Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUFNING “SAMARQAND” SHE’RIDA ABDULLATIF OBRAZIGA DOIR POETIK ISHORALAR'

MUHAMMAD YUSUFNING “SAMARQAND” SHE’RIDA ABDULLATIF OBRAZIGA DOIR POETIK ISHORALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1248
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Samarqand / Mirzo Ulug‘bek / Abdullatif / yulduzlar / о‘z bolam / shoh va ota / dard va alam / milliy xarakter / toponim / shartlilik / ijro mahorati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jalilov Abduqahhor

Maqolada О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Samarqand” she’rining lingvopoetik xususiyatlarining ba’zi qirralari ochib beriladi. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek va Abdullatif munosabatlaridagi tarixiy voqayelarning she’rda ifoda etilishida shoir mahorati kо‘rsatilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUFNING “SAMARQAND” SHE’RIDA ABDULLATIF OBRAZIGA DOIR POETIK ISHORALAR»

MUHAMMAD YUSUFNING "SAMARQAND" SHE'RIDA ABDULLATIF OBRAZIGA DOIR POETIK ISHORALAR

Jalilov Abduqahhor Respublika musiqa va san'at kolleji

Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub "Samarqand" she'rining lingvopoetik xususiyatlarining ba'zi qirralari ochib beriladi. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek va Abdullatif munosabatlaridagi tarixiy voqayelarning she'rda ifoda etilishida shoir mahorati ko'rsatilib berilgan.

Kalit so'zlar: Samarqand, Mirzo Ulug'bek, Abdullatif, yulduzlar, o'z bolam, shoh va ota, dard va alam, milliy xarakter, toponim, shartlilik, ijro mahorati.

POETIC REFERENCES TO THE IMAGE OF ABDULLATIF IN THE POEM "SAMARKAND" BY MUHAMMAD YUSUF

Jalilov Abdukakhor Republican College of Music and Art

Abstract: The article reveals some aspects of the linguo-poetic features of the poem of the national poet of Uzbekistan Muhammad Yusuf "Samarkand". In particular, the poem shows the poet's ability to express historical events in the relationship between Mirzo Ulugbek and Abdullatif.

Keywords: Samarkand, Mirzo Ulugbek, Abdullatif, stars, own child, king and father, pain and suffering, national character, toponym, conditionality, performance skills.

She'riy badiiy asarlarda ruhiy holatni ifodalash o'ziga xos murakkablikka ega bo'ladi. Biror mavzuni tanlar ekan shoir qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursandlik yoki xafa bo'lish, rozilik, taajjub, kuyinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so'roq, ta'kid, tilak-istak, qo'llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda lingvopoetik unsurlardan foydalanadi.

Lingvopoetik tahlilning ko'plab tamoyillari mavjud. Eng muhim tamoyillar orasida badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash muhim hisoblanadi. Bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq tasavvur qilish mumkin. Buni Muhammad Yusuf ijodida poetik aktuallashgan ayrim birliklar misolida ko'rishimiz mumkin.

O'tgan asrning so'nggi choragida adabiyotimizning pokiza osmonida yo'lchi yulduzdek porlagan shoir Muhammad Yusuf o'zining sodda va samimiy so'zi, o'zigagina yarashadigan she'riyati bilan el nazariga tushdi. U o'zining qisqagina umrida milliy she'riyat va zamonaviy qo'shiqchilikni yuksaklarga ko'tarilishiga hissasini qo'sha oldi.

Odatda bastakorlarning ezgu maqsadi musiqada ilohiy ovozga, sasga, tovushga eng yaqin ohangni topish va tinglovchiga yoqimli ovozni, behishtiy sadolarni taqdim etishdan iborat bo'ladi. Olimlar esa insonni o'ylatadigan hayotiy savollarga aniq javob topish borasida mehnat qiladi. Shoirlar esa so'z ma'nolaridan ma'nolar izlab, o'quvchi qalbini, ongini misralar qatiga tortishga intilib, so'zlarga ko'pdan ko'p vazifalarni yuklaydi. Shoir xalq tilidagi ayrim so'z, ibora va quyma gaplarni g'uborlardan poklab asl holida yana xalqqa qaytarib beradi.

