Научная статья на тему 'QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN HAMNAFAS'

QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN HAMNAFAS Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
24
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Qoraqalpoqfilm / o‘zbekfilm / ovoz rejissyorligi / festival / cinema / sound disegner / kinematografiya / kinofestival

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sharafatdin Kazimbekovich Bawetdinov

Mazkur maqolada hozirgi paytdagi siyosiy rivojlanish bosqichida amalga oshirilayotgan islohatlar, qoraqalpoqston diorida suratga olingan filmlar va yosh mutaxasislar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN HAMNAFAS»

QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN HAMNAFAS

Sharafatdin Kazimbekovich Bawetdinov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi paytdagi siyosiy rivojlanish bosqichida amalga oshirilayotgan islohatlar, qoraqalpoqston diorida suratga olingan filmlar va yosh mutaxasislar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Qoraqalpoqfilm, o'zbekfilm, ovoz rejissyorligi, festival, cinema, sound disegner, kinematografiya, kinofestival

KARAKALPAK CINEMATOGRAPHY KEEPS PACE WITH THE TIMES

Sharafatdin Kazimbekovich Bawetdinov Uzbekistan State Institute of Art and Culture Nukus branch

Abstract: this article will talk about the reforms being carried out at the current stage of political development, films made in the Karakalpakstan Dior and young specialists.

Keywords: Karakalpakfilm, uzbekfilm, sound direction, festival, cinema, sound distegner, cinematography, film festival

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi "Kino san'ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PF-6202-son qaroriga muvofiq kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizmini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to'g'risidagi 2021-2022-yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish "Yo'l xaritasi" 5-ilovaga"1 muvofiq Hududlarda kino ijodkorlari ishtirokida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi "Kinokarvon" aksiyasini o'tkazib borish va bu bilan bog'liq xarajatlarni Kinematografiya agentligi va mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash haqidagi qaroriga muvofiq qarori tasdiqlandi. Bu bo'yicha Nukus shahridagi Qoraqlpoqfilm va kino agentligi qoraqalpog'iston bo'limi tamonidan davlat buyrtmasi asosida filmlar su'ratga olindi undan tashqari "Qudrat media" studiyasi tamonidan su'ratga olingan "Anasi suymegen kempir", "CHESTNIY BASLiQ" kinokomediyasi kabi bir qator filmlar tomoshabinlarga taqdim qilindi va bu jarayon hozirgi kunda ham yoshlar agentligi tamonidan "yulduzli kino" loyhasi asosida agentlik yonida ochiq havoda tamoshabinlar nazariga

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.04.2021 yildagi PQ-5060-son

rfciTii^^Bl 301 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

havola etilmoqda. Bunday tadbirlar albatta biz yoshlarga ko'rsatilayotgan e'tibor va kelajakda yutuqlarga erishishimizga o'zimizga yanada ma'sulyatni kuchaytiradi.

"Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bu davrda qaysi sohaga qaramaylik har bir soha oz tarraqiyot yolida siljishni davom etmoqda. Shu bilan bir qatorda san'at va madaniyat sohasidagi ilg'or o'zgarishlarning guvohi bo'libgina qolmay uning bilan birga yashamoqdamiz. So'zimizning isbotida biz Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tamonidan qator qabul qilinayotgan kinematografiyaga taaluqli qarorlarning isloh qilinishida ko'plab ekran san'atining havola etilishi zamonbop filmlarni tamosha qilib bahra olmoqdamiz"2.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialida bilim olayotgan talaba yoshlar ham kinematografiya sohasida o'zlarining ijodiy ishlari bilan duniyo ekranlarini zavt etmoqda 2022-yili 17-mart kuni Qozoqstonning Shimkent shahrida "KINOART" VIII xalqaro havoskor kinorejissorlar festivali o'tkazildi. Festival doirasida tanlavda O'zbeksdan davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali "Kinoteleoperator" ta'lim yo'nalishining 4-kurs talabasi Baxram Seytjanov "Kim aybli" filmi bilan, "Rejissyor" nominaciyasi bo'yicha ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. "Kino va televideniye rejissyorligi" ta'lim yo'nalishining 3-kurs talaba Qoblan Abdiqalikov "Tufli" filmi va ushbu ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Asadbek Aytmuratov "Tu'ng'iyiq" nomli filmi bilan qatnashib, "ALG'ISNAMA" bilan taqdirlandi. Bu kabi yutuqlar yoshlarga kuch bag'ishlash bilan birgalikta ularning ijodiy saviyasini ham kengaytirishi so'zsiz. Ijodkor uchun amalyotda olgan bilmlar katta ro'l oynaydi. Filialda dars berayotgan professor o'qituvchilarning hammasi o'z kasbing ustasi respublikada o'z o'rni bor ijodkorlar hisoblanadi. Prezident farmoni bilan 2021-yilda "Texnogen va dramaturgiya san'ati" kafedrasi o'qituvchisi "Kinoteleoperator" mutaxassisligi fanidan asissent oqituvchi A.Asqarov Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Qoraqalpoqfilm" studiyasi hamda Toshkent davlat kimyo texnologiya instituti bilan hamkorlikda "Ashiq ayaz" nomli filmga rejissyorlik qildi. Mazkur hujjatli film 2021-yilning sentyabr oyida adiblar xiyobonida namoyish qilindi. Mazkur film O'zbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri. Undan oldin xiyobonda Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G'afur G'ulom kabi filmlar premyera qilingan edi. Namoyishlar 2021-yilning 29-sentyabrga qadar davom etdi. Premyeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o'tkazildi. Bu filmlarnin su'ratga olinishidagi asil maqsad buyuk ajdodlarimizning siymosini yoshlar qalbida mangu saqlash bilan birgalikda ularning hayot yollari bosib o'tgan mardonavor qiyinchiliklarini aks ettirish va hozirgi rivojlangan mustaqil respublikamizdagi

