Научная статья на тему 'IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA ALLITERATSIYA'

IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA ALLITERATSIYA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4986
205
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
alliteratsiya / tovush / ritm / undosh / unli / assonans / ekspressivlik. / alliteration / sound / ritm / consonant sound / vowel / assonance / expressiveness.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gozaloy Odiljon Qizi Jorayeva

Ushbu maqolada badiiy asarning, jumladan she’riyatning yoshlar ma’naviyatidagi o`rni haqida fikr yuritildi. Shuningdek, zamonaviy o`zbek she’riyatining yirik namoyondasi bo`lgan Iqbol Mirzo she’rlaridagi alliteratsiya hodisasi tahlil ostiga olindi. Zamonaviy o`zbek she’riyatida alliteratsiyaning ahamiyati yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALLITERATION IN THE POETRY OF IQBOL MIRZO

This artcle discusses the real of art, including poetry, in the spirituality of young people. Also, the alliteration phenomenom in rhe poems of Iqbol Mirzo, agreat representative of modern uzbek poetry, was analyzed. The importance of alliteration in modern Uzbek poetry is highlighed.

Текст научной работы на тему «IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA ALLITERATSIYA»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

IQBOL MIRZO SHE'RLARIDA ALLITERATSIYA

Go'zaloy Odiljon qizi Jo'rayeva

Andijon davlat universiteti Lingvistika yo'nalishi 2- bosqich magistranti

ANNATATSIYA

Ushbu maqolada badiiy asarning, jumladan she'riyatning yoshlar ma'naviyatidagi o'rni haqida fikr yuritildi. Shuningdek, zamonaviy o'zbek she'riyatining yirik namoyondasi bo'lgan Iqbol Mirzo she'rlaridagi alliteratsiya hodisasi tahlil ostiga olindi. Zamonaviy o'zbek she'riyatida alliteratsiyaning ahamiyati yoritildi.

Kalit so'zlar: alliteratsiya, tovush, ritm, undosh, unli, assonans, ekspressivlik.

ALLITERATION IN THE POETRY OF IQBOL MIRZO

ABSTRACT

This artcle discusses the real of art, including poetry, in the spirituality of young people. Also, the alliteration phenomenom in rhe poems of Iqbol Mirzo, agreat representative of modern uzbek poetry, was analyzed. The importance of alliteration in modern Uzbek poetry is high- lighed.

Keywords: alliteration, sound, ritm, consonant sound, vowel, assonance, expressiveness.

She'riyat yoshlar ma'naviyatiga ta'sir etishdagi juda katta kuchga ega bo'lgan omillardan biri hisoblanadi. Birgina she'r orqali o'sib kelayotgan yosh avlodning hayotga bo'lgan munosabatini butunlay o'zgartirib yuborish mumkin. Shu bois, bugungi kunda she'rlarni mazmun jihati bilan bir qatorda til qurilishini tadqiq etish ham dolzarb masalaga aylanib ulgurgan. Ijodkorning munosib so'zni topib tanlash mahorati uning asarini yo ko'klarga ko'taradi va yoki yer bilan yakson qiladi. She'rning o'quvchi tomonidan ko'klarga ko'tarilishiga sabab bo'luvchi omillardan biri alliteratsiyadir. She'riy nutqda misralar, undagi so'zlar hamda bo'g'inlar boshida yoki oxirida bir xil undosh tovushlarning takror qo'llanishi alliteratsiya deyiladi[ YoTdoshev M. 2020. 68]. Alliteratsiya ko'proq she'riy nutqqa xos hodisa bo'lsa-da, bazi o'rinlarda nasriy asarlarda hamda xalq og zaki ijodi namunalarida ham uchrab turadi. Bu allieratsiya hodisasining keng ko'lamli ekanligidan dalolatdir. Deyarli barcha tovushlar tabiiy qonuniyatga ko'ra ozidan so'ng ma'lum bir belgilarga ega undoshlar guruhini chaqirishga moyil boTadi. Masalan, tilshunoslikdagi o-u qoidasi: birinchi bo'g'inda o unlisi bilan kelgan ko'plab so'zlarda ikkinchi bo'g'in u unlisidan iborat bo'ladi: G'ofur, Bobur singari. Huddiki, tovushlarning ham o'zaro "aura"si bordek. Alliteratsiya natijasida yuzaga kelgan ohangdorlikning ajib ekanligi ham shu bilan bog'liq,

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

bizningcha. Sababi, birinchidan, bir xil undoshlar takrorlanadi, ikkinchidan shu bir xil undoshlar bir "aura"degi tovushlarni o'ziga chorlaydi.