Shu bilan birga matn ichida qo'llanilgan o'zga matn ko'rinishlarini (naql, hadis, rivoyat, afsonalar, ijodkorning ma'lum bir asari) eslab o'tadi. Ma'lumki, matnning yaxlitligi va butunligini ta'minlashda sarlavhaning benihoya muhim o'rni bor. U matnda alohida, kuchli sintaktik pozitsiyada turuvchi, matnning mazmuniy-estetik mohiyatiga ishora qiluvchi o'ziga xos unsurdir. Adabiyotshunoslikda allyuziya degan bir tushuncha bor. Allyuziya - badiiy adabiyotda va notiqlik san'atida tarixiy voqea yoki mashhur asarlarga ishora qilishdan iborat stilistik figuralardan biri. Muhammad Yusuf ko'plab asarlarida bu stilistik uslubdan o'rinli foydalangan. Buni M.Yusufning "Samarqand" she'rida misolida ham ko'rish mumkin. M.Yusuf o'z she'rini negadir "Ulug'bek monologi" demay, "Samarqand" deb atashida ham anchagina sir yashiringan. Nazarimizda u Samarqand tarixi bilan bog'liq qator she'rlar turkumini yaratishni rejalashtirgan. Mirzo Ulug'bek tilidan yozilgan she'r ularning biri bo'lgan bo'lsa kerak.

Samarqandga borsam men agar,

Ulug'bekni ko'rib qaytaman.

U qon yig'lab turar har safar

Men dardimni kimga aytaman. [1]

Bu misralarda Samarqand, Ulug'bek so'zlari tilga olinadi. Beixtiyor kitobxon Mirzo Ulug'bek yashagan davr, Go'ri mir maqbarasi, Amir Temur sag'anasi, Mirzo Ulug'bek qabrini eslaydi. Nima uchun shoir Ulug'bekning qon yig'lab turganligini yodimizga solishini tafakkur qiladi.

Bugina emas, 1941 yili Amir Temur qabrining ochilishi bilan bog'liq tarixiy ma'lumotlar, Mirzo Ulug'bek haqidagi badiiy film, tragediya, Ulug'bek obrazini yaratgan Shukur Burhonov siymosi, Ulug'bekning Abdulatif bilan muloqoti tasvirlangan lavhalar ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Abdulla Oripovning "O'zbekiston - vatanim manim" she'ridagi "Yulduz bo'lib uchdi tilla bosh" misralarini eslaymiz.

I [ccñ^^BI 345 http://oac.dsmi-qf.uz

Shuningdek, Alisher Navoiyning "Majolis un nafois" asarida "Ulug'bek Mirzo -donishmand podshoh erdi. Kamolati bag'oyat ko'p erdi. Yetti qiroat bila qur'oni majid yodida erdi. Hay'at va riyoziyni xo'b bilur erdi. Andoqkim, zij bitidi va rasad bog'ladi va holo aning ziji oroda shoye'dur. Abdulatif Mirzo - savdoyi mizoj va vasvasiy tab' va devonasor kishi erdi. Mundin o'zga dag'i g'arib badfe'lliqlari bor erdikim, zikridin behijobliq lozim kelur. O'tar dunyo maslahati uchun donishmand va podshoh otasin o'lturdi. Har oyinakim, saltanat Shiruyag'a vafo qilg'oncha anga qildi. Ammo tab'i nazm erdi va she'rni obodon aytur erdi", deb yozadi [2].

Ma'lumki, Movarounnahr hukumdori Mirzo Ulug'bek siyosiy sabablarga ko'ra, 1449 yili o'g'li Abdulatif tomonidan qatl ettirilgan. Shundan beri kitoblarda Abdulatif padarkush sifatida malomat qilib kelinadi. Shoir va adiblar va tarixchilar keyingi avlodni to'g'ri tarbiyalashda bu achchiq hodisani bot bot esga olib turishadi. Buni M.Yusuf she'riyatida ham uchratish mumkin.

Endi she'rda ayni Abdulatif nomi tilga olinmasa ham unga tegishli fikr mavjudligiga e'tibor qarataylik.

Bag'rimda bo'y yetgan bo'z bolam, Mergan bolam, lochin ko'z bolam, Bo'g'zimga tig' urgan o'z bolam, Men dardimni kimga aytaman [3].

