Научная статья на тему 'INTENSIB BALIQCHILIKDA ARTEMIYA SISTALARIDAN BALIQLAR LICHINKASI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI'

INTENSIB BALIQCHILIKDA ARTEMIYA SISTALARIDAN BALIQLAR LICHINKASI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Utemuratova F.J, Xolmatova Laylo Mavlud Qizi, Andaqulova Sevinch Maxmudjon Qizi

Maqolada Orol dengizida yangi paydo bo‘lgan biologik zahira – Artemia parthenogenetika Orol dengizi populyatsiyasi sistalaridan intensiv sharoitda parvarishlanayotgan karp balig‘i lichinkalari va chavoqlarini parvarishlashdagi iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Unga ko‘ra lichinkalar yashovchanlik ko‘rsatkichi, miyoriy ko‘rsatkichga nisbatan 7% ga, lichinkalardan chavoqlar chiqishi miyoriy ko‘rsatkichdan 18% ga oshgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTENSIB BALIQCHILIKDA ARTEMIYA SISTALARIDAN BALIQLAR LICHINKASI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI»

UO'K 639.3

INTENSIB BALIQCHILIKDA ARTEMIYA SISTALARIDAN BALIQLAR LICHINKASI VA CHAVOQLARINI PARVARISHLASHNING IQTISODIY

SAMARADORLIGI

1Utemuratova F.J., 2Xolmatova Laylo Mavlud qizi, 3Andaqulova Sevinch Maxmudjon qizi

1Toshkent davlat agrar universiteti katta o'qituvchisi, b.f.f.d (PhD) 2,3Toshkent davlat agrar universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11473173

Annotatsiya. Maqolada Orol dengizida yangi paydo bo'lgan biologik zahira - Artemia parthenogenetika Orol dengizi populyatsiyasi sistalaridan intensiv sharoitda parvarishlanayotgan karp balig'i lichinkalari va chavoqlarini parvarishlashdagi iqtisodiy samaradorligi bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Unga ko'ra lichinkalar yashovchanlik ko'rsatkichi, miyoriy ko'rsatkichga nisbatan 7% ga, lichinkalardan chavoqlar chiqishi miyoriy ko'rsatkichdan 18% ga oshgan.

Аннотация. В статье представлены результаты исследования экономической эффективности вновь образованного биологического ресурса в Аральском море - Artemia parthenogenetica из цист аральской популяции при уходе за личинками и мальками карпа в интенсивных условиях. По результатам, выживаемость личинок увеличилась на 7% по сравнению со стандартным показателем, а вылупившихся из личинок мальков - на 18% по сравнению со стандартным показателем.

Annotation. The article presents the results of a study of the economic efficiency of a newly formed biological resource in the Aral Sea - Artemia parthenogenetica from cysts of the Aral population when caring for carp larvae and fry in intensive conditions. According to the results, the survival rate of larvae increased by 7% compared to the standard indicator, and the fry hatched from the larvae increased by 18% compared to the standard indicator.

Kirish. Respublikamizda daryolar oqimining to'liq boshqarilishi va suv quyilishining kamayishi natijasida Orol dengizining maydoni keskin qisqarib, suvining sho'rligi juda oshib ket ti natijada, mahalliy fauna vakillari yo'qolib, galofil gidrobiontlar, shu jumladan, artemiya rivojlanishi uchun sharoit paydo bo'ldi. Bugungi kunda mazkur istiqbolli bioresurs shakllanishi, uni sanoat usulida tayyorlash, baliqchilikda foydalanish bo'yicha muayyan darajada ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "suv zahiralarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish", "chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 hissa oshirish" shuningdek, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni yetishtirish va eksport salohiyatini oshirish" bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda intensiv akvakultura texnologiyalarini rivojlantirish, baliq chavoqlarini yetishtirishda chetdan keltiriladigan mahsulotlarga bog'liqlikni o'z bioresurslarimizdan foydalanish hisobiga qisman bo'lsa-da qisqartirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Artemiya sistalarini tayyorlashda yetakchi bo'lgan mamlakatlarda allaqachon artemiyaning har xil turlari sistalarini yetishtirishga loyihalar ajratilgan natijada, bu qisqichbaqasimonlarning to'dalari soni va sistalarning mahsuldorligi oshgan hamda ma'lum

