Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA KARPSIMON BALIQLARNI POLIKULTURADA YARIM INTENSIV USULDA YETISHTIRISH'

TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA KARPSIMON BALIQLARNI POLIKULTURADA YARIM INTENSIV USULDA YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
karp balig‘i / protien / intensiv usul / zooplakton / omuxta yem / Diaphonosoma macrophtalama / Moina brachiata / Cyclops vicinus / diacyclops bisotosus / Mesocyclops ogunnus / Thermocyclops rylovi.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Yoqubjonov Jaxongir Qosimjon O‘G‘Li, Soatov Utkir Rajabovich

Maqolada Toshkent viloyati sharoitida intensiv usulda polikultura sharoitida karp baliqlarini yetishtirish usullari yoritilgan. Polikultura sharoitaida baliq yetishtirilganda 2 ga hovuzga 500 ta karp solinib, o’sish vazni 210 gr, umumiy vazni 0,420 gr, yozgi qoldiq 30%, qolgan qoldiq 350 ta karp, kuzgi og’irligi 1,2 kg, umumiy vazni 1,680 kg tashkil qildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA KARPSIMON BALIQLARNI POLIKULTURADA YARIM INTENSIV USULDA YETISHTIRISH»

UDK:597.2/.5

TOSHKENT VILOYATI SHAROITIDA KARPSIMON BALIQLARNI POLIKULTURADA YARIM INTENSIV USULDA

YETISHTIRISH

1Yoqubjonov Jaxongir Qosimjon o'g'li, 2Soatov Utkir Rajabovich

1Toshkent davlat agrar universiteti, magistr 2Toshkent davlat agrar universiteti, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11473220

Annotatsiya. Maqolada Toshkent viloyati sharoitida intensiv usulda polikultura sharoitida karp baliqlarini yetishtirish usullari yoritilgan. Polikultura sharoitaida baliqyetishtirilganda 2 ga hovuzga 500 ta karp solinib, o'sish vazni 210 gr, umumiy vazni 0,420 gr, yozgi qoldiq 30%, qolgan qoldiq 350 ta karp, kuzgi og'irligi 1,2 kg, umumiy vazni 1,680 kg tashkil qildi.

Аннотация. В статье описаны методы интенсивного выращивания карповых рыб в условиях поликультуры в условиях Ташкентской области. В случае поликультуры в пруд площадью 2 га помещали 500 карпов, приростная масса 210 г, общая масса 0,420 г, летний остаток 30%, остаток 350 карпов, осенний вес 1,2. кг, а общий вес составил 1,680 кг.

Annotation. The article describes the methods of raising carp fish intensively in the conditions ofpolyculture in the conditions of the Tashkent region. In the case ofpolyculture, 500 carp were placed in 2 ha pond, the growth weight was 210 g, the total weight was 0.420 g, the summer residue was 30%, the remaining residue was 350 carp, the autumn weight was 1.2 kg, and the total weight was 1.680 kg.

Kalit so'zlar: karp balig'i, protien, intensiv usul, zooplakton, omuxta yem, Diaphonosoma macrophtalama, Moina brachiata, Cyclops vicinus, diacyclops bisotosus, Mesocyclops ogunnus, Thermocyclops rylovi.

Kirish. Baliq va baliq mahsulotlari inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega ozuqa turlaridan biri hisoblanadi. Uni tabiiy suv havzalaridan ovlash, uy va dala sharoitida etishtirish ham mumkin. Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi, ta'mi jihatidan mol go'shtidan qolishmaydi, ammo hazm bo'lishi jihatidan undan ancha ustun turadi. Yangi baliq go'shtida 1522 % oqsil, 0,2 dan 30,8% gacha yog' va oz miqdorda uglevodlar bor. Asosiy baliq oqsili ixtulin va kallogendan iborat. Ixtulin o'rni almashinib bo'lmaydigan aminokislotalardan iborat bo'lib, odam uchun zarur bo'lgan qimmatli oqsil hisoblanadi.

