Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA DRENAJ TIZIMI SUVLARIDA OQ DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS MOLITRIX) VA CHIPOR DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS NOBILIS) BALIQLARI LICHINKALARINI MONOKULTURA SHAROITIDA SOYA SUTIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘STIRISH'

O‘ZBEKISTONDA DRENAJ TIZIMI SUVLARIDA OQ DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS MOLITRIX) VA CHIPOR DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS NOBILIS) BALIQLARI LICHINKALARINI MONOKULTURA SHAROITIDA SOYA SUTIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘STIRISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oq do‘ngpeshona / chipor do‘ngpeshona / soya suti / biomassa / lichinka

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Toshova N.R.

Oq do’ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix) va chipor do’ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) baliqlarining ikki kunlik lichinkalarini 2019 yil iyun oyining boshida drenaj kanallar qisman sho’rlangan suvlari bilan to’ldirilgan tuproq havzalariga alohida-alohida (har biri 3 gektar ga) oq do‘ngpeshona balig’i lichinkalarini – 2 mln dona/ga, chipor do‘ngpeshonani – 0,5 mln dona/ga tig‘izlikda o‘tkazdik. Bir oy davomida har bir hovuzga soya suti berib turildi,(5 kg dukkak/hovuz/sutka + 50 l suv): 11-12 iyun kuni bitta hovuzdan umumiy biomassasi 4104 kg bo‘lgan 900 ming dona oq do‘ngpeshona chavoqlari, ikkinchisida esa umumiy biomassa 1070 kg bolgan 210 ming dona chipor do‘ngpeshona chavoqlari tutib olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA DRENAJ TIZIMI SUVLARIDA OQ DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS MOLITRIX) VA CHIPOR DO’NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS NOBILIS) BALIQLARI LICHINKALARINI MONOKULTURA SHAROITIDA SOYA SUTIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘STIRISH»

O'ZBEKISTONDA DRENAJ TIZIMI SUVLARIDA OQ DO'NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS MOLITRIX) VA

CHIPOR DO'NGPESHONA (HYPOPHTHALMICHTHYS NOBILIS) BALIQLARI LICHINKALARINI MONOKULTURA SHAROITIDA SOYA SUTIDAN FOYDALANGAN HOLDA

O'STIRISH

Toshova N.R.

Toshkent davlat agrar universiteti, katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11472985

Annotasiya. Oq do'ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix) va chipor do'ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) baliqlarining ikki kunlik lichinkalarini 2019 yil iyun oyining boshida drenaj kanallar qisman sho'rlangan suvlari bilan to'ldirilgan tuproq havzalariga alohida-alohida (har biri 3 gektar ga) oq do'ngpeshona balig'i lichinkalarini - 2 mln dona/ga, chipor do'ngpeshonani - 0,5 mln dona/ga tig'izlikda o'tkazdik. Bir oy davomida har bir hovuzga soya suti berib turildi,(5 kg dukkak/hovuz/sutka + 50 l suv): 11-12 iyun kuni bitta hovuzdan umumiy biomassasi 4104 kg bo'lgan 900 ming dona oq do'ngpeshona chavoqlari, ikkinchisida esa umumiy biomassa 1070 kg bolgan 210 ming dona chipor do'ngpeshona chavoqlari tutib olindi.

Kalit so'zlar: oq do'ngpeshona, chipor do 'ngpeshona, soya suti, biomassa, lichinka.

Abstract. In early June of 2019 two-day-old larva of silver carp. (Hypophthalmichthys molitrix) and bighead carp (Hypophthalmichthys nobilis) were placed separately in soil pools, filled with partially salty water from drainage channels (each 3 hectare). We planted the larvae of the silver carp in the distance of - 2 million pieces, and the bighead carp - 0.5 million pieces. Each pond was fed up with soy milk during a month (5 kg of beans/pond/day + 50 litres of water): On June 11-12, 900,000 silver carp sparks with a total biomass of 4104 kg were taken from one pond, and 210,000 bighead carp sparks with a total biomass of1070 kg were caught.

Key words: silver carp, bighead carp, soy milk, bio-mass, larva.

Аннотация. Двухдневных мальков белого толстолоба (Hypophthalmichthys molitrix) и пестрого толстолобика (Hypophthalmichthys nobilis) в начале июня 2019 года (каждые 3 га) поместили отдельно в почвенные бассейны, заполненные частично соленой водой из дренажных каналов (каждые 3 га). Белый толстолобик - 2 млн шт./га, пестрый толстолобик - 0,5 млн шт./га. В каждый пруд в течение месяца скармливали соевым молоком (5 кг фасоли/пруд/день + 50 л воды): 11-12 июня из одного пруда отловлено 900 000 личинок белого толстолобика общей биомассой 4104 кг, а со второго было поймано 210 000 шт. личинок общей биомассой 1070 кг.

Ключевые слова: белый толстолобик, пестрый толстолобик, соевое молоко, биомасса, личинка.

Kirish. Dunyoda karpsimonlar (Cyprinidae) oilasi vakillari chavoqlarini yetishtirishning biologik asoslarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlarga e'tibor qaratilmoqda, chunki akvakultura insonlar oziqlanishida hayvonlardan olinadigan oqsil miqdorining eng yirik ta'minotchisiga aylandi. Baliq yetishtirishda esa oq do'ngpeshona (Hypophthalmichthys molitrix), chipor do'ngpeshona (Hypophthalmichthys nobilis) kabi baliq turlari yetishtiriladigan hovuz baliqchiligi texnologiyasi yetakchi hisoblanadi[1,2]. Bugungi kunda baliqlar hayot siklining boshlang'ich

davridagi yashovchanligini oshirishga, tabiiy ozuqa bazasi organizmlarini rivojlantirish uchun suvni og'itlashning zamonaviy usullaridan foydalanib baliqlar o'sishini tezlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar dolzarb sanaladi.

Ayni paytda, ikkala turning ham respublikada baliq ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun katta istiqbollari bor. Baliqlarni yetishtirish (baliqlarni ko'paytirish sikli, hayotdagi siklda lichinkalar va baliqlar davrining o'tishi uchun asosiy sharoitlar yaratish, bu asosiy yo'qotish avlodga to'g'ri kelganda) sanoat miqyosida hozirgi vaqtda cheklovchi omillardan biri hisoblanadi. O'sish odatda chuchuk suvda amalga oshiriladi, shuning uchun ham O'zbekistondagi baliq ovlash daryolari va sug'orish kanallari yaqinida joylashgan bo'lib, bu mamlakat suv resurslarini to'liq o'zlashtirishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, eng muhim muammo baliq uchun oziq-ovqat manbalarinin, yetishmasligi. Baliqlarni yetishtirish odatda chuchuk suvda amalga oshiriladi, shuning uchun ham O'zbekistondagi baliq ovlash daryolari va sug'orish kanallari yaqinida joylashgan bo'lib, bu mamlakat suv resurslarini to'liq o'zlashtirishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, eng muhim muammo baliq uchun oziq-ovqat manbalarining etishmasligi.

Karpsimon baliqlar hovuz polikulturasida sifatli baliq chavoqlarini yetishtirishni optimallashtirish bo'yicha yondoshuvlar jahon tajribasini tahlil qilish natijasida respublikamiz uchun yangi bo'lgan yondoshuv - baliqlar lichinka va chavoqlarini soya sutidan foydalangan holda parvarishlash [4] usullari tadqiqotchilar o'rtasida katta qiziqish uyg'otmoqda. Mazkur bo'limda bu yondoshuv bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasi bo'yicha shu jumladan, mo'tadil iqlimli qismidagi (Orol dengizi havzasi sharoitiga o'xshash bo'lgan shimoliy qismi) asosiy natijalar bilan tanishamiz. Bu yondoshuvning istiqbolli tomoni shundaki, soya suti ham suvni o'g'itlashda ham lichinka va chavoqlarni oziqlantirishda qo'shimcha ozuqa sifatida kompleks ta'sir ko'rsatadi. Soya suti amalda ozuqa moddalar suspenziyasi ko'rinishida beriladi. Xitoylik hamkasblar tajribasini umumlashtirgan holda tahlil qilish natijasida biz ularning bu boradagi asosiy usullaridan ushbu tadqiqot davomida foydalanildi.

Material va usullar. 2018-2021 yillarda Sirdaryo viloyatidagi «Navro'z qutbarakasi» MChJ hovuz baliqchiligi xo'jaligida olib borildi. Bu baliqchilik xo'jaligi yaqinda paydo bo'lgan korxona sanaladi. 2017 yilda Markaziy Mirzacho'l kollektori (MMK) qirg'og'ida yaylov hovuzlari barpo etilgan va ularda Sirdaryo havzasi chap qirg'og'idagi Sirdaryo viloyatidagi sug'oriladigan dalalardan chiqadigan suvlar to'planadi.

Hovuzlar suvining baliqchilik nuqtai nazardan sifat ko'rsatkichlari "HANNAHI 9147" portativ termooksimetri, pH - ko'rsatkichi esa"pHscan 30S" portativ pH metri yordamida aniqlandi.

Natijalar. Bundan oldingi tajribalarda bo'lgani kabi hovuzga lichinkalar o'tkazilgandan keyingi bir haftada suv olib chiquvchi handaqda to'plandi, yaxshi isidi, unchalik katta bo'lmagan maydonda lichinkalar miqdori yuqori bo'lganligi sababli soya sutidan samarali foydalanish imkoniyatini berdi. Hovuzning tubi suv bilan to'liq 10-11 iyunda qoplandi, suvning chuqurligi hovuzning yuqori qismida - 40 sm bo'ldi va iyul oyining boshida bu joydagi suvning chuqurligi - 70 sm, suv chiqaruvchi shlyuzoldida- 150 sm ga yetdi.

Hovuzlar suvi lichinkalarni o'stirish davri davomida yaxshi isidi. Ertalab (soat 800) iyun oyining ikki haftasida har ikki hovuzdagi harorat - 14-16oC, har kuni (soat 1600) harorat maksimal darajada bo'lib kunlik dinamikasi - 24 - 25.5oC, kechqurun (soat 2000) harorat - 16-18.2oC ni tashkil qildi; iyun oyi oxirida va iyul oyining birinchi yarmida kun davomida mos ravishda -25.2oC, 26.8oC, 31.5oC ni tashkil qildi. Suvning vodorod ko'rsatkichi pH oy davomida - 6.9-8.1 oralig'ida o'zgarib turdi. Har ikki ko'rsatkich karpsimon baliqlar polikulturasi me'yor darajasida

va hatto optimal darajasiga yaqin deb aytish mumkin. Suvlarining minerallashuv darajasi - 2.6 -3.5o/oo, ya'ni biroz sho'rlangan. Suvda erigan kislorod miqdori oy davomida kun bo'yi - 3.5 - 5.9 mg/l ni tashkil qildi.

Baliq harakati va o'sishi. Shunday qilib, soya sutidan har ikki do'ngpeshona baliqlar ozuqa sifatida foydalanadi (1- rasm). 27 iyunda o'tkazilgan nazorat ovida oq do'ngpeshona baliqlar chavog'ining og'irligi - 1.0 - 2.1 (o'rtacha 1.49) g ni, chipor do'ngpeshona baliqlar chavog'i esa - 1.1 - 2.0 (1.61) g ni tashkil qildi. Ta'kidlash kerakki bu ikki tur baliqlar chavog'i rejali iqtisodiyot davridagi me'yor ko'rsatkichlariga (1 g) bir oyligida yetadi. Shunday qilib, bizning tajribada baliqlar to'dasi me'yoriy ko'rsatkichlarni bir oylik davridan boshlab ortda qoldiradi. Bundan tashqari, nafaqat baliqlar tanasining o'lchami oshadi, balki lichinkalarning chavoqqa aylanishi ham sodir bo'ladi (bu haqiqiy metamorfoza hodisasi bo'lib lichinkalar tana tuzilishining tashqi ko'rinishi bo'yicha chavoqlarga o'xshamaydi).

1- rasm. Chapda hovuzga bevosita soya suti berishdan oldingi do'ngpeshona baliqlar chavoqlari to'dasi, o'ngda - soya suti berilgandan 15-20 minut o'tgandan keyin soya suti

Baliq chavoqlarini 11-13 iyulda (erkin embrión holatida o'tkazilganidan bir oy o'tib) to'liq tutib olindi.^№ 2 hovuzdan 11-12 iyunda 4104 kg oq do'ngpeshona baliq chavoqlari ovlandi, chavoqlar individual og'irligi - 4.56 g ni tashkil qildi. Hisob - kitob natijalariga ko'ra, 900 ming dona chavoqovlangani ya'ni chavoqlar chiqishi - 45 % ni tashkil etgani aniqlandi. №4 hovuzdan shu kunlari 1070 kg chipor do'ngpeshona chavoqlar rivojlandi. Chavoqlar individual og'irligi o'rtacha - 5.1 g ni tashkil etdi. Hisob-kitoblar natijasi - 210 ming dona chavoq tutilganini ya'ni, chavoqlar chiqishi 42% ni tashkil qildi.

Muhokama va xulosalar. Oq va chipor do'ngpeshona baliqlar dunyoda eng ko'p yetishtiriladigan 5 tur baliqlar sirasiga (mos ravishda 2 va 4 o'rin) va «filtr - baliq» toifasiga kiradi [3.]. Ozuqa zanjirining boshlang'ich zvenosini band etgan ekologik nuqtai nazaridan qulay bo'lgan bu turlar ekstensiv sharoitda yetishtiriladi: do'ngpeshona baliqlar tabiiy ozuqa bazasi organizmlari (fito va zooplankton) rivojlanishi hisobiga o'sadi. Plankton organizmlar rivojlanishi tezlas htirish uchun suvga mineral o'g'it beriladi. Bu ekologik yondoshuvdan hovuz baliqchiligining yarim intensiv tizimida ham qo'llaniladi va ko'rsatib o'tilgan bu ikki tur yoniga katta miqdordagi karp baliqlari o'tkaziladi hamda boshoqli ekinlar doni asosida tayyorlangan qo'shimcha ozuqa beriladi. O'zbekistonda do'ngpeshona baliqlarni yetishtirish hajmi butun mamlakat bo'ylab yetishtiriladigan baliq hajmining 90% ni tashkil qiladi.

Respublikamizning mo'tadil iqlimli sharoitida oq va chipor do'ngpeshona baliqlar lichinkasi ham iyun oyining boshida ya'ni, bu baliqlar o'sishi uchun optimal harorat boshlanishi bilan olinadi.

Kollektor - drenaj tizimidan to'yinadigan hovuzlar suvi doimiy ravishda qisman sho'rlangan (2.6 - 3.5%o) bo'lib baliq chavoqlarini parvarish qilish tavsiya qilinadigan ko'rsatkichdan yuqori bo'ldi. Baliqchilik nuqtayi nazaridan suvning sifat ko'rsatkichlari (suvda

bulutlaridan faol oziqlanayotgan do'ngpeshona baliqlar chavoqlari

erigan kislorod miqdori, suvning harorati, pH va boshqalar) hovuz polikulturasi me'yor talabla riga mos keladi.

Soya sutidan foydalanish baliq pitomniklari uchun istiqbolli organik o'g'it ekanligini ko'rsatdi; soya suti qo'llanilganda hovuzlarda fitoplankton organizmlar (76 tur, asosan yashil suv o'simliklar ustunlik qiladi) va zooplankton organizmlar (10 tur, shu jumladan, kolovratkalar, shoxdormo'ylovlilar va eshkak oyoqlilar) yaxshi rivojlanadi.

Qisman sho'rlangan suvli hovuzlarda soya sutidan foydalanilganda barcha turdagi baliqlarning lichinkalalari 1 oy ichida chavoq davrigacha yetdi va me'yoriy(1 g) ko'rsatkichlardan sezilarli darajada karp - 5-18 (8.8) g, oq do'ngpeshona - 3.1 - 6.9 (4.56) g, chipor do'ngpeshona - 3.0 - 7.1 (5.1 g) yuqori bo'ladi.

Qisman sho'rlangan hovuzlarda soya sutidan foydalanilganda lichinkalardan chavoq chiqishi me'yoriy ko'rsatkichlardan past bo'lmasligi aniqlandi, natijada, ko'rsatkichlar oq do'ngpeshonada - 45 %, chipor do'ngpeshonada - 42 % ni tashkil etadi.

Kollektor-drenaj suvidan to'yinadigan o'stirish hovuzlarining umumiy baliq mahsuldorligi gektariga - 27 - 48.9 sentnerni (respublikamiz turli pitomniklaridagi ko'p yillik o'rtacha ko'rsatkich gektariga - 10-20 sentner) turlar bo'yicha - oq do'ngpeshona - 6.6 - 25.6 s/ga, karp -3.7 - 11.9 s/ga, oq amur - 3.9 - 8.8 s/ga, chipor do'ngpeshona - 4 - 9.2 s/ga ni, shu bilan birga mavsum davomida foydalanilgan soya miqdori gektariga - 4.3-10 tonnani tashkil qildi.

Kollektor-drenaj tizimida hovuz polikulturasida yetishtirilayotgan obektlar bir yozlik chavoqlarini muvafaqqiyatli yetishtirish mumkin, soya sutini esa mazkur turlar uchun yangi istiqbolli ozuqa va o'g'it sifatida, baliq chavoqlarini suv havzalariga o'tkazishda gektariga - 40 -60 ming dona o'stirish tig'izligi tavsiya etiladi.

ЛИТЕРАТУРА

1. Камилов Б.Г., Курбанов Р.Б., Салихов Т.В. Рыбоводство - разведение карповых рыб в Узбекистане, Ташкент, ЧинорЕНК, 2003, 88 с.

2. Сборник нормативно-технологической документации по товарному рыбоводству. Том 2. Москва, Агропромиздат, 1986. - 317 с.

3. ФАО. 2018. Состояние мирового рыболовства и аквакультуры 2018. - Достижение целей устойчивого развития. Рим. ФАО. Лицензия: ССБЙ-НС-СА 3.0 ИГО.- 209 с.

4. Aquaculture in China : success stories and modern trends / edited by J. Gui, Q. Tang, Zh. Li, J. Liu, S. De Silva. NJ, John Wiley & Sons, 2018. - 677 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.