Научная статья на тему 'ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ ВИТАМИН В12 ДЕФИЦИТНОЙ АНЕМИИ, СВЯЗАННОГО С HELICOBACTER PYLORI'

ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ ВИТАМИН В12 ДЕФИЦИТНОЙ АНЕМИИ, СВЯЗАННОГО С HELICOBACTER PYLORI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
257
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Helicobacter pylori / витамин В12-дефицитная анемия / витамин В12 / интерлейкин-6 / α-фактор некроза опухоли / Helicobacter pylori / vitamin B12 deficiency anemia / vitamin B12 / interleukin-6 / tumor necrosis factor α.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Махмонов Лутфулла Сайдуллаевич, Исмаилова Шаходат Обидовна, Абдухоликов Ойбек Зиядулла Угли

В мире, в том числе и в Узбекистане, среди населения распространены желудочно-кишечные заболевания и анемия. В последние годы выявлено, что H. pylori, вызывающая гастродуоденальные заболевания, также играет важную роль в развитии анемии. Желудочнокишечные заболевания и анемия широко распространены среди населения нашей страны, как и всего мира. В данной статье предлагается новый подход к диагностике и лечению витамин-В12-дефицитной анемии, ассоциированной с Helicobacter pylori. В ней доказано, что лечение витамином В12 после антихеликобактерного лечения высокоэффективно у больных. Однако недостаточность кобаламина также сказывается и на состоянии органов сердечно-сосудистой системы. Установлена ее связь с повышенной частотой развития инфаркта миокарда, инсульта, застойной сердечной недостаточности, увеличенным риском рестеноза после коронарного шунтирования.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIAGNOSIS AND TREATMENT OF VITAMIN B12 DEFICIENCY ANEMIA ASSOCIATED WITH HELICOBACTER PYLORI

In the world, including in Uzbekistan, gastrointestinal diseases and anemia are common among the population. In recent years, it has been shown that H. pylori, which causes gastroduodenal diseases, also plays an important role in the development of anemia. Gastrointestinal diseases and anemia are widespread among the population of our country, as well as the whole world. This article proposes a new approach to the diagnosisand treatment of vitamin B12 deficiency anemia associated with Helicobacter pylori. It proved that the treatment of patients first with antiHelicobacter therapy, and then with vitamin B12 treatment is highly effective. However, cobalamin deficiency also affects the state of the organs of the cardiovascular system. It has been associated with an increased incidence of myocardial infarction, stroke, congestive heart failure, and an increased risk of restenosis after coronary bypass surgery.

Текст научной работы на тему «ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ ВИТАМИН В12 ДЕФИЦИТНОЙ АНЕМИИ, СВЯЗАННОГО С HELICOBACTER PYLORI»

JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ

Махмонов Лутфулла Сайдуллаевич

заведующий кафедрой гематологии Самаркандский государственный медицинский университет Самарканд, Узбекистан Исмаилова Шаходат Обидовна врач - лаборант Самаркандского областного многопрофильного медицинского центра Самарканд, Узбекистан Абдухоликов Ойбек Зиядулла угли врач кардиологического отделения многопрофильной клиники Ташкентской медицинской академии Ташкент, Узбекистан

ДИАГНОСТИКА И ЛЕЧЕНИЕ ВИТАМИН В12 ДЕФИЦИТНОЙ АНЕМИИ, СВЯЗАННОГО С HELICOBACTER PYLORI

For citation: Makhmanov L.S., Ismoilova Sh.O., Abdukhalikov O.Z. DIAGNOSIS AND TREATMENT OF VITAMIN B12 DEFICIENCY ANEMIA ASSOCIATED WITH HELICOBACTER PYLORI. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 3, pp.43-53

d http: //dx. doi.org/10.5281/zenodo. 7145901

АННОТАЦИЯ

В мире, в том числе и в Узбекистане, среди населения распространены желудочно-кишечные заболевания и анемия. В последние годы выявлено, что H. pylori, вызывающая гастродуоденальные заболевания, также играет важную роль в развитии анемии. Желудочно-кишечные заболевания и анемия широко распространены среди населения нашей страны, как и всего мира. В данной статье предлагается новый подход к диагностике и лечению витамин-В12-дефицитной анемии, ассоциированной с Helicobacter pylori. В ней доказано, что лечение витамином В12 после антихеликобактерного лечения высокоэффективно у больных.

