Научная статья на тему 'TAVSIFIY LIRIKAGA XOS TAVSIF VOSITALARINING ESTETIK AHAMIYATI'

TAVSIFIY LIRIKAGA XOS TAVSIF VOSITALARINING ESTETIK AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

342
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tavsifiy lirika / tavsif obyekti / lirik subyekt va obyekt / shoir nigohi / lirik holat / Descriptive lyrics / descriptive object / lyrical subject and object / poet„s point of view / lyrical situation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnavoz Akmalovna Salimova

Ushbu maqolada tavsifiy lirika ko„rinishlariga xos tavsif ifodalarining turlitumanligi she‟riyat uchun tavsif qilish imkonlarini birmuncha kengaytirishi hamda тavsif vositalarining she‟riyat estetik ahamiyatini belgilovchi omillardan biri ekani xususida fikr boradi. Mazkur masalaga zamondosh o„zbek shoirasi Oydin Hojiyeva she‟rlari misolida qaraladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE AESTHETIC VALUE OF DESCRIPTIVE MEANS IN DESCRIPTIVE LYRICS

This article talks about the aesthetic significance of descriptive means, about the varieties of means of descriptive lyrics, in the example of poems by the modern Uzbek poetess Oydin Khojiyeva

Текст научной работы на тему «TAVSIFIY LIRIKAGA XOS TAVSIF VOSITALARINING ESTETIK AHAMIYATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

TAVSIFIY LIRIKAGA XOS TAVSIF VOSITALARINING ESTETIK

AHAMIYATI

Dilnavoz Akmalovna Salimova

JDPI katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tavsifiy lirika ko'rinishlariga xos tavsif ifodalarining turli-tumanligi she'riyat uchun tavsif qilish imkonlarini birmuncha kengaytirishi hamda Tavsif vositalarining she'riyat estetik ahamiyatini belgilovchi omillardan biri ekani xususida fikr boradi. Mazkur masalaga zamondosh o'zbek shoirasi Oydin Hojiyeva she'rlari misolida qaraladi.

Kalit so'zlar: Tavsifiy lirika, tavsif obyekti, lirik subyekt va obyekt, shoir nigohi, lirik holat.

THE AESTHETIC VALUE OF DESCRIPTIVE MEANS IN DESCRIPTIVE

LYRICS

ABSTRACT

This article talks about the aesthetic significance of descriptive means, about the varieties of means of descriptive lyrics, in the example of poems by the modern Uzbek poetess Oydin Khojiyeva.

Key words: Descriptive lyrics, descriptive object, lyrical subject and object, poet's point of view, lyrical situation.

KIRISH

Tavsifiy lirika ko'rinishlariga xos tavsif ifodasining turli-tumanligi she'riyatda tavsif qilish imkonlarini birmuncha kengaytiradi. Chunki she'rda obyekt qilib olingan tabiat, narsa-buyum, holat, hodisa, tushuncha ayrim hollarda, hatto, personaj ham tavsif obyekti sifatida subyektiv holatni harakatga keltirishga xizmat qiladi. Adabiyotshunoslarning ta'riflariga ko'ra, tavsifiy lirikaga mansub she'riyat - bu tashqi olam voqea-hodisalarini statik gavdalantirmoqlikdir1, ya'ni lirik subyekt e'tiborini tortadigan qandaydir, odatda, tabiatning tavsiflanishi orqali shu subyekt ichki dunyosi ochilishi kutiladi. Bugungi she'riyat namunalarining tavsifiy lirikaga mansublarini o'qib, kuzatib amin bo'lamizki, birgina tabiat tavsifi emas, shuningdek,

1 Поспелов Г. Лирика среди литературных родов.- М.: Изд-во Московского Ун-та. 1976. -С.106. Academic Research, Uzbekistan 664 www.ares.uz

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

yuqorida tilga olganimizdek, xilma-xil tavsif obyektlari vositasida ham subyektiv olam ifodalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Garchi tavsifiy lirika tabiatiga xos "lirik men"ning o'y-hislari, kechinmalari bevosita ifodalanmasa-da, "lirik asarlardagi tavsif detallari umuman olganda, his-tuyg'u obyekti sifatida muhim sanaladi"2. Tavsif lirikada his-tuyg'ularning bevosita ifodasi minimumga intiladi, subyektning his-kechinmalari obyekt (narsa, hodisa,

