O'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Sh. V. Ismoilova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insituti o'qituvchisi
M. Sh. Sobirova, O. A. Abduxakimova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insituti talabalari, O'zbekiston
Intellekt inson aqliy faoliyatining, aql-zakovatini, ongli hatti-harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Intellekt tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko'lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi.
Odamning intellekti ancha murakkab tuzilishga ega bo'ladi va faqat ko'plab fikrlash turlarini emas, balki har xil intellektual operatsiyalar, malaka va ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Intellekt individning ma'lum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tuzilishidan iboratdir. Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda psixologiyada ikki xil qarash mavjud:
1. Intellekt - nasliy xususiyat, ya'ni avloddan avlodga o'tuvchi tug'ma xususiyat sifatida.
2. Intellekt - organizm imkoniyatlari va maqsadga muvofiq ta'lim tarbiya ta'sirida shakllanuvchi xususiyat sifatida.
"Intellekt" atamasi kundalik hayotimizda juda ko'p ma'noda qo'llanadi, turlicha izoh beriladi. Intellektni mustaqil reallik sifatida ajratishni asosiy mezoni uning xulq atvorini boshqarish funksiyasi hisoblanadi. Intellekt to'g'risida qandaydir qobiliyat sifatida gapirgan vaqtlarida birinchi navbatda uning inson va oliy hayvonlar uchun uning adaptatsiya (ko'nikuvchanlik, moslashish) ahamiyatiga tayanadilar. Ma'lumki, ba'zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba'zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo'lishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega bo'lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo'lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o'ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog'liq elementlarning muvaqqat bog'lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig'indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog'liqdir deb tushuntirgan. Shu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya'ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko'plab noroziliklarga sabab bo'lgan. Spirmendan farqli o'laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala
May 3, 2024
259
orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko'tarish bo'yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug'ullanishi mumkin. Chunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo'lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o'rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta'rifdan "ijodiy" deb foydalanmasligimizga sabab ("create" -inglizcha "ijod qilish" demakdir), ijodiylik bu - intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo'lmasligi uchun "kreativlik" atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil ravishda o'rganilmoqda. Lekin biz o'z tadqiqotimizda "kreativlik" atamasini o'zbek tilida shartli ravishda "aqliy ijodiylik" deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o'rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va "kreativligi" nazarda tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an'anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o'rtasida bog'lanish yo'qligi haqidagi ma'lumot turtki bo'lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma'lumotlarni, qo'yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo'sindan foydalanish qobiliyatiga bog'liqligini ifodalaydi.
1962-yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko'rsatkichlari orasida bog'liqlik yo'q, degan ma'lumotni matbuotda e'lon qilishgan. Ular ijodiylikni o'lchash uchun o'zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste'dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati q o'lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o'lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo'yishga omil bo'lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta'rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta'riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta'rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog'ini tuzish sifatida ta'riflanadi), innovatsion (yangi) ta'rif (so'nggi natijaning yangiligi bo'yicha ijodiylikni baholashga yo'naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o'zini-o'zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni "U", "Men" va "Ideal - Men" o'rtasidagi o'zaro munosabat deb ta'riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning "Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir", degan ta'rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta'riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta'riflarni kiritish mumkin (masalan, "umuminsoniy" bilimlar zaxirasini to'ldirish)
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko'zga ko'ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning ta'kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori
May 3, 2024
260
ko'rsatkichlarda o'zaro bog'lanmagan. U 11-12 yoshli o'quvchilar o'rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko'rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o'quvchilar o'zlarini to'g'ri baholaydilar, ularda o'zini-o'zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o'quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o'z sirlarini yashiradilar, o'zlarini pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko'rsatkichi yuqori o'quvchilar xavotirli, e'tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko'rsatkichi quyi o'quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub'ektlar o'zlarini to'g'ri baholaydilar.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli b o'lishiga olib kelishi mumkin.
Kreativlik bu - bir vaqtning o'zida yangi va qadrli g'oyalarni yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan.
1. Shaxsdagi bilimning ko'pqirraligi. Qo'lga qiritgan bilimilarimiz g'oyalarimizning ko'p bo'lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko'p bo'lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko'p bo'ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko'p bo'lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo'ladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko'rishga, ularni qayta yaratishga va bog'lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o'zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o'tamiz.
3. Tavakkalchilik - yangi ta'surotlarni qidirish. Buni ikki ma'noda ko'rish mumkin. Ya'ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o'tishdagi qat'iylikda deb ko'rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo'lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko'ra, yangi tajribaga ega bo'lishni avzal deb bilishadi.
4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko'ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o'ylamaydi. Butin e'tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan "Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz" deb so'rashganda, u shunday javob bergan "Men bu muammo haqida tunu kun o'ylab yurganman " deb javob bergan.
