Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONNING AYRIM HUDUDLARIDA RANGDOR FORELNING O’SISH SUR’ATI'

O'ZBEKISTONNING AYRIM HUDUDLARIDA RANGDOR FORELNING O’SISH SUR’ATI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
akvakultura / baliqlarni oziqlantirish / kamalak rang xonbaliq / Oncorhynchus mykiss / qafaslar / Oʻzbekiston

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Muhamadjonova M. Q, Mamatqulov A.R, Qultoyev G’.R, Mullabayev N.R

O’zbekistonning Toshkent va Namangan viloyatlarida rangdor forel (Oncorhynchus mykiss) chavoqlarini tovar holatigacha o'sish sur’atlari tahlil qilindi. Ular "Alltech Coppens" Supreme 21 (oqsil 39-41%) va Supreme astax 23 (oqsil 41-44%) sanoat omuxta ozuqasi bilan oziqlantirildi, ratsion baliq vazni va suv haroratiga qarab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq belgilangani. Toshkent viloyatida rangdor forel 133 kun davomida o'rtacha 700 g gacha o'sgan biroq va Namangan viloyatidagi oqarsuv basseyinlarida 4 oy mobaynida o’stirilgan baliqlar vazni 400 gram atrofida bo’lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONNING AYRIM HUDUDLARIDA RANGDOR FORELNING O’SISH SUR’ATI»

УДК: 639.285.2

O'ZBEKISTONNING AYRIM HUDUDLARIDA RANGDOR FORELNING O'SISH SUR'ATI

1Muhamadjonova M. Q., 2Mamatqulov A.R., 3Qultoyev G'.R., 4Mullabayev N.R.

1,2,3,4Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11468506

Annotatsiya. O 'zbekistonning Toshkent va Namangan viloyatlarida rangdor forel (Oncorhynchus mykiss) chavoqlarini tovar holatigacha o'sish sur'atlari tahlil qilindi. Ular "Alltech Coppens" Supreme 21 (oqsil 39-41%) va Supreme astax 23 (oqsil 41-44%) sanoat omuxta ozuqasi bilan oziqlantirildi, ratsion baliq vazni va suv haroratiga qarab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq belgilangani. Toshkent viloyatida rangdor forel 133 kun davomida o'rtacha 700 g gacha o'sgan biroq va Namangan viloyatidagi oqarsuv basseyinlarida 4 oy mobaynida o'stirilgan baliqlar vazni 400 gram atrofida bo'lgan.

Kalit so'zlar: akvakultura, baliqlarni oziqlantirish, kamalak rang xonbaliq, Oncorhynchus mykiss, qafaslar, O'zbekiston.

Аннотация. Проанализирована темп роста радужной форели (Oncorhynchus mykiss) до товарного веса в Ташкентской и Наманганской областях Узбекистана. Кормили промышленными рыбными кормами «Alltech Coppens» Supreme 21 (белок 39-41%) и Supreme astax 23 (белок 41-44%), рацион определялся согласно рекомендациям производителя исходя из массы рыбы и температуры воды. В Ташкентской области радужная форель выросла до 700 г в среднем за 133 дня, а в Наманганской области рыба, выращенная за 4 месяца, весила около 400 грамм.

Ключевые слова: аквакультура, кормление рыб, радужная форель, Oncorhynchus mykiss, садки, Узбекистан.

Summary. The growth rate of rainbow trout (Oncorhynchus mykiss) to marketable weight in the Tashkent and Namangan regions of Uzbekistan was analyzed. They were fed with industrial fish feeds "Alltech Coppens" Supreme 21 (protein 39-41%) and Supreme astax 23 (protein 4144%), the diet was determined according to the manufacturer's recommendations based on the weight of the fish and water temperature. In the Tashkent region, rainbow trout grew to 700 grams on average in 133 days, and in the Namangan region, fish grown in 4 months weighed about 400 grams.

Key words: aquaculture, fish feeding, rainbow trout, Oncorhynchus mykiss, cages, Uzbekistan.

Введение. O'zbekiston ichki suv havzalari suvining harorati dinamikasi akvakulturaning intensiv tizimlarida yetishtiriladigan baliq turlarini yil davomida parvarishlashni cheklaydi. O'zbekiston pasttekislik hududida joylashgan suv havzalarida issiq suv baliqlari va yoki tropik baliq turlarini ochiq tizimlarda - hovuz, oqar suv basseyinlari, qafaslarda yilning olti oy davomida yetishtiriladi. Yilning sovuq fasllarida bu baliqlar yoki o'sishdan to'htaydi yoki nobud bo'ladi. Shundan kelib O'zbekiston iqlimi faqat bahor va yoz oylarida faqat issiq suv baliqlari yetishtirishni belgilaydi. Yilning sovuq fasllarida esa bu suv havzalaridan foydalanilmaydi. O'zbekiston tog'li hududlarida esa yil davomida faqat sovuq suv baliqlari yetishtiriladi va bu hudud iqlimi ham qish fasllarida harorat tushishi natijasida 2 oygacha baliq o'sishdan to'htaydi. Mazkur tadqiqot yordamida turli hududda yuqori oqsil tarkibli balanslashgan omuxta yem bilan parvarishlangan rangdor xonbaliqni (Oncorhynchus mykiss) o'sish sur'atlarini tahlil qilindi. Toshkent viloyatida

