JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
Исмаилов Сайдиганиходжа Ибрагимович
д.м.н., профессор, заведующий кафедры эндокринологии и детской эндокринологии Ташкентского педиатрического медицинского института, Ташкент, Узбекистан Отабек Сабирович Юлдашев базовый докторант Ташкентской медицинской академии, Ташкент, Узбекистан Таджибоева Дилдора Мавлонбердиевна Ассистент Ургенчского филиала Ташкентской медицинской академии, Ургенч, Узбекистан Султанов Шерзод Бахадирович Ассистент Ургенчского филиала Ташкентской медицинской академии, Ургенч, Узбекистан
ИНСУЛИНОРЕЗИСТЕНТНОСТЬ У БОЛЬНЫХ МАСТОПАТИЯМИ И ЕЕ ВЛИЯНИЕ НА КЛИНИЧЕСКОЕ ТЕЧЕНИЕ
МАСТОПАТИИ
For citation: Saidiganikhodja I.I., Otabek S.Y., Tojiboeva D.M., Sultanov Sh.B. INSULINORESISTANCE IN PATIENTS WITH MASTOPATHY AND ITS EFFECT ON THE CLINICAL COURSE OF MASTOPATHY. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 1, pp.36-39
http://dx. doi.org/10.5281/zenodo.6401135
АННОТАЦИЯ
Мастопатия является наиболее распространенным заболеванием у женщин, на долю которого приходится 90% всех заболеваний млекопитающих. Этиология фиброзно-кистозной мастопатии до конца не выяснена, но многие изученные факторы риска включают эндокринные нарушения, особенно резистентность к инсулину и заболевания щитовидной железы.
Цель. Изучить влияние метформина на частоту инсулинорезистентности и клиническое течение мастопатии у больных ФКМ. Материалы и методы исследования. Источником исследования послужили 71 женщины детородного возраста (18-49 лет), находившиеся на лечении на базе Ургенчского филиала Ташкентской медицинской академии на основании диагноза фиброзно-кистозная мастопатия. Средний возраст пациентов составил 34,2 ± 0,4 года. Пациенты имели средний индекс массы тела 31,4±2,54 кг/м2 и индекс NOMA 3,2±0,25.
Всем женщинам было выполнено УЗИ молочных желез и щитовидной железы (УТТ) на ультразвуковом аппарате MINDRAY DC 60 (Япония) с частотой 7,5 МГц.
Заключение. Существует сильная корреляция между снижением инсулинорезистентности и клиническим течением мастопатии (r<0,001). Выявлена достоверная корреляция между приемом метформина у женщин с инсулинорезистентной мастопатией и снижением категории УЗИ по BIRADS (r<0,05).
Ключевые слова: мастопатия, масталгия, инсулинорезистентность, метформин.
Saidiganikhodja Ibragimovich Ismailov
Department of Endocrinology and Pediatric Endocrinology of the Tashkent Pediatric Medical Institute Tashkent, Uzbekistan Otabek Sabirovich Yuldashev basic doctoral student of the Tashkent Medical Academy, Tashkent, Uzbekistan Tojiboeva Dildora Mavlonberdievna Assistant of the Urganch brach of Tashkent Medical Academy, Urganch, Uzbekistan Sultanov Sherzod Baxodirovich Assistant of the Urganch brach of Tashkent Medical Academy, Urganch, Uzbekistan
#
INSULINORESISTANCE IN PATIENTS WITH MASTOPATHY AND ITS EFFECT ON THE CLINICAL COURSE OF
MASTOPATHY
ANNOTATION
Mastopathy is the most common disease in women, accounting for 90% of all mammalian diseases. The etiology of fibrous cystic mastopathy has not been fully elucidated, but many studied risk factors include endocrine disorders, particularly insulin resistance and thyroid disease. The goal. To study the effect of metformin on the incidence of insulin resistance and the clinical course of mastopathy in patients with FCM. Research sources and methods. The source of the study was 71 women of childbearing age (18-49) treated on the basis of the Urgench branch of the Tashkent Medical Academy on the basis of a diagnosis of fibrous cystic mastopathy. The mean age of the patients was 34.2 ± 0.4 years. Patients had an average body mass index of 31.4 ± 2.54 kg / m2 and a NOMA index of 3.2 ± 0.25. All women underwent breast and thyroid ultrasound (UTT) using a 7.5 mHz MINDRAY DC 60 (Japan) ultrasound machine.