darajada ularni yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Artemiya - baliq chavoqlari uchun boshlang'ich va mahsuldor yem sifatida ishlatiladigan eng yaxshi tirik organizmlardan biri hisoblanadi. Artemiyaning yuqori darajadagi ozuqaviy sifatidan tashqari uning sistalarini uzoq vaqt davomida hayotchanligini yo'qotmasdan saqlab qolish imkoniyati bor. Akvakulturada baliqlar va boshqa obyektlarni ko'paytirish shu jumladan, chavoqlarni erta rivojlanish bosqichida ozuqa bilan ta'minlash muammo sanaladi. Baliq lichinkalarini oziqlantirishda dekapsulyatsiya qilingan artemiya sistalaridan, voyaga yetgan organizmlaridan keng foydalaniladi ammo, baliq chavoqlari eng ko'p artemiya nauplilari bilan oziqlantiriladi.

Artemiyaning Orol dengizi populyatsiyasi sistalari bilan olib borgan tajribamiz davomida O'zbekistonda akvakulturaning zamonaviy rivojlanishida quyidagi xususiyatlarga to'qnash kelindi. Baliq yetishtirish asosan karpsimon baliqlar hovuz polikulturasi texnologiyasi yordamida yetishtiriladi, ular unchalik qimmatbaho obyektlar hisoblanmasa-da artemiya kabi qimmat ozuqa bilan oziqlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Respublikada sanoat baliqchiligi endi rivojlanib boryapti, mamlakatda kamalak gulbaliq (Oncorhinchus mykiss), afrika laqqasi (Clarias gariepinus) kabi turlar yetishtirilmoqda, boshqa obyektlar yo'q. Ko'rsatib o'tilgan turlar uchun ma'lumki maqsadli yuqori oqsilli granulalangan yemlar talab etiladi. Shuningdek, intensiv baliqchilik sharoitida karp (Cyprinus carpio L) balig'ini yetishtirish boshlangan. Karp balig'i uchun esa maqsadli, yuqori oqsilli granulangan boshlang'ich yemlar yo'q. Tajribamizda aynan shu jihatini e'tiborga oldik va karp lichinkalarini oziqlantirish uchun o'tkazilgan tajribalarda Orol dengizidan tayyorlangan artemiya sistalarining nauplilari tanlandi. Nauplilar sifatiga aniq baho berish uchun biz uni boshqa yemlar: mahalliy ishlab chiqaruvchining "BDK", akvarium baliqlari uchun "Pol aquarius" yemi va bug'doy uni (II-nav) bilan taqqoslandi. Tanlangan yemlarni quyidagicha izohlash mumkin: "BDK" yemi karp balig'i uchun nisbatan sifatli sanaladi va uni mahalliy bozorlardan topish oson, bug'doy unining sifati nisbatan past, "Pol aquarius" yemining sifati juda yuqori lekin ular akvarium baliqlariga mo'ljallangan va juda qimmat. Bunday yemlarning o'ziga xos xususiyati bo'lib ular baliqlarni sifatli ozuqa bilan ta'minlaydi ammo, ularning somatik o'sishini ta'minlashga mo'ljallanmagan (akvarium baliqchiligida bu narsa talab etilmaydi).

Material va metodika. Toshkent davlat agrar universitetining Baliqchilik markazida 2022 - yil iyul oyining oxiridan boshlab tajribalar o'tkazildi. Yopiq suv ta'minoti qurilmasi basseyniga plastik konteynerlar o'rnatildi va ularga tuproq hovuzdan doimiy ravishda o'z oqimi bilan suv kirib-chiqib turishi ta'minlandi. Hisob - kitoblarimizga ko'ra konteynerlardagi suv 3 -4 soatda to'liq almashindi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha shuni ta'kidlash kerakki, tajriba basseynlarda o'tkazilgan bo'lsa-da baliqlarni hovuzlarda intensiv yetishtirish me'yorlariga mos ravishda tashkillashtirildi shuning uchun baliqlarni hovuzlarda yetishtirish me'yorlaridan kelib chiqildi.

