Научная статья на тему 'IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA MILLIYLIKNING BADIIY IFODASI'

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA MILLIYLIKNING BADIIY IFODASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik tur / milliylik / badiiy detal / badiiy tafakkur tarzi / milliylik tamoyili. / lyric type / nationality / artistic detail / artistic way of thinking / principle of nationality.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oripova, Gulnoza Murodilovna, Rahmataliyeva, Feruzaxon Akmal Qizi

Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida milliylikning badiiy ifodasi Iqbol Mirzo she’rlari asosida tahlilga tortilgan. Iqbol Mirzo she’riyatining g‘oyaviy-estetik ta’sirchanligini ta’minlashda obraz va personajlar talqinidagi milliylikning ahamiyati tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC EXPRESSION OF NATIONALITY IN IQBOL MIRZA'S POETRY

The artistic expression of nationalism in Uzbek poetry of the period of independence is analyzed based on the poems of Iqbal Mirza. The importance of nationality in the interpretation of images and characters in ensuring the ideological-aesthetic impact of Iqbal Mirza's poetry has been researched.

Текст научной работы на тему «IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA MILLIYLIKNING BADIIY IFODASI»

Research BIB / Index Copernicus

IQBOL MIRZO SHE'RIYATIDA MILLIYLIKNING BADIIY IFODASI

Oripova Gulnoza Murodilovna,

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ORCÎD: 0000-0003-3403-5706 gulnoza_oripova81 @mail.ru

Mustaqillik davri o 'zbek she'riyatida milliylikning badiiy ifodasi Iqbol Mirzo she'rlari asosida tahlilga tortilgan. Iqbol Mirzo she'riyatining g'oyaviy-estetik ta 'sirchanligini ta 'minlashda obraz va personajlar talqinidagi milliylikning ahamiyati tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: lirik tur, milliylik, badiiy detal, badiiy tafakkur tarzi, milliylik tamoyili.

The artistic expression of nationalism in Uzbek poetry of the period of independence is analyzed based on the poems of Iqbal Mirza. The importance of nationality in the interpretation of images and characters in ensuring the ideological-aesthetic impact of Iqbal Mirza'spoetry has been researched.

Key words: lyric type, nationality, artistic detail, artistic way of thinking, principle of nationality.

Xalqning hayoti bilan chambarchas bog'langan adabiyot uning o'ziga xos urf-odatlarini, psixikasini, turmush va yashash tarzini aks ettiradi. Har bir xalqning o'ziga xos bo'lgan ana shunday xususiyatlarini aks ettirish adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Mazkur fikrga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, milliylik birinchi galda ijodkorning fikrlash tarzida, aniqrog'i, badiiy tafakkur tarzida ko'rinadi. Shu ma'noda Iqbol Mirzo ijodida voqelikdagi milliylik tamoyilining badiiy-g'oyaviy talqini turli shakllarda ifoda qilinganiga guvoh bo'lish mumkin. Shu nuqtayi nazardan quyidagi she'rni tahlilga tortamiz:

Rahmataliyeva Feruzaxon Akmal qizi,

Farg'ona davlat universiteti o'zbek tili yo'nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Bug'doy - bu jannatiy ne'mat deydilar. Shundan manglayingda kavsar jilosi. Kelganda azaliy mehnatdan kelar, Jannat farog'ati, jannat safosi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Ushbu she'rda shoir o'z xalqiga bo'lgan samimiy mehrini ifodalar ekan, uning o'ziga xos fazilatlarini birma-bir sanab o'tadi. Misralar mazmunan o'zbek xalqining fikrlash tarziga mos. She'rdagi badiiy voqelik milliylik tamoyiliga asoslangan. Bunda shoir non va uning asosi bo'lgan bug'doyni tavsiflar ekan, xalqimiz uni jannat ne'mati deb bilishiga ishora qiladi. To'g'ri, non boshqa xalqlarda ham ulug' ne'mat sanaladi. Lekin bizning xalqda unga jannatdan chiqqan mo''jiza darajasida qarash bor. Bunday qarash ostida aslida mehnatga bo'lgan mehr, mehnat ortidan maqsadga erishish, tekin o'lja yoki luqma istab sarson kezmasdan, o'ziga ishonib, o'z kuchi bilan ne'mat yaratish, mehnat qilish fazilati haqidagi fikrlar mujassam. Shoir she'rda xalqimizning xokisor, saxiy, tanti, valiylar alqagan oriyat, hamiyat, lafz va e'tiqodga qat'iy amal qilishini ta'kidlar ekan, boshqa xalqlarni kamsitmagan holda o'quvchi qalbida vatanga muhabbat, yurtparvarlik, o'z xalqining ma'naviy qadriyatlariga hurmat hissini uyg'otishga erishadi, xalq turmush tarzining muhim jihatlarini badiiy obraz va obrazlilik vositasida ifodalaydi:

Mushtdek jips bo'lsin deb qizu o'g'loni, Onalar xamirni mushtlab ko'ptirgan. Omonlik, qut tilab Sohibqironing Ot ustida turib bug'doy septirgan.