2 Sh.Reymova "Qoraqalpoqfilm yoshlar nigohida" Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari » mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (27 yanvar 2022 yil) - T.: Rishton XTB 2022 yil. 23-bet.

ITiy^^^BI 302 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

islohatlarga shukuronalik hissini sezish. Albatta har bir ijod mahsuli o'zining tarbiyaviy ahamiyatiga ega bo'lib tug'iladi. Filialda asosan ustozlarning takidlashi ham aynan shu haqida ular bizga har bir ijod mahsulotining o'z janrini ochib berishdagi yo'nalishlarni u mahsulotning tamoshabinning qay darajada o'ziga etik zavq olishi ko'rsatgichi haqida to'xtab o'tiladi. Asosan amaliy darslarda qoraqalpoqfilm tamonidan olingan filmalarni tahlil qilib uningmazmun mohiyatini chuqurroq o'rgatadi. Undan tashqari Respublika va xalqaro tanlovlarda g'olib bo'lgan filmlar haqida suhbat qizg'in kechadi. Qoraqalpoq diyoriga hozirgi kunda qiziqish ortgani hech kimga sir emas va biz buni chet davlatlardan kelib filmlarning su'ratga olinishhidan payqashimiz mumkun. Gollondiya respublikasi kino ijodkorlari tamonidan su'ratga olingan "biletsiz yo'lovchi" Rossiya federatsiyasi tamonidan 2007-yili su'ratga olingan "Слушая тишину" nomli filmi, O'zbekfilm tamonidan suratga olingan "Sabot" filmi va shunga o'qshash bir qancha saviyasi yhuqori filmlar hozirgi paytda duniyo ekranlarini zavt etmoqda. Shuni alohida takidlab o'tish joyizki 2015-yildan buon AQSHta o'tkazilib kelayotgan "Ipak yo'li" nomli xaqaro kinofestival Unda Osiyo mintaqasining eng sara filmlari ishtirok etadi. Bunda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan "Ipak yo'lida" qisqa metrajli filmi 2021-yilning 1-11 noyabr kunlari AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkazilgan AWFF-2021 ("Asian World Film Festival") xalqaro kinofestivalida "Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi" nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi. Va Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi "Kino 5 kunda" yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini "Gran-Pri" hamda "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Malumot uchun; csenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.

Yosh rejissyor Sherzod Nazarovning "Ipak yo'lida" kinokartinasi borasida HFPA (Hollywood Foreign Press Association) hakamlar hay'ati a'zosi Mari Ruhban quyidagi fikrlarni bildirdi:_"Yosh o'zbek rejissyorining "Ipak yo'lida" filmi menga juda yoqdi. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Rim va Xitoy sivilizatsiyalarini, G'arb va Sharqni bog'lovchi Buyuk Ipak yo'li o'tgan markaziy davlatlardan biridir. Mazkur filmdagi voqea esa abadiydir. Film ajoyib va biz uning ijodkorlarini sharaflashdan mamnunmiz!"