Tajriba boshlanishida baliq lichinkalarining o'rtacha og'irligi artemiya nauplilari bilan oziqlantirilgan konteynerda - 0,29 g, "BDK" yemi bilan oziqlantirilgan konteynerda - 0,21 g, "Pol aquarius" nomli akvarium baliqlari yemi bilan oziqlantirilgan konteynerda - 0,35 g, II-navli bug'doy uni bilan oziqlantirilgan konteynerda esa - 0,28 g ni tashkil qildi.

Tajribalar davomiyligi 40 kunni tashkil etdi. Ko'rsatib o'tilgan barcha turdagi yemlar qo'llanilganda ham baliq lichinkalari o'sdi, biroq variantlar bo'yicha o'sish sur'ati sezilarli ravishda farq qildi. Amalda artemiya nauplilari bilan oziqlantirilganda lichinkalar o'lchami bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich kuzatildi. Dastlab o'lchami bo'yicha eng yirik lichinkalar "BDK" yemi bilan boqilgan konteynerda, eng mayda lichinkalar esa II-navli bug'doy uni bilan oziqlantirilgan konteynerda kuzatildi. Shunday bo'lsa-da yakunda nauplilar bilan oziqlantirilgan

konteynerdagi chavoqlar eng yirik o'lcham - 0,77 g ga yetdi (amalda bu chavoqqa aylangan lichinka sanaladi, barchasida suzgich qanotlari shakllangan, tanasi tangacha bilan qoplangan). "BDK" yemi bilan oziqlantirilgan konteynerdagi lichinkalar yakunda o'lchami bo'yicha ikkinchi o'rinni egalladi, ularning o'lchami o'rtacha - 0,76 g ni tashkil etdi. Boshqa ikki tur bilan oziqlantirilgan lichinkalar o'sishda sezilarli darajada orqada qolib k etishdi, akvarium yemi bilan oziqlantirilgan konteynerdagi lichinkalar o'lchami - 0,44 g ni, II navli bug'doy uni bilan oziqlantirilgan konteynerda lichinkalar o'lchami esa - 0,39 g ni tashkil qiladi.

Muhokama. Nazorat ovlari ma'lumotlari bo'yicha konteynerlardagi karp balig'i lichinkalarining og'irlik bo'yicha o'sish sur'atini hisoblab chiqdik, bu haqidagi ma'lumotlar 1 -rasmda keltirilgan.

1-rasm. Turli tipdagi yemlar bilan oziqlantirilgan karp balig'i lichinkalarining o'sishi

Ko'rinib turibdiki, "BDK" yemi bilan oziqlantirilgan lichinkalar 13 kun o'tgandan keyin o'sishda tezlashib boshqa variantdagi barcha lichinkalarni ortda qoldirib ketishdi va yana 16 kun davomida oldinda borishdi. Artemiya nauplilari bilan konteynerdagi lichinkalar 29 kun o'tgandan keyin o'sishi birdan tezlashdi, shu kungacha ular "BDK" bilan oziqlantirilgan konteynerdagi lichinkalardan o'sishda ortda qoldi biroq, shundan keyin ularning o'sishi tezlashib barcha variantdagi lichinkalarni o'sishda ortda qoldirdi. Oxirgi 10 kun davomida ularning o'sishi butun tajriba davomidagi eng yuqori bo'ldi va o'rtacha - 0,44 g dan (25- avgust) 0,77 g gacha (6-sentabr), ya'ni o'sishi - 0,33 g (75 %) ni tashkil qildi.

Tirik nauplilar bilan oziqlantirishning yana bir o'ziga xos xususiyatiga to'xtalamiz. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek tajriba oxirida (27-avgustdan) karp balig'i lichinkalari juda yuqori o'sish sur'atiga ega bo'ldi va "BDK" yemi bilan oziqlantirilgan konteynerdagi lichinkalar o'lchamidan o'tib ketdi. Oxirgi 12 kunda karp balig'i lichinkalari tirik nauplilar bilan oziqlantirilgan konteynerda - 0,028 g/kun o'sish tezligini ko'rsatdi, bu butun tajriba davomidagi o'rtacha o'sish tezligidan bir muncha yuqori sanaladi.

Baliqchilik sohasi barcha jarayonlarining samaradorligi sezilarli darajada baliqlarni ularning barcha hayot bosqichlarida tovar baliqlar biotexnik bo'g'inlaridagi sun'iy oziqlantirish va baliq zaxiralarini sanoat usulida ko'paytirish ayniqsa, ontogenezning dastlabki bosqichidagi (embrional davrining tugashi va lichinkalik davrining boshlanishi) lichinkalarni boshlang'ich yemlar bilan oziqlantirish muammolari yechimiga bog'liq hisoblanadi. Jahon akvakulturasidagi zamonaviy texnologik turli-tumanlik (yarim intensiv, intensiv tizimlar) sharoitida har xil turdagi baliqlarni turli tizimlarda ozuqa bilan ta'minlash usullari ham ko'paydi. Bu borada sanoat baliqchiligi uchun baliq chavoqlarini yetishtirishda artemiya sistalari kabi o'ziga xos bo'lgan

tabiiy ozuqalardan foydalanishni asoslash va ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi barcha xarajatlar nauplilar chiqish ko'rsatkichini baliq yetishtirishdagi iqtisodiy hisob -kitoblarda e'tiborga olish lozim bo'ladi chunki, baliq chavoqlarini tabiiy ozuqa organizmlarisiz yetishtirib bo'lmaydi. Ya'ni, qilinayotgan sarf-xarajatlarni hisobga olishda nafaqat artemiya sistalari bahosini balki ulardan nauplilar chiqarish xarajatlarini ham qo'shib hisoblash kerak.

Ta'kidlash kerakki, baholashlar artemiya sistalaridan baliq chavoqlarini yetishtirishdagi yo'qotishlarga ta'sirini ham qamrab olishi lozim, ya'ni artemiya sistalaridan ozuqa sifatida foydalanilganda lichinkalar yashovchanligiga ta'siri ham o'rganilishi kerak. Shuningdek, baliq chavoqlari uchun bevosita ozuqa sanaladigan artemiya nauplilari chiqishida ma'lum darajada kechikishlar, yorib chiqolmagan sistalar chiqindisi va hakozolar kabi omillar ham ta'sir qiladi. Sifatli yem bilan oziqlantirilganda lichinkalar chiqishi ham bir necha martaga ortadi (rejali iqtisodiyot davrida old lichinkalarning lichinkalarga aylanishidagi me'yoriy chiqit ko'rsatkichi 50% bo'lgan bo'lsa, sifatli yem bilan oziqlantirilganda bu ko'rsatkich - 10-20 % gacha qisqaradi).

Yetishtirilayotgan baliq turi ayniqsa, sanoat baliqchiligida qimmatbaho turlari erkin embrionlarini o'stirish samaradorligi boshlang'ich yemlardan foydalanilganda chavoqlar chiqishining ortishi hisobiga mahsulot narxining ortishi bilan ifodalanishi mumkin. Ko'plab mamlakatlarda shu jumladan, rejali iqtisodiyotga ega bo'lgan sobiq ittifoqda hisob-kitobni xalq xo'jaligi yillik umumiy samaradorligini baliqlarni yetishtirish hajmining oshishi bilan ifodalash orqali yuritilgan. Biroq, O'zbekiston hukumati 2009-yildan boshlab baliqchilik tarmog'iga xususiy sarmoyani jalb etishni rag'batlantirish uchun har yili maqsadli davlat dasturlarini rivojlantirib kelmoqda. Shu bilan birga baliqchilik tarmog'i 2003-yildan boshlab to'liq xususiylashtirilgan bo'lib unda davlat sherikchiligi umuman yo'q. Bunday rag'batlantirishning ta'sirchan chorasi yagona qishloq xo'jaligi aylanmasini o'rnatish va akvakultu ra usullari bilan ishlaydigan baliqchilik korxonalarining hisobdorligi sanaladi. Ya'ni, bunday yagona past soliq artemiya nauplilarini yetishtirishda va erkin embrionlarni oziqlantirish hisob-kitoblari soliqlarga bog'liq holda yuritilishi artemiya sistalaridan foydalanish samaradorligini pasaytiradi. Biroq biz tadqiqot ishimizda iqtisodiy samaradorlikni hisbolashning har ikki usulidan foydalanildi(1,2-jadvallar).

