Научная статья на тему '"IPAK YO'LI DURDONASI" TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALINING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI'

"IPAK YO'LI DURDONASI" TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALINING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kinematograf / kinofestival / rejissyor / aktyor / operator / kinoprodyuser.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Niyazova Xafiza Xakimovna

Ushbu maqolada “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali haqida soʻz boradi. Muallif mazkur kinofestivalning keng imkoniyatlari haqida toʻxtalish bilan birga, uni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarini bayon etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"IPAK YO'LI DURDONASI" TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALINING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI»

"IPAK YO'LI DURDONASI" TOSHKENT XALQARO KINOFESTIVALINING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI

AHAMIYATI

Niyazova Xafiza Xakimovna

san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), O'zR FA San'atshunoslik instituti "Kino

va televideniye" bo'limi katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.13933600

Annotatsiya. Ushbu maqolada "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali haqida so'z boradi. Muallif mazkur kinofestivalning keng imkoniyatlari haqida to'xtalish bilan birga, uniyanada takomillashtirish bo'yicha takliflarini bayon etgan.

Kalit so'zlar: kinematograf, kinofestival, rejissyor, aktyor, operator, kinoprodyuser.

Аннотация. В данной статье рассказывается о Ташкентском международном кинофестивале «Жемчужина Шелкового пути». Автор рассказал о широких возможностях этого кинофестиваля и высказал предложения по его дальнейшему совершенствованию.

Ключевые слова: кинематографист, кинофестиваль, режиссер, актер, оператор, кинопродюсер.

Abstract. This article is about the Tashkent International Film Festival "Pearl of the Silk Road". The author spoke about the wide possibilities of this film festival and made suggestions for its further improvement.

Keywords: cinematographer, film festival, director, actor, cameraman, film producer.

Dunyo kinematografida xalqaro kinofestivallar nihoyatda katta o'rin tutadi. Bunday keng masshtabdagi festivallarni o'tkazish orqali ko'plab ijobiy natijalarga erishiladi. Eng avvalo, jahon kino san'atida kuzatilayotgan tendensiya va transformatsiyalarni, kinoijodkorlar murojaat etayotgan mavzu hamda g'oya, filmlarni qay usulda yetkazishga urinishlar ro'y berayotganini aniqlash imkoniyati vujudga keladi.

Ma'lumki, kinofestivallar mahalliy va dunyo miqyosida o'tkazilishi jihatidan farqlanadi. Nufuzli xalqaro kinofestivallarning masshtabi nihoyatda keng bo'lib, bunda ko'plab davlatlar kinoijodkorlari bir necha kun davomida yuzma-yuz o'zaro fikr almashib, jahon kinematografida yetakchi o'rin tutgan mutaxassislar, xususan, tanlov hay'ati a'zolari festivalga yuborilgan filmlarni birgalikda tomosha qiladi va o'z fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashadi, bahslashib, oxir-oqibat bir qarorga kelishadi.

2021-yil 19-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev PQ-5151-sonli "Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o'tkazish to'g'risida"gi qarorini imzolagan. Ushbu qarorda "Osiyo qit'asi va qadimiy Ipak yo'li bo'ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivalini o'tkazish va g'oliblarni taqdirlash, uning doirasida konferensiya, davra suhbati, dunyoga mashhur kinoijodkorlar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar, ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish" kabi qator chora-tadbirlar belgilab qo'yilgan [1]. Qarorda belgilangan ushbu chora-tadbirlar formati yildan-yilga takomillashib bormoqda.

"Mazkur qarorga ko'ra, 1968—1997-yillar davomida O'zbekistonda o'tkazilib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali" "Ipak yo'li

durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanishi hamda 2021-yildan boshlab har yili sentyabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida o'tkaziladigan bo'ldi" [2].

Kinofestivallar nafaqat kinoijodkorlar, shu bilan birga, mahalliy xalq uchun ham katta bayram shukuhini tuhfa etadi. Sababi, xalqaro kinofestival doirasida tashrif buyurgan dunyo kinoyulduzlari bilan uchrashish, suhbatlashish, birga esdalik uchun suratga tushish, ularning mahorat darslarini tinglash juda maroqli.

