Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH ORQALI TARBIYALASH VA INTELLEKTUAL SALOHIYATLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (BOSHLANG‘ICH SINFLAR MISOLIDA)'

O‘QUVCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH ORQALI TARBIYALASH VA INTELLEKTUAL SALOHIYATLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (BOSHLANG‘ICH SINFLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3798
221
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Intellekt / motiv / motivotsion xulq / ta’lim / tarbiya / rag‘batlantirish / interfaol metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Dilnoza

Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda o‘quvchilarni rag‘batlantirish orqali tarbiyalash va ularning intellektual salohiyatlarini oshirishning pedagogik-psixologik jihatlari jahonning yetakchi pedagog va psixolog olimlari Sh.A.Amonashvili, E.G‘.G‘oziyev, M.G‘.Davletshin tajribalarini tahlil qilish orqali yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH ORQALI TARBIYALASH VA INTELLEKTUAL SALOHIYATLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (BOSHLANG‘ICH SINFLAR MISOLIDA)»

O'QUVCHILARNI RAG'BATLANTIRISH ORQALI TARBIYALASH VA INTELLEKTUAL SALOHIYATLARINI OSHIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (BOSHLANG'ICH SINFLAR MISOLIDA)

Axmedova Dilnoza

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Tayanch Doktoranti https://doi. org/10.5281/zenodo. 7927030

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim sifatini oshirishda o'quvchilarni rag'batlantirish orqali tarbiyalash va ularning intellektual salohiyatlarini oshirishning pedagogik-psixologik jihatlari jahonning yetakchi pedagog va psixolog olimlari Sh.A.Amonashvili, E.G'.G'oziyev, M.G'.Davletshin tajribalarini tahlilqilish orqaliyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Intellekt, motiv, motivotsion xulq, ta 'lim, tarbiya, rag'batlantirish, interfaol metodlar.

XXI asrda jahon miqyosida ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu ta'lim tizimida pedagoglar, jumladan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida metodik tayyorgarlik darajasini oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo'naltirilg an texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi.

O'quv tarbiya jarayonida bilim berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish, rivojlangan davlatlar ta'lim tajribalaridan maqsadli foydalanish - ta'lim sifati va samaradorligini kafolatlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan fan, mavzu va uning mazmunida o'rinli foydalanish ta'lim oluvchilarning qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini yuqori darajada bo'lishig a imkon yaratadi.Bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan yoshlargina jamiyatni barqaror istiqbolli kelajagini ta'minlay oladi.

Odamning intellekti ancha murakkab tuzilishga ega bo'ladi va faqat ko'plab fikrlash turlarini emas, balki har xil intellektual operatsiyalar, malaka va ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Intellekt individning ma'lum darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari tuzilishidan iboratdir. Intellektning mohiyati va taraqqiyotini tushuntirishda psixologiyada ikki xil qarash mavjud:

1. Intellekt - nasliy xususiyat, ya'ni avloddan avlodga o'tuvchi tug'ma xususiyat sifatida.

2. Intellekt - organizm imkoniyatlari va maqsadga muvofiq ta'lim tarbiya ta'sirida shakllanuvchi xususiyat sifatida.

Ta'lim va tarbiya berish jarayonida o'quvchilarni bilim va salohiyatlarini o'z o'rnida yetarlicha rag'batlantirib borish, nafaqat ta'lim sifatini oshirishga balki ularning o'ziga bo'lgan ishonchini ortishiga, liderlik xususiyatlarini shakllanishiga va eng asosiysi intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bola ruhiyatida sodir bo'ladigan ijobiy o'zgarishllarning eng katta va ahamiyatli sabablaridan biri shuki, ularning tengdoshlari orasida maqtovga sazovor bo'lishidir. O'ziga ishonchi ortgan o'quvchining bilim olishga bo'lgan qiziqishi kundan kun ortib boradi va bu o'z navbatida ularning intellektiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'quvchi intellektini rivojlantirish bo'yicha juda ko'plab olimlar ish olib borgan bo'lib, O'zbekistonda ulardan R.Toshimov, M.M.Mamatov, M.G.Davletshin, E.G'.G'oziyev,

B.R.Qodirov, G'.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.Z.Usmonova, Z.E.Nishonova, M.Vohidovlarning ilmiy ishlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir.

E.G'.G'oziyev O'zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan biridir. Muallifning fikriga ko'ra, inson tafakkuri o'zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. "Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan o'z oldiga konkret maqsad, yangi vazifalar qo'ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz qilishi, natijani ko'z oldiga keltira olishi, qo'yilgan vazifani hech kimning ko'magisiz, ko'rsatmasisiz o'zining aqliy izlanishi tufayli, turli yo'l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak"

M.G'.Davletshin aqliy tushunchalarni qobiliyat tushunchasi bilan bog'lab o'rgangan. Qobiliyat shakllanishi va rivojlanishi, birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sifatiga qarab, tegishli tabiiy zehn nishonalarini aniqlash yo'li bilan, ikkinchidan, mutaxassis rahbarligida sistemali faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo'li bilan, uchinchidan, umumlashgan aqliy operatsiyalarni shakllantirish yo'li bilan borishi kerakki, bu operatsiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o'zlashtirishni rejalashtirgan faoliyat bo'yicha malaka va ko'nikmalar hosil qilishni ta'minlasin. Bolalarda qobiliyatlarni o'sishi ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladi.

G'.B.Shoumarov mamlakat fuqarolarining aqliy saviyasiga alohida urg'u berib, har bir davlat, jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli o'z fuqarolarining saviyasi bilan belgilanishini e'tirof etadi. Jamiyat va fan-texnikaning rivojlanishida aql muhim omil va mezonlardan biridir. SHuningdek, SHoumarov har qanday insonparvarlik jamiyatida aqli zaiflarga e'tibor muhimligini uqtirib, aqli zaiflik omillarini markaziy asab tizimining organik buzilishi, shuning oqibatida bola bilish faoliyatining turg'un pasayishidir deydi.

O'quvchilarni rag'batlantirishning psixologik xususiyatlari haqida bir nechta olimlar o'zlarining ilmiy ishlarida juda muhim fikrlarni ilgari surgan bo'lib, yurtimiz olimlaridan J. Xasanboyev va X. To'raqulovlarning fikrlariga ko'ra: "Rag'batlantirish o'quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko'zda tutadi. Rag'batlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va g'ayrat bag'ishlaydi, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag' batlantiradi, o'z faoliyati va xulqiga mas'uliyatini oshiradi" - deb hisoblaydilar.

Rag'batlantirish metodlari turli xil bo'lib, ular tarkibiga ma'qullash, ko'ngil ko'tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og'zaki va yozma tashakkur bildirish, mukofotlash va boshqalar kiradi. Rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'Ilanilishi lozim. Har qanday rag'batlantirish o'qnvchining jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo'lishi kerak. Rag'batlantirish vaqtida o'quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o'rnini hisobga olish va u bitta o'quvchi uchun ketma-ket bo'lmasligi kerak. Doimiy ravishda haddan oshirib maqtash, jamo'aga nisbatan taqqoslash, talabchanlikni bo'shashtirib yuborish bular o'quvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Rag'batni tashkil etishda o'quvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi o'rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning o'ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.

Psixologiyada esa rag'batlantirish shaxsga nisbatan motivatsiya berish deb yuritiladi. Motiv va motivasiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o'ziga xos psixologik maktablar

vujudga kelgan bo'lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g'oyalar va yo'nalishlar mujassamlashdi. Psixologiyada "motiv" tushunchasi muayyan motiv, sabab, harakat, xatti-harakatni talab qiladi, shuning uchun ham o'quv motivlari o'quvchining faoliyat predmetiga munosabati, shu faoliyatga yo'naltirilishi sifatida aniqlanadi. Faoliyatning motivatsiyasi uni rag'batlantirish, ya'ni harakatga undash jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir.

O'quv faoliyatiga munosabatiga, mazmuniga ko'ra o'quv motivlari ichki va tashqi turlarga bo'linadi. Ichki motivlar ta'lim faoliyati mazmuni va uning jarayoni (kognitiv qiziqish, intellektual faoliyatga bo'lgan ehtiyoj, yaxshiroq natijaga erishish istagi va boshqalar) bilan bog'liq. Tashqi motivlar insonning tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini tavsiflaydi (talablar, maslahatlar, ko'rsatmalar va boshqalar).

Motivlarning ushbu tasnifiga ko'ra, o'quv faoliyatini rag'batlantirish usullari shartli ravishda kichik guruhlarga bo'linadi: kognitiv qiziqishni shakllantirish usullari va ta'limda burch va mas'uliyat hissini shakllantirish usullari.

Rus pedagogika-psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, SH.A. Amonashvili, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar. Ular o'zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining "quyi darajalari" ni o'rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisban namoyon bo'lish xususiyati, har xil sharoitda motivasiyaning kuchi to'g'risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo'zg'atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo'zg'atuvchilar, doayvalar paydo bo'lishiga asoslangan bo'lib, ular insonning organik eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg'unlashuvi tariqasida tashlil etiladi. Ularning ta'kidlashiga ko'ra, ikkilamchi qo'zg'ovchilar organik qo'zg'atuvchilarning go'yoki qobig'iga o'xshaydi, xolos.

Sh.A.Amonashvili rag'batlantirish metodiga quyidagicha ta'rif beradi. Rag'batlantirish -bu shaxsning harakatlariga yuqori baho berish orqali uning ijobiy ko'rinishlarini rag'batlantirish, insonning sa'y-harakatlari va harakatlarining boshqalar tomonidan e'tirof etilishidan zavq va quvonch hissini shakllantirish. Amonashvili texnologiyasidagi har bir pedagogik (muammoli) vaziyat o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi. Bolaga ta'lim va tarbiya mazmunining u yoki bu elementini taklif qilib, iste'dodli o'qituvchi uni nafaqat ushbu mazmunn i amalga oshirishga, balki uni ijtimoiy, hissiy, intellektual tajribasi bilan bog'lashga ham yo'naltiradi: nimani qabul qilish kerak? nimani rad etish kerak, nimani yana birinchi marta o'ylash kerak. Bu Amonashvilining texnologiyasidagi vaziyatlarni haqiqatan ham muammoli, rivojlanayotgan va qimmatli qiladi.

Maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi va bu yoshdagi bolalarning situatsion tajribasining o'ziga xos xususiyati shundaki, kattalar bilan muloqot qilishda bolalar hali ham ular uchun obro'li bo'lgan kattalarning baholariga kuchli intilishidir. Chunki ular atrofdagilar oldida o'zining kichik yutug'I uchun ham munosib rag'bat eshitishni hohlaydi. Bu esa ularda kelgusi faoliyatlarining ijobiy tomonga o'zgarishiga turtki bo'ladi. Agar rag'batlar yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda, interfaol usulda qo'llanilsa

o'quvchilarni bilim olishga bo'lgan qiziqishi ortishi bilan bir qatorda ulardagi intellektning rivojlanioshiga ham xizmat qiladi. Quyidao'quvchilar intellektini rivojlantiruvchi o'ziga xos rag'bat usullaridan birini taqdim etmoqchimiz.