tuyabo'g'iz suv ombori qafas baliq xo'jaligida dekabrdan may oyigacha, Namangan viloyatida esa yil davomida o'sish sur'ati o'rganildi va olingan natijalar taqqoslandi.

Manba va uslubiyat. Tuyabo'g'iz suv omborida jo'ylashgan qafaslar o'rtacha vazni 130 gram bo'lgan 300 ta rangdor forel balig'i bilan baliqlantirilgan va may oyigacha parvarishlandi. May oyida harorat 22oC dan ko'tarilganda tajriba tugatildi. Namangan viloyatida Uchqo'rg'on tumanida Norin daryosi suvidan foydalaniladigan rangdor forel baliq oqarsuv basseyin xo'jaligi baliqlarini o'sish sur'atlari o'rganildi. Forel baliqlarining biologik ko'rsatkichlarini tahlil qilish uchun material 2020-2022 yillarda to'plangan. Baliq o'sishini o'rganish oyiga ikki marta o'tkaziladigan nazorat ovi yordamida amalga oshiriladi. Nazorat ovi paytida qafasdagi baliqlarning kamida 10% tortildi. Har bir basseyin uchun nazorat ovi ma'lumotlari jurnalda qayd etilgan bo'lib, nazorat ovlari orasidagi davr uchun baliqning o'rtacha og'irligi, balki uning o'sishi, oziqlanish kunlari soni, har bir alohida va bassyindagi barcha baliqlar uchun iste'mol qilingan ozuqa miqdori va o'lim ko'rsatkichlari qayd etilgan. Har ikkala xo'jalikda ham "Coppens" sanoat omuxta yemlaridan foydalanilgan va shu ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan rat sion bo'yicha oziqlantirildi. Ma'lumotlarni qayta ishlash va statistik tahlil Excel dasturi yordamida amalga oshirildi.

Baliqlantirishdan avval baliqlar umum qabul qilingan uslubiyatdan foydalanib individual vazni aniqlangan, shundan so'ng umumiy massasi aniqlangan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA. Farg'ona vodiysidagi "Mister Fish" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli baliq yetishtirish korxonasidan "Rangdor forel" chavoqlari xarid qilindi. Qafaslarni baliqlantirish paytida suv harorati 7 ° C edi. Yanvar oyida, sovuqroq bo'lganda, harorat bir hafta davomida 1 ° C ga tushdi. Shu kunlarda rangdor forelbalig'i oziqlanishdan to'xtatdi. Shu bilan birga, suv ombori muz bilan qoplangan, ammo qafaslardagi suv muz bilan qoplanmadi. Suv harorati 3 ° C dan oshganda, rangdor forel yana oziqlana boshladi boshladi. May oyiga kelib, suv omboridagi suv harorati suvning sirt qatlamida 20 ° C gacha qizidi. E'tibor bering, tajriba davomida birorta ham alabalik o'lmadi.

1-rasm. Rangdor forel saqlanayotgan qafas moslamararini ko'rinishi

Dekabr oyining oxiridan may oyining boshigacha bo'lgan davrda rangdor forel 130 g dan deyarli 700 g gacha o'sdi, bu tovar baliq (250 - 300 g) uchun yetarli ko'rsatkichdir. Rahgdor forel o'sish ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. Umumiy baliq biomassasiga kelsak, 20 dekabr kuni qafasga 39 kg baliq urug'i ekilganini ta'kidlaymiz. May oyining boshiga kelib, qafasdagi biomassa 209 kg gacha ko'tarildi. Qafasga jami 140 kg ozuqa qo'shildi. Shuning uchun ozuqa nisbati 0,82 ni tashkil etdi. Bu ozuqa sifatining juda yuqori ko'rsatkichidir.

