Научная статья на тему 'MАKTАB OʼQUVCHILАRIDА IJODIY QOBILIYATNI OʼSTIRISHDА IQTIDOR TUSHUNCHАSINI OʼRNI'

MАKTАB OʼQUVCHILАRIDА IJODIY QOBILIYATNI OʼSTIRISHDА IQTIDOR TUSHUNCHАSINI OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
131
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtidor / maktab / oquvchi / qobiliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulxumor Yavkacheva Abdurasilovna

Maqolada davlat talim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnologiyalariga doir bilimlarni o‘zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda iqtidorli shartlari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MАKTАB OʼQUVCHILАRIDА IJODIY QOBILIYATNI OʼSTIRISHDА IQTIDOR TUSHUNCHАSINI OʼRNI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

MAKTAB O'QUVCHILARIDA IJODIY QOBILIYATNI O'STIRISHDA IQTIDOR

TUSHUNCHASINI O'RNI Zulxumor Yavkacheva Abdurasilovna

Toshkent Davlat Transport Universiteti zulxumoryavkacheva 1@tstu.uz https://doi.org/10.5281/zenodo.7995391

Annotatsiya. Maqolada davlat talim standartlarida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnologiyalariga doir bilimlarni o'zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko'nikmalariga ega bo'lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda iqtidorli shartlari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: iqtidor, maktab, oquvchi, qobiliyat.

Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko'p jihatdan uning intellektual potensiali bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. SHuning uchun mamlakatimiz rahbariyati talim tizimini tubdan isloh qilishga katta etibor qaratayapti. SHunga ko'ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasidaga ko'tarilmoqda.

Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun talim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o'ziga xos talablari mavjud. Birinchidan, o'quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o'zlashtirish darajasi davlat tarmoq talim standartlari talablariga mosligini taminlash. Ikkinchidan, o'quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat talim standartlarida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalari doirasini to'liq qamrab olishga erishish.

Maktab hal etishi lozim bo'lgan masalalardan biri, o'quvchilarning fan asoslarini mustahkam o'zlashtirishlarini ta'minlash, ularda to'g'ri, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash, ijodiy bilish qobiliyatlarini o'stirish, o'qitishni hayot bilan bog'lanishini ta'minlashdan iborat.

Maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini o'stirish - o'qitishning bosh masalalaridan biridir.Turli - tuman, chuqur va mustahkam bilimlar,mahorat va malakalar, bilishga qiziqtirish, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, jonbozlik, masalalarni hal etishda aniq bir maqsadga intiluvchanlik va talabchanlik ijodiy qobiliyatlarning zaminlaridir, ijodiy qobiliyatlarning o'zlari esa inson ruhiy kuchining ko'rsatkichidir.Hayotda daholarni boshqalardan ajratib turadigan 4 ta xususiyat:

1. Keyingi hayotga faol tayyorgarlik. Muayyan bir maqsad uchun ter to'kib, mehnat qilish. Harakatlarni bir yo'nalishda jamlash.

2. Qarshisidan boshqa bir ish chiqib qolgan taqdirda ham boshlagan ishidan voz kechmaslik.Shunday qilib,duch kelgan " yangi " faoliyat ortidan chopavermay, barqaror istakka ega bo'lish.

3. Yo'lga chiqqandan keyin, ana shu yo'lda irodali va matonatli bo'lish.

4. To'siqlar ostida taslim bo'lmaslik. Ichki barqarorlikni namoyon etish.

Yuqoridagi xususiyatlarni o'rganishda eng avvalo"Iqtidorli" va "Iqtidorli bola"

tushunchasini aniqlashdan iborat.

Iqtidor-bu hayot davomida psixikani rivojlanish tizimidir. Bunda iqtidor u yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishda kuzatiladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Iqtidor-bu muvaffaqiyatli bajarilishini taminlovchi qobiliyatlarning o'ziga xos shaklidir. Qobiliyatlarning o'zaro muvofiqligi boshqa qobiliyatlardagi kamchiliklarni to'ldirishga xizmat qiladi.

— Umumiy qobiliyatlar shaxs imkoniyatini, uning faoliyatini o'ziga xos jihatlarini rivojlantirishni taminlaydi;

— Qobiliyatlarning layoqatini, tabiiy asoslarini xarakterini aks ettiradi;

— Faoliyatdagi muvaffaqqiyatni namoyon qiluvchi ichki sharoitdan biri talantdir. Iqtidorli bola-bu u yoki bu faoliyatda yorqin. Bazida uzluksiz muvaffaqiyatlari bilan ajralib turuvchi boladir.

Bugungi kunda ko'pgina psixologlar iqtidorning rivojlanishi-bu nasl (irsiy layoqat) va ijtimoiy muhit (o'yin, o'qish, mehnat jarayonlari) ning o'zaro murakkab tasiri natijasida ekanini tan olmoqdalar. Lekin shu individual iqtidorni shakllanishi asosida yotuvchi bilan birga shaxsning o'zini-o'zi tarbiyalashning psixologik mexanizmlarini rolini inkor etib bo'lmaydi.

Ko'pgina psixologlar kreativlikni (ijodiy potensial) iqtidorning muhim va mustaqil omil deb hisoblaydilar. Amerikalik psixolog G. Torrens kreativlikni noaniq va informatsiya tanqisligida zo'riqishning bartaraf etishga bo'lgan kuchli ehtiyojni natijasida yuzaga keladigan jarayon deb izoh beradi. Bu jarayon o'zida muammoni aniqlashtirish, farazni tekshirish kabi holatlarni mujassamlashtiradi. Ijodiy samaradorligini taminlash uchun o'zida shaxsning o'rtadan yuqori intelektual darajasini mujassamlashtirgan kreativlik muhim ahamiyat kasb etadi qolaversa, iqtidorli bolalarning ijodiy potensiallarini namoyon qilishlarida ularning motivatsion shaxsiy xususiyatlari va ijtimoiy muhit ham xal qiluvchi rol uynashi ko'pgina tadqiqotlarda isbotlangan. Dj. Renzulli konsepsiyasiga muvofiq iqtidor 3 elementining o'zaro tasiri natijasida rivojlanadi: o'rtadan yuqori darajadagi intellekt kreativlik va masalalarga jalb bo'lganlik.

U yoki bola ko'pgina faoliyat sohalarida aytarli muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qolaversa, muayyan bir faoliyat ko'rinishida ko'pgina bolalar o'zlarining layoqatlaridan kelib chiqib keng qamrovda yondashishlari mumkin. Bolaning psixologik imkoniyatlari va yosh davrlari xususiyatlariga ko'ra turlicha iqtidor ko'rinishlari mavjud.

Iqtidorni namoyon bo'lishiga xalaqit beruvchi omillardan biri zaruriy bilim kunikma, malakalarni yetishmasligidir. Agar bolalarda zaruriy bilimlarni o'zlashtirsa uning iqtidori namoyon bo'la boshlaydi.

Bazi hollarda esa bola taraqqiyotidagi qiyinchiliklar ham uning iqtidorini niqoblab qo'yadi. Masalan, xavotir, qurquv, nizolar uning iqtidorini susaytirishi mumkin.

Boshqa tomondan, iqtidorni namoyon qilish oilaning taminlanganligiga ham bog'liq. Bizga ayonki moddiy taminlangan bolalarda xar tomonlama imkoniyatlar keng bo'ladi, shuning uchun iqtidorni namoyon qilish uning o'ziga bog'liq kam taminlangan oila farzandlarida iqtidorni namoyon qilishga hohish bo'lgan bilan ayrim vaziyatlarda "qo'l kaltalik" qiladi.

Iqtidorli bolalarning o'ziga xos jihatlari bizning hayotimizni rang-barangligini taminlaydi va jamiyat uchun foydalidir.

Birinchidan, iqtidorlilarda xamma narsaga tasirchanlik kuzatilib adolatparvarlik hissi kuchli rivojlangan; ular ijtimoiy munosabatlarga yangilik kiritishga o'zgartirishga qobiliyatli bo'ladilar.

Ikkinchi xususiyat, bilimni faolligini va intelektning yuqori darajadagi taraqqiyoti atrof -muhit haqida yangi malumot olish imkonini beradi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Iqtidorli bolalardagi intuntiv ijodiy tafakkurning o'zaro muvofiqligi yangi bilimlar egallash jarayoni samarali bo'lib qoladi.