Conclusion. There is a strong correlation between decreased insulin resistance and the clinical course of mastopathy (r<0.001).
There is a reliable correlation between metformin intake in women with insulin-resistant mastopathy and a decrease in UTT BIRADS category
(r<0.05).
Keywords: mastopathy, mastalgia, insulinoresistance, metformin.
Saidiganxodja Ibragimovich Ismailov
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi mudiri, t.f.d., professor. Toshkent, O'zbekiston Otabek Sabirovich Yuldashev Toshkent tibbiyot akademiyasi tayanch doktoranti Toshkent, O'zbekiston Tojiboeva Dildora Mavlonberdievna Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali assistenti
Urganch, O'zbekiston Sultanov Sherzod Baxodirovich Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali assistenti
Urganch, O'zbekiston
MASTOPATIYA BILAN KASALLARDA INSULINOREZISTENTLIK VA UNING MASTOPATIYA KLINIK
KECHISHIGA TASIRI
ANNOTATSIYA
Mastopatiya - ayollaming eng keng tarqalgan kasalligi bo'lib, mammologiyadagi kasalliklar oqimining 90% ini tashkil etadi. Fibroz kistoz mastopatiya etiologiyasi oxirigacha aniqlanmagan bo'lib, lekin ko'p o'rganilgan xavf omillariga endokrin buzilishlar, xususan insulinorezistentlik va qalqonsimon bez kasalliklari kiradi.
Maqsad. FKM bemorlardagi insulinorezistentlik uchrashi va mastopatiyaning klinik kechishiga metformin tasirini o'rganish. Tadqiqot manbasi va usullari. Tadqiqot manbasi sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bazasida fibroz kistoz mastopatiya tashxisi asosida davolangan 71 ta fertil (18 - 49) yoshdagi ayollar olindi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 34,2±0,4 yoshni tashkil etdi. Bemorlarda tana vazni indeksi o'rtacha 31,4 ±2,54 kg/m2 ni, HOMA indeksi 3,2 ± 0,25 tashkil qildi.
Barcha ayollarda qalqonsimon bezi 7,5 mGts chastotali MINDRAY DC 60 (Yaponiya) ultratovush apparati yordamida sut bezi va qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi (UTT) o'tkazildi.
Xulosa. Insulinorezistentlikning kamayishi va mastopatiya klinik kechishi orasida kuchli ishonchli bog'liqlik mavjud (p<0,001). Insulinorezistenlik bilan kechuvchi mastopatiyasi bor ayollarda metformin qabul qilish va UTT xulosasi BIRADS toifasining kamayishi orasida ishonchli bog'liqlik mavjud (p<0,05).
Kalit so'zlar: mastopatiya, mastalgiya, insulinorezistentlik, metformin.
Kirish. Sut bezi diffuz disgormonal displaziyasi (mastopatiya) - sut bezi yaxshi sifatli kasalliklarining keng tarqalgani bo'lib, mammologga murojatlarning 90 % ni tashkil etadi [3-4].
Amerika patologlar jamiyati (college of american Pathologists) ma'lumotlari bo'yicha [6] mastopatiyalarning atipiyasiz shakllari sut bezi saratoni rivojlanish xavfini 1,5 - 2 martaga, atipiya bilan kechuvchi shakllari esa 4 - 5 martaga oshiradi.
Sut bezining ko'p uchrovchi patologiyasi hisoblangan fibroz kistoz mastopatiyaning rivojlanish mexanizmlari, zamonaviy tashhislash, davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqish tadqiq qilish zarur masalalardan hisoblanadi [5].
Mastopatiya etiologiyasi bo'yicha bir qancha endokrin va endokrin bo'lmagan nazariyalar taklif qilingan [10].