5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g'oyalarni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko'magi shaxsdagi g'oyalarni kamol topishiga turtki bo'ladi. Lekin shuni ta'qidlab o'tish kerakki, ba'zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta'siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga
May 3, 2024
261
insho yozish topshirig'i berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma'lum bo'lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta'sirini yaqqol ko'rishimiz mumkin.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar:
- Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash)
- Emotsiyani tushunish (ularni o'zgarishini aytib berish)
- Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish)
- Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo'llay olish
Intellektning yuqori bo'lishi miya yarim sharlariga bog'liqmi? Bu masalani tadqiq
etishganda shu narsa ma'lum bo'ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og'irligi normal odamning miyasidan anchagina og'iriligini aniqlashgan. Miyasi og'ir bo'lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo'lishadi degan qarashlar ham mavjud bo'lgan. Lekin afsus ba'zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba'zi bir jinoyatchilarning miyasining og'irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog'liqligi ko'rsatiladi. Intellektning yuqori bo'lishi nafaqat uning og'irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay bo'lagidagi aktivlik jarayoniga bog'liqligini aniqlashgan.
E.G'.G'oziyev O'zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan biridir. Muallifning fikriga ko'ra, inson tafakkuri o'zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. «Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o'z oldiga konkret maqsad, yangi vazifalar qo'ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz qilishi, natijani ko'z oldiga keltira olishi, qo'yilgan vazifani hech kimning ko'magisiz, ko'rsatmasisiz o'zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo'l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak»
E.G'. G'oziyev aqliy taraqqiyotning o'sishini maktabda olinadigan bilimlar ta'minlaydi, deb hisoblaydi. O'quvchilarni aqliy jihatdan o'stirish uchun ularni faqat bilimlar tizimi bilangina emas, balki muayyan aqliy faoliyat usullari (tahlil, sintez, taqqoslash, turkumlash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, esda olib qolish va boshqalar) o'quv, ko'nikma va malakalarni ko'zda tutish kerakligini ta'kidlaydi. O'quvchilar aql-zakovatini kamol toptirishda mantiqiy tafakkurning ahamiyati katta, chunki tafakkurning rivojlanishi aqlni qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitadi.
262
^_May 3, 2024
International Scientific and Practical Conference
Aqliy faoliyat insonning muayyan bilimlarni o'zlashtirish yoki yangiliklarni ochish bilan bog'liq psixik faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bevosita, umumlashtirgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, sotsial- sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Mazkur muammoni V.M. Karimova qo'yidagicha talqin etadi: qobiliyatlar masalasi eng avvalo inson aql-zakovatining sifati, undagi malaka, ko'nikma va bilimlarning birligi masalasi bilan bog'liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo'lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo'lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko'proq qobiliyat tushunchasi bilan bog'lab o'rganiladi.
M.G'. Davletshin aqliy tushunchalarni qobiliyat tushunchasi bilan bog'lab o'rgangan. Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishi, birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo'li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo'li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni engil va samarali o'zlashtirishni rejalashtirgan faoliyat bo'yicha malaka va ko'nikmalar hosil qilishni ta'minlasin. Bolalarda qobiliyatlarni o'sishi ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladi.
O'sib kelayotgan yosh avlodda ijodiy faollikni va uning negizida yotuvchi ijodiy qobiliyatni shakllantirish respublika maktablari oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Chunki «hozirgi maktabning asosiy vazifasi ta'lim metodlarini, o'quvchilarning fikrlashlarini taraqqiy ettirish metodlarini takomillashtirishdir».
G'.B. Shoumarov mamlakat fuqarolarining aqliy saviyasiga alohida urg'u berib, har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli o'z fuqarolarining saviyasi bilan belgilanishini e'tirof etadi. Jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biridir. Shuningdek, Shoumarov har qanday insonparvarlik jamiyatida aqli zaiflarga e'tibor muhimligini uqtirib, aqli zaiflik omillarini markaziy asab tizimining organik buzilishi, shuning oqibatida bola bilish faoliyatining turg'un pasayishidir deydi.
«Intellektual potensialni boyitish aqliy zakovatni shakllantir ishning ommaviy va shu bilan birga an'anaviy, hech kimning e'tiroziga sabab bo'lmaydigan turlariga diqqatni ko'proq qaratish, imkon darajada ular moddiy-moliyaviy tomonlarini kuchaytirish, ma'lum yutuqqa erishayotgan yoshlarni kengroq rag'batlantirish, ularga tegishli moliyaviy va madaniy muhit yaratish juda katta ahamiyatga ega.
Aqliy faoliyatni tarbiyalaydigan, uning mahsuldorligini oshiradigan, ijodiy xislatlarni rivojlantiradigan an'anaviy metodlar doirasiga quyidagilarni kiritish mukin:
1. Maktablarda fanlardan ilmiy to'garaklar.
2. O'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida o'quvchilarning ilmiy jamiyatlari.
May 3, 2024
263
3. O'quvchilar va o'quvchilarning har xil doirada o'tadigan olimpiadalari.
4. O' quvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari.
5. Ijodiy ishlar, ko'riklar, konkurslar, musobaqalar va hokazo».
J.Piaje intellekt nazariyasini ikkita muhim jihatga ajratgan bo'lib, intellekt funksiyalari va intellektning asosiy davrlarini o'z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish) kiritilib, ular Intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Intellekt faoliyatining tartibliligi deganda subyektning intellektual aktivligini ko'rsatish jarayonida yaxlit holatning va unga kiruvchi boshqa elementlarning, shuningdek, ularning o'zaro munosabatlarini ajrata olish tushuniladi.