Keltirilgan parchada shoir biz ko'nikkan xamir qorish jarayoniga ham milliy birlik g'oyasini singdirib, o'ziga xos badiiy obraz yaratgan bo'lsa, ot ustida yurib bug'doy sepish tasviri orqali yer, bug'doy va ot timsol sifatida eng qadim davrlardan mavjudligiga ishora qiladi. Mazkur detallar xalqning eng qadimiy ishonchi, e'tiqodi, fikrlashiga esh bo'lgan muhim vositalar bo'lib, bu yerda ramziylik kasb etgan. Demak, shoir milliylikning badiiy-g'oyaviy ifodasida tarixiylik tamoyiliga hamda xalq turmush tarzi (xamir qorish), ishonchi (yerni qadimda ona deb bilish aqidasi ot totemi) ga tayangan deyish mumkin.

Shu ma'noda mustaqillik yillaridagi o'zbek she'riyatida milliylikni ifodalash uchun shoirlar qator vositalardan, turli talqinlardan foydalanishganini kuzatish mumkin. Professor N.Jabborov she'riyatdagi yetakchi tamoyillarni quyidagicha izohlab beradi: «Biz ularni shartli ravishda to'rt guruhga ajratdik: 1) milliylik; 2) poetik til meyori; 3) obrazlilik; 4) tuyg'uning samimiyligi tamoyillari. Milliylikdan holi bo'lgan tuyg'u ta'sir kuchidan ayriladi. Milliy ruhdan mosuvo tafakkur bamisoli qanotsiz qushga mengzaydi. Shunga ko'ra, milliylik she'riyatning asosiy tamoyilidir. Zero, ta'bir joiz bo'lsa, jahon adabiyoti ko'rigida o'zbek she'riyatini ajratib ko'rsatuvchi asosiy xususiyat, o'zgalardan farqini namoyon etadigan bosh belgi bu milliy ruhdir". Darhaqiqat, jahon she'riyatida har bir xalqning o'z milliy qiyofasini, tafakkur tarzini ifodalovchi yetakchi belgilar mavjud. Ana shunday belgilar

Research BIB / Index Copernicus

mustaqillik davri o'zbek she'riyatida badiiy fikrlash va poetik til doirasida yaratilgan obrazlilikda yaqqol namoyon bo'ldi.

She'riyatning milliylik tamoyili Iqbol Mirzoning «Qachondir" she'rida ham o'z ifodasini topgan. Shoir vaqtning bo'ysunmas, ayovsiz harakati haqida fikr yuritarkan, ularni hech kim ifodalamagan obrazlilik asosida berishga intilgan: Qachondir osmonni ag'darardi ham Dimog'im achishdi, ko'zga keldi nam; Meni yelkasida ko'targan akam Qaddi kamon bo'pti allaqachonlar. Qachondir ko'zida ko'rgandim yulduz, Yuzi olma kabi tarang va qirmiz. Menga ro'molchasin bergan o'sha qiz -Rangi somon bo'pti allaqachonlar.

Aslida, aksariyat manbalarda bola uchun otasi ideal, namuna bo'lgan, lekin ko'p farzandli o'zbek oilasida katta aka ham ideal, yosh bola uchun namuna bo'lishi mumkinligi haqida so'z yuritib, qachonlardir nazarida osmonni ag'darishga qodirdek tuyulgan qadrdonining bugungi holatini «qaddi kamon", ro'molcha orqali qalbini, muhabbatini hadya qilgan qizni esa «rangi somon" deb tasvirlaydi. Bu yerda har ikkala o'xshatishdagi so'zlar o'zaro ohangdorlik kasb etgan va shaxs qiyofasi milliyligi bilan namoyon bo'lganki, bu esa she'rdagi asosiy g'oyaviy-estetik pafosning ta'sirchanligini ta'minlaydi. Shuningdek, Sharq adabiyotida yor yanog'ini olmaga o'xshatish an'anasi bor. Bu an'ana milliylikni ifoda etishi bilan birga, yillarning beshafqatligi, vaqtning hech kim mone' bo'la olmaydigan hukmi haqida xulosa chiqarishga asos bo'ladi. Yoki «O'zbek o'g'li" she'ridagi milliylikni ta'minlovchi detallar shodasidan foydalanib, shoir she'rda hissiy ta'sirchanlikka erishgan. Shoir o'zbek o'g'loniga o'zligini unutmaslikni uqtirar ekan, o'zbekona odatlar, holatlarni yodga soladi. Har bir millatning o'zligini ko'rsatuvchi ana shu jihatlardan, avvalo, yuz burmaslikka chaqiradi: Ikki daryo o'rtasi keng dasturxon, Tuz totgansan, tuzlig'ingni unutma. Dasturxonni belbog' qilib o'stirgan O'zbek o'g'li, o'zligingni unutma! Sadarayhon bukilgani - so'lgani, Er yigitning egilgani - o'lgani. Yo'l bermagil dushmanlarga kulgani O'zbek o'g'li, o'zligingni unutma!