Sut bezidagi giperplastik jarayonlar va neoplastik transformatsiya asosidagi havf omillariga uglevod almashinuvi buzilishlari, giperinsulinemiya, insulin retseptorlari, insulinsimon o'sish omili (iO'O-1) va uning retseptorilarining giperekspressiyasi [7,8,9], sut bezidagi aromataza faolligi ortishi kiradi [12]. Gipotireozdagi mastopatiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin gormonal o'zgarishlarga insulinorezistentlik va giperinsulinemiya hisobiga tana vazni ortishi sanaladi. Tanada yog' to'qimasining ortishining metabolik o'zgarishlaridan biri insulinga sezgirlikning pasayishi hisobiga yuzaga keluvchi insulinorezistentlik hisoblanadi [11]. Bu rezistentlik qon zardobi tarkibidagi insulin miqdori ortishi, giperinsulinemiyaga olib
keladi. Insulin ko'plab to'qimalar, xususan sut bezi to'qimasi uchun o'sish omili sanalib, mitogen faollikni oshiradi, hamda insulin tasirida esterogen sintezi stimullash orqali sut bezi saratoni havfi ortadi. Ko'plab tadqiqotlarda sut bezi saratoni va insulinning miqdori orasidagi bog'liqlik tasdiqlangan [13]. Lekin bunday assotsiatsiya mastopatiyalar orasida kam o'rganilgan [14].
Insulinorezistentlik bilan assotsirlangan FKM da SB to'qimasiga patogenetik tasir omillaridan biri biguanidlar, xususan metforminni qo'llashdir. J. Evans va b. birinchilardan bo'lib QD bemorlarda metforminni qo'llash yomon sifatli o'smalar rivojlanish ehtimolini kamayishini aniqlangan. Metforminning o'smaga qarshi tasirining hujayra ichi ishoni adenozin - monofosfat kinaza (AMFK) hisoblanadi. Uning faollanishi mTOr- (mammalian target of rapamycin) signal yo'lini ingibirlaydi. Natijada qator oqsillar sintezi ingibirlanishi hamda tsiklina D1 miqdori pasayib hujayra tsikli initsirlanadi [15].
Hozirgi kunda metforminni SBS ni davolashda qo'llashga qaratilgan klinik tekshiruvlar o'tkazilmoqda [149], hatto uglevod almashinuvida buzilish bo'lmagan bemorlarda ham noadyuvant terapiya yo'riqnomalariga kiritilmoqda (METTEN study, 2010). Shuni etiborga olgan holda SBS ning ikkilamchi profilaktikasi va FKM ni davolashda biguanidlarni qo'llashga qiziqishlar ko'paymoqda [5].
Lekin FKM klinik kechishi va insulinorezistentlik orasidagi bog'liqlik hamda unga metforminning tasiri kam o'rganilgan.
Maqsad. FKM bemorlardagi insulinorezistentlik uchrashi va mastopatiyaning
klinik kechishiga metformin tasirini o'rganish.
Tadqiqot manbasi va usullari. Tadqiqot manbasi sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bazasida fibroz kistoz mastopatiya tashxisi asosida davolangan 71 ta fertil (18 - 49) yoshdagi ayollar olindi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 34,2±0,4 yoshni tashkil etdi. Bemorlarda tana vazni indeksi o'rtacha 31,4 ±2,54 kg/m2 ni, HOMA indeksi 3,2 ± 0,25 tashkil qildi.
Barcha ayollarda qalqonsimon bezi 7,5 mGts chastotali MINDRAY DC 60 (Yaponiya) ultratovush apparati yordamida sut bezi va qalqonsimon bez ultratovush tekshiruvi (UTT) o'tkazildi.
Barcha ayollar hayz siklining 5-10 kunlari MINDRAY - DC 60 chastotasi 7,5.
MGts bo'lgan chiziqli datchik yordamida sut bezlari UTT o'tkazildi. Sut bezida diffuz yoki lokal og'riq, nohush sezgi, siqib ko'rilganda ajralma kelgan holda lozim topilgan holatda Fujifilm Amulet S raqamli rentgen apparatida ikkita standart proektsiyada mammografiya teshshiruvi o'tkazildi. Olingan barcha xulosalar BIRADS tizmi bo'yicha baholandi. UTT da ACR TIRADS va BIRADS tizimida yuqori toifaga mansub bemorlardan ingichka ignali aspiratsion biopsiya (INAB) olindi.