Akvakultura: rеjа аsоsidа o'stirish, оziqlаntirish, suvning sifаtini sаqlаb turish, kаsаlliklаr vа yirtqichlаrdаn himоyalаsh kаbi ishlab chiqаrishni kеngаytirish gshgn уеtishtirish jаrayonining yaxshi ishlab chiqilgаn tеxnik usullari yordаmidа suv оrgаnizmlаrini, shu jumlаdаn bаliq, mоllyuskаlаr, qisqichbаqаsimоnlаr vа suv o'simliklаrini уеtishtirish. Yetishtirish bilan shug'ullanish, yetishtirilayotgan to'daga yakka tartibda yoki birgalikda egalik qilishni nazarda tutadi.

O'zbekiston dengizlarga chiqish yo'llariga ega emas. Respublikada asosiy daryolarining oqimi irrigatsiya va energetika ehtiyojlari uchun boshqariladi. Mavjud ichki suv xavzalari nisbatan katta emas. Ushbu sharoitda baliq ovlash baliq yetishtirishning yagona yoki asosiy manbasi bo'lishi mumkin emas, bu hol respublikada yetishtiriladigan baliqning asosiy manbasi sifatida akvakulturani rivojlantirish zaruratini byelgilab berdi [2,7,10].

Amaliy tajribalar ko'rsatishicha, kelajakda baliqni birlamchi qayta ishlash xisobiga yarim tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish, chiqitlardan (bosh qismi, ichki organlar) baliq yog'i va gni

olishni yo'lga qo'yish maqsadga muvofiq. Bunda baliq mahsulotlarini sotish, tashish va saqlash osonlashadi. Shu bilan birga yarim tanyor mahsulot ishlab shiqarish orqali istуе'molchilami baliq tozalash ishlaridan ozod bo'lishi, baliq mahsulotlari istуе'moli rag'batlantiriladi. Bundan tashqari, sifatli omuxta уеm ishlab shiqarish uchun baliq yog'i ishlab shiqarish bilan bir qatorda mahsulot aссortimеnti ko'payadi. Änniqsa, qayta ishlashni mintaqalar bo'yicha tashkil qilish tabiiy suv xavzalaridan baliq ovlovchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi.

Hozirda dunyo baliqchiligining rivojlanishiga nazar soladigan bo'lsak baliqchilik asosan ikki yo'nalishda amalga oshirilmoqda. Birinshisi bu- tabiiy suv havzalaridan (okean, dengiz, ko'l, daryo va boshqalar) baliq ovlash bo'lsa, ikkinshisi akvakul'tura, ya'ni nazorat qilinadigan sharoitlarda baliq yetishtirishdir.

So'nggi yillarda dunyo bo'yicha tabiiy xavzalardan ovlanayotgan baliqlar miqdori ma'lum darajada kamayganligini statistika ma'lumotlaridan bilish mumkin. Buning asosiy sababini mutaxassislar quyidagicha baholaydilar:

-dunyo okueanlari va davlatlararo chegaralardagi dengizlarda baliq zahiralari miqdorining sezilarli darajada kamayganligi$

-dunyo baliqchiligida rivojlanish asosan akvakul'tura hisobiga amalga oshirilayotganligi.

Ma'lumotlarga qaraganda akvakul'turada baliq yetishtirish yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Shu sababli endilikda dunyo mutaxassislari tomonidan akvakgl'turani rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekistonda 1960-yillargacha baliq ovlash ishlari asosan Orol dengizida olib borilgan. Biroq keyinchalik dengiz ekotizimidagi muvozanatning buzilishi natijasida 1980 yillarga kelib, dengiz baliqchilik tarmog'idagi o'rnini butunlay yo'qotdi. Natijada mamlakatda baliq yetkazib beradigan yangi manbalarni topish va takomillashtirish ehtiyoji paydo bo'ldi [1,5,7].

Aholini arzon va sifatli baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun mulkchilikka asoslangan baliqchilik xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishiga bevosita bog'liqdir. Bu o'z navbatida sun'iy hovuzlar samaradorligini oshirish, tabiiy suv havzalarida baliq zahiralarini ko'paytirish, mustahkam ozuqa bazasini yaratish, ularga xizmat ko'rsatishni sifat jihatdan yaxshilash mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish hisobiga mahsulot olish va daromad miqdorini oshirishni taqozo etadi.