Research BIB / Index Copernicus

tarzda «dasturxon", «tuzlig'", «belbog'", «sadarayhon" kabi detallarga murojaat qilib, millat uchun qadrli narsalarni yodga oladi va o'zbek o'g'lonini o'zligini yo'qotmaslikka chaqiradi. Shoir bunda to'g'ridan-to'g'ri nasihat qilmaydi. Balki she'r kompozitsiyasini shunday quradiki, uning har bandi kompozitsion jihatdan mustaqildir. She'r ikkinchi bandining birinchi uch misrasi tezis bo'lib, undagi o'xshatishlar (Sadarayhon bukilgani - so'lgani, Er yigitning egilgani - o'lgani) xalqona tarzini ifoda etadi. To'g'ri, er yigitning egilgani, tiz cho'kkani, boshqlarga moddiy yoki ma'nan qul bo'lganini bildiradi va bu holat boshqa xalqlarga ham xos xususiyat sanaladi. Biroq sadarayhonning so'lgani o'zbek xalqi uchun bexosiyat hisoblanadi. Ayni shu joyda milliy tafakkur ko'zga tashlanadi. Garchi she'rning har bir bandi nisbiy mustaqil kompozitsion qurilishga ega bo'lsa-da, shoirning umumiy g'oyaviy niyati badiiy jihatdan o'z ifodasini topadi. Ularni ota va o'g'il obrazlari birlashtirib turadi.

«Bag'dod polvonlari" she'rida esa lirik «men" millat farzandi sifatida yurt polvonlariga xos jihatlardan biri halollikning yo'qolib borayotganini ta'kidlarkan, xalqimiz orasida Rustam, To'ra, O'ktam, Jo'ra kabi polvonlarning an'analari unutilib borayotganligidan iztirob chekadi:

To'y tarqab, o'choqqa tuproq tushdimi? Yiqilgan polvondek yuragi qonman. Bog'dod kurashining gala-gashtini Sog'ingan odamman, xumor insonman. Maydon qani, mardi maydonlar qani? Bakovullar qani, farmonlar qani? Belda belbog'i bor polvonlar qani? O'zimning holimga o'zim hayronman.

tarzdagi satrlarda to'y tarqagach, olovni o'chirish uchun o'choqqa tuproq tashlashdek odat, kurashni boshqaruvchi bakovullar, polvonlarning belbog' taqish odatlari milliy manzara va holat, qiyofalarni yuzaga keltirgan. Shoir ushbu o'rinda davrning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga ham bir qur ko'z tashlaydi: Ichidan zil ketib, mag'rur sirtida, Qoshiga qor qo'nib, qirov - murtida. Ish izlab yurgandir o'ris yurtida... Men bunda do'st izlab zoru nolonman.

Mustaqillik davri o'zbek she'riyatida milliylik, avvalo, she'r bandlarida milliy tafsillardan mohirlik bilan foydalanishda, milliy manzaralarni, holatlarni berishda ko'zga tashlanadi. Shuningdek, bu davr ijodkorlari asarlarida lirik qahramon millatning kuyunchak farzandi sifatida fikrlaydi, mushohada yuritadi. Bu davr

Research BIB / Index Copernicus

she'riyatining g'oyaviy-estetik ta'sirchanligini ta'minlashda obraz va personajlar talqinidagi milliylikning o'rni ham katta bo'lganligi shubhasizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Shukurov N., Xotamov N., Xolmatov Sh., Mahmudov M. Adabiyotshunoslikka kirish. - Toshkent: O'qituvchi, 1979. - B.64-65.

2. Jabborov N. Yangi zamon she'riyati tamoyillari // Sharq yulduzi, 2014, № 3. -B. 110-111.

3. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. - Toshkent: Sharq, 2007. - B.220.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.