Jadval 1. Qish mavsumi qafas moslamalaridagi rangdor fiorelni ko'rsatkichlari

Tajriba davomiyligi sutkada 133

Baliqning o'rtacha boshlang'ich massa, 130

Baliqning o'rtacha so'ngi massasi, g 697

Tana massasini o'rtacha sutkalik o'sishi, g 684

Baliq tana vaznining o'sish tezligi, g / kun 5,14

O'rtacha baliqning nisbiy o'sish sur'ati,% / kun 2,99

Ozuqaviy koeffitsiyent 0,82

Proteindan foydalanish koeffitsiyenti (PFK) 3,04

O'zbekiston (Namangan viloyati) sharoitida rangdor forellarini ozuqa bilan o'stirishda coppens ozuqalari ijobiy ko'rsatkichlarni ko'rsatsada, bu yerda baliqlarni parvarishda loyqalik, harorat, basseyinlarda suv almashinuvi, oziqlanmasligi kabi ba'zi shartlar buziladi. Shunga ko'ra, baliqning o'sishi biroz sekinlashadi (2-rasm). Suv sifatining o'zgarishining sababi bahorda kuchli yomg'ir yog'ishi bo'lib, u yerda suv juda loyqalanib ketadi va suvning tez almashinuviga to'sqinlik qiladigan basseyinlarni loyihalashda ham kamchiliklar mavjud. Ammo bu yerda asosiy yo'qotishlar import qilingan ikralarning inkubatsiyasi paytida kuzatiladi, bu davrda embrionlar 60% gacha nobud bo'ladi. Buning sababi, shuningdek, suvning sifati va harorati, shuningdek, inkubatsiya texnologiyasini ko'rsatish mumkin.

700

600

M

'EE 500

M

n:

> 400 300

o

2 200

u

100 0

I I I I I

c\V

c<>

¿F J? f #

CSV

III

«V

^ y

& V

r

«V

<y

r 0#V jf

V" V

Sana

2-asm. Chavoqlarning o'sish ko'rsatkichlari

Shunday qilib rangdor forel balig'ini yetishtirishda past tekislik suv xavzalarida noyabrdan may oyigacha o'sish sur'ati bo'yicha jadvalda keltirilgan va o'rtacha 700 gramni tashkil etdi Namangan viloyati oqarsuv tizimidagi forel baliq xo'jaligida esa 350-400 gramni tashkil etdi. Bu davr sovuq suv baliqlari uchun qulay harortat muhiti ekanligidan dalolat bersada oshish sur'atlari bir biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib bunday yondashuvni uslublarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanib issiq suv baliq xo'jaliklaridan bo'shagan suv havzalarini sovuq suv baliqchiligi uchun qo'llash maqsadga muofiqligini ko'rsatib turibti va bunday yondashuv suv havzalarini baliq maxsuldorligini ikki baravar oshiriladi.

Tovar baliqlarni o'stirish bosqishida baliqlar bir maromda o'sib 2021 yilning sentyabrigacha 4 oy davomida bu baliqlar 400 gramni tashkil etgan. Umuman olganda suvning tovar baliqlar uchun optimal haroratga yetmasligi o'sihs ko'rsatkichlarning potensialini belgilab bergan va bunga qoshimcha omillar ham mavjudligi ma'lum davrlarda o'sishni sekinlashtirgan (2-rasm).

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston sharoitida past tekislik suv havzalarida may oyiga qadar o'sadigan tovar forel balig'ini muvaffaqiyatli etishtirish mumkin, ular yaxshi tovar vazniga 700 gramga yetadi. Suv harorati va gidrokimyoviy rejimi tanlangan suv ombori tovar forel etishtirish uchun baliqchilik talablariga javob beradi.

O'zbekiston vodiy hududlarida esa vaziyat boshqacharoq harorat borasida optimaldan pastroq bo'lsada lekin yil bo'yi baliq o'stirish imkoniyati mavjud, bundan tashqari yi'g'ingarchiliklar baliq o'sish sur'atini bir maromda kechishini cheklaydi. Xullas ikki hududda ham o'ziga xos xususiyatlar inobatga olib forel baliqchiligini rivojlantirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Абдуназаров Д.Б., Юлдашов М.А., Соатов У.Р., Камилов Б.Г. Индустриальное форелеводство. Ташкент: LESSON PRESS, 2019. 164 с.

2. B. G Kamilov, I. I. Xalilov. O'zbekiston sharoitida daryo foreli yetishtirish: fermerlar uchun amaliy tavsiyalar. Toshkent: Baktria press, 2014. — 96 b.

3. Барулин, Н. В. Аквакультура ценных видов рыб и ресурсосберегающие технологии. В 3ч. Ч.1. Форелеводство: учебно-методическое пособие / Н. В. Барулин. - Горки : БГСХА, 2018. - 237 с.

4. Muhamadjonova M. Q., Mamatqulov A.R., Mullabayev N. O'zbekistonning vodiy hududiida rangdor forelni basseyinlarda o'stirish. International scientific and practical conference «prospects of innovative development of agriculture in new Uzbekistan» may 15, 2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.