1-jadval. Inkubatsiya sexida oqar suvli plastik hovuzlarda karp lichinkalarini "Pol

aquarius" akvarium baliqlari yemi va Orol artemiyasi bilan boqish samaradorligi

№ №1"Pol

Ko'rsatkichlar aquarius" akvarium baliqlari yemi 1 kg-400000 №2 Orol artemiyasi bilan boqilgan Farqi +, -, Izoh

1. Bitta lichinkaning o'rtacha 0,5 0,98 +0,48

biomassasi, g

2. Lichinkalarning umumiy 9,5 20,5 +11,0

biomassasi, kg

3. Chavoqlar chiqishi, Amalda 18900 20400 +1500

ming dona Miyoriy 30000 30000 X

+, -, -11100 -9600 +1500

4. Chavoqlar Amalda 63 68 +5

yashovchanligi, % Miyoriy 50 50 X

+, -, +13 +18 +5

1000 g o'rtacha sotish bahosi 65000 so'm bo'lib, Orol artemiyasi bilan boqilganida chavoqlar saqlanib qolishi "Pol aquarius" akvarium baliqlari yemi bilan boqilganda nisbatan +1500 dona (5%), ya'ni 97500 sum (1500 g x 65000 sum) tejalgan. Miyoriy yashovchanlik (50%) ga nisbatan 5400 g (18%), ya'ni 351000 so'm (5400 g x 65000) samara olingan (1-jadval). 2 - jadval. Lichinkalarni Orol artemiyasi bilan oziqlantirish samaradorligi (tajriba)

№1 qurilma №2 Nazorat

Ko'rsatmalar (Orol qurilma (II nav Farqi, +, Izoh

№ artemiyasi bilan oziqlanish) un bilan oziqlanishi)

1. Chavoqlar Ming Amalda 17000 9000 +8000

chiqishi, dona Miyoriy 30000 30000 X

+, - -13000 -21000 +8000

Amalda 57 30 +27

% Miyoriy 50 50 X

+, -, +7 -20 -13

2. Lichinkalar og'irligi, kg 19,1 10,2 +8,9

3. 1 lichinkaning o'rtacha og'irligi, g 0,78 0,49 +0,29

Xulosa. Joriy yil davomida og'irligi o'rtacha 1 g bo'lgan 1000 donasini sotish bahosining o'zgarishi 35000-8000 oralig'ida bo'lgan. Demak, tahlil maqsadida 1000 dona chavoqning o'rtacha sotish bahosi 57500 so'm. Erishilgan samara: a) chavoq sonining saqlanib qolishi hisobiga qo'shimcha 460000 so'm (8000x57500 so'm) daromad olish mumkin.

Miyoriy yashovchanlik (5%) ga nisbatan esa 2100 g (7%) bo'lib, 120750 so'm (2100 g x 57500 so'm) samaradorlikka erishish imkoniyati mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Утемуратова Ф.Ж. К использованию цист артемии для кормления рыб в Условиях аквакультуры Узбекистана // "O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" jurnali. - Toshkent, 2022. - №1 (1). - B. 102-104.

2. Utemuratova F. Zh. Dimensions of Artemia Cysts in the Aral Sea population, Uzbekistan // Web of scientist: International scientific research journal (April, 2022). - Indonesia, 2022. -Volume 3.- Issue 4. -P. 1298-1305.

3. Zhenqiu P., Jianhua S., Mingren L. and Bozhong B. The biometry of Artemia parthenogenetica from different localities in Shandong and Xinjiang. Oceanol. Limnol. 1991. - Р. 62-69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.