Научная статья на тему 'BO’LAJAK O`QITUVCHILARDA IJTIMOIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

BO’LAJAK O`QITUVCHILARDA IJTIMOIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

333
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talaba / intelekt / motiv / o’quv faoliyati / pedagogik holat / pedagogik fenomen / talaba / intelekt / motiv / o’quv faoliyati / pedagogik holat / pedagogik fenomen

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Arofatxon Maxkamovna Isaqova

Maqolada o’quvchilarning o’quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyani shaklllantirish asosida ta`lim yutuqlariga erishishning o’ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Ta`lim jarayonida ta`lim motivlari haqida nazariy va amaliy fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O`QITUVCHILARDA IJTIMOIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

BO'LAJAK OQITUVCHILARDA IJTIMOIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Arofatxon Maxkamovna Isaqova

Qoqon Davlat Pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi kata o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada o'quvchilarning o'quv faoliyatiga ijobiy motivatsiyani shaklllantirish asosida taTim yutuqlariga erishishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Ta lim jarayonida ta lim motivlari haqida nazariy va amaliy fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: talaba,intelekt, motiv, o'quv faoliyati, pedagogik holat, pedagogik fenomen

ABSTRACT

The article reveals the specifics of achieving educational achievements based on the formation of positive motivation of students for educational activities. Theoretical and practical views on the motives of learning in the educational process are expressed.

Keywords: student,intelekt, motive, educational activity, pedagogical state, pedagogical fenomenon.

Bugungi kunda ko'pchilik tadqiqotehilaming katta qiziqishini orttirgan masala ijtimoiy intellekt mavzusi bo'lib, mazkur muammoga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Inson hayoti va faoliyati davomida atrofdagilar bilan bo'lgan munosabatlarni samarali va ijobiy olib borishga intiladi. Bugungi kunda har bir sohada raqobatbardoshlikni talab qilinadigan bir paytda shaxslararo munosabatlarni ijobiy amalga oshirish bo'yicha ham qator muammolar ham ko'zga tashlanmoqda. Mazkur muammoga samarali yechim sifatida shaxsning ijtimoiylashuvini ta'minlash, ijtimoiy moslashuvchanlikni qaror toptirish talab etiladi

-Aqliy teranlik-muammoni boshqa hodisalar bilan o'zaro aloqadorlikda idrok etish qobiliyati

-Tezlik-muammolarni hal qilish tezligi, kasbga oid g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati

-Originaliik - yangi ilmiy g'oyalarni yaratishga bo'lgan intiiish

May 13

251

-Tirishqoqlik -doimo o'rganilayotgan muammoning eng yaxshi echimmini topish ehtiyoji

Biroq, kishidagi tabiiy layoqat nishonalari mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta'minlamaydi. Kishi o'zidagi layoqat nishonalarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak, bu esa faqat shijoatli kasbiy faoliyat jarayonida amalga oshirilishi mumkin.

Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi.

-Qobiliyat ko'rsatkichlari

-Ko'nikmalarni egallash tezligi .Erishilgan yutuqlar sifati

-Qobiliyatlar-insonning ma'lum faoliyat talablariga javob beruvchi va uning muvaffaqiyatli bajarilishining shartihi soblanuvchi individual-psixologik xususiyatlardir

-UMUMIY QOBILIYATLAR: aqliy faollik;tanqidiylik; tizimiylik;tahlil qilish;reaksiya tezligi;sintezlash;diqqatni jamlash;e'tiborlilik;

-MAXSUS QOBILIYATLAR: tashkilotchilik; injenertexnik; loyixalashtirish; matematik; ijodiy; badiiy;musiqaviy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng yuqori darajasi - TALANT

Barcha mutaxassisliklarda bo'lgani kabi o'qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat - uning shaxsiy istedod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda subektiv shart -sharoitlar yaratadi.

Kishining qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega.

Qobiliyatli o'qituvchiga pedagogik faoliyat va mehnat yengilroq bo'ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur-halovat bag'ishlaydi.

Qobiliyat bilim, ko'nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustaxkamligida namoyon bo'ladi.

O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaf-faqiyatli bo'lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bog'liq. O'qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma'naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo'ladi. Buning muvaffaqiyati o'qituvchilarning pedagogik qobiliyatiga bog'liq.

O'quvchilar bilan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o'rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o'ziga ishontira olish va jalb qilish - o'qituvchi kom-munikativ qobiliyatining asosiy mohiyati bo'lib, bunda bevosita o'qi-tuvchi bilan bog'liq bo'lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, ma'lum bir qolipdan chiqishi mumkin bo'lmagan muomala turlari va shartlari

May 13

252

mavjud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o'quvchilar bilan aloqa o'rnatishning shakl va uslublariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o'qituvchi va o'quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi, o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat.

So'z bilan og'zaki ta'sir qilishda o'qituvchi nutqi nihoyatda muxtasar, ravon, va muloyim bo'lishi, intonatsiyalar o'z o'rnida ishlatilishi kerak. So'z bilan og'zaki ta'sir o'tkazish qudrati SHarq xalqlarida azaldan ma'lum bo'lgan.

Hozirgi davrda o'qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ munosabatlarda so'z bilan og'zaki ta'sir etish nihoyatda xilma xil bo'lib, bevosita pedagogik ta'sir ko'rsatishning nisbatan mustaqil ko'rinishini o'zida mujassamlashtiradi. Bilish, anglash, ekspressiv (his-tuyg'uga berilish holati), ijtimoiy an'anaviy muloqot, inson holatini so'zsiz tushunish, dilkashlik o'qituvchining pedagogik faoliyatida uchraydigan doimiy takrorlanib turadigan kommunikativ munosabatlarning turlaridir.

O'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir nechta ko'rinishda namoyon bo'ladi:

-o'qituvchining o'quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi;

- ular bilan o'zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;

- o'quvchiga bevosita ta'sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi;

- o'z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o'zini-o'zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;

-o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik.

Modomiki, shunday ekan, ta'kidlash lozimki, o'qituvchining mulo-qoti kasbiy-ijodiy kategoriya bo'lib, pedagogik faoliyatda o'qituvchi tomonidan ko'plab kommunikativ vazifalarni hal qilish jarayoni va ijobiy natijalar majmuasidir. O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta'sir o'tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi materialni tushuntirishda, o'quvchiga aybi uchun dashnom berishda.

Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e'tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so'rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod -iltimos qilish. Biroq, bevosita so'raladigan narsa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta'minlaydigan dastlabki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma'lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz,

muloqotingizdagi obektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga

May 13

oshirasiz, keyin esa bevosita ta'sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foydalaniladigan har bir ta'sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta'limotga ega bo'lishi kerak.

Kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo'ladi va belgilangan natijalarni bermaydi.

Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o'z asarlarida o'qituvchining kasbiy fazilati to'g'risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma'lum bir o'ziga xos rolni o'ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o'ynashni bilmaydigan o'qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma'lum ma'noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe'limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo'lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko'ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg'ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo'l qo'yib bo'lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko'ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo'lsa, pedagog ham ko'ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo'ladi. O'quvchig a ba'zan muloqotda ko'ngil azobini namoyish etishga to'gri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o'ynashni ham bilishi kerak.

Ijtimoiy intellekt tushunchasi birinchi marta 1920 yili E.Torndayk tomonidan fanga kiritilgan. U mazkur tushunchani "shaxslararo munosabatlarda ongli, o'ylab, oqilona harakatlar bilan muloqotda bo'lish", deb tushuntirgan. E.Torndayk ijtimoiy ong(aql)ni odamlar bilan muloqotning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan o'ziga xos kognitiv qobiliyat deb hisoblagan. Ijtimoiy aqlning asosiy vazifasi muloqot jarayonidagi hatti-harakatlarni oldindan his eta olishdir. Ijtimoiy intellekt umumiy intellektning bir turi hisoblanadi

"Intellekt" lotin tilidan olingan bo'lib, aql, idrok, zehn ma'nolarini anglatadi. Intellekt insonning bilish qobiliyati, fikrlash, anglash, tafakkur qilish salohiyatini belgilaydi. U ma'naviyatga yaqin bo'lib, insonning ruhiy hissiy tuyg'usi, bilish qobiliyati va aql-zakovati, aqliy yetukligi va yuksaklikka intilishi bilan uyg'unlashadi."Pedagogika" entsiklopediyasida intellekt tushunchasi quyidagi talqin qilingan: Intellekt kishilarning aqli, idroki, zakovati, ma'naviy jihatdan yetuklik darajasini ham ifodalaydi; tasavvur, idrok,sinchikovlik orqali jamlangan materialni bilish usullari (taqqoslash, abstraktsiya, tushuncha, hukm va.h.k.) orqali asosli bilimga ega bo'lish yoki mavjud bilimni tanqidiy tahlil etish qobiliyatini ham anglatadi. Tafakkur tarixida intellekt to'g'risidagi fikr-mulohazalar turlicha bo'lgan. Intellekt ma'naviyatga taluqli bo'lgani uchun ruhiy holat mahsuli sifatida irodadan ustun turadi,

May 13

254

degan tasavvurlar mavjud. Intellektual resurs insonlarda bilim, hayotiy tajriba va idrok hamda zehn asosida, avvalo, o'z aqliy omilkorlik salohiyatini, turmush tarzini turli yo'nalish va shakllarda yanada boyitish, uning yangi qirralarini ochish, mukammallashtirish imkoniyatidir .

Ijtimoiy intellektning yuzaga kelishida umumiy intellektning barcha elementlari bevosita ishtirok etadi: tafakkur, tafakkur turlari analiz, sintez, hayol, taqqoslash, xotira va uning turlari. Ijtimoiy intellekt tushunchasiga oid qarashlar tarixiy asosga ega bo'lib, eng qadimgi yozma manbalardanoq bunga guvoh bo'lish mumkin. Jumladan, zardo'shtiylik dinining muqaddas kitobi - "Avesto"da ijtimoiy intellektning mohiyatini ochib beruvchi qator ma'lumotlarga guvoh bo'lish mumkin. Pedagog olima S.Nishonova o'zining "Komil inson tarbiyasi" monografik asarida eng qadim zamonlardan boshlab insonni shakllantirishning mezoni sifatida: aqliy yetuklik - sog'lom fikr, yuqori iste'dod, salohiyat; ma'naviy-axloqiy yuksaklik; jismoniy yetuklik - badan tarbiyasi, dilbarlik tarbiyasi; nafosat tarbiyasiga ajdodlarimiz alohida ahamiyat qaratganligini ta'kidlab, "Avesto"da - inson mehnati tufayli barcha yomon hislat, yomonlik hamda yovuzliklardan qutulish mumkinligi asosiy g'oya sifatida ilgari surilgan ligini qayd etib o'tgan.

Ijtimoiy intellekt muammosi respublikamiz psixolog va pedagog olimlari tomonidan ham o'rganilganligini e'tirof etish o'rinli. Ammo muammoga ijtimoiy intellekt tusi berilgan bo'lmasa-da, uning asosiy komponentlari hisoblangan shaxslararo munosabat, pedagogik muloqotga qobiliyatlilik, o'zaro bir-biri tushunish va idrok etish, pedagogik hamkorlik va faoliyatni boshqarish masalalari o'rganilganligini e'tirof etish zarur. O'zbekistonlik olimlardan , H.Abdukarimov, A.Mamajonov, N.Muslimov, B.Rahimov, N.Sayidahmedov, O'.Tolipov, Sh.Sharipov, N.Shodiev, Ya.Haydarov, O.Haydarova, F.Yuzlikaevlar tomonidan tomonidan hamkorlik pedagogikasi masalalari, o'quvchilarda o'zaro do'stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko'rsatish ko'nikmalarini shakllantirish strategiyalari, o'quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari yoritib berilgan. Hozirgi vaqtda ijtimoiy intellektga doir tadqiqotlar ta'lim muammolari bilan bog'liqlikda amalga oshirilib, uning turli jihatlari o'rganilib, bahs doirasi chuqurlashib, kengayib bormoqda. Insonning madaniy-ijtimoiy shartlangan xulq-atvori bilan bog'liqlikda ijtimoiy intellekt bilan bog'liq qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Turli davlat tadqiqotchilari tomonidan ijtimoiy intellektning muqobili sifatida "madaniy intellekt"ning bir qancha modellari ishlab chiqilgan. Ayniqsa, uni o'lchash uchun maxsus vosita - "madaniy intellekt shkalasi"

May 13

255

yaratilgan (S. Ang, L. Van Dyne, K. Koch, 2003). Hozirgi vaqtda pedagog va jamoatchilikni bolalar va o'smirlarning agressiv xulq-atvori, ularga psixologik bosim o'tkazish - bulling muammosi ayniqsa, tashvishga solmoqda. Qator tadqiqotchilar o'zlarining ishlarini ijtimoiy intellekt va bolalar agressivligi bilan aloqador muammolariga bag'ishlagan.

REFERENCES

1.Elyorjon. "Secondary School Students Independent Education." INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Vol. 2. 2021.LOGIES. Vol.

2. 2021. Yuldashev, E. (2021).

2.Azamovna, Ismoilova Gulbaxor. "DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE ON THE BASIS OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 165-170.

3.Azamovna, Ismoilova Gulbaxor. "DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE ON THE BASIS OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 165-170.

4.Akramovna, Ortiqova Nargiza. "Innovative Possibilities of Pedagogical Forecasting." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 11 (2021): 189-191.

5-Aminovna, Feruza Turakulova, and Arofat Isakova Makhkamovna. "Technology Of Methodical Preparation of Future Primary School Teachers for Qualification Practice." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 4 (2022): 185-188.

6-Aminovna, Turakulova Feruza, and Isakova Arofat Makhkamovna. "Technology of Working with Text in the Organization of Independent Learning of Students." European Multidisciplinary Journal of Modern Science 5 (2022): 317-321.

7-Sultonov, Sherzod Elmuratovich. "PEDAGOG-KADR KOMPETENSIYASI TA'LIM JARAYONINING SAMARADORLIGINI TA'MINLASH ZARURIYATI SIFATIDA." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.7 (2022): 60-63.

8-Yuldashev, Elyorjon. "Secondary School Students Independent Education." INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Vol. 2. 2021.

® ©

May 131

©

256

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.