INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
SPECIAL ISSUE April 6, 2024
KARPSIMONLAR BALIQLAR OZUQA YEMI TARKIBIDA FOSFOR AHAMIYATI 1Tohirjonov Nosirjon Tohirjon o'g'li, 2Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich
1Toshkent davlat agrar universiteti "Umumiy zootexniya va veterinariya" kafedrasi tayanch
doktoranti
2Qo'qon davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari bo'yicha
falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10938049
Annotatsiya. Baliqchilik xo'jaliklarida ozuqa yemi sinovlar natijalari P (fosfor) miqdori saqlanish va tendentsiyasini aniqlash imkonini beradi yoki tajriba sinov bilan taqqoslash mumkun bo'ladi.
Kalit so'zlar: baliqlar, chavoqlar, ozuqa yem, fosfor, ingredient, protein.
Baliqchilik tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirish, baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, tabiiy va sun'iy suv havzalaridan oqilona foydalanish, shuningdek, baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish maqsadida baliqlar uchun yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish bo'yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni barpo etish yo'li bilan baliqchilik tarmog'ining ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan
Akvakulturada ozuqa tarkibidagi P baliqlarning oziqlantirish amaliyoti suv muhitida P miqdorini minimallashtirish uchun ekologik ko'rsatmalarga muvofiq bo'lishi kerak. Ayniqsa fosfor (P) baliqlarning normal metabolizmi va o'sishi uchun muhim oziq moddadir. Bu eng muhim oziq - ovqat mineralidir, chunki uning talabi va vazifalari har qanday boshqa mineral elementlarnikidan ustun hisoblanadi. Biroq ikkalamchi suvning tarkibidagi P ning ortiqcha miqdori suv ifloslanishining muhim manbai hisoblanadi.
Fosfor (P) nukleotidlar, fosfolipidlar, kofermentlar, dezoksiribonuklein kislotasi va ribonuklein kislotasi kabi turli shakllardagi organik fosfatning tarkibiy qismidir. Noorganik fosfatlar, shuningdek, hujayra ichidagi va hujayradan tashqari suyuqliklarning pH darajasini saqlab qolish uchun muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu talab 0,3 dan 0,6% gacha bo'lganligi, tabiiy suv havzalardagi kanal baliqlari uchun nomal hisoblanadi.
Baliqlar boshqa hayvonlar singari P ga bo'lgan talabi ancha yuqori hisoblanadi. Nazariy jihatdan, baliqlar uchun ozuqa barcha zarur oziq moddalarni o'z ichiga olishi kerak, shu jumladan P ni ehtiyojdan yuqori bo'lishi va maksimal o'sish va minimal P qo'shishga erishish uchun umumiy P darajasini mavjud talablardan past darajada ushlab turishi kerak. Biroq, hayvon ozuqasi va o'simlik manbalaridan kelib chiqadigan ortiqcha P ni o'z ichiga oladi, bu esa zog'ara baliqlari kabi oshqozonsiz turlar tomonidan kam mavjud bo'lganligi sababli suniy suv havzasiga chiqariladi. Shuning uchun monokalsiy fosfat va dikalsiy fosfat kabi eruvchan P manbalari maksimal o'sish uchun P ga bo'lgan talabni qondirish uchun ozuqa yemiga qo'shiladi. Ushbu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, baliq yetishtirishdan suv havzalarida P ning sezilarli darajada o'zlashtirish darajasi nihoyatda past bo'ladi. Bizni tajribalarda (2021-2024) zog'ara baliqlarning chavoqlarida maksimal o'sish va minimal P yo'qotish bilan 2% monokalsiy fosfat bilan 0,7% ozugada mavjud bo'lgan P ni qayd etdi. 0,5% monokalsiy fosfat bilan to'ldirilgan past P proteinli ozuqa yemiga etarli kombinatsiyasi qilingan.
Fosfat baliq o'sishi uchun mavjud P manbai sifatida suv havzalari to'laqonli tekshirilmagan. Shuning uchun ushbu tadqiqot turli xil an'anaviy fosfat manbalari va alternativ
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION
SPECIAL ISSUE April 6, 2024
magniy vodorod fosfatning o'sishiga, ozuqadan foydalanishda noorganik P, butun tana P ga va zog'ara baliqlarining chavoqlari uchun mavjudligiga qo'shimcha ta'sirini o'rganish uchun tajribalar o'tkazildi. Ushbu eksperiment tadqiqonlar dunyoni etakchi universiteti ilmiy tadqiqot institutlarida hayvonlarni parvarish qilish va ulardan foydalanish imkoniyatlari tomonidan tasdiqlangan.