Xususan Toshkent viloyati hududidagi mavjud suv havzalari, ularning baliqchilikdagi ahamiyatini tahlil qilish, ayniqsa akvakul'turani hozirgi holati va uni rivojlantirish yo'l-yo'riqlarini muhokama qilish orqali viloyat aholisini baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishga qaratilgan muxim chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish lozim. Buning uchun birinchi navbatda suv havzalarida yashayotgan baliqlarning biologiyasini yaxshi bilish zarur. Ayniqsa turli xil tipdagi suv havzalarda yashayotgan baliqlar ning ko'payuvchanlik xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi [2,9,10].

Bizning tadqiqotimizning asosiy maqsadi Toshkent viloyati baliqchilik xo'jaligida karp balig'ini yetishtirish va mahsuldorligini oshirishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishdan iborat.

Material va tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar Toshkent davlat agrar universiteti "Baliqchilik ilmiy markazi" sun'iy suv xavzasida olib borildi. Ontogenez davrida bo'lgan baliqlarni oziqlanishini o'rganish turli xil ov qurollari yordamida, turli xil yoshda bo'lgan baliqlarni ovlash orqali:

- F rivojlanish davrigacha bo'lgan chavoqlar. Tabiiy sharoitda suv havzasining qirg'og'idan, qirg'oq yuksak suv o'simliklari (rdest, xara shoxbarg, urut) orasidan - maxsus uvildiriq uchun

moslashtirilgan setka (to'r), pelagik tral, nitoral zonadan - maxsus sachoklar yordamida yig'ildi. Bu tadbir fevral oyining oxiri va mart oyining boshlanishida amalga oshirildi. Chunki, sudak, jerex, vobla kabilar o'z uvildirig'ini suv harorati 8 - 10 °C bo'lishi bilan qo'yadi [3,4,11].

Karpsimonlarning molodlari 3,5 - 5,5 sm bo'lishi bilan 10 metrli breden bilan ovlandi. Breden to'r ko'zlari №2 8 mm kaprondan tayyorlangan. Breden bilan suv havzalarning qo'ltig'idan, ochiq pelagial zonalaridan ovlandi. Bunday kattalikdagi molodlarni iyul - avgust oylarida ovlandi.

Segoletkalarni (20 - 30 sm) oktyabr - noyabr oylarida 25 - 50 metrli nevod bilan ovlandi. Nevod kanatlari 6 - 8 mm to'rdan iborat bo'lib, konussimon shaklga ega. Qorin qismi № 8 - 10 bo'ladi, gazdan, suvlikning qirg'oq qismidan, qo'ltiqlardan ovlandi. Voyaga yetgan zotlar nevodlar bilan qurama to'rlar bilan har 2 - 3 soatda bir tekshirildi.

Turli xil baliqlar, turli xil ekologik muhitda turlicha oziqlanadilar. Shuning uchun voblaning oziqlanishini o'rganishda barcha mavsumlar uchun material yig'ildi. Zog'ora, sudak kabi turlarni oziqlanishini o'rganish uchun mavsumiy xarakterga ega bo'lgan material yig'ildi.

Ixtiotrofologik tahlil uchun namunadagi baliq miqdori fiksatsiya qilindi, etiketkalash, dala jurnali yoki kundalik daftarga o'z vaqtida qayd qilib borildi.

Baliq oziqasini o'rganishda har bir baliq turidan 100 dona olib xajm og'irligini o'lchab tahlil qilindi. Tahlil natijasida olingan ma'lumotlar orqali baliqning har sutkada o'rtacha qancha massa hosil qilganligi to'grisida ma'lumot olindi.

O'rganilayotgan suv xavzasidan baliq ovlash bilan bir vaqtda o'sha joyning o'zida zooplankton, fitoplankton va zoobentos ham yig'ilib, ularning oziqa bazasi o'rganildi. Yig'ilgan plankton va bentos materiallarini laboratoriyada tahlil qilish gidrobiologiyaning umumiy qoidalariga asoslangan holda olib borildi. Gidrobiologik materiallarning turlari, soni va biomassasi aniqlangandan keyin ularning real mahsuldorligi aniqlandi. Chunki gidrobiontlar baliq oziqa bazasini tashkil qiladi [6,8,11]

Karp balg'ini oziqlantirish. Hovuzdagi tabiiy ozuqalar yetarli bo'lishi uchun uning uchdan bir qismi suv bilan to'ldiriladi. Suvning har gektari hisobiga 3-4 tonnadan organik o'g'it -chirigan mol go'ngi solinadi va 50kg ammiakli selitra va 25kg ammofos eritmasi bir meyorda sepib chiqiladi.

Ma'lumki,dastlabki kunlarda lichinkalar suvdagi tabiiy ozuqa fito-va zooplanktonlar hisobiga oziqlanadilar. Hovuzlarga ishlov berish natijasida fito-va zooplankton organizmlar rivojlanishi kuzatiladi.Ushbu tadbirlar amalga oshgandan so'ng havzalarda Cyanophyta, Chlorophyta, Bacilloriophyta, Pyrrophyta, Xanthophyta, Chrysophyta, Euglenophyta bo'limiga xos bo'lgan suv o'tlari vakillari ruvojlanadi. Asosan, yashil suv o'tlari bo'limi Chlorophyta vakillaridan Sehpoederiella Popillata,Pediastrum scenedesmus,Coelastrum

sphaericum,Crucigenia apiculata haddan tashqari ruvojlanishi kuzatildi.

Zooplankton organizmlardan dastlab Brachionus calyciflorus, Lecane luna, Poliarthra vulgaris kabi turlar rivojlandi. So'ngra shohdor mo'ylovli qisqichbaqasimonlardan Alona rectangular, Ceriodaphnia reticulate, Daphnia magna Diaphonosoma macrophtalama, Moina brachiata rivojlanadi. Kopepodlardan esa Cyclops vicinus, diacyclops bisotosus, Mesocyclops ogunnus, Thermocyclops rylovi kabi turlarning haddan tashqari kopayishi kuzatildi.

Qoidaga muvofiq karp asosan zoobentos bilan oziqlanadi. U bentofag hisoblanadi. Shu munosabat bilan uni hovuz sharoitida balanslashgan omixta yem bilan boqiladi. Agarda balanslashgan omixta yemdagi protein moddasi 50% bo'lsa, har 10 ming 1,5 -2,0 g li mayda karplar uchun har sutkada 1,5 kg beriladi. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, har bir baliqning

sutkalik ratsioni baliqning tana og'irligining 3% tashkil qilishi kerak, mayda karpchalarning esa 5% ni tashkil qiladi. Sutkalik normani porsiya - porsiya qilib 2-3 martaga bir vaqtga berish kerak.

Agarda hovuzda polikultura bo'lsa, ya'ni karp, oq do'ngpeshona, chipor do'ngpeshona va oq amur birgalikda boqilsa, unda avval oq amur oziqlantiriladi (asosan o'simlik).

Baliq qanchalik yosh va kichik bo'lsa, moddalar almashinuvi shunchalik faol o'tadi. Shuning uchun ham proteinga boy bo'lgan oziqaga nisbatan talabchan bo'ladi. Masalan, hovuzda 1000 kg karp bor, suv harorati. 25°C, uni omixta yem bilan boqasiz. Baliqlar katta-kichikligiga qarab hayot faoliyatini qoplovchi oziq modda quyidagicha bo'ladi (jadval).

1-jadval. Baliq massasiga qarab oziqlantirish normasi

Baliqlarning o'rtacha Og'irligi, g 1000 kg karp uchun zaruriy omixta em

Kg/sutka Baliq massasiga nisbatan % da

10 21 2,1

100 17 1,7

300 11,3 1,1

1000 8 0,8

Bunday oziqlantirishda hosildorlik 15-20 s/ga. Agarda biz oldindan 30-40 s/ga baliq mahsuloti olmoqchi bo'lsak, baliqlar yaxshi o'sishi kerak. Buning uchun yaxshi boqish va ko'proq balanslashgan oziqa berish talab qilinadi.

Yetishtirilgan karp balig'ini mahsuldorligi. Baliqchilik ilmiy markazining suv xavzasida polikultura sharotida baliq yetishtirildi. Bu usuldan asosiy maqsad suv havzasidagi mavjud bioresurslardan to'liq foydalanishdir. Karp va o'simlikxo'r baliqlar polikulrurasida bioresusrlardan nisbatan to'liq foydalaniladi.

Polikulturada O'zbekiston sharoitida boqiladigan qulay turlar bo'lib: karp, do'ngpeshona va oq amur kabi turlarni birgalikda o'stirishdan iborat.