Intellektning adaptatsiya funksiyasi, o'z navbatida, assimilyatsiya va akkomodatsiya protsesslaridan tuziladi. Ushbu nazariyaga binoan, Assimilatsiya deganda idrok qilish (anglash) mumkin bo'lgan obekt to'g'risidagi harakteristikalarni tiklash anglanadi, akkomodatsiya bu bilishga intiluvchi subyektning modiy borliqning talablariga moslashish pratsesidr. Anglash mumkin bo'lgan obektning individ tomonidan yaxlit xarakteristikasini idrok qilishning yuz berishi bilan mazkur protsesstugallanmaydi, balki obyektning o'zi ham bilish faolligining ortib borishi natijasida o'zgarib boradi.
Rus psixolog olimlari L.S.Vigotskiy, O.K.Tixomirov, B.D.Bogoyavlar tomonidan inson intellektual qobiliyatining rivojlanishi yosh xususiyatlari bilan bog'liq bo'lmagan holda, eng yosh bolalik chog'lari bilan va eng qarilik chog'larda ham keng qamrovli fikr mulohazalarning ko'rinishi ekanligini aniqlagan. Bundan tashqari, odam miyasi hamma vaqt mashq qilib turishni taqozo qilib, faol aql barcha fiziologiyani muvozanatda ushlab turadi.
P.Anoxin va E.Polejayevlar shaxsning psixofiziologik xususiyatlari bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan. A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni ko'rinishlaga ajratadi, fikr yuritihshning faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi.
M.K.Akimovaning fikricha, intellekt asosini ayni shu aqliy faollik tashkil etadi, ayni vaqtda u o'zini-o'zi boshqarish sifatida faqat vazifani hal etishuchun zarur bo'lgan faollik darajasini ta'minlaydi.
E.A.Golubeva ham ana shu fikriga qo'shilib, faollik va o'z-o'zini boshqarish intellektual samaradorlikning tayanch omillaridan biri ekanligini ta'kidlaydi va bunga yana mehnat qobiliyatini ham qo'shadi.
Intellekt tabiatiga qobiliyat sifatida qarashda jon bor. Mazkur muamoga inson psixikasida onglilik va ongsizlikning nisbati nazaridan qaralsa, u yaqqol ko'zga tashlanadi. Muammoning hal etilishi turli darajalarda yetakchi rol o'ynaydi. Agar masalani qo'yilishi va hal qilinishi bosqichida ong yetakchilik qilsa, "g'oyalar inkubatsiyasi" bosqichida va gipotezaning tug'ilishi davrida ongsizlikning faolligi hal
May 3, 2024
264
qiluvchi rol o'ynaydi. Insoniyat kutilmagan kashfiyot, bashorat qilish vaqtida g'oya "kalit-qulf prinsipi" prinsipi bo'yicha "qisqacha to'xtab qolish" g'oya ong ichiga yorib kiradi, ana shu paytda yorqin emotsional kechinmalar yuz beradi. Gipotezalarni tanlash, tekshirish bosqichida esa yana ong yetakchi mavqeni egallaydi.
References / Adabiyotlar
1. 3.F. Еозиев Тафаккур психологияси. -Т: Уцитувчи 1991, 122-123-Б.
2. В.М. Каримова, "Психология" Уцув ^улланма Т. АДодирий номидаги хащ мероси нашриёти. 2002. 121-Б.
3. В.М. Каримова, Р.И.Суннатова, Р.Н.Тожибоева. Мустацил фикрлаш. Т.: Шарц, 2000, -Б. 50.
4 4. И.П. Иванов, М.Е. Зуфарова Умумий психология. Узбекистан файласуфлари Миллий Жамияти Нашриёти Т: 2009, 376-Б.
5 Begmurzayevich, D. B. (2022). O'quvchilarni Intellektual Rivojlantirishning Metodologik Asoslari. Ijodkor O 'qituvchi, 52-59.
6 Karimova, B. (2019). Possibilities Of Formation Of National Pride With Using Khadiths In The First-Year Pupils Of Orphanages. European Journal Of Research And Reflection In Educational S5.Ciences Vol, 7(11).
7 Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation Of National Pride Based On Hadiths In Primary School Children Of Houses Of Kindness. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.
8 Karimova, M.O., & Saidullaeva, A.R. (2020). Pedagogical Basis Of The Use Of Universal And National Values In The Spiritual Education Of Children In The Family. Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt/Egyptology, 17(7), 8547-8555.
265
^_May 3, 2024
International Scientific and Practical Conference