Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV FIKIRLASHNI RIVOJLANTIRISHNI MEXANIZMLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV FIKIRLASHNI RIVOJLANTIRISHNI MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kreativlik / kreativlik xususiyatlar / pedagogik kreativlik / interfaol usul / intelekt / mustaqil ishlar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mirzaeva Z.Sh

Мақолада boʻlajak pedagoglarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish yoʻllari hamda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KREATIV FIKIRLASHNI RIVOJLANTIRISHNI MEXANIZMLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KREATIV FIKIRLASHNI RIVOJLANTIRISHNI MEXANIZMLARI

Mirzaeva Z.SH

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11116960

Annotatsiya. Мацолада bo'lajak pedagoglarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish yo'llari hamda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lishi to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: kreativlik, kreativlik xususiyatlar, pedagogik kreativlik, interfaol usul, intelekt, mustaqil ishlar.

Аннотация. В статье рассматриваются пути развития творческих способностей будущих педагогов и какие методы следует использовать в развитии творческих способностей.

Abstract. The article discusses ways to develop the creative ability of future pedagogues and what methods should be used in the development of creative ability.

Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta'lim muassasasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Kreativlik ta'lim jarayonini tashkillashtirishni o'zida mujassamlashtirib, kreativ ta'lim jarayonini qurish, ta'lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish turli uslublar, bilim va ko'nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo'lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi.

Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi (adabiyot). J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:

-fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olish;

-o'ziga xoslik (originallik);

-qiziquvchanlik;

-farazlar yaratish qobiliyati;

-xayol qila olish (fantaziya).

Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish" kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik"

tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. "Kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati (2).

A.X. Maslou kreativlikni 2 turga bo'ladi: iste'dodning kreativligi va shaxsning o'z-o'zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o'z-o'zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog'langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko'p sohalarida duch kelishimiz mumkin. A.X. Maslou kreativlikda o'z-o'zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o'tgan: birinchisi - "ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxsning birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega bo'ladi", "ikkinchisi - ixtiyoriy, og'ir mehnat bilan bog'liq, uzluksiz ta'lim, kamolotga intiluvchanlik" asosida shakllanadi. A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko'radi, ya'ni barcha insonlardagi tug'ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma'lum ijtimoiy to'siqlar natijasida yo'qolib ketadi, deb hisoblaydi

T.A. Barisheva va Yu.A. Jigalovalar pedagogikada kreativlikni tizimli (ko'p bosqichli, ko'p o'lchamli) psixik (ruhiy) ta'lim sifatini oshitish, unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi (adabiyot). Shuningdek, kreativlikning mezonlari Dj.P. Gilforda, E.P. Torrans tomonidan belgilangan:

ravonlik: ma'lum bir vaqt oralig'ida ko'plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati; o'ziga xosligi: aniq, taniqli, umume'tirof etilgan, oddiy yoki qat'iy belgilanganidan farq qiluvchi g'ayrioddiy, nostandart g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati;

sezuvchanlik: g'ayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o'tishga tayyorlik;

mo'tadillik: g'ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo'lish, ramziy, birlashtiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitda ko'rish qobiliyati;

rivojlanish: paydo bo'lgan g'oyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi tizimlarga aylantirish qobiliyati;

to'xtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik ko'rsatish, ya'ni muammoni yechish jarayonida kelib tushayotgan turli informatsiyalar andozalariga qarshilik ko'rsatish;.

noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaksiyagacha bo'lgan qobiliyat; "nomlash"ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida, ahamiyatga ega bo'lgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati ("nomlash" jarayoni mufassal shaklni, muammoning mohiyatini ko'rish qobiliyatini, og'zaki shaklga aylantirish qobiliyatini aks ettiradi);

ko'p vazifalilik: bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalarda ishlash qobiliyati; samaradorligi:maxsulotning yaroqliligi ularning foydasi, mahsulotning maqsadli auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original bo'lishi haqidagi idrok; mamnuniyat: kreativlikning natijasi (adabiyot).

Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka va ta'lim berish usullarini yangi holatga o'tkazish imkoniyati; ilgari o'rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko'nikmalarda namoyon bo'lishi mumkin (adabiyot).

Tafakkurning egiluvchanligi - jamiyatda qabul qilingan va an'anaviy mavjud bo'lgan, aslida, to'g'ri deb o'ylangan shablon yo'nalishlar va tamoyillarning zamonaviy taraqqiyot uchun

javob bera olmay qolganligini anglash, yangi yo'nalish va choralarni sezish, ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, o'z faoliyatini yangidan qura olish va masala yechiminining yangi yo'nalishlariga o'zini safarbar eta olishdir (adabiyot). Prognoz, bashorat qila olish esa o'z sohasi rivojidagi istiqbol o'zgarishlar mohiyati, kelib chiqish sabablari va yuzaga kelish muddatlarini tafakkur tahlili orqali oldindan anglash tafakkuri hisoblanadi. Masalan, mehnat unumdorligining ko'tarilishi va pasayishi, konyuktura yoki bozorning o'zgarishi hamda mazkur o'zgarishlarning sohaga bo'lgan ta'siri, narxlarning ko'tarilishi, pasayishi va b.

Ta'lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta'lim mazmunini o'zlashtirishda ta'lim oluvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

ta'lim oluvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash;

ta'lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, ta'lim oluvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir ta'lim oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqida qarorni ishonch toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish;

o'quv jarayonini ta'lim oluvchi shaxsning xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;

ta'lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;

kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo'lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg'ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish va hokazo.

REFERENCES

1. Mirzayeva, Z. S., & Fayziev, V. B. (2021). O 'QUVCHILARDA MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH YO 'LLARI. Academic research in educational sciences, 2(5), 362-366.

2. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur chashmalari" T.2013y.

3. Kayumova N.M. " Maktabgacha pedagogika" "TDPU" nashriyoti T.:2013 y.

4. www. pedagog. Uz

5. www. ziyonet. Uz

6. www.edu.Uz

7. tdpu-intrnet.ped

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.