Qo'shish (+)va ayirish(-) amallari yordamida rag'batlantirish

Bu metodni asosan 1-2-sinflar uchun qo'llash mumkin. Bunda kunning boshida o'qituvchi o'quvchilarning har biriga darsga o'z vaqtida kelib, darsliklari va maktab formalari joyidaligi uchun 3 ball deb yozilgan kartochkalar tarqatadi. Har bir o'quvchi darsni 3 ball bilan boshlaydi va o'qituvchi mazkur kun uchun eng minimal ball miqdorini belgilaydi. Masalan bugungi eng minimal to'planishi kerak bo'lgan ball 15 kabi.Har bir darslar davomida esa o'quvchilar +1 +2 +3 +4 +5 kabi kartochkalar orqali o'z balini ko'paytirib boradi. Darslar yakunida esa har bir o'quvchi o'zi to'plagan ballni hisoblaydi. Belgilangan ballga ega bo'lgan va eng ko'p ball to'plagan o'quvchilar mukofotlanadi. Berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmagan, darsga ma'suliyat bilan yondashmagan o'quvchilarga esa -1,-2,-3 kabi kartochkalar berish mumkin. Bunda 1-2-3- o'ringacha alohida mukofotlash va minimal ballni to'plagan o'quvchilarni ham birgalikda mukofotlash mumkin. Mukofot tarzida metodga mos ravishda "Eng tezkor hisobchi", "Al Xorazmiy izdoshi" kabi so'zlar tushirilgan logotiplarni berish maqsadga muvofiq sanaladi. Bu usulning afzalliklari shundaki o'quvchilarning og'zaki hisoblash malakalari rivojlanishi bilan bir qatorda berilgan imkoniyatdan unumli foydalanish, o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu usulni qo''laganda tartibbuzarlik qilgan, vazifalarni bajarmagan, qonun-qoidalarga amal qilmagan o'quvchilarning kartochkalari jazo sifatida olib qo'yilishi ham mumkin. O'qituvchi bergan 3 ballni ko'paytirish yoki kamaytirish uning o'z harakatlariga bog'liq ekanini o'quvchi anglab yetadi.

1-2-sinflar uchun

S

+4

V

r

S

+5

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, rag'batlantirish o'rtacha darajada qo'llanilishi kerak, shunda u foydali bo'ladi va o'quvchilarning harakatlari va harakatlari yo'naltirilgan yagona maqsadga aylanmaydi. Rag'batlantirish adolatli bo'lishi va har bir o'quvchiga teng sharoitlarda, ma'lum bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ifodalanishi kerak. Ya'ni, har birining yutuq darajasini o'z imkoniyatlari va qobiliyatlari bilan bog'lash kerak. Har qanday o'quvchining xatti-harakatlari yoki yutuqlarini rag'batlantirishga loyiqligini hal qilishda jamoaning fikrini hisobga olish yaxshi shakl hisoblanadi. Bu ushbu usulni qo'llashda eng katta ob'ektivlik va adolatni ta'minlaydi, shuningdek, bolalarni o'rtoqlarining faoliyatini tahlil qilish va baholashga o'rgatadi.Hozirgi vaqtda faoliyat va xulq-atvorni rag'batlantirish usullari deganda o'quvchilarning xatti-harakatlarini yaxshilashga va ularning ijobiy xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan shaxsning motivatsion maydoniga ta'sir qilish usullari tushuniladi. Inson faoliyati strukturasining turli xil tadqiqotlari har doim motivatsion

72

komponentga bo'lgan ehtiyojni ta'kidlaydi. Har qanday faoliyat, shu bilan birga, insonni faol, to'liq fidoyilik bilan harakat qilishga, muqarrar qiyinchiliklarni, noqulay sharoitlarni va boshqa vaziyatlarni yengib o'tishga, ko'zlangan maqsad sari astoydil harakat qilishga undasa, yanada samarali davom etadi va sifatli natijalar beradi. Bularning barchasi bevosita o'quv faoliyati bilan bog'liq bo'lib, agar o'quvchilar bilim olishga ijobiy munosabatda bo'lsa, ularda kognitiv qiziqish bo'lsa, bilim, ko'nikma va malakalarni egallash zarurati tug'ilsa, muvaffaqiyatga erishish ularning burchiga aylanadi va mas'uliyat hissi shakllanib boradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 592 b.

2. Innchenon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015.

3. J. Xasanboyev, X. To'raqulov va boshqalar "Pedagogika". Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent: «Noshir», 2011.

4. E.G'oziyev " Umumiy psixologiya". Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik I -kitob Toshkent - "Universitet" - 2002.

5. Qojaspirova G.M. Pedagogika: Seminar va o'quv-uslubiy materiallar. - M. VLADOS - 2003 yil.

6. Markova A.K., Matis T.A., Orlov A.B. O'rganish uchun motivatsiyani shakllantirish: o'qituvchi uchun kitob. - M .: Ta'lim. 1990 yil.

7. Rapatsevich E.S. Zamonaviy lug'at pedagogika bo'yicha. - M .: Zamonaviy so'z, 2001 yil.

8. Stolyarenko L. D. Pedagogik psixologiya... - Rostov, Feniks, 2006 yil.

9. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

10. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

11. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.