Alliteratsiyadan deyarli barcha davrlarda keng kolamda foydalanib kelingan. Zamonaviy o'zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Iqbol Mirzo she'rlarida ham alliteratsiyaning go'zal namunalari ijod etilgan. Shoirning she'rlarini o'rganar ekanmiz, unda q orqali yuzaga kelgan alliteratsiyalar salmoqliroq ekanligining guvohi bolamiz:

Qorakoz turnalar Qo'qonga qaytar... [Mizro I. 2020.103] Ammo sen ro'yosan, bilmayman,

Qaydasan va qachon qaytasan? [Mizro I. 2020.113]

Qumdan qurgan qo'rg'onim qani? [Mizro I. 2020.131] Yuqorida keltirib o'tilgan misralarda q undoshi bilan boshlanuvchi so'zlardan mohirona foydalanish orqali shoir she'rning badiiylik xususiyatini bir qancha darajaga oshira olgan va she'rdagi ritmni ham bir tizginda ushlab turishga erishgan. Bu she'rdagi ekspressivlikni oshirishga xizmat qilgan.

Qollarim qaqshaydi soching sog'inib, Sochlarim sog'indi barmoqlaringni. [Mizro I. 2020.40]

Endigi parchada q hamda s undoshlari uyg'unlikda alliteratsiya hodisasini yuzaga keltirgan. Bu o'rinda alliteratsiya bilan birga xiazm ya'ni teskari tartibdagi sintaktik parallelizm, misradagi so'z yoki bolaklarni teskari tartibda takrorlashga asoslangan stilistik figura [ Yo'ldoshev M. 2020 ] ham qollanilgan. Natijada, she'rning emotsional- ekspressivlik xususiyati o'sishi bilan birga misralar bir o'qishda yod bolib qoladigan darajadagi ritm kasb etgan.

Alliteratsiya hodisasining yana bir go'zal ko'rinishi " Tubida tosh dumalatib..." nomli she'rning har bir bandi so'nggidagi takrorlanuvchi misrada ham oz aksini topgan:

Kozlarimdan kozlaringiz ketmadi, yor. [[Mizro I. 2020.193] Bu she'rning har bir bandi shunday yakunlangani uchun ham alliteratsiya yaqqol ko'zga tashlanib turadi va o'quvchi qalbiga o'zgacha ta'sir eta oladi. Bundan tashqari, shu she'rning ozida yana bir misra e'tiborimizni jalb etadi:

Hammasi ham bu holimga hayron o'tdi. [Mizro I. 2020.193] Darhaqiqat, she'rdagi ushbu misra ham o'quvchi diqqatini jalb etadi va yuqoridagi emotsional-ekspressivlikni yana bir pog'onaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Iqbol Mirzoning barcha she'rlari orasida "Shimoldan shoshqaloq shamollar kelur" misrasi bilan boshlanuvchi she'ri alliteratsiyaga yorqin misol bola oladi. Boisi, ushbu she'r boshdan oyoq alliteratsiya asosida yozilgan. She'rning birinchi bandi: Shimoldan shoshqaloq shamollar kelur Halqumga hanjardek hilollar kelur, Siynadan sirtilgan savollar kelur,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