Film muallifi Sherzod Nazarov Kinematografiya agentligi yosh kinoijodkorlarni qo'llab-quvvatlayotgani natijasida uning filmlari turli festivallarda g'oliblikni qo'lga kiritayotganini qayd etdi: Xalqaro maydonda g'olib bo'lganimizdan judayam xursandman va bu jamoam uchun ham katta yutuq, deb o'ylayman. Meni qo'llab-quvvatlagan barcha ustozlarimdan minnatdorman. Shu bilan birga, mazkur film 16-21 dekabr kunlari Rossiyada bo'lib o'tadigan "Moskovskaya Premyera" xalqaro

ПссТВ^^В! 303 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

kinofestivali dasturidan ham o'rin olgan. Men ilk bor "Debyut-2020" kinofestivalida "Sartarosh" nomli filmimni suratga olgandim. Bu yili "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalida "Ipak yo'lida" qisqa metrajli filmi hamda "Bobom 90 yoshda" hujjatli filmida suratga oldim. Mazkur loyihalar kinofestivalda mukofotlarni qo'lga kiritgan. Kinematografiya agentligiga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu yutuqlar agentlikning yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlashi natijasidir. Biz kabi yosh kinoijodkorlarga bunday imkoniyatlardan judayam mamnunman va yosh ijodkorlar uchun yana-da katta shijoat bag'ishlashiga ishonaman!"

Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yosh ijodkorlarni rag'batlantirish borasida so'zladi: Kinematografiya agentligi tomonidan yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga berilayotgan rag'batlar va e'tibor yana davom ettiriladi. Joriy yilning yakunida yangi iste'dodlarni kashf qilish, sohada mahoratli yoshlar uchun ijodiy imkoniyatlar yaratish maqsadida yoshlar kinofestivali ham o'tkaziladi. O'ylaymanki, bularning barchasi o'zbek kinosida yangi iste'dodlar tug'ilishiga zamin yaratadi!" Agentlikning "Yoshlik" kinostudiyasi direktori Aziz Qurbonov kinostudiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zladi:

"Kinostudiya tomonidan 2021-yilda 48 ta qisqa metrajli film, Zumrasha kinojurnalining 3 ta soni, 1 ta buyurtma asosidagi hujjatli film, 12 ta ijtimoiy rolik ishga tushirilgan. Hozirda bundan tashqari 11 ta qisqa metrajli film, 2 ta buyurtma asosidagi hujjatli film ustida yosh ijodkorlar tomonidan ish olib borilmoqda. Bu ko'rsatkichlar o'tgan 2020 yilning shu davriga nisbatan 5 barobarga ortiq." Kinostudiyada 2019-yilda 600 million so'mlik moddiy texnik baza, 2021-yilga kelib, 1 milliard so'mdan ortiq mablag'lar ajratilib, zamonaviy kino qurilmalari olindi. Bularning barchasi yosh kinoijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar berish uchundir. Yosh rejissyor Sherzod Nazarovning "Ipak yo'lida" filmi Toshkent xalqaro kinofestivalida "Gran-pri" mukofotiga loyiq deb topilib 15000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag'i bilan taqdirlandi. Bu ham yosh ijodkorlarning sohada erishayotgan katta yutuqlaridan dalolat beradi. AQSHda o'tgan AWFF-2021 kinofestivali tomonidan mazkur filmga maxsus statuetkasi hamda 5 000 AQSH miqdoridagi pul mukofoti topshiriladi."3 Bu mukofatlar biz qoraqalpoq yoshlari uchun ekran san'atimizda biz uchun juda muhim obektlar borligini bunaqanggi filmlarni biz ham o'zlashtirib amalda yangi filmlarni yaratishimiz kerak ekanligidan darak beradi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Козюренко Ю. Основы звукорежиссуры в театре. - М.:Искусство , 1987.

2. Авербах Е. Рождение звукового образа. - М.:Искусство, 1998.

3 www.uza.uz .Kinematografiya agentligi axborot xizmati. Nasiba Ziyodullayeva maqolasidan.

Пс^Ш^^В! 304 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

3. Завадский Ю.А. Об искусстве театра. - М.: ВТО. 1965.

4. . D. Mirsayidova. Sh. Amamuradov Ovoz rejissyorligi mahorati Toshkent.

2021

5. Xmirov A. V. Akustika Asoslari Toshkent 2021 y.

6. Sh.Reymova "Qoraqalpoqfilm yoshlar nigohida" "Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari" mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (27 yanvar 2022 yil) - T.: Rishton XTB 2022 yil. 23-bet.

7. Abdreymov M. B. QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR XARAKTERI //Oriental Art and Culture. - 2021. - Т. 2. - №. 4. -С. 44-49.

8. Abdreymov M. B. QORAQOLPOQ KINEMATOGRAFIYASIGA NAZAR:"TANKA" FILMI MISOLIDA //Интернаука. - 2020. - №. 16-4. - С. 4950.

9. Bekpolatovich A. M. Specific Features of Sound Directing in Karakalpak National Cinema //International Journal on Integrated Education. - Т. 4. - №. 9. - С. 103-108.

10. Абдреймов М. Б. КОРАКАЛПОК КИНЕМАТОГРАФИЯСИДА ОВОЗ РЕЖИССЁРЛИГИ МУАММОЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2021. - №. 8. -С. 22-25.

305

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.