International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 13 (35) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Umirzoqova Surayyo
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA: Maqolada inson tafakkuri va dunyoqarashini rivojlanishiga xizmat qiladigan, turli vaziyatlarda original yechimlar taqdim qila oladigan qobiliyatlarning yuqori darajasi hisoblanadigan intellekt va kreativlikning o'zaro va o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha ilmiy asoslarga tayangan holda fikrmulohaza bildirilgan.
Kalit so'zlar: intellekt, kreativlik, ijodkorlik, aqliy qobiliyat, dezadaptatsiya, idrok, konvergent, divergent, omillar, tarkibiy qismlar, darajalar va ta'riflar.
INTELLECT DEVELOPMENT METODOLOGY
ABSTRACT. The article discusses the scientific basis of interaction and the specificity of intelligence and creativity, which consists in a high level of ability to develop original thinking and worldview, to find original solutions in various situations.
Keywords: intelligence, creativity, creativity, mental abilities, maladjustment, perception, convergent, divergent, factors, components, levels and definitions.
KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sohasida raqobatbardosh kadrni shakllantirish, ularni tayyorlash tizimi mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan va texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishga e'tibor qaratilgan.
Kreativ fikrlaydigan yoshlar salohiyati va iqtidorini rivojlantirish, modifikatsiyalashgan ta'lim mazmuniga innovatsion yondashuvlar asosidagi texnologiyalarni kiritish lozimligi ta'kidlangan. Ta'lim oluvchilarda kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali shakl, metodlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni ta'minlovchi meyoriy, moddiytexnik va huquqiy axborot bazasini yaratish kabi vazifalar belgilangan.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI
Kreativlik atamasiga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta'rif bergan. Kreativlikni o'rganish bo'yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjudligini ta'kidlab o'tganlar.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir, ya'ni ijodkorlik intellektning hosilasidir. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o'ziga xos ko'rinishi deb hisoblagan hamda kreativlik intellektning yuqori bo'lishi bilan belgilangan.
V.Shterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa mualliflar ham intellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Mustaqil hamdo'stlik davlatlari olimlaridan L.Vigotskiy, A.Leontyev, D.Elkonin, O.Vasilchenko, E.Melkumova, V.Miretskaya, M.Suxomlinova, E.Emmanuel kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari o'rganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan, Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlar esa shaxsning individual qobiliyatlari, ijodiy salohiyatini namoyon etish masalalari bo'yicha tadqiqot ishlari olib borgan. Ijodkor shaxsni tarbiyalashning umumpedagogik jihatlari respublikamiz olimlari O.Musurmonova, Sh.Sharipov, Sh.Mardonov, S.Nishonova, D.Ro'ziyeva, B.Xodjayev, D.Sharipova, M.Quronov, A.Nurmanov, S.Annamuratova va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. O'quvchi shaxsining kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning psixologik va akmeologik xususiyatlari E.G'oziyev, M.Davletshin, D.Muxamedova, S.Safayev kabi olimlar tomonidan o'rganilgan.
MUXOKAMA
Intellektual qobiliyatlar - bu shaxsning ta'sirchanligi, predmetni idrok qilishining kuchliligi va yaxlitligi, u to'g'risida keng ma'lumotlarga ega bo'lish, tafakkur o'zgaruvchanligi va tezkorligi (tez, xilma-xil, o'ziga xos), mantiqiy va savodli mulohaza yuritish, tizimli harakatlar, sintez-tahlilsintez, ijodiy ifodalay bilish, umumlashtirish va xulosalash, o'z fikriga ega bo'lish, ishni oxirigacha yetkazish, ishchanlik, o'z bilimlarini boshqalarga yetkaza olish kabi asosiy kreativ fazilatlar majmui bo'lib, nafaqat yuksak ijodiy rivojlanishni, balki umuman shaxs rivojlanishining muhim omili, har qanday faoliyatdagi muvaffaqiyatning garovi, kishilar bilan muloqot, kundalik faoliyatdagi yutuqlar omilidir.
Intellekt (lot. Intellectus - tushunish, aql) - aql, insonning fikrlash qobiliyati bo'lib, "anglash, tushunish degan ma'nolarda keladi. Tushunib yetish aqliy qobiliyatning mustahkam tuzilmasi hisoblanadi. Intellektni aqliy jarayonlar tizimi, muammolarni yechishning uslubi va strategiyasi, idrok qilish faolligini talab qiladigan vaziyatga individual yondashuvning samaradorligi, ya'ni, kognitiv uslub orqali tasavvur qilish mumkin. Bu aqliy jarayonlar, muammolar, turli masalalar va vaziyatlarni individual, samarali idrok qilish yo'li bilan faol hal qilish, ijodiy topshiriqlar va umuman "ijtimoiymadaniy hayotga samarali qo'shilish, muvaffaqiyatli moslashish qobiliyatidir.
Intellektning bazaviy strukturalari quyidagilarga bog'liq:
- insonningemotsional-irodaviy xususiyatlari;
- amaliy va nazariy o'zaro munosabatlar qobiliyati;
- uning hayotiy sharoitlari va hokazo.