Ko'pincha karp bilan birga boshqa tur baliqlarni qo'shib boqish ham yaxshi natijsi beradi. Buning uchun hovuzdagi ozuqa ya'ni biorasurslari yaxshilab aniqlanadi, zoobentos, fitoplankton, makrofitlar miqdori aniqlab shu oziqa manbalariga qarab qaysi turlari bir-biriga qo'shib boqilishi yoki qo'shimcha baliq tavsiya etiladi. Birga qo'shib boqishda baliq turlarini tanlashda iqlim sharoiti, hovuzning hususiyati, baliqlarning oziqlanish xarakteri va ularning oziqa qiymati hisobga olinishi kerak. Bundan boshqa baliqlarning birga yashashga moslanish qobilyati ham hisobga olinishi zarur.

Karp bilan oq amur birgalikda o'stirilganda oq amur huddi karp singari omuxta yemni istemol qiladi. Bu yerda omuxta yem raqobat ozuqa obyekti hisoblanadi.

Agar karp bilan oq amur birgalikda boqilsa qo'shimcha omuxta yem berishga to'g'ri keladi. Karp flora va faunani, yumshoq o'simliklar va suv tubi umurtqasiz hayvonlarini to'liq istemol qiladi.

Polikultura sharoitaida baliq yetishtirilganda 2 ga hovuzga 500 ta karp solindi, o'sish vazni 210 gr, umumiy vazni 0,420 gr, yozgi qoldiq 30%, qolgan qoldiq 350 ta karp, kuzgi og'irligi 1,2 kg, umumiy vazni 1,680 kg tashkil qildi. Polikultura sharoitaida jami 588 kg tashkil qildi. Kepak va organik, mineral og'itlardan: yem 2,5 tonna, selitra 0,6 tonna, ammafos 0,8 tonna, go'ng 3,5 tonna solindi.

Xulosalar. Toshkent davlat agrar universiteti Baliqchilik ilmiy markazi suv xavzasining gidrobiologik holati karpsimon baliqlarni istemol og'irligigacha yetkizish imkonini beradi. Polikultura sharoitada mahsuldorlik yiliga gektariga 40 senterni tashkil qiladi. Intensiv

akvakulturada suvning sifat ko'satkichlarining ahamiyati juda muhim ekanligini e'tiborga olgan

holda ushbu ko'rsatkichni yil davomida monitoring qilib borish muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kamilov B.G., Karimov B.K. Kormlenie гыЬ v rbibovodstve (illyustrirovannoe rukovodstvo). Seriya metodicheskix posobiy FAO po akvakulture i rbibolovstvu. Tashkent 2008.

2. Kamilov va boshq. Presnovodnaya akvakul'tura Uzbekistana. Tashkent 2018

3. Karimov B.K. Kamilov B.K. i dr. Akvakultura i rbibolovstvo v Uzbekistane: Sovremennoe sostoyanie i konsepsiya razvitiya. Seriya metodicheskix posobiy FAO po akvakulture i rbibolovstvu. Tashkent 2008.

4. Qurbonov R.B. Axmedov X.Yu. Fermer xo'jaliklarida baliq yetishtirish minihovuzlarni barpo etish bo'yicha tavsiyalar. Toshkent 2008.

5. Qurbanov R.B. Instruksiya po sostavleniyu tipovogo pasporta rbiboxozyaystvennogo vodoyomov. Tashkent 2006.

6. Niyozov D.S.,G'afforov H.F."Baliqlarning oziqlanishi". Toshkent-2012

7. Omonov A. Mirzaev U. O'zbekiston baliqlari. "Fan". Toshkent 1993.

8. Yuldashov M.A Baliq mahsuldorligini oshirish istiqbollari, Nukus 2017, Respublika ilmiy nazariy to'plam, 415-416 b

9. Yuldashov M.A K razvitiyu akvakulturi v Uzdekistane, Vestnik UzMU 2018 №3/1

10. Yuldashov M.A va boshq. O'zbekiston baliqlari. Monografiya. Toshkent 2018

11. Shohimardonov D.R. Mintaqalarda baliqchilikni rivojlantirish. "Hilol media" MChJ. Toshkent 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.