"5

holat, voqea, shaxs v.b. )ning tavsifi orqali bavosita ifodalanadi. Ushbu nazariy ta'riflardan ko'rinadiki, tavsifiy lirika tavsif vositalarining har qanday holatda ham his-tuyg„u obyektini ifodalashda o„z o'rniga ega ekan, demak tavsif vositasi his-tuyg'u bilan to'g'ridan-to'g'ri ifodalanishi yoki tavsif obyektining turdosh tushunchalari bilan metaforik tarzda ifodalanishi orqali lirik tavsifi beriladi. Bu haqda adabiyotshunos Ulug'bek Hamdamov quyidagi fikrini bildiradi: "tavsifiy lirikaning ifoda jihatidan ramziy-metaforik ko'rinishi hamda ramziy bo'lmagan ko'rinishi ham keng uchraydi"4. Lirika mavzu ko'lami jihatidan falsafiy, peyzajli, muhabbat turlariga qarab farqlanarkan, ulardagi mavzuni ochishga xizmat qiladigan metaforiklik xususiyatini tavsif vositasi ifodalab beradi. Chunki she'riyat mavzularining rang-barang va turfaligini bir-ikki tashbehlarda ifodalash bilan tavsif vositalarini chegaralab bo'lmasligi tabiiy, ya'ni she'rdagi tavsif vositasining xilma-xilligi va har bir ijodkorda boshqasining ijodida uchramaydigan original ko'rinishlarining uchrashi topilma sifatida poetik ixtiro hisoblanadi. Xuddi rassom peyzaj, naturmort, portret yoki boshqa janrdagi asarlar ranglari palitrasida yangi va betakror namuna yaratganidek, shoir ham fantaziyasini, so„z boyligini qanchalik mahorat bilan ishlata olgani bois lirik asar tavsifining imkoniyatlari qanday ekanligini ko'rsata oladi. Fikrlarimizni asoslash maqsadida ayrim lirik asarlarga murojaat qilamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek shoirasi Oydin Hojiyeva ijodida tavsifiy lirika namunalari ko'plab uchraydi. "Sado bergil"5 she'rida bolalik sog'inchi tavsif vositasi sifatida holat

2 Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. - Тошкент: akademnashr, 2013. -Б.77.

3 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: Navoiy universiteti; 2018. -B.389.

4 Улугбек Хдмдам. Янги узбек шеърияти. - Т.: Адиб, 2012. - Б.261.

5 Ойдин Хржиева. Назокат.шеърлар, достон, хасида, бадиалар, уйлар. -Т.: Шарк;, 2007. -Б.48. Academic Research, Uzbekistan 665 www.ares.uz

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

obyekt bo'lib kelmoqda, ya'ni holat - sog'inish hissining ifodalanishi bilan tasvirga olinyapti:

O'yinqaroq bolaligim, Daraging yo'q. Qaytmading-a, yo tegdimi Bir daydi o'q?

Tabiatan bolalikning qaytmasligi barchaga ayon, biroq shoira nazdida o'tib ketgan bolalikning bedaraligi o'z sababiga ega bo'lgan bir hodisa sifatida qaraladi, Daraksiz ketgan bolalikni izlarkan, shoira uni otilib bedarak ketgan, deb tasavvur etadi va buning sababini keltirishga urinadi:

Abjir mergan kamoniga Duch kelding yo? Necha yilki, ko'zim yo'lda Bermas sado O'yinqaroq bolaligim, O'yinqaroq bolaligim!

She'r matnini kuzatarkanmiz, tavsiflangan obyekt yuqorida keltirilgan so'nggi ikki bandda murojaat bilan ochiq undaladi: Daraging yo'q, O'yinqaroq bolaligim. Ushbu bandlardan oldin kelgan to'rt bandida esa bolalik so'zi tilga olinmaydi, bolalikka bo'lgan sog'inch, qo'msash tuyg'usi dastlabki uch bandda ham bizga aniq hodisa-holat tasavvurini bersa-da, so'z nima haqida borayotgani ochilmay turadi: Qaysi daryo irmog'idan Suvlanyapsan? Qay qoyaning chaqmog'ida Guvlanyapsan?