Intellektning mazmuni individning tegishli ijtimoiy muhim faolligi, muhiti (o'qish, ishlab chiqarish va b.)ga bog'liq bo'lib, intellektual faoliyat - aqliy masala, vazifa va muammolarni yechish jarayonidir. Uning predmetli mazmunida emotsional tarkibiy qismlarning bo'lishi shart. Intellekt - tafakkur -tushunish, tushunib yetish -aqliy qobiliyatlar, "idrok qilish faoliyati jarayoni", tushunish, mulohaza qilish, aqliy xulosa chiqarish yordamida idrok qilish idrok qilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo'lib, u shaxsdan "tushunish va fikrlash qobiliyati" ni talab etadi.
Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur - masalani yechishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur -kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko'rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo'lib, ularni ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog'lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma'lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi tuzilmasini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o'sha ma'lumotni real amaliyotda qo'llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
1980 yillarga kelib Spiremenning yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo'lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki qobiliyatlar bir-biriga ta'sir eta boshlashidadir.
X.Gardner intellektni bir necha qobiliyatlar yig'indisi deb qaragan. U o'z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o'tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so'ndirishi mumkin, lekin qolgan qobiliyatlarga zarar bermaydi deb hisoblagan. Gardner o'z tadqiqotini bosh miyasi ba'zi qismlari fiziologik jihatdan shikastlangan insonlarda o'tkazgan. Ular ko'pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba'zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo'shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo'lishgan. Ba'zilari, biror tarixiy kun bilan bog'liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki badiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. Yuqoridagi asoslardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko'rinishdagi qobiliyat borligini aytib o'tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deya ta'kidlagan.
R. Shtenbegr, R.Vagner Gardner g'oyasini qo'llab-quvvatlagan holda, shaxsda aqlni 3 xil omili mavjudligini taxlil qilishgan:
1. Masalani yechishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni aqliy testlardagi yagona to'g'ri javobni belgilash bilan baholanadi.
2. Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun muammolarning ko'plab yechimidan qulayini tanlashga yordam beradi.
3. Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o'zining reaksiyasini ko'rsatishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo'lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o'rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Bu ta'rifdan "ijodiy" deb foydalanmaslikning sababi ("create" -inglizcha "ijod qilish" demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo'lmasligi uchun "kreativlik" atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950 yillardan boshlab izchil ravishda o'rganilmoqda. Lekin "kreativlik" atamasini o'zbek tilida shartli ravishda "aqliy ijodiylik" deb atash ham o'rinli va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o'rganish lozim.
Shunday qilib, aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va "kreativligi" nazarda tutiladi. Kreativlikning ajratilishiga aqlning an'anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o'rtasida bog'lanish yo'qligi haqidagi ma'lumot turtki bo'lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma'lumotlarni, qo'yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo'sindan foydalanish qobiliyatiga bog'liqligini ifodalaydi.
XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta'rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta'riflarini tahlil qilish orqali ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- geshtaltik ta'rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog'ini tuzish sifatida ta'riflanadi);
- innovatsion (yangi) ta'rif (so'nggi natijaning yangiligi bo'yicha ijodiylikni baholashga yo'naltirilgan);
- estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o'zini-o'zi ifodalashga ahamiyat beruvchi);
- psixoanalitik (ijodiylikni "U", "Men" va "Ideal - Men" o'rtasidagi o'zaro munosabat deb ta'riflovchi);
- muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan, bunga J.P. Guilfordning "Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir", degan ta'rifini ham mujassamlashtirish mumkin);
- yuqorida ta'riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta'riflarni kiritish mumkin (masalan, "umuminsoniy" bilimlar zaxirasini to'ldirish) va hokazo.
NATIJALAR
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o'rtasidagi munosabat o'quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta'sir qiladi.
Ijodiylik mezonlaridan biri bo'lgan nostandartlik bo'lib, YE.P.Torrance noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi deb ta'kidlagan. Ko'pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro'y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan aynan deb talqin etiladi. Nostandartlik originallikka nisbatan kengroq tushunchadir.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar yesa divergent tafakkurni talab etadi.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 ta komponentini ishlab chiqishga muvaffaq bo'lgan.
Shaxsdagi bilimning ko'pqirraligi. Qo'lga kiritilgan bilimlar g'oyalar ko'p bo'lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimlar qanchalik ko'p bo'lsa, ruhiyatdagi bo'limlar ham shunchalik ko'p bo'ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlar qanchalik ko'p bo'lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo'ladi.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko'rishga, ularni qayta yaratishga va bog'lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib, uni o'zlashtirish va uni yangi bosqichga olib o'tish zarur.
Tavakkalchilik - yangi taassurotlarni qidirish. Buni ikki ma'noda ko'rish mumkin, tavakkal va muammoni yengib o'tishdagi qat'iylikda deb ko'rish mumkin. Bunday xususiyatga ega bo'lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko'ra, yangi tajribaga ega bo'lishni afzal deb bilishadi.
Ichki motivatsiya majburlikdan ko'ra shaxsda murakkab masalani yechishda qiziqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o'ylamaydi. U butun e'tiborini masalani yechishdagi qonikish hissi va stimuliga qaratadi. (Isaak Nyutondan "Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz" deb so'rashganda, u "Men bu muammo haqida tunu kun o'ylab yurganman " deb javob bergan).
Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g'oyalarni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko'magi shaxsdagi g'oyalarni kamol topishiga turtki bo'ladi. Lekin shuni ta'qidlab o'tish kerakki, ba'zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta'siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig'i berilganda, ularga yozgan insholari o'zlarining kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozish aytilgan. Natijalarga ko'ra ogohlantirilgan guruh insholari yomon yozilgan, bu holatda ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta'sirini yaqqol ko'rish mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning, ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh