Научная статья на тему 'IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA QO’LLANILGAN IBORALARNING SEMANTIK JIHATDAN TASNIFI'

IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA QO’LLANILGAN IBORALARNING SEMANTIK JIHATDAN TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
740
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
FRAZEOLOGIZM / IBORA / EMOTSIONALLIK / EKSPRESSIVLIK / STRUKTURA (SHAKLIY VA MAZMUNIY MODELLASHTIRISH) / PERSONAJ RUHIYATI / OG'ZAKI NUTQ / SHE'RIYAT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sayfidinova G.S.

Ushbu maqolada iboralar va unga xos xususiyatlarning badiiy matndagi rolini aniqlanib, muayyan umumlashma xulosalarga kelingan hamda Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan ba’zi iboralar leksik-semantik jihatdan tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTIC CLASSIFICATION OF PHRASES USED IN IQBOL MIRZO’S POEMS

This article highlights the role of phrases and their features in literary texts, makes conclusion on lexical-semantic analysis of some phrases used in the poems by Iqbol Mirzo.

Текст научной работы на тему «IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA QO’LLANILGAN IBORALARNING SEMANTIK JIHATDAN TASNIFI»

Sayfidinova G.S. magistranti SamDU

IQBOL MIRZO SHE'RLARIDA QO'LLANILGAN IBORALARNING

SEMANTIK JIHATDAN TASNIFI

Annotatsiya: Ushbu maqolada iboralar va unga xos xususiyatlarning badiiy matndagi rolini aniqlanib, muayyan umumlashma xulosalarga kelingan hamda Iqbol Mirzo she 'rlarida qo'llanilgan ba 'zi iboralar leksik-semantik jihatdan tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: frazeologizm, ibora, emotsionallik, ekspressivlik, struktura (shakliy va mazmuniy modellashtirish), personaj ruhiyati, og'zaki nutq, she 'riyat.

Sayfidinova G.S. master's degree SamSU

SEMANTIC CLASSIFICATION OF PHRASES USED IN IQBOL

MIRZO'S POEMS

Annotation: This article highlights the role of phrases and their features in literary texts, makes conclusion on lexical-semantic analysis of some phrases used in the poems by Iqbol Mirzo.

Key words: Phraseology, phrase, emotionality, expressiveness, structure (formal and semantic modeling), character psyche, oral speech, poetry.

Ma'lumki, frazeologizm deganda, ko'chma ma'no anglatadigan, ibora yoki turg'un so'z birikmalari tushuniladi. Frazeologik birlikdan (iboradan) yaxlitligicha anglashiladigan ma'no uning tarkibidagi so'z komponentlariga xos leksik ma'nolarning oddiy yig'indisiga teng bo'lmaydi, iboraning ma'nosi umumlashma ma'no sifatida namoyon bo'ladi12. Iboralarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifodalaydi. Iboralar badiiy adabiyotda obrazli va ta'sirchan vosita sifatida qo'llaniladi.13

Iboralar hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish, jamiyatdagi maqbul va nomaqbul harakat holatlarni baholash, turmush tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan xulosalarning o'ziga xos obrazli ifodalaridir. Shoir va yozuvchilar, odatda tasvir maqsadiga muvofiq iboralarni tanlab qo'llash bilangina kifoyalanib qolmaydilar, balki qahramonlar tabiati, ruhiy holati, hayot tarziga moslab

12 PaxMaiy^aeB ffl. Y36eK TH^HHHHr $pa3eo^orHK nyraTH. - TomKeHT: KpMyc^ap 6om TaxpupHHTH, 1992,3-

6eT. 2 A6gya3H30B A. TunmyHOC^HK Ha3apuacHra Kupum. - TomKeHT, 2010, 88-6eT.

o'zgartiradi va qayta ishlaydi. Shu tarzda xalq iboralari sayqallanib, yangi ma'no nozikliklari bilan to'yinib boradi.

Har bir yozuvchi va shoirlarning ijodida frazeologizmlardan foydalanish uslubi bo'ladi. Jumladan, O'zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzo she'rlari o'zining xalqonaligi, o'ynoqiligi va ohangdorligi bilan diqqatni tortadi.She'rlarda qo'llanilgan frazeologizmlar o'zining xalqchilligi, adabiy tilga oidligi va individual xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotchi Sh.G'aniyeva o'zining "O'zbek frazeologizmlari strukturasi"(shakliy va mazmuniy modellashtirish) nomli tadqiqotida frazeologizmlarni 3 ta mazmuniy guruhga bo'lib o'rgangan14. Ular harakat, holat va belgi bildiruvchi frazeologizmlardir. Iqbol Mirzo she'riyatida qo'llanilgan ba'zi iboralarni shu tasnif bo'yicha tahlil etamiz. Insonning ruhiy holatini aks ettiruvchi iboralar

Ruhiy holat ifodalovchi iboralar insonlarning ichki kechinmalari, o'y hayollariyu, g'am- anduhlarini o'zida namoyon qiladi. Kishilarning shodligi, quvonchi, xafagarchiligiyu, iztiroblari ruhiy holatni bildiruvchi iboralarda o'z aksini topadi. Shoir Iqbol Mirzo she'rlarida personajlar ruhiyatga, ularning holati va vaziyatini to'g'ri ifodalashga, qahramonlarning o'ziga xos tabiatini bo'rttirib korsatishga alohida ahamiyat beradi. Bunda albatta adabiy tilimizning so'z ma'nosining turli qirralarga va iboralarga boyligi qo'l keladi. Quyida esa biz shoir she'rlarida qo'llangan ruhiy holatni ifodalovchi iboralar va ular aks ettirgan ma'nolar bilan tanishib chiqamiz.

Ona Vatan deyman-a, ona, Ich-etimni yeyman-a, ona. Oyinqaroq bolib ketsam ham, Siz boshimda oyday parvona.

("Vatan sog' bo'lsin" she'ridan) "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" da Ich etiniyemoq iborasi "Ruhan azoblanmoq, ezilmoq" (fikr-oyini boshqalarga aytmay) degan ma'noni bildiradi15. Ushbu misralarda qo'llanilgan Ich etini yemoq iborasi orqali shoir o'zini ruhan azoblanayotgani, vatan sog'inchi uni ezib azoblayotgani aks etgan.

Bir xushbo'y sabolar taraldi birdan-Yurakni siypalab erkalaguvchi. Odamlar odamdan zerikkan yerdan Insonlar tarafga yetaklaguvchi.

("Farishta" she'ridan) Inson biron narsadan qattiq ta'sirlanganda, xursand bo'lganda yoki asabiylashganda unga nisbatan Yuragi o'ynadi iborasi ishlatiladi. Ushbu ibora inson hatti-xarakatiga ijobiy yoki salbiy ma'no ottenkasini yuklashga xizmat qilib, ekspressivlikni kuchaytiradi. Shoir Iqbol Mirzo ushbu iborani Yurakni siypalab erkalamoq tarzida qaytadan ishlagan, individuallashtirgan. Sabolarning xushbo'y hidi shoir yuragini siypalab uni erkalagan, unga ruhiy dalda bergan. Shoir she'rda

3 Ганиева Ш. Узбек фразеологизмлари структураси (шаклий ва мазмуний моделлаштириш): Филология фанлари буйича фалсафа доктори дисс.автореф. - Фаргона, 2017,22-бет.

15 Ра^матуллаев Ш. Узбек тилининг фразеологик лугати. - Тошкент: Крмуслар бош та^ририяти, 1992.

odam bilan inson so'zini bir-biriga qarama-qarshi qo'llagan. Inson so'zi odam so'zidan ustunligini aks ettirgan. Hamma ham odam lekin ularda chin insoniylik tuyg'ulari bo'lsagina u haqiqiy inson bo'la oladi. Agarda ularda shu xislat bo'lmasa ular odam xolos. Shu odamligi ularni hayvondan farqlab turadi degan ma'no nozikliklari yuzaga chiqqan.

Shoir Iqbol Mirzo she'rlarida personajlar ruhiyatga, ularning holati va vaziyatini to'g'ri ifodalashga, qahramonlarning o'ziga xos tabiatini bo'rttirib ko'rsatishga alohida ahamiyat beradi. Bunda albatta adabiy tilimizning so'z ma'nosining turli qirralarga va iboralarga boyligi qo'l keladi.

Xarakter-xususiyat bildiruvchi iboralar

Yozuvchi yoki shoir obraz yaratishda til vositalaridan xarakterlarga mosini tanlab qo'llay olishi kerak. Bunday iboralar kishilarga, narsa-predmetlarga xos xususiyatlarni, asosan odamlarning xarakterini ochib berishga xizmat qiladi. Ularni boshqalardan ajratib turuvchi, alohidaligiga urg'u beruvchi narsa bu kishilarning harakteri bo'lgani uchun ham shoir o'z she'rlarida lirik qahramon va kishilarning xarakterini ochib berish, badiiylikni yuksaltirib, so'z orqali o'zi tariflayotgan obrazini jonli tarzda o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantrisih uchun ushbu iboralardan o'z o'rnida mohirona qo'llay olgan.

Biri eski o'g'ri, biri yangi boy, Ko'zini yog' bosgan,lab-lunji moy. Dili bilan tili kelar poyma-poy, Og'ayni-oshnalar yodimga tushsa.

( "Yodimga tushsa" she'ridan)

Ko'zini yog' bosmoq iborasi takabburlandi, tanib-tanimaganga oldi degan ma'nolarni bildirib, badiiy adabiyotda asosan kishilarga xs bo'lgan harakter-xususiyatni ochib berish, ularni ta'riflash maqsadida qo'llaniladi. Ko'zini yog' bosmoq iborasi orqali shoir yor-do'stlarining eslamoqda, ularning hatti-xarakterini tasvirlab, ularning ichki dunyosini ochib bergan. Bu esa she'rni mazmundor hamda tasirli chiqishiga zamin yaratgan, she'r mazmuning shaklan qisqa, ammo tugal va mazmundor chiqishiga olib kelgan.

Belgi bildiruvchi iboralar

Belgi bildiruvchi iboralar shaxs yoki predmetga xos bo'lgan belgini ko'rsatish, ularning o'ziga xosligini namoyon qilish, ma'no nozikliklarini oshirish maqsadida qo'llaniladi. Shoir Iqbol Mirzo ham o'z she'rlarida bunday iboralardan o'z o'rnida mohirona qo'llay olgan hamda she'rning jozibadorligi, ekspressivligini oshirgan. Kitobxon ko'z o'ngida lirik qahramonni gavdalantira olgan.

Kozi qora, yuragi oq shu el uchun, Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun, Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun, Aytgil, dostim, nima qildik Vatan uchun?

("Aytgil, do'stim" she'ridan)

Yuragi oq iborasi yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko'rmaydigan insonlarga nisbatan ishlatilib, ijobiy mazmundagi iboradir. Kishiga xos bo'lgan belgini ijobiy ruhfda ochib berib, uning mazmun mohiyatini obrazli tarzda

ifodalashga xizmat qilgan ushbu ibora og'zaki nutqqa ko'roq xoslanganligi bilan xarakterlidir. Yuragi oq iborasi she'r mazmunini boyitib, belgining obrazli chiqishiga sabab bo'lgan. Shoir o'z xalqining yaxshi niyatli insonlardan iborat ekanligini, ularning ko'nglidagi xis-tuyg'ularning ham pokligini shu iborada jamlagan.

Shoir Iqbol Mirzo tildan ijodiy, individual foydalangan ajoyib so'z ustasidir. U frzeologik birliklarni oo'z she'rlarida qo'llab, ularga o'zgartirishlar kiritgan ya'ni "yoshartirgan". Azaldan mavjud bo'lgan iboralar tarkibidagi so'zlarni almashtirish, ular o'rniga sinonimlarini qo'llash yo'li bilan frazeologik birliklarni qayta ishlagan. She'rdagi mazmunning uslubiy samaradorligi, ta'sirchanligi oshgan.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, shoir she'rlarida qo'llanilgan iboralar mazmundorlikni oshirish bilan birga, ekspressivlikni ham yuksaltirgan. Iboralar kop ma'nolarda qo'llanilib, shoirga keng imkoniyatlar bergan, ularni o'z holicha yoki muayyan o'zgartirish va qo'shimchalar bilan qo'llash muallif mahoratiga bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдуазизов А. Тилшунослик назариясига кириш. -Тошкент, 2010

2. Бозорбоев К. Узбек сузлашув нущи фразеологизмлари.-Самарканд, 2001.

3. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. - Toshkent, 2007.

4. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг фразеологик луFати. - Тошкент: К,омуслар бош тахририяти, 1992.

5. Yo'ldoshev B.Frzeologik uslubiyati asoslari. -Samarqand, 1999.

6. Ганиева Ш. Узбек фразеологизмлари структураси (шаклий ва мазмуний моделлаштириш):Филология фанлари буйича фалсафа доктори дисс.автореф. -ФарFона, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.