Rahmingiz kelmasmi? Birinchi misrada shamolga shoshqaloq deb ta'rif berilishi hamda uning aynan shimoldan kelishi shoirning mqsadi alliteratsiya hodisasini yuzaga chiqarish ekanligini ochiqlaydi. Ikkinchi misrada hilolni ya'ni oyni hanjarga mengzash bu tabiiy hol, ammo uning halqumga kelishi shoirning ijodiy ixtirosi bo'lib, bu ham alliteratsiyani yuzaga keltirish yo'lida namoyon bo'lgan. Uchinchi misrada esa qalb so'zining ko'chma ma'nodagi sinonimi (siyna - f. 2.dil, qalb, yurak.[O'TIL-3. 2007.498]) orqali ifodalaydi va mazmun va shaklni uyg'unlikda o'quvchiga yetkaza oladi. Bu bo'm-bo'sh bog'imga bahorlar kelgay, Umidlar ufurib, uforlar kelgay, G'arib g'orotlardan g'uborlar kelgay, Rahmingiz kelmasmi? Keyingi bandni o' qir ekanmiz, mazmunan birinchi band davom ettirilganligining guvohi bo'lamiz. B harfi bilan yuzaga kelgan allitaratsiya mavjud misradagi mazmun qalbga ishora qilmoqda. Ya'ni shoirning qalbi bo'm-bo'sh bog' kabidir. Keyingi misrada esa shoir alliteratsiyaga yondosh hodisa hisoblangan assonans vositasidan foydalangan. Assonans unli tovushlarning takrorlanishidir.[Muhammedova S. 2011.75] Bu o'rinda u unlisi orqali assonans yuzaga chiqmoqda va mazmuniy butunlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Navbatdagi misrada ham g' undoshli alliteratsiya ifodalanadi. Sochlari soylanib, sanamlar kelsa, Qayrilma qoshlari qalamlar kelsa, Azoblar, anduhlar, alamlar kelsa, Rahmingiz kelmasmu? Ushbu misralarda ham s,q undoshlari orqali alliteratsiyaning go'zal namunalari hamda a unlisidan foydalangan holda assanans yuzaga kelgan va natijada to'la emotsional-ekspressiv bo'yoq bilan yo'g'rilgan asar yaratilgan. Kunlarim kullarga ko' milib ketmish, Tunlarim tangadek to'kilib ketmish, Sabrning sarposi so'kilib ketmish, Rahmingiz kelmasa... O'zingiz keling!

She'rning so'nggi bandi ham yuqoridagi an'anani davom ettiradi. Undagi qo'llanilgan so'zlarni alohida olib qarasak, ular o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud emasligini yaqqol sezamiz(kun-kul/tun-tanga/sabr-sarpo). Ammo alliteratsiya vositasida ular bir umumiy ma'noda uygunlashadi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, misrlarning boshidagi so'zlarning o'zigina bir xil undosh tovush bilan boshlansa ham alliteratsiya yuzaga kelgan hisoblanadi. Chunki faqat misralar boshidagi bir xil undosh takrori ham she'rga o'zgacha ekspressivlik bag'ishlay oladi va shu bilan bir qatorda shoirdan ulkan mahorat talab etadi:

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

Keturman, Kutmagil,

Kelmasman qaytib. [Mirzo I. 2020.100]

Ushbu parchadagi so'zlar bir xil undosh bilan boshlanishi bilan birga, asosi bir bo'g'indan iboratligi, sof o'zbekcha so'zlar ekanligi bilan ham o'zaro umumiylik kasb etadi. Bu umumiylik mazmundagi uyg unlikni yuzaga chiqaradi va natijada ushbu uyg'unlik she'rga ko'chib, she'rdagi musiqiylikni barqarorlashtiradi.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, alliteratsiya oldingi davrlar poetikasi singgari zamonaviy o'zbek she'riyatida ham muhim ahamiyat kasb etuvchi vosita hisoblanadi. Alliteratsiya vositasi orqali she'rlar yanada o'qishli bolishiga hamda lug'at boyligimizdagi mavjud so'zlarning yangi- yangi ma'nolari kashf etilishiga erilishiladi. Bu, albatta, yoshlarning badiiy barkamolligini yuksaltirishga yordam beradi. Darhaqiqat, badiiy adabiyot va til to'g'ri rivojlansa, yoshlar ma'naviyati ham to'g'ri shakllanib boradi.

REFERENCES

1. Abdullayev A. Ma'no kuchaytirishning fonetik usuli// o'zbek tili va adabiyoti. -T.1969.N2.55-58

2. Abdullayev A. Ozbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. T.: Fan.1989.

3. Mirzo I. Agar jannat kokda boisa... T.: Sharq. 2010.

4. Mizro I. Ko'zlaringga termulsaydim. T.: Sharq. 2020.

5. Muhammedova S. Matn lingvistikasi. T. 2011.

6. Yoldoshev M. va b. Matn lingvistikasi. T.2020.

7. Ozbek tilining izohli lug'ati-3. T.: 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.