Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL MULK HUQUQ MASALASI'

INTELLEKTUAL MULK HUQUQ MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
303
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiy tizim / huquqiy / mulkchilik shakllari / mulkchilik munosabatlari / davlat / tasarruf / xususiy mulk / mulkdor / ob‘ekt / intellektual mulk huquqi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sharifjon Shokiraliyevich Xudoyberganov, Elyorjon Shavkatovich Oripov

Bozor munosabatlari sharoitida mulkiy huquqlar mazmunining o‘zgaradi, mulk obyektlari doirasining kengayishi mamalakat iqtisodiy barqarorligi erishish imkon beradi. Bu sohada yangi zamonaviy yondashuvlar paydo bo‘ladi. Huquqiy asoslari yaratiladi. Yangicha huquqiy ong va huquqiy tafakkurga ehtiyoj seziladi. Mazkur maqolada intellektual mulk tushunchasi, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati, jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL MULK HUQUQ MASALASI»

INTELLEKTUAL MULK HUQUQ MASALASI

Sharifjon Shokiraliyevich Xudoyberganov Elyorjon Shavkatovich Oripov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Bozor munosabatlari sharoitida mulkiy huquqlar mazmunining o'zgaradi, mulk obyektlari doirasining kengayishi mamalakat iqtisodiy barqarorligi erishish imkon beradi. Bu sohada yangi zamonaviy yondashuvlar paydo bo'ladi. Huquqiy asoslari yaratiladi. Yangicha huquqiy ong va huquqiy tafakkurga ehtiyoj seziladi. Mazkur maqolada intellektual mulk tushunchasi, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati, jamiyat iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: iqtisodiy tizim, huquqiy, mulkchilik shakllari, mulkchilik munosabatlari, davlat, tasarruf, xususiy mulk, mulkdor, ob'ekt, intellektual mulk huquqi

INTELLECTUAL PROPERTY LAW ISSUE

Sharifjon Shokiraliyevich Khudoyberganov Elyorjon Shavkatovich Oripov Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: In the conditions of market relations, the content of property rights changes, the expansion of the range of property objects makes it possible to achieve economic stability of the country. New modern approaches appear in this field. Legal basis will be created. There is a need for a new legal consciousness and legal thinking. This article discusses the concept of intellectual property, its essence, practical importance, and its role in the economic development of society.

Keywords: economic system, legal, ownership forms, ownership relations, state, disposal, private property, owner, object, intellectual property right

Mamalakat iqtisodiy tizimi tubdan takomillashib uning huquqiy asoslari isloh qilinishi jarayonida mulkchilik shakllari va mulkchilik munosabatlarining mazmun-mohiyati o'zgardi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarilishi xususiy mulk va mulkdorlar sinfining shakllanishiga olib keldi. Jumladan, mulkiy huquqlar mazmunining o'zgarishi, mulk ob'ektlari doirasining kengayishiga imkon yaratdi. Natijada mulkiy huquqlar majmuida yangi bir tizim - intellektual mulk huquqi institutini shakllanishiga extiyoj sezildi va uning huquqiy asoslari yaratildi.

rfciTii^^Bl 631 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Xususan bosh qomusimizda, "Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish kafolatlangan hamda davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga hizmat qiladi" deyilgan.[1.14 b.] Bugungi kunda bu huquqiy tizim, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan qonun hujjatlari hamda boshqa normativ hiqiqiy hujjatlar hamda O'zbekiston Respublikasi a'zo bo'lgan va bevosita ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan qabul qilingan shartnomalar asosida tartibga solinib kelinmoqda.

Xozirgi kunda respublikamizning yetakchi huquqshunos olimlari tomonidan intellektual mulk huquqi tushunchasini keng halq ommasiga yetkazish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ochib berishga salmoqli hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Bunday olimlar qatoriga malakali huquqshunoslar, B.Toshev, O.Oqyulov, I.Zokirov, H.PycraMÖeKOB, N.Raxmonqulova, A.Ramatov va boshqalar kiritish mumkin.

Manbalarda, takidlanishicha, "Intellekt" so'zi lotincha aql ma'nosini bildiradi. Intellektual mulk esa aynan inson aqliy faoliyati natijasida yuzaga keladigan ijod mahsuli hisoblanadi. Shuningdek, intellektual mulk huquqi ham sof moddiy mulk huquqidan farqli ravishda jamiyatning iqtisodiy, hamda ma'naviy turmushida muhim ahamiyat kasb etadi.

Professor I.B.Zokirovning Fuqarolik huquqi asarida [2.13.] "Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanib, bu kundalik hollarda aqliy mehnat kishilari, yozuvchilar, shoirlar, oimlar, rassomlar, injinerlar, tehnologlar va boshqalarning faoliyati mahsulidir" deyiladi. Bu natijalar o'zining yangiligi, yoki o'ziga hosligi (original), takrorlanmas (unikal) belgilariga ega bo'ladi. Ma'lumki, insonning intellektual faoliyat natijalari, ularni yaratilish jarayoni va o'z hususiyati jihatidan odatdagi foydalanib kelinayotgan ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ham ular fuqarolik huquqiy munosabatlarida o'ziga hos mulk ob'ekti sifatida huquqiy muhofaza talab etadi. Huquqiy normalarda bu obe'ktlarning ifodalanishi nazariya, g'oya, nomoddiy ko'rinishda qayt qilinsada, kishilar tomonidan obe'ktiv mavjudligi anglanadi. Shuning uchun ham obe'ktiv shaklda ifodalanigan g'oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, masalan: chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan bo'lishi mumkin. Biroq bunda g'oya birlamchi, moddiy asos esa ikkilamcni vazifani bajaradi. Bundan kelib chiqadiki, g'oya, nazariya shaklidagi intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan odatdagi moddiy ashyolarga nisbatan egalik qilinganidek, qoidalar qo'llanilavermaydi. Intellektual mulk obekti fuqarolik huquqining muhum institutini tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1031 moddasidan -1111 moddasigacha belgilangan normalarda intellektual mulk va va uning huquqiy maqomi belgilab qo'yilgan.[3.76.]

ITFVE^^Hl 632 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Ushbu qonunning 1031-moddasiga ko'ra, intelektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:

1. Intellektual faoliyat natijalari:

- fan, adabiyot, san'at asarlari,eshittirish va ko'rsatuv;

- tashkilotchilarining ijodlari, fonogrammalar va eshittirishlar, ko'rsatuvlar;

- elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma'lumot bazalari;

- integral mikrosxemalar topologiyalari, ixtirolar, foydali modellar;

- sanoat namunalari;

- seleksiya yutuqlari;

- oshkor etilmaganahborot, shu jumladan tijorat sirlari;

2. Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, xizmatlarni xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari:

- firma nomi;

- tovar belgilari;

- tovar ishlab chiqariladigan joy nomi;

Yuqorida ko'rsatilgan mulk obyektlarini ximoyalash jarayonida quyidagi tushunchalarni bilib olish zarur deb o'ylaymiz. Aytib o'tilganidek, intellektual mulk ob'ektlari ustivorlikda g'oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo'ladi. Bu ob'ektlardan shahs va jamiyat iqtisodiy manfaatdorligi yo'lida bir vaqtning o'zida cheksiz kishilar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun ham, ularga mulk huquqining bemuddatligi xaqidagi qoida qo'llanilmaydi.[3..468.] Balki, amal qilish muddati, uni ijtimoiy mullkka aylanib ketish davrigacha qoida tariqasida belgilab qo'yiladi.

Belgilangan muddat o'tishi bilan,intellektual mulk egasining mulkka bo'lgan huquqlari bekor qilinadi. Natijada, asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Masalan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonunning 38-moddasiga ko'ra mualliflik huquqi muallifning (hammuallifning) butun xayoti davomida va u vafot etgach, keying yilning 1-yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Ushbu qoida boshqa intellektual mulk turlariga ham o'z huzusiyatidan kelib chiqib qo'llaniladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda intellektual mulk o'bektlarining huquqiy maqomi, mulk ob'ektlariga nisbatan qonuniy egalarining vakolatlari hajmi va mazmuni qonunchilikda kengayib, mustahkamlanib bormoqda. Buning yaqqol misoli sifatida yangilanayotgan konstitutsiyaviy normalar qatorida intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi kafolatlab qo'yilmoqda. Shuning uchun ham, mavjud qonun me'yorlari mazmun-mohiyatini teran anglab yetish zarur ahamiyatga egadir.

633

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

l.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: 2022. -b.. 14

2. Zokirov. I.B. Fuqarolik huquqi.-T.: 1996.-b

3. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. - T.:14.07.2022-b. 468

4. O'zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarto'g'risida"gi qonun // 2006-yil 20-iyul

634

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.