qiladi. Agar

bunday o'quvchiga pedagogik yondashuv asosida e 'tibor berilmasa, unda qiziqishi yo'qoladi va uning iste'dodi rivojlanishdan to'xtaydi.

Iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashni tashkil etishda bir qator muammolar mavjud. Avvalo quyidan, ya'ni maktablardan talab bo'lmaganligi uchun oliy ta'lim muassalarida aynan iqtidorli talabalar bilan ishlovchi mutaxassislar tayyorlanmaydi. Buning natijasida maktablarda iqtidorli o'quvchilar bilan ishlovchi o'qituvchilarning yetarli kasbiy mahoratga ega emas va ular uchun zarur o'quv-uslubiy qo'llanmalarga e'tibor qaratilmagan. Jamiyatdagi bu muammoni bartaraf etish uchun - iqtidorlilarga ta'lim va tarbiya berish uchun ijtimoiy buyurtma talab qilinadi. Umumta'lim maktablari talabi bilan oliy ta'lim tizimi, pedagog olimlar tomonidan iqtidorlilar bilan ishlashning nazariy va uslubiy, amaliy tamoyillar majmuasi ishlab chiqiladi. Biroq, ayni paytda dunyo miqyosida bu jarayon rejasiz, o'z-o'zidan sodir bo'lmoqda. SHuning uchun ham pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashga qaratilgan usullar, jumladan, enrichment yondashuv bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishi, iqtidorlilarning iste'dodini yuzaga chiqarishga ko'mak beruvchi uslubiy qo'llanmalar tayyorlashga e'tibor qaratishi zarur. Bu borada Andijon davlat pedagogika instituti olimlari, ilmiy tadqiqotchilarining dastlabki xulosalari shundan iboratki, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash uchun avvalo o'quvchining xulq-atvoridan kelib chiqqan holda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda ishlash usullarini tanlab olish kerak.

Yakka tartibda ish olib borish jarayonidan maqsad o'quvchining erkin faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratish. Chunki yakka tartibda shug'ullanuvchi iqtidorli o'quvchida mustaqil harakat qilish imkoniyati kengroq bo'ladi. Yakka tartibda ish olib borishda maslahat berish, o'quvchining fikrini tinglash va bilish, reja asosida ish olib borishga e'tibor qaratish samarali natija beradi.

Bu borada shuni aytish kerakki, XX asr oxiriga kelib barcha rivojlangan mamlakatlarda eski usuldagi ta'lim tizimiga tanqidiy qarashlar kuchaydi. Barchani bir hil usulda, bir xil qarash bilan o'qitilishiga e'tirozlar ko'paydi va bu eng avvalo, iqtidorli va iste'dodli o'quvchilar bilan ishlash masalasiga qaratildi. Kelajakda kashfiyotlar qiluvchi, ijod bilan shug'ullanuvchi o'quvchilarning umumiy ma'lumotlar bilan chegarlanuvchi ta'lim jarayoni qiziqtirmay qo'ydi. "Umumta'lim maktablarida ham iqtidorlilarga malakali pedagogik, psixologik yondashuv asosida yakka tartibda, qo'shimcha e'tibor va yangicha yondashuv bilan ish olib borilishiga talab oshdi. Bu talab oliy ta'lim muassasalarida ham kuchaydi va iqtidorlilar ta'lim jarayonida o'ziga xos yondashuvni, yangicha bilimni kutmoqda. Bu talabni qondirishda esa:

- iqtidorli va qobiliyatli talabalarning muammolarini aniqlash;

- pedagoglarning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'yicha psixologik, pedagogik va uslubiy tayyorgarligi yetarli darajada bo'lishi;

- iqtidorli va qobiliyatli talabalar bilan ishlash uslubiyati (metodikasi)ning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi" [8].

Unib-o'sib kelayotgan yosh avlod bugungi bunyodkorlik ishlarimizning davomchilaridir. Har bir yoshni - ulkan-ulkan maqsadlar bilan izlanishlar olib borayotgan, munavvar orzular bilan kashfiyotlar qilishga intilayotgan iqtidorli, iste'dodli farzandlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashni, ularga barcha imkoniyatlar yaratishni yangi davr talab etmoqda. Bu talabni bajarish, ado etishda esa pedagoglarimiz faol, tashabbuskor bo'lishi zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi Qarori. "Xalq so'zi" 190-son, 2023-yil, 12-sentyabr.

2. Mirziyoyev Sh.M. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi. "Xalq so'zi" 197-son, 2023-yil, 20-sentyabr.

3. Boldirev N.I. Sinf rahbari. - T:. "O'qituvchi",1976. 70-b.

4. Агафонова Э., Писанко М. Одаренный студент: Миф или реальност https://serdobinzewa.wixsite.com/darfp/--1-cw1w.

5. Якина Ю.И. Подготовка родителей младщих школников к взаимодействию с одаренным ребенком: Автореф. дисс.кан. пед.наук. - Ижевск, 2011. 3-с.

6. Маланина Н.А. Современные подходы к работе с одарёнными детьми. - Республика Чувашия. 2018 https://urok.1sept.ru/articles/670373

7. Агафонова Э., Писанко М. Одаренный студент: Миф или реалност https://serdobinzeva.vixsite.com/darfp/--1-cv1v.

8. Тарантей В.П., Хацкевич Г.А. Одаренный студент в вузе: вопросы преемственности школьного и вузовского оброзования. Белоруссия https://elib.grsu.by/katalog/166984-367502.pdf]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.