Qon zardobidagi gormonlarni tekshirish uchun radioimmunologik tekshiruvlar, Xitoyda ishlab chikarilgan «MINDRAY 96A» immuno
Bemorlardagi mastopatiyaning kechishi
ferment analizatori (IFA) tijorat test-to'plamlari yordamida, hamda «MAGLUMI X3» immunoxemilyuminetsent (IXLA) analizatorida o'tkazildi.
Mastalgiyani ifodalashda og'riqni ifodalashning sonli reyting shkalasi (Numeric rating Scale for pain, NRS) dan foydalanildi. Ushbu shkala og'riqlarni ifodalashda foydalanadigan vizual analog shkala (Visual Analog Scale for pain, VAS) ning raqamlar bilan ifodalangan shakli hisoblanadi. Og'riqlarning sonli reyting shkalasi bemor va kuzatuvchi uchun oson baholash usuli bo'lib, bunda og'riq intensivligi va davomiyligigina hisobga olinadi [230].
U 1 dan 10 gacha bo'lgan raqamlarning gorizontal shaklda yozilgan chiziqdan iborat. Bunda 0 - «og'riq mavjud emas», 1-3 - «kuchsiz og'riq», 4-6 - «o'rtacha intensivlikdagi og'riq» va 7-10 - «kuchli intensiv og'riq» deb qabul qilinadi.
Bunda bemor kun davomida sezadigan og'riqni 1 daqiqa ichida sonlarda ifodalaydi. Og'riqni ifodalash og'zaki ko'rinishda, hatto telefon orqali ham amalga oshirish mumkin. Davo samarasini baholash uchun og'riq dinamik kuzatuv davomida yana qayta baholandi.
Natijalar. Tadqiqotda dastlab insulinorezistenlik aniqlangan mastopatiya bilan kaallangan bemorlarda mastalgiyaning 3 ta darajasi o'rganildi (1 jadval).
1 jadval.
insulinorezistentlik orasidagi bog'liqlik
Giperinsulinizm Kuchsiz og'riq O'rtacha og'riq Kuchli og'riq Jami
abs M±m% abs M±m% abs M±m%
29 40,85±1,83 25 35,21±1,67 17 23,94±1,06 71
Bemorlarda uchrovchi giperinsulinizm hamda mastopatiyaning mastopatiya sust, kuchsiz og'riq sindromi bilan, 25 tasi (35,21±1,67%) klinik kechishi orasidagi bog'liqlik o'rganganimizda aniqlandiki, da o'rtacha og'riqlar bilan kechsa, 17 tasida (23,94±1,06%) da kuchli, giperinsulinizm aniqlangan 71 ta bemorning 29 tasi (40,85±1,83%) da intensiv og'riqlar bilan kechishi aniqlandi p>0,05.
2 jadval
Insulinorezistentlik kamayishi va mastopatiya klinik belgilari orasidagi korrelyatsion bog'liqlik._
abs Insulin Р HOMA indeksi P Ko'krakda og'riq davodan oldin Ko'krak da og'riq davodan keyin P BIRADS darajasi davodan oldin BIRADS darajasi davodan keyin P
davodan oldin davodan keyin davodan oldin davodan keyin
A 50 19,73±0,1 4 10,38±0 ,19 <0,001 4,38±0,32 2,31±0,49 <0,00 1 5,51±0,27 4,23±0,3 4 <0,00 1 3,48±0,12 2,83±0,13 <0,05
V 21 17,43±0,3 1 16,98±0 ,30 >0,05 3,87±0,13 3,73±0,33 >0,0 5 5,35±0,18 5,12±0,4 6 >0,05 3,43±0,13 3,13±0,83 >0,05
A. regulyar davo olgan B. regulyar davo olmagan
Ko'pchilik tadqiqotlarda mastopatiya kechishiga bemorlardagi insulinorezistentlik va giperinsulinizm omilining tasiri o'rganilgan ammo bizning mintaqadagi mastopatiya bilan kasallangan ayollarda ushbu holat o'rganilmagani bois tadqiqotimizning bir qismini giperinsulinizm va uning mastopatiya kechishiga tasirini aniqlashga qaratdik. Buning uchun tadqiqotdagi giperinsulinzm mavjud bemorlarni ikki guruhga ajratdik: insulinorezistentlikni bartaraf qilish uchun berilgan tavsiyalar (dieta, jismoniy faollik va metformin 1000 mg/sutkasiga) ga to'liq rioya qilib regulyar davo olgan (A) va to'liq rioya qilmagan, noregulyar davolangan (B) bemorlarga. Hamda dinamikada ulardagi qon zardobidagi insulin miqdori va sut bezlari UTT xulosasi BIRADS toifasi darajasi, hamda mastopatiya klinik kechishi nazoratga olindi.
