Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL FAOLIYATNI PATENT ORQALI RASMIYLASHTIRISHNING IMTIYOZLARI VA ULARDAN FOYDALANISHDAGI AYRIM MUAMMOLI HOLATLAR'

INTELLEKTUAL FAOLIYATNI PATENT ORQALI RASMIYLASHTIRISHNING IMTIYOZLARI VA ULARDAN FOYDALANISHDAGI AYRIM MUAMMOLI HOLATLAR Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
221
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellekt / intellektual faoliyat / intellektual mulk obyekti / royalty / soliq imtiyozlari / patent. / Intellect / Intellectual activity / object of intellectual property / royalty / tax benefits / patent

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — N. Ashurov

Maqolada Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarorida belgilangan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari mualliflarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha imtiyozli rag‘batlantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birga qonun hujjatlarida ko’rsatilgan rag’batlantirish tartiblarining, amaliyotda qo’llanilishi bo’yicha jamiyatdagi mavjud muammolar ko’rsatib o’tilgan va yosh tadqiqotchilarni intellektual mulk obyektlari egasi, muallifi va hammualliflarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda turli imtiyozlar berish hamda kreditlar berish bo‘yicha takliflar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF FORMALIZATION OF INTELLECTUAL ACTIVITY THROUGH PATENT AND SOME PROBLEMS IN USING THEM

In the article, the Tax Code, the Law of the Republic of Uzbekistan "On Inventions, Utility Models and Industrial Samples", the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated July 14, 2018 "On increasing the efficiency of commercialization of the results of scientific and scientific and technical activities" PQ-3855 decision "on additional measures" provides preferential incentive processes for supporting the authors of inventions, utility models and industrial designs. At the same time, the existing problems in the society regarding the practical application of the incentive procedures specified in the legal documents are indicated, and comprehensive support of young researchers, owners, authors and co-authors of intellectual property objects is defined in the legal documents. proposals for granting various benefits and loans are described in order.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL FAOLIYATNI PATENT ORQALI RASMIYLASHTIRISHNING IMTIYOZLARI VA ULARDAN FOYDALANISHDAGI AYRIM MUAMMOLI HOLATLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INTELLEKTUAL FAOLIYATNI PATENT ORQALI RASMIYLASHTIRISHNING IMTIYOZLARI VA ULARDAN FOYDALANISHDAGI AYRIM MUAMMOLI

HOLATLAR Ashurov Nuriddin Nuralizoda

Qashqadaryo viloyati, Kitob tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh

yuriskonsulti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7393323 Аннотация. Maqolada Soliq kodeksi, O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3855-son qarorida belgilangan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari mualliflarini qo'llab quvvatlash bo'yicha imtiyozli rag'batlantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birga qonun hujjatlarida ko'rsatilgan rag'batlantirish tartiblarining, amaliyotda qo'llanilishi bo'yicha jamiyatdagi mavjud muammolar ko'rsatib o'tilgan va yosh tadqiqotchilarni intellektual mulk obyektlari egasi, muallifi va hammualliflarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda turli imtiyozlar berish hamda kreditlar berish bo'yicha takliflar bayon etilgan.

Калит сузлар: intellekt, intellektual faoliyat, intellektual mulk obyekti, royalty, soliq imtiyozlari, patent.

ПРЕИМУЩЕСТВА ФОРМИРОВАНИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПОСРЕДСТВОМ ПАТЕНТОВ И НЕКОТОРЫЕ ПРОБЛЕМЫ ИХ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

Аннотaция. В статье Налогового кодекса, Законе Республики Узбекистан «Об изобретениях, полезных моделях и промышленных образцах», Указе Президента Республики Узбекистан от 14 июля 2018 года ПП-3855 «О дополнительных мерах по повышению эффективности коммерциализации результатов научной и научно-технической деятельности» перечислены процессы льготного стимулирования для поддержки авторов изобретений, полезных моделей и промышленных образцов. Вместе с тем, отмечены имеющиеся в обществе проблемы применения указанных в законодательстве порядка стимулирования, а также изложены предложения по предоставлению различных льгот и кредитов молодым исследователям в порядке, установленном законодательными актами о всесторонней поддержке владельцев, авторов и соавторов объектов интеллектуальной собственности.

Ключевые слова: интеллект, интеллектуальная деятельность, объект интеллектуальной собственности, роялти, налоговые льготы, патент.

ADVANTAGES OF FORMALIZATION OF INTELLECTUAL ACTIVITY THROUGH PATENT AND SOME PROBLEMS IN USING THEM Abstract. In the article, the Tax Code, the Law of the Republic of Uzbekistan "On Inventions, Utility Models and Industrial Samples", the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated July 14, 2018 "On increasing the efficiency of commercialization of the results of scientific and scientific and technical activities" PQ-3855 decision "on additional measures" provides preferential incentive processes for supporting the authors of inventions, utility models and industrial designs. At the same time, the existing problems in the society

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

regarding the practical application of the incentive procedures specified in the legal documents are indicated, and comprehensive support of young researchers, owners, authors and co-authors of intellectual property objects is defined in the legal documents. proposals for granting various benefits and loans are described in order.

Keywords: Intellect, Intellectual activity, object of intellectual property, royalty, tax benefits, patent

KIRISH

Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlari taraqqiyoti intellektual faoliyatga har qachongidan alohida e'tibor qaratilayotganligi, qo'llab-quvvatlayotganligi, muhim amaliy ahamiyatga molik ish turlaridan hisoblanadi. Ma'lumki, hayotimizning har jabhasida raqamli texnologiyalarning kirib borishi, bunga aholi ehtiyojlarining ortishi, hayot suratlarining tezlashishi, insonlarning yashash tarzini yanada yengillashtirishga qaratilgan islohotlarning zamirida davlatning intellektual faoliyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Intellekt - bu lotincha "intellect" aql, idrok, bilish, tushunish, borliqni anglash, dunyoni inson ongida aks etishi demakdir.

Intellektual faoliyat - insonning dunyoni idrok etishi jarayonidagi aql bilan bog'liq muayyan harakati, faoliyati hisoblanadi.

Intellektual mulk obyekti - inson aqliy-ijodiy faoliyat natijasida yaratilgan fan, adabiyot, san'at asarlari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari, elektron hisoblash mashinalari, tovar belgilari, firma nomlari, tovar chiqarilgan joy nomlari.

Mamlakatimizda intellektual faoliyatni qo'llab-quvvatlash, intellektual faoliyat natijalarini qayd etish va ularning muhofazasi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi Intellektual mulk departamenti tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, intellektual mulk obyektlari egasi, muallifi va hammualliflarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan turli imtiyozlar asosida ham amalga oshirilmoqda. Ammo, qonunchilikda intellektual faoliyat natijalarini patent orqali rasmiylashtirish va ishlab chiqarishga yo'naltirish uchun berilishi ko'rsatilgan imtiyoz va rag'batlantirishlarning qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan muammoli holatlar kuzatilmoqda.

Xususan, 2002-yil 29-avgustdagi O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi qonuni 33-moddasida mualliflarga va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar belgilanadi, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar beriladi deb belgilangan. Ushbu norma orqali sanoat mulki obektlari mualliflari va sanoat mulki obektlaridan foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subektlarga nisbatan soliq solish hamda kredit berishda imtiyozlar nazarda tutilishi ko'rsatilgan [2].

Yuqoridagi normadan kelib chiqib, sanoat mulki obektlari mualliflari va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subektlarga beriladigan soliq imtiyozlari qay tartibda amalga oshirilishiga etibor qaratadigan bo'lsak, soliq kodeksida quyidagilar belgilanganligiga guvoh bo'lamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Jumladan, Soliq kodeksi 44-moddasida Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun to'lovlar royalty deb e'tirof etilishi belgilab qo'yilgan. Royalty intellektual mulk ob'yektlariga nisbatan ham tadbiq etiladi. Ma'lumki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi 12 foiz miqdorida amalga oshiriladi. Soliq kodeksi 378 -moddasida.... ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarining, adabiyot hamda san'at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo'rlariga (huquqiy vorislariga) to'lanadigan pul mukofotlari daromad solig'i solinmasligi ko'rsatilgan.

Shuningdek kodeksning 395-moddasida... ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to'lovchi daromadlar olish bilan bog'liq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan ko'p bo'lmasligi belgilangan [1].

Tadqiqot uslublari - tarixiylik, mantiqiylik, qiyosiy, statistik tahlil, amaldagi qonun hujjatlari va ularni qo'llashni ilmiy tahlil etishni tashkil etadi.

TADQIQOTLAR NATIJALARI VA ULARNING MUHOKAMASI

Tahlillarimizda, yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, soliq kodeksida belgilangan chegirma va soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan aytish joiz bo'lsa imtiyozlar, intellektual mulk obyektlarining barcha turlarini qamrab olmagan. Asosan fan, adabiyot, sanat asarlari mualliflari, ijrochilari uchun esa ba'zi imtiyozlar belgilangan.

Fikrimizcha, O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi qonuni 33-moddasida belgilangan mualliflarga va sanoat mulki obyektlaridan foydalanuvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarga soliq solish va kredit berishda imtiyozli shartlar qonunchilikda aniq bayon etilishi va bunda sanoat mulki obyektlari mualliflari, patent egalari uchun ham soliq imtiyozlari qo'llanilishi lozim.

Bundan tashqari qonunosti hujjatlarida ham intellektual mulk obyektlari mualliflari, patent egalariga beriladigan rag'batlantirishlar nazarda tutilgan. So'nggi yillarda ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning intellektual mulk sohasidagi yuksak e'tibori, ular tomonidan chiqarilayotgan qaror, farmonlarda ham o'z aksini topmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3855-son qarorining 5-bandida patentlangan intellektual mulk obyektlari mualliflariga muassasaning budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 (o'n) baravari miqdorida;

- mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablag'larning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida pul mablag'lari to'lanishi nazarda tutilgan [3]. Qarorda ko'rsatilgan mablag'lar Oliy ta'lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan to'lanadi. Bugungi kunda bunday imtiyozdan foydalanish bo'yicha oliy ta'lim muassasalari ilmiy tadqiqotchilari soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shuni etirof etish kerakki, bunday imtiyoz tadqiqotchilarda olib borayotgan ilmiy izlanishlarida o'ziga xos qiziqish va rag'bat bermoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ammo amaliyotda kuzatilgan bir jihatga etibor qaratishni istardik, masalan, OTMlarda patentlangan intellektual mulk obyektlari mualliflariga berilad igan mablag'lardan faqat tegishli OTMda faoliyat olib borayotgan OTM xodimlari foydalana oladi deb, patentlangan intellektual mulk obyektining OTM xodimi hisoblanmaydigan mualliflarga to'lovlar amalga oshirilmaslik holatlari mavjud. Ma'lumki, intellektual mulk obyekti (sanoat namunasi) yakka tarzda yoki jamoaviy tarzda yaratilishi mumkin. Shu o'rinda savol tug'iladi? Agar OTM xodimi, professor o'qituvchi (talaba)lari yoki ilmiy tadqiqotchisi intellektual mulk obyektini hammualliflikda yaratib, unga patent rasmiylashtirgan bo'lsachi? Unda Qarorda ko'rsatilgan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdoridagi to'lovlar qanday amalga oshiriladi. Mualliflarning har biriga alohida BHMning I0 baravari miqdoridami? Yoki umumiy tarzda amalga oshiriladimi?

Fikrimizcha, bunda hammualliflarni rag'batlantirishda mualliflarning har birini alohida e'tirof etish va patentlangan intellektual mulk obyekti ustida ishlangan davr hisobga olinishi muhim amaliy ahamiyatga ega ish hisoblanadi. Ya'ni, deylik tegishli OTM tadqiqotchisi intellektual mulk obyekti ustida o'sha OTMning talabasi bilan birgalikda ilmiy izlanish olib bordi. Intellektual mulk obyektiga patent rasmiylashtirilgunga qadar talaba OTMni tugatdi deylik. Keyinchalik ushbu obyektdan tijoratlashtirishda OTM foydalanadigan bo'lsa, muayyan foyda ko'radi. Shuning uchun qarorda belgilangan rag'batlantirishni amalga oshirishda hammualliflarga ham beriladigan rag'batlantirish tartibi aniq bayon etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi (Masalan talaba o'qishni tugatib ketgan bo'lsa ham unga tegishli 3855-son qarorining 5-bandiga ko'ra (rag'batlantirish) ulushi qonuniy nazarda tutilsa, yoki professor-o'qituvchi, xodimlar ham faoliyatini o'zgartirgan bo'lsalar ham).

Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, 2019-yil aprel oyida 7 ta selektsiya yutuqlariga: S ta o'simlik navlariga va 2 ta hayvon zotlariga patent berish bo'yicha talabnoma qabul qilingan [4], bo'lsa, 2022-yil aprel oyida slektsiya yutuqlariga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun I3 ta talabnoma qabul qilingan [5]. Ko'rinib turibdiki, davlatning ilm-fan rivojiga, ayniqsa intellektual faoliyatni rivojlantirish, rag'batlantirishga bo'lgan e'tibori ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga bo'lgan qiziqishlarnig ortib borishiga ham sabab bo'ladi.

XULOSA

Taklif sifatida qarorda belgilangan rag'batlantirishni amalga oshirishda hammualliflarga ham beriladigan rag'batlantirish tartibi aniq bayon etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi (Masalan talaba o'qishni tugatib ketgan bo'lsa ham unga tegishli 3855-son qarorining S-bandiga ko'ra (rag'batlantirish) ulushi qonuniy nazarda tutilsa).

Normativ-huquqiy hujjatlarni o'rganish davomida intellektual mulk obyektlari mualliflariga kredit imtiyozlari berilishi bo'yicha amaldagi qonunchilikda aniq tartib belgilanmaganligi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun taklif bildirib qolamizki, mamlakat taraqqiyotiga yuqori tasir ko'rsatadigan intellektul faoliyat bilan shug'ullanadigan ilmiy izlanuvchilar, intellektual mulk obyektlari mualliflariga ipoteka kreditlari berishni nazarda tutadigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqilishi amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 2019 -yil 30-dekabr, URL:https://lex.uz/docs/-4674902

2. O'zbekiston Respublikasining "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi qonuni. 2002-yil 29-avgust, 397-II-son. URL: https://lex.uz/docs/-7667I

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3855-son qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 2018-yil 14-iyul, https://lex.uz/docs/-3823583

4. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining "Rasmiy Axborotnoma"si, 2019-yil 30-aprel

5. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining "Rasmiy Axborotnoma"si, 2022-yil 29-aprel

6. www.ima.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.