Bu bandda "Bag'rimda bo'y yetgan bo'z bolam", "mergan bolam", "lochin ko'z bolam", "Bo'g'zimga tig' urgan O'Z bolam", so'z va iboralari ayni Abdulatifga ishora qilinayotganligi sezilib turadi. Shoir odamlarga tanish tarixiy faktni bir bir esga soladi. So'zlarni aktivlashtiradi, ularga ma'no yuklaydi, o'quvchiga go'yo "Bilib qo'y, esla" degan ishoralar qiladi.

"Mergan bolam" iborasida o'z otasini o'ldirishni nishonga olgan o'g'il obrazi gavdalansa, "lochin ko'z bolam"da otasiga nafrat bilan tikilib turgan o'g'il obrazi gavdalanadi. "Bo'g'zimga tig' urgan o'z bolam"da esa begonalar tomonidan emas, o'z o'g'li tomonida bo'g'ziga xanjar qadalgan bechora ota holati ko'z oldimizga keladi. Bu o'rinda shoir padarkushga bo'lgan nafratni kuchaytirish uchun pog'onali ma'nolar silsilasini yaratadi.

Bundan tashqari "lochin ko'z bolam" iborasi ayni Abdulatifga tegishli emas, balki bu "Mirzo Ulug'bek" badiiy filmidagi Abdulatif obrazini ijro etgan aktyorga tegishli esanligini ko'pchilik payqamagan bo'lishi mumkin. Haqiqatan ham Abdulatif obrazini o'ynagan aktyor, o'zbek emas, balki Yevropa millatiga mansub kishi bo'lib, ko'zlari lochinniki singari qahrli va makkor ko'rinishga ega bo'lgan. Rejessyor atay salbiy qahramon uchun shunday tipni tanlagani ham bejiz emas[4].

Durdona Xudoyberganova o'zining "Til, tafakkur, madaniyat" nomli monografiyasida (Toshkent. "Nodirabegim" nashriyoti, 2020) Muhammad Yusuf she'riyatida allyuziv nomlar qatnashgan matnda ijodkor o'z fikrini ixcham, ayni

vaqtda ta'sirchan shaklda ifodalash ko'p uchrashini ta'kidlab o'tgan. "M.Yusuf o'z she'rida To'maris, Jaloliddin, Go'ro'g'li, Hotam, Layli, Majnun, Ulug'bek, Qodiriy, Kumush, Otabek, Tohir, Zuhra kabi antroponimlarni, Chambil, Orol, Marg'ilon kabi toponimlarni, "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" biblionimlarni allyuziv nom sifatida qo'llab, muayyan lingvopoetik maqsadni amalga oshirgan" degan fikrlari mavzumiz uchun ham ahamiyatlidir [5].

Demakk, badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlarini aniqlashda, ayniqsa, so'z alohida o'rin tutadi. Zotan, she'rni tushunish, uning lingvopoetik mohiyatini xolis ko'rsatish undagi so'z tahlilisiz aslo mumkin emas. Demakki, so'z qo'llashning san'at darajasida yoki san'at darajasida emasligini baholash uchun, eng avvalo, matndagi so'z, uning ma'nosi va bu ma'noning tuzilishini aniq tasavvur etish lozim.

"Samarqand" she'ri matni hofizlarga ilhom berganligi bejiz emas. M.Azimov Muhammad Yusufning ushbu she'rini qo'shiq qilib kuylab, elga tanildi. Tarixni ongda qayta jonlantirish maqsadini ko'zlagan shoir niyatini chuqur his etgan hofiz she'r ruhiga mos ohang topa olgani ham uning asosiy yutug'i desak, xato qilmagan bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muhammad Yusuf. Saylanma. "SHARQ" NMAK Bosh tahririyati. T.: 2019. 384 b. -61.

2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 16-jild. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. T.: 1997. 242 b.- B 138.

3. Muhammad Yusuf. Saylanma. "SHARQ" NMAK Bosh tahririyati. T.: 2019. 384 b. -B.61.

4. "Mirzo Ulug'bek" badiiy filmi. "O'zbek film" kinostudiyasi mahsuloti. Rejessyor SH.Abbosov. 1963.

5. Durdona Xudoyberganova. Til, tafakkur, madaniyat. MonografiY. "Nodirabegim" nashriyoti, T.: 2020. - B.75.

347

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.