A. Tavsiyalarga rioya qilib regulyar davo olgan bemorlarda davodan keyin qon zardobidagi insulin miqdori 19,73±0,14 mEd/ml. dan 10,38±0,19 mEd/ml.ga kamaygani aniqlangan (p<0,001) bo'lsa, HOMA indeksi 4,38±0,32 dan 2,31±0,49 ga kamaygani aniqlandi (p<0,001), og'riqning raqamli shkalasi xulosasi 5,51±0,27 dan 4,23±0,34 ko'rsatgichga kamaygani (p<0,001) aniqlandi. Xuddi shu bemorlar guruhida sut bezi UTT xulosasidagi BIRADS toifasi o'rtacha 3,48±0,12 dan 2,83±0,13 ko'rsatgichga kamaygani aniqlandi (p<0,05).
B. Tavsiyalarga rioya qilmagan bemorlarda davodan keyin qon zardobidagi insulin miqdori 17,43±0,31 mEd/ml. dan 16,98±0,30 mEd/ml.ga kamaygani aniqlangan (p>0,05) bo'lsa, HOMA indeksi 3,87±0,13 dan 3,73±0,33ga kamaygani aniqlandi (p<0,001),og'riqning raqamli shkalasi xulosasi 5,35±0,18 dan 5,12±0,46 ko'rsatgichga kamaygani (p >0,05 ) aniqlandi, hamda shu bemorlar guruhida sut bezi UTT xulosasidagi BIRADS toifasi o'rtacha 3,43±0,13 dan 3,13±0,83 ko'rsatgichga kamaygani aniqlandi (p >0,05 ).
Olingan natijalar muxokamasi:
Ko'plab tadqiqotlarda sut bezi saratoni va insulin miqdori orasidagi bog'liqlik tasdiqlangan. Lekin bunday assotsiatsiya mastopatiyalar orasida kam o'rganilgan [14].
Insulinorezistentlik bilan assotsirlangan FKM da SB to'qimasiga patogenetik tasir omillaridan biri biguanidlar, xususan metforminni qo'llashdir. J. Evans va b. birinchilardan bo'lib QD bemorlarda metforminni qo'llash yomon sifatli o'smalar rivojlanish ehtimolini kamayishini aniqlangan [17].
Hozirgi kunda metforminni SBS ni davolashda qo'llashga qaratilgan klinik tekshiruvlar o'tkazilmoqda [16], hatto uglevod almashinuvida buzilish bo'lmagan bemorlarda ham noadyuvant terapiya tavsiyanomalariga kiritilmoqda. (METTEN study, 2010).
FKM da metforminni qo'llashdan asosiy maqsad uning antiproleferativ va esterogen retseptorlari faolligini pasaytirish samarasidir. Hatto insulinorezistentligi mavjud bo'lmagan bemorlarda ham metforminni qo'llash orqali, qarish va hujayralar immortalizatsiyasini susayish holatlari kuzatilgan [19].
Gormonal buzilishlar bilan assotsirlangan, proliferatsiyaning haddan ortiq kuchayishi bilan tavsiflanadigan patologik holatlarni davolashga metforminni qo'shish tavsiya qilingan [18].
Ko'pchilik [9,18,19] tadqiqotlarda mastopatiya kechishiga bemorlardagi insulinorezistentlik va giperinsulinizm omilining tasiri o'rganilgan. Xususan E.V. Musina, I.Yu. Kogan [5] fibroz kistoz mastopatiyasi mavjud ayollarda metforminni qo'llash orqali mastopatiya klinik kechishida hamda UTT da sut bezi parinxemasi exogenligida sezilarli ijobiy dinamik o'zgarishlarni aniqlagan. Ular mastalgiyani og'riqni ifodalashda foydalanadigan vizual analog shkala (Visual Analog Scale for pain, VAS) yordamida o'rgangan va bemorlarni 3-6 oy davomida kuzatib, 6 oylik davodan keyin kuchli intensiv og'riqlar mavjud bemorlar qolmagani va o'rta intensivlikdagi og'riklar sezilarli kamaygani aniqlangan. Lekin ushbu tadqiqotda bemorlarda davo samarasini baxolashda xodisa nazorat usuli (nazorat guruhi) qo'llanilmagan.
Sadaf Alipour, Hadith Rastad [1] o'tkazgan tadqiqotlada esa 154 ta bemor metformin qabul qilgan (asosiy guruh) va qilmagan (nazorat gurux) 2 guruxga ajratilib o'rganilganda metformin qabul qilish -mastalgiyaga sezilarli kamaytirishiga qaramasda kistalarning o'lchamiga tasir qilmasligi kuzatilgan.
Ammo metforminning fibroadenomalar o'lchamlari kichrayishiga tasiri ko'rsatuvchi tadqiqotlar ham mavjud [2].
Bizni mintaqadagi mastopatiya bilan kasallangan ayollarda insulinoreistentlik va unga metforminning tasirini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun ham ilmiy ishimizning bir qismini giperinsulinizm va uning mastopatiya
References / Список литературы /Iqtiboslar
1. 2. 3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11. 12.
13.
14.
15.
16.
17.
18. 19.
kechishiga tasirini aniqlashga qaratdik. Aniqlandiki, 2 yil davomida ko'riklarda aniqlangan 184 ta fibroz kistoz mastopatiya kasallangan fertil yoshdagi ayollardan 71 tasi (38,58%) insulinorezistentlik holati kuzatildi. bemorlarni ikki guruhga ajratdik: insulinorezistentlikni bartaraf qilish uchun berilgan tavsiyalarga to'liq rioya qilib regulyar davo olgan (A) va to'liq rioya qilmagan (B) bemor guruxlariga ajratilib, ularda insulin miqdori, HOMA indeksi, BIRADS toifasi darajasi, hamda mastopatiya klinik kechishi orasidagi bog'liqlik o'rganildi. Boshkalardan farqli ravishda biz metoformin tasirida sut bezida UTT da BIRADS tizimi bo'yicha ham o'zgarishlar nisbatan yuqori toifadan kichikroq toifalarga o'zgarishini qayd etdik. Tavsiyalarga rioya qilib regulyar davo olgan bemorlarda davodan keyin BIRADS toifasi o'rtacha 3,48±0,12 dan 2,83±0,13 ko'rsatgichga kamaygani aniqlandi (p<0,05).
Mastopatiyaning klinik belgilaridagi o'zgarishlar bizdan oldingi olingan natijalarini tasdiqladi. Xususan og'riqning raqamli shkalasi xulosasi 5,51±0,27 dan 4,23±0,34 ko'rsatgichga kamaygani (p<0,001) aniqlandi.
Xulosa. Insulinorezistentlikning kamayishi va mastopatiya klinik kechishi orasida kuchli ishonchli bog'liqlik mavjud (p<0,001).
Insulinorezistenlik bilan kechuvchi mastopatiyasi bor ayollarda metformin qabul qilish va UTT xulosasi BIRADS toifasining kamayishi orasida ishonchli bog'liqlik mavjud (p<0,05).
Amaliy tavsiyalar: Mastopatiya bilan kasallangan bemorlar tekshiruv rejasiga qalqonsimon bez struktur funksional holatini va qon zardobidagi insulin miqdorini va HOMA indeksini tekshirishni va endokrinolog ko'rigini kiritish zarur;
1) Mastopatiya bilan kasallangan bemorlar davolash rejasiga ratsional ovqatlanish va jismoniy faollikni, zarur hollarda metforminni kiritish zarur;
Sadaf Alipour, Hadith Rastad Metformin in the management of fibrocystic breast disease: a placebo-controlled randomized clinical tria. DARU Journal of Pharmaceutical Sciences (2021) 29:389-396.
Sadaf Alipour, Mahboubeh Abedi. Metformin as a new option in the medical management of breast fibroadenoma; a randomized clinical trial BMC Endocrine Disorders (2021) 21:169 https://doi.org/10.1186/s12902-021-00824-4.
Кац И.П., Павлова Е.А., Ордиянц И.М. Роль генетических факторов и иммунных нарушений в развитии доброкачественных заболеваний молочных желез //материалы II Междисциплинарного форума «Медицина молочной железы». М.: Медиабюро Статус презенс, 2012. С. 27-31.
Figueroa JD, et al. Standardized measures of lobular involution and subsequent breast cancer risk among women with benign breast disease: a nested case-control study. Breast Cancer Research & Treatment 2016;159(1): 163-172.
Мусина Е.В., Коган И.Ю. Возможности применения бигуанидов при фиброзно-кистозной болезни у женщин репродуктивного возраста // Журнал акушерства и женских болезней. - 2019. - Т. 68. - № 3. - С. 35 - 40.
Silvera SAN, Rohan TE. Benign proliferative epithelial disorders of the breast: a review of the epidemiologic evidence. Breast Cancer Research and Treatment. 2007;110(3):397 - 409.
Vigneri P, Frasca F, Sciacca L, et al. Diabetes and cancer. Endocr Relat Cancer. 2009;16(4): 1103-1123.
Gonzalez - Angulo AM, Meric-Bernstam F. Metformin: a therapeutic opportunity in breast cancer. Clin Cancer Res. 2010;16(6):1695-1700. Boyd DB. Insulin and Cancer. Integr Cancer Ther. 2016;2(4): 315-329.
Tarique M. A Prospective Study on Prevalence of Hyperprolactinemia & Hypothyroidism in Benign Breast Diseases. Int Arch BioMed Clin Res. 2019;5(1): 18 - 19.
Gunter MJ, et al. Insulin, insulin-like growth factor-I, and risk of breast cancer in postmenopausal women. J Natl Cancer Inst 2009;101:48-60. Abstract/FREE Full TextGoogle Scholar.
Calle EE, Kaaks R. Overweight, obesity and cancer: epidemiological evidence and proposed mechanisms. Nat Rev Cancer. 2004;4(8): 579591.
Catsburg C., Gunter M.J., Chen C. et al. Insulin, estrogen, inflammatory markers, and risk of benign proliferative breast disease. Cancer Res 2014;74(12):3248—58.
Chelsea Catsburg, Marc J. Gunter, et al. Insulin, Estrogen, Inflammatory Markers, and Risk of Benign Proliferative Breast Disease Cancer Res; 74(12) June 15, 2014 DOI: 10.1158/0008-5472.CAN-13-3514.
Heckman - Stoddard BM, DeCensi A, Sahasrabuddhe VV, Ford LG. Repurposing metformin for the prevention of cancer and cancer recurrence. Diabetologia. 2017;60(9):1639-1647.
Dowling RJ, Niraula S, Stambolic V, Goodwin PJ. Metformin in cancer: translational challenges. J Mol Endocrinol. 2012;48(3):R31- 43. Heckman - Stoddard BM, DeCensi A, Sahasrabuddhe VV, Ford LG. Repurposing metformin for the prevention of cancer and cancer recurrence. Diabetologia. 2017;60(9):1639-1647.
Tu C, Ren X, He J, Zhang C, Chen R, Wang W, Li Z. The Value of LncRNA BCAR4 as a Prognostic Biomarker on Clinical Outcomes in
Human Cancers. J Cancer. 2019;10(24):5992-6002. [PMC free article] [PubMed].
Sonia Del Barco Metformin: Multi-faceted protection against cancer Oncotarget 2011; 2: 896 - 917.