Albatta, kinofestivallar dunyo kinoijodkorlarini bir joyda jamlab, katta bayram kayfiyatini ulashadi, keng imkoniyatlar eshigi ochiladi, filmlar dunyo tomoshabini e'tibori va e'tirofiga munosib ko'rilib, taqdirlanadi. Xususan, "Kino" jurnalining 1968-yil 10-sonida "Shu yil 21-oktyabrdan 31-oktyabrgacha Toshkentda Birinchi Xalqaro Osiyo va Afrika mamlakatlari kinofestivali bo'lib o'tdi. Festival ikki qit'aning chinakam kinoanjumaniga aylandi. Qora Afrika badiiy kinematografiyasi o'z tarixida bu kabi ulkan kinoanjumanda birinchi bor qatnashdi. Festivalda qatnashgan barcha filmlar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi", deb yozilishi ham fikrimiz dalilidir [3].

Eng muhimi, soha mutaxassislari kinofestival bahonasida o'zaro tajriba almashadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2022-yilda bo'lib o'tgan "Ipak yo'li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestival qatnashchilariga yo'llagan tabrigida dunyo kinoijodkorlariga qarata shunday fikrlarni bildirgandi: "Sizlar festival kunlari kino sohasidagi islohotlarimiz bilan tanishib, bu boradagi ishlarimiz samarasini oshirish bo'yicha foydali takliflaringizni bildirasiz, deb umid qilaman" [4].

2021-yildan beri an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali "festivallar festivali" formatida bo'lib o'tmoqda. Har yili uning formatiga qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilayotganini qayd etish o'rinli. Har yili jahon kinoijodkorlarining nigohi Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan mazkur xalqaro kinofestivalga qaratilar ekan, uni yuqori saviyada, professional darajada tashkillashtirish masalasi ustuvor sanaladi. Shu ma'noda, yildan-yilga festivalda ishtirok etish istagini bildirib murojaat etayotgan davlatlar va kinoijodkorlar sonining oshib borayotgani quvonarli.

Ayniqsa, ushbu kinofestival doirasida "Kino 5 kunda" loyihasiga ko'ra, dunyo kino san'atiga endigina qadam tashlayotgan yosh iste'dod sohiblari O'zbekistonning tarixiy shaharlari haqida qisqa fursatda bu jannatmakon yurtning ular e'tiborini torgan jihatlarining ekran san'ati orqali tarixga muhrlanishi chin ma'noda kishini ruhlantiradi. Dunyo kinoyulduzlari - ssenariy mualliflari, rejissyorlar va taniqli aktyorlarning mahorat darslari esa festivalning talaba-yoshlar intiqib kutadigan bir bo'lagiga aylanib ulgurgan.

2023-yilda festival doirasida "Milliy filmlar tanlovi"ning tashkil etilgani mahalliy kinoijodkorlar uchun haqiqiy voqea bo'ldi. Kelgusida ushbu kinofestival formati va lokatsiyalarini yanada kengaytirish maqsadida bir qancha takliflar bildirishni o'rinli deb hisobladik. Jumladan:

• "Ipak yo'li durdonasi" kinofestivali doirasida ishtirokchilar biografiyasi, ijodiy faoliyati va filmlarini o'zida aks ettiruvchi 3 tilda nashr qilinadigan maxsus kinokatalog ma'lumotlarga boy bo'lishi uchun maxsus talabnoma ishlab chiqib, uni mazkur festival e'loniga ilova qilgan holda qatnashish istagidagi davlatlarga yuborish zarur;

• festival nomidan kelib chiqqan holda "Ipak yo'li" tarixi va bugunini o'zida aks ettiruvchi maxsus ko'rgazma burchaklarini tashkil etish maqsadga muvofiq;

• O'zbekistonning turizm salohiyatini ko'rsatuvchi maxsus tarqatma materiallar tayyorlash, tarixiy ahamiyatga ega manzillar, bino-inshootlar, go'zal manzalarini o'zida aks ettiruvchi videolavhalar tayyorlab, dunyo kinoijodkorlariga namoyish etishni yo'lga qo'yish orqali

yurtimizga turistlar qiziqishini uyg'otish va bu lokatsiyalarda maxsus kelishuvlar asosida hamkorlikda badiiy, hujjatli, ilmiy-ommabop filmlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish lozim.

REFERENCES

1. www.lex.uz / 19.06.2021

2. www.strategy.uz / 23.06.2021

3. Osiyo va Afrika mamlakatlarining Toshkentdagi birinchi kinofestivali ishtirokchilari va mehmonlariga // "Kino". - Toshkent, 1968. № 10. - B. 1.

4. www.president.uz / 14.09.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.