Uchinchi xususiyat, ko'pgina iqtidorli bolalarga omma hayotida qiziqarli va muhim loyihalarni amalga oshirishga imkon beruvchi ijodiy qobiliyatlar va muhim bilimlarni egallashdagi yuqori energiya maqsadga intiluvchanlik va qatiyatlilik xislatlari xosdir.

1. Iqtidorlilikni belgilari.

Iqtidorlilikni belgilari-bu iqtidorli bolaning real faoliyatida namoyon bo'luvchi va uning harakatlarini kuzatish natijasida baholanuvchi xususiyatdir. Iqtidorlilik belgilari faoliyatni amalga oshirish darajasi bilan bog'liqdir. Iqtidorlilik belgilarini muhokama qilishdan avval xoxlayman va "qila olaman" tushunchalarini muhokama qilish kerak. Shuning uchun xam iqtidorlilik belgilari iqtidorli 2 muhim jihatini o'zida mujassam etadi: instrumental va motivatsion instrumental-bu uning faoliyati usulini xarakterlaydi. Motivatsin-bolaning faoliyatining u yoki bu tomoniga, qolaversa o'z faoliyatiga munosabatini xarakterlaydi.

Iqtidorli bola hulqining instrumental jihati quyidagi belgilarda kuzatiladi.

— Faoliyatning maxsus strategiyalarini mavjudligi iqtidorli bolaning faoliyat uslubi uning oziga xosligi va samaradorligi bilan farqlanib turadi shunga muvofiq faoliyat muvaffaqiyatini uni amalga oshirish strategiyasi bilan bog'liq 3 asosiy darajasini ajratib ko'rsatilgan:

— faoliyatni tez o'zlashtirish va uni amalga oshirishga muvaffaqiyat;

— berilgan vaziyat yechimini topish sharoitida faoliyatning yangi usullarini qullash va yaratish.

— fanni chuqur o'zlashtirish natijasida yangi maqsadlarni ilgari surish, voqelikka o'zgacha nazar bilan yondashish.

Iqtidorli bolalar uchun ko'proq 3 daraja xosdir.

1. "Hamma narsani o'ziga qilish" ga asoslangan va iqtidorli bolaning o'zini-o'zi boshqarishi bilan bog'liq bo'lgan faoliyatning o'ziga xos individual uslubini shakllanganligi faoliyat uslubining individualizatsiyasi faoliyat maxsulidagi g'ayrioddiylik elementila aks etadi.

2. Iqtidorli bolaning bilim va kunikmalari yuqori darajada bir tizimga solingan bo'lib bir tomondan ko'pgina malumotlar yagona faktni ajrata oladi va ikkinchi tomondan xususiy xulosa tahlillardan umumiy xulosa va tahlillarga osonlik bilan o'ta oladi

3. O'zlashtirishning maxsus tipida u yuqori tezlikda va osonlik bilan yoki sekin va qiyinchilik bilan o'zlashtirishda namoyon bo'lishi mumkin, lekin bilim, tasavvur, kunikmalar strukturasining tez o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Iqtidorli bola xulqining motivatsion jihati quyidagi belgilarda namoyon bo'ladi.

> Qoniqish hissi bilan kechuvchi predmetli faoliyatning muayyan bir tomoniga yoki shaxsiy faollikning aniq bir shakliga nisbatan o'ta tasirchanlik.

> U yoki bu fan yoki faoliyat sohasiga o'ta qiziquvchanlik qandaydir faoliyatga haddan ziyod etibor berish.

> Bilim ehtiyoji va qiziquvchanlikning o'ta yuqori bo'lishi.

> Ananaviylikdan qochish.

> Shaxsiy faoliyat natijalariga haddan ziyod tanqid ko'zi bilan qarash oliy maqsadlarga qo'ya bilish, komillikka intilish.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Iqtidorlikni namoyon qiladigan psixologik xususiyatlar faqatgina iqtidorlik bilan kechadigan belgilar sifatida ko'rilishi lozim shuning uchun yuqorida sanab utilgan belgilar faqatgina iqtidorni mavjudligini taxmin qilishimizga imkon beradi xolos.

2. Iqtidorni ko'rinishlari.

Zamonaviy konsepsiyalarda intelekt ko'rinishlariga muvofiq iqtidor ko'rinishlari ham ajratilgan. Iqtidorlikda sifatiy jihatlar bilan bir qatorda miqdoriy jihatlarini ham ajratib ko'rsatish mumkin.

Iqtidorlilikning sifatiy xarakterlarini tahlil qilish shaxsning u yoki bu faoliyat turida namoyon qiladigan maxsus psixik xususiyatlari bilan bog'liq iqtidorlilikning miqdor xarakteristikasini tahlil qilish insonning psixik imkoniyatlarini namoyon qilish darajasi bilan bog'liq.

Faoliyat turlari va uning psixologiya sohalardagi o'rniga ko'ra turlari faoliyatning 5 turi va psixologiya sohalarning o'zaro hamoxangligidoirasida ajratiladi. Asosiy 5 faoliyat turlari: amaliy, nazariy, (bilim), badiiy-estetik, kommunikativ va manaviy ahloqiy psixik sohalar: intellektual emotsional vak motivatsion-irodaviy. Shunga muvofiq iqtidorlilikning quyidagi turlari farqlanadi. Amaliy faoliyatda sportiv tashkilotchilik iqtidorini: bilim (nazariy) faoliyatlarpda intellektual iqtidorni: badiy-estetik faoliyatda xoreografik, sahnaviy sheriyat rassomchilik va musiqiy iqtidorni kommunikativfaoliyatlarda eng avvalo liderlik va attraktiv iqtidorni: manaviy-ahloqiy faoliyatda esa yangi ahloqiy qadriyatlar va insonlarga xizmat qiluvchi marifatni yaratish iqtidorini ajratib ko'rstishi mumkin.

Iqtidorlilikning har bir ko'rinishi o'zida psixologiya sohalarining borini mujassamlashtiradi biroq faoliyat turi xususiyatiga ko'ra ularning darajasi xarxil bo'ladi.

Ushbu mezon iqtidorga tizimli qarash imkonini yaratdi. Shu bilan birga faoliyat qobiliyatlarininamoyon qilish shakllantirish vositasiga aylanadi. Bir xil iqtidor turi har bir individualda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.

Yaqqol iqtidor bu bolaning yosh va ijtimoiy qonuniyatlar bilan hisslagandagiga nisbatan faoliyatni bo'luvchi psixik taraqqiyotining erishilgan ko'rsatkichini psixologik xarakteristikasidir. Bu vaziyatda keng qamrovli faoliyat turlari haqida gap ketmoqda.

Bunday iqtidor negizi bola talanti yotadi. Talantli bola-bu faoliyatni bajarishda obektiv yangilik va ijtimsoiy axamiyati darajasiga javob beruvchi natijalarga erishuvchi boladir. Talantli bola faoliyati o'z ishining ustasi bo'lgan ekspertlar tomonidan baholanadi.

Potensial iqtidor-bu bolaning u yoki bu faoliyat turida yuqori psixik imkoniyatlarga erishishni belgilovchi psixologik xususiyatlar bo'lib, ayrim kamchiliklar tufayli ayni damda namoyon bo'lmagan iqtidordir. Ushbu potensialning rivojlanishiga atrofdagi salbiy omillar tasir qilayotgan bo'lishi mumkin (nomaqbul oila noaniq motivatsiya, o'zini boshqara olmaslik va boshqalar).

Potensial iqtidorni aniqlash uchun diagnostik metodikalarni qo'llash va zaruriy choralarni ishlab chiqishi ularning kelgusidagi taraqqiyoti uchun zamin hozirlaydi.

REFERENCES

1. Baratov Sh. Iqtidorli bolalar psixologiyasi. Buxoro. 2010.

2. Xaydarov F.I., Xaliliova N.I. "Umumiy psixologiya". - Toshkent: "Mumtoz zoz", 2010

3. Ushakov DV Aql va iqtidor psixologiyasi. RAS Psixologiya instituti. Moskva. 2011 yil.

4. G'oziev E.G\ Ontogenez psixologiyasi - Toshkent: "Noshir", 2010.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

5. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

6. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

7. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLO GIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

8. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

9. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

10. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

11. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

12. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

13. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

14. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

15. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

16. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

17. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

18. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

19. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.