O'rmonlarda mehrigiyo Bo'ldingmi yo? Osmonlarda yangi oydek To'ldingmi yo? Charxpalakning kosasiga Aylandingmi? Kamalakning ranglariga Joylandingmi?

She'rning ilk misralarida obyekt tasvirlanaturib, keying bandlarda tavsif obyakti bevosita tilga olish imkoniyatidan foydalanishi shoira Oydin hojiyeva tavsifiy lirika namunalarini yaratishdagi o'ziga xos uslubini ko 'rsatadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

Biroq shirin xotiralarni yodimizga soluvchi ishorani payqaymiz, ya'ni keyingi birgina band bolalikni eslatuvchi xotiralar chizgisida bolalik sog'inchini tasvirga tushirish bilan tavsif namoyon bo'ladi: Poda qaytar qishloq tomon Serka bilan. Namozigar shabodasi Ko'rki bilan...

Suvlanyapsan?, Guvlanyapsan?, Bo'ldingmi yo?, To'ldingmi yo?, Aylandingmi?, Joylandingmi?, Yo tegdimi Bir daydi o'q?, Duch kelding yo? kabi ritorik so'rovlar ham holatni tavsifalshda shoira ko'nglidagi oniy lahzada uyg'ongan bolalik sog'inchi va xotiralarini tasvirlash uchun ohang bilan poetik aktuallshmoqda.

She'rdagi tavsif unsurlarini harakatga keltiruvchi yana bir komponent -sarlavhaning ham tutgan o'rnini eslatib o'tish joiz. She'r sarlavhasi ijodkorning badiiy niyati va asar g'oyasini ifodalsh uchun kichik vosita va bu vosita asar kompozitsion qurilishining dastlabki pog'onasidan o'rin egallaydi. Shu bois sarlavhaning yukida matn qurilishini ta'minlash bilan birga mazmunan asar matniqini yuzaga keltiradi, deyishimiz mumkin. Oydin Hojiyevaning she'rga "Sado bergil" deya sarlavha tanlashi she'r mazmunini ochishda mantiqan o'zini oqlaydi. Chunki she'r matnida "sado bergil" degan murojaat aslo qo'lanilmasa ham, lirik qahramon ko'nglidagi nido poetik tavsiflanishi uchun ham sarlavhada jonlantirilmoqda.

She'rning ilk misralarida obyekt bevosita tasvirlanmasdan turib, keyingi bandlarida obyekt tavsifi subyektni ifodalashiga mansub tavsifiy lirika namunalari Oydin Hojiyeva she'rlarida ko'plab uchraydi. "Tashrif', "Osmon olachalpoq, Jon -olachalpoq", "Dehqon" she'rlar fikrimiz dalili bo'la oladi. Ushbu manzumalar tavsifida hodisa, holat tasviri ifodalanadi. Masalan, "Tashrif'6 deb nomlanuvchi she'rida erta ko'klam manzaralari vatan tabiati leytmotivini tashkil etadi.

"Har bir shoirning mahorati uning an'anaviy san'atlardan, obrazardan qanday mahprat bilan foydalana olishi bilan belgilanib, originallik kasb eta olgani bilan baholanadi"7. Ona Vatan tabiati haqidagi o'lmas mavzu har bir ijodkor manzumasida yangi tasvir va tavsiflarda tarannum etilishi bois har gal tabiat lirikasining yangicha manzaralari chiziladi. Oydin Hojiyevaning ham "Tashrif she'rida shu jihatdan originallikni uchratamiz. Ya'ni vatan tabiatining erta bahor chog'idagi go'zal manzaralarini tavsifu-tasvirlash XX asr she'riyatida salmoqli o'ringa ega bo'lgan

6 Ойдин Хржиева. Назокат.шеърлар, достон, хасида, бадиалар, уйлар. -Т.: Шарк, 2007. -Б.44.

7 Саломов F., Комилов Н. Коллектив жамоа.таржимон мах,орати. -Т.: Фан, 1979. - Б.67.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

tavsifiy lirika namunalari hisoblansa, Oydin Hojiyeva ham shu an'anani davom ettirgani holda tavsif obyektining an'anaviylikdan yangilikka qarab intilganiga shohid bo'lamiz. Shoira tabiat manzarasi tasviri ortida o'zining lirik subyekt kechinmalarini - vatanga muhabbat tuyg'usini qalblarga oshno etadi:

Uchqur tulporiga uradi qamchi, Guldirab o'tadi momaqaldiroq. Qur-qur turnajonlar solar arg'amchi Yurakka yonoshib kelar hur chaqmoq... Maysalarning igna tillari baxshi, Yomg'irga jo'r bo'lib o'lan aytadur. Oh, hayot - mo'jiza, tiriklik yaxshi, Dilning tub-tubiga quyiladi nur.

"Hayot - mo'jiza, tiriklik yaxshi, dilning tub-tubiga quyiladi nur" deya shoira iqroriga o'quvchi ham o'z ko'ngli tubidan oshno bo'ladi. Shoira tabiat manzarasi tasviri ortida o'zining lirik subyekt kechinmalarini - vatanga muhabbat tuyg'usini qalblarga shaydo etadi.

Ushbu she'rning lirik tavsifi ham yuqorida tilga olganimizdek, tavsif obyekti bo'lgan hodisaning o'zida bevosita tilga olinmaydi. Aksincha, tavsifning bu vazifasini navbati bilan keying misralarida uchratamiz: Yerning shodliklari - qo'ziqorinlar Hamal yellariga tutadi ko'krak. Ming turfa ranglardan zangor quyunlar Kelinchak zaminga taqar chambarak.

Lirik kechinmaning ko'tarinki pafosda kitobxonga zavq bera boshashi ko'z o'ngimizda erta bahor tashrifini gavdalanadi.

"Yer shodliklari", "hamal yellari", "kelinchak zamin" kabi ko'klam tarovatini eslatuvchi assotsiativ birliklar qo'llangani bois, tavsifining aynan bahor ekani tilga olinishga muhtojlik sezmaydi. "Attor qutisida yo'q bo'yoqlarni Malik cho'llargacha chaplagan mohir" iborasi hamda so'nggi bandda kelgan "Beshik boshidagi onaday dilbar, suyumli shu tuproq, bahoriy Vatan!" deb ta'sirlangan shoira xayoli va ko'z o'ngida paydo bo'lgan go'zallikni chiroyli tashbehlarda she'rga tizib yuboradi. Xuddi mana shu Vatan tabiati "bahoriy vatan" epiteti vositasida reallashib ketadi. Pirovardida bahoriy vatan ifodasi original topilma sifatida yangilik bo'lib baholanadi.

Bu kabi she'rlar muallifning tavsifiy lirika imkoniyatlaridan o'ziga xos iste'dod bilan foydalanishidan ko 'ramizki, tavsifiy namunalarni yaratishda Oydin Hojiyevaning o'ziga xos uslubi mavjud.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-664-669

XULOSA

Fikrlarimiz xulosasida aytmoqchimizki, tavsifiy lirika ijodkorga keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Chunki tavsifga olinadigan vosita har bir ijodkorning atrof-borliqqa boqqan nigohidan, tasavvuridan, dunyoqarashidan, poetik idrok qilishidan va, albatta, kuzatuvchanlik, sezgirligidan tug'iladi. Shu tariqa qalamkashlik qobiliyatining individual meditativ tavsiflay olish qobiliyati original o'xshatmalarni yaratishiga bog'liq jarayon sanaladi. Zamondoh o'zbek shoirasi Oydin Hojiyeva she'rlarida tavsifiy lirikaning dilbar namunalarini yaratgan ijodkor sifatida ibrat bo'la oladi.

REFERENCES

1. Саломов F., Комилов Н. Коллектив авторлар.Таржимон махррати. -Т.: Фан, 1979. - 194 б.

2. Поспелов Г. Лирика среди литературных родов.- М.: Изд-во Московского Ун-та., 1976. - 302 с.

3. Улугбек Хдмдам. Янги узбек шеърияти. - Т.: Адиб, 2012. - 304 б.

4. Ойдин Хржиева. Назокат.шеърлар, достон, касида, бадиалар, уйлар. -Т.: Шарк, 2007. -160 б.

5. Куронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик лугати. -Тошкент: akademnashr, 2013. - 410 б. .

6. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: Navoiy universiteti; 2018. - 476 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.