Koreyadagi baliq uchun ozuqa yemi ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan va sinovdan o'tkaziladigan P qo'shimchasi, magniy vodorod fosfat (MgHPO4) foydalanilgan. So'ngi yillarda baliqlar uchun ozuqa yemi ishlab chiqarish o'rtacha 10-12 ming tonnaga oshib bormoqda. Bu ozuqaga bo'lgan talabning har yili 1,5% ga o'sishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Bugungi kunda karpsimonlar (Cyprinidae) — turkumiga mansub baliqlar oilasi dunyodagi eng ko'p iqlimlashtirilgan turlarni tashkil qiladi. Xitoy jahondagi zog'ara baliqlari baliqlarining 80% dan ortig'ini etishtiriladi. Karpsimonlar baliqlar ozuqa yemi va o'simlik ozuqalarida P ning kam mavjudligini hisobga olsak, ularga qo'shimchalar orqali qo'shilgan ozuqa P miqdori sezilarli bo'ladi. Shunga qaramay, ozuqani yemi alternativ omixta yemlardan foydalanish mumkin.
Karpsimonlar baliqlar uchun ozuqa yemi ratsionni shakllantirishdan oldin baliq uni, soya uni, bug'doy uni va to'rtta fosfat manbalarining kimyoviy tarkibi aniqlangan. Barcha ingredientlar formula bo'yicha tortildi va drabika aparatlarda omixta yemi 10 daqiqa davomida yaxshilab aralashtirildi va granula xolga keltiriladi.
Barcha tajriba ishlarini hisobga olgan holda, baliq yemini kamroq foydalanish moddalar ishlab chiqarish uchun o'zgaruvchan mahalliy ovqatlar kombinatsiyasi orqali 25-30% gacha ozuqani tejab qolish mumkin. Bizning hisob-kitoblarimiz shuni ko'rsatdiki, ozuqaga qo'shilgan azot va fosforning 20-30 foizi atrofdagi muhitga chiqariladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi PQ-83-sonli "Baliqchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" qarori.
2. Рыбоводство. Основы разведения, вылова и переработки рыб в искусственных водоемах: Учебное пособие / Л.В.Антипова, О.П.Дворянинова, О.А.Василенко, М.М.Данылив, С.М.Сулейманов, С.В.Шабунин. СПб.: ГИОРД, 2011. - 472 с.
3. Rafael Lazzari, Bernardo Baldisserotto. Nitrogen and phosphorus waste in fish farming. Boletim do instituto de Pesca. 2018.
4. Tae-Hyun Yoon, Seunggun Won, Dong-Hoon Lee, Jung-Woo Choi1, Changsix Ra1 and Jeong-Dae Kim. Effect of a new phosphorus source, magnesium hydrogen phosphate (MHP) on growth, utilization of phosphorus, and physiological responses in carp Cyprinus carpio. Fisheries and Aquatic Sciences 2016.
5. Torben Larsen, Shakuntala H. Thilsted, Katja Kongsbak and Marianne Hansen. Whole small fish as a rich calcium source. British Journal of Nutrition (2000), 83, 191-196.
6. Drián HERNÁNDEZ, Shuichi SATOH* AND Viswanath KIRON. Effect of monocalcium phosphate supplementation in alow fish meal diet for rainbow trout based on growth, feed utilization, and total phosphorus loading. FISHERIES SCIENCE 2005; 71: 817-822.
7. Oluwatosin Abidemi OGUNKALU. Effects of Feed Additives in Fish Feed for Improvement of Aquaculture. Eurasian Journal of Food Science and Technology 2019; Vol: 3, Issue: 2, pp: 49-57.
8. Wenwen Kong, Suiliang Huang, Zhenjiang Yang, Feifei Shi, Yibei Feng, and Zobia Khatoon. Fish Feed Quality Is a Key Factor in Impacting Aquaculture Water Environment: Evidence from Incubator Experiments. National Library of Medicine. Sci Rep. 2020; 10: 187.