Однако недостаточность кобаламина также сказывается и на состоянии органов сердечно-сосудистой системы. Установлена ее связь с повышенной частотой развития инфаркта миокарда, инсульта, застойной сердечной недостаточности, увеличенным риском рестеноза после коронарного шунтирования.

Ключевые слова: Helicobacter pylori, витамин В12-дефицитная анемия, витамин В12, интерлейкин-6, а-фактор некроза опухоли.

Makhmonov Lutfulla Saidullaevich

head of the Department of Hematology Samarkand state medical University Samarkand, Uzbekistan Ismailova Shakhodat Obidovna doctor of laboratory of the Samarkand regional multidisciplinary medical center Samarkand, Uzbekistan Abdukholikov Oybek Ziyadulla ugli doctor of the cardiology department of multidisciplinary clinic Tashkent Medical Academy Tashkent, Uzbekistan

DIAGNOSIS AND TREATMENT OF VITAMIN B12 DEFICIENCY ANEMIA ASSOCIATED WITH HELICOBACTER PYLORI

ANNOTATION

In the world, including in Uzbekistan, gastrointestinal diseases and anemia are common among the population. In recent years, it has been shown that H. pylori, which causes gastroduodenal diseases, also plays an important role in the development of anemia. Gastrointestinal diseases and anemia are widespread among the population of our country, as well as the whole world. This article proposes a new approach to the diagnosis

and treatment of vitamin B12 deficiency anemia associated with Helicobacter pylori. It proved that the treatment of patients first with antiHelicobacter therapy, and then with vitamin B12 treatment is highly effective.

However, cobalamin deficiency also affects the state of the organs of the cardiovascular system. It has been associated with an increased incidence of myocardial infarction, stroke, congestive heart failure, and an increased risk of restenosis after coronary bypass surgery.

Keywords: Helicobacter pylori, vitamin B12 deficiency anemia, vitamin B12, interleukin-6, tumor necrosis factor a.

Maxmonov Lutfulla Saydullaevich

Samarkand Davlat Tibbiyot universiteti Gematologiya kafedrasi mudiri Samarqand, O'zbekiston Ismoilova Shaxodat Obidovna Samarkand Viloyat ko'p tarmokli Tibbiyot markazi vrach laboranti Samarqand, O'zbekiston Abduxoliqov Oybek Ziyadulla o'g'li Toshkent tibbiyot akademiyasi ko'p tarmoqli klinikasi kardiologiya bo'limi shifokori Toshkent, O'zbekiston

HELICOBACTER PYLORI BILAN ASSOTSIATSIYALANGAN VITAMIN B12 TANQISLIGI KAMQONLIGINI TASHXISLASH

VA DAVOLASH

Jahonda, shu jumladan O'zbekistonda ham oshqozon ichak kasalliklari va kamqonlik aholi orasida keng tarqalgan xastaliklar guruhiga kiradi. So'nggi yillarda gastroduodenal soha kasalliklariga sabab bo'luvchi H.Pylorini kamqonliklar yuzaga kelishida ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan. Oshqozon ichak kasalliklari va kamqonlik butun dunyodagi kabi mamlakatimizda ham aholi orasida keng tarqalgan. Ushbu maqolada Helicobacter pylori bilan assosiyalangan vitamin B12 tanqisligi kamqonligini tashxislash va davolashda yangicha yondoshuv tavsiya etilgan. Unda bemorlarda avval antixelikobakter muolajalarini o'tkazib undan so'ng vitamin B12 bilan davolash yuqori samara berishi isbotlangan.

Biroq, kobalamin etishmovchiligi yurak-qon tomir tizimi organlarining holatiga ham ta'sir qiladi. Bu miyokard infarkti, insult, konjestif yurak etishmovchiligi va koronar bypass operatsiyasidan keyin restenoz xavfi ortishi bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: Helicobacter pylori, vitamin B12 tanqisligi kamqonligi, vitamin B12, interleykin -6, a-o'sma nekrozi omili.

Jahonda, shu jumladan O'zbekistonda ham oshqozon ichak kasalliklari va kamqonlik aholi orasida keng tarqalgan xastaliklar guruhiga kiradi. So'nggi yillarda qator hollarda gastroduodenal (surunkali gastrit, oshqozon xamda 12 barmoq ichak yara kasalligi va boshqalar) soha kasalliklariga sabab bo'luvchi H.Pylori ekstragastroduodenal xastaliklarga ham olib kelishi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Ularda H.Pylori ta'sirida gematologik, metabolik, kardiovaskulyar, neyrodegenerativ va allergik kasalliklar yuzaga kelishi keltirilgan. Shuningdek, patologik jarayon rivojlanishining turli xil mexanizmlari, jumladan molekulyar va past faollikdagi yallig'lanish reaksiyasi induksiyalari ko'rsatilgan [2, 5,7,].

H.Pylori ekstragastroduodenal ta'sirida kelib chiquvchi kasalliklari orasida kamqonliklar alohida o'rin tutadi. Chunki, kamqonlik butun dunyodagi kabi mamlakatimizda ham aholi orasida keng tarqalgan.

Vitamin B12 tanqisligi va H.Pylori infeksiyasi orasidagi bog'liqlik 1984 y O.Connor va hammualliflar tomonidan aniqlangan. Ular A tipidagi gastritda va pernisioz kamqonlikka chalingan bemorlarda kampilobakterga o'xshash organizmlarni topishgan. Qator boshqa kuzatuvlarda ham H.Pylori va kamqonlik o'rtasida bog'liqlik mavjudligi ko'rsatilgan.

Sarari va hammualliflar kuzatuvlari davomida H.Pylori aniqlangan bemorlarning 67,4% vitamin B12 tanqisligi belgilarini aniqlashgan [12]. Shuval-Sudai va hammualliflar qon zardobida vitamin B12 pastki ko'rsatkichda bo'lgan bemorlarda H.Pylori ko'p tarqalganligini qayd etishgan.

Vitamin B12 so'rilish jarayonida oshqozon yetakchi o'rin tutadi. Oshqozon shirasi proteazalari va xlorid kisotasi ta'sirida oziq moddalardan vitamin B12 ajralishi va uning keyingi tashilishi uchun ichki omilga uzatilishi ro'y beradi. Ichki omil (oshqozon shirasi glikoproteinlari) oshqozonning fundal qismidagi parietal hujayralarida ishlab chiqariladi [1, 3, 10]. Shu sababli vitamin B12 tanqisligi kamqonligi shakllanishining sababi atrofik gastrit bo'lishi mumkin. Atrofik gastritning ikkita autoimmun jarayonlar ta'sirida va uzoq muddat Helicobacter pylorining persistirlanishi natijasida rivojlanadigan turlari mavjud [4].

C. Hershko va A. Ronson kamqonlikning yuzaga kelish etiologiyasi noma'lum bo'lgan 20-27 % bemorlarda autoimmun gastrit aniqlashgan va ularning 50% da faol Helicobacter pylori mavjudligini isbotlashgan [8].

Oshqozonda Helicobacter pylori koloniyalyarining ko'payishi shilliq qavatda surunkali yallig'lanish jarayonlarini chaqiradi. Buning natijasida uning plazmatik hujayralarida Helicobacter pylori infiltratsiyasi kuzatilib yallig'lanish sitokinlari ishlab chiqariladi va unga qarshi mahsus antitelalar ishlab chiqariladi. So'ngra Helicobacter pylori antitelalarining antigen mimikriyasi oshqozon parietal hujayralariga qarshi ta'sir ko'rsatadi va oqibatda uning antral qismida atrofiya yuzaga keladi [9]. Yapon olimlari tomonidan 118 ta Helicobacter pylori bilan assosirlangan atrofik gastrit mavjud bemorlar uzoq muddat, ya'ni 8 yil 6 oy kuzatilgan va bakteriyaning muvaffaqiyatli eradikasiyasi oshqozon, shu jumladan uning antral qismidagi atrofik jarayonlarni sezilarli kamaytirilganligini ko'rsatishgan [11].

So'ngi yillarda Helicobacter pylori idiopatik kamqonlik rivojlanishining boshlanish jarayonlarida yetakchi omilardan biri sifatida qaralmoqda [8, 6, 11]. G. Vitale va hammualliflar takidlashicha Helicobacter pylori eradikasiyasi qonda vitamin B12 ning oshishiga olib kelgan [13].

Qayd etilgan adabiyotlar tahlili H.Pylori infeksiyasi bilan kamqonlik orasida uzviy bog'liqlik borligini tasdiqlaydi.

Tadqiqot maqsadi: Helicobacter pylori bilan assosiyalangan vitamin B12 tanqisligi kamqonligini tashxislash va davolash.

Tadqiqot materiali va uslublari: Kuzatuvimizga vitamin B12 tanqisligi kamqonligi aniqlangan 90 nafar bemorlar jalb qilindi va ular ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruhni 60 nafar vitamin B12 tanqisligi kamqonligi mavjud bemorlar tashkil etdilar. Ushbu guruhdagi bemorlar o'z navbatida qondagi vitamin B12 va boshqa gematologik ko'rsatkichlar darajasi hamda oshqozon - ichak va asab tizimida aniqlangan belgilardan kelib chiqib yengil (qondagi vitamin B12 -127,8 pg/ml), o'rta og'ir (qondagi vitamin B12 - 94.3 pg/ml) va og'ir (qondagi vitamin B12 -73,03 pg/ml) guruhlarga ajratildi. Asosiy guruh bemorlariga dastlab Helicobacter pyloriga qarshi kompleks muolaja (amoksiklav + klaritromisin + ezemeprozol) va undan so'ng vitamin B12 kasallik og'irlik darajasidan kelib chiqib (engil darajada haftada 3 marta 1000 mkgdan mushak orasiga 2 xafta davomida, so'ngra 3 oyda bir marta 1000 mkgdan, o'rta og'ir darajada kun ora 1000 mkgdan mushak orasiga 3 xafta davomida, so'ngra bir oyda bir marotaba 2 oy va og'ir darajada kun ora 1000 mkgdan mushak orasiga 3 xafta davomida, so'ngra 2 oy davomida xaftada bir marotaba 1000 mkgdan)

buyurildi. Nazorat guruhini har biri 10 nafardan yengil, o'rta og'ir va og'ir darajadagi jami 30 nafar bemorlar tashkil etdi. Bu guruh bemorlar faqat vitamin B12 preparati qabul qilgan.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligining yengil darajasi tashxisi qo'yilgan birinchi kichik guruhdagi bemorlarning o'rtacha yoshi 37.4 ±2.33 yilga teng bo'lib, ularning 5 tasi (25%) erkaklar va 15 tasi (75%) ayollardan iborat bo'ldi. Nazorat guruhidagilarning yoshi 48.3±4.1 ularning 2 (20%) erkaklar, 8 (80%) ayollar edi.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligining o'rta og'ir darajasi tashxisi qo'yilgan ikkinchi kichik guruhdagi bemorlarning o'rtacha yoshi 43.6 ±3.3 yilga teng bo'lib, ularning 3 tasi (15%) erkaklar va 17 tasi (85%) ayollardan iborat bo'ldi. Nazorat guruhgidagilarning yoshi 53.2±3.05 ularning 2 (20%) erkaklar, 8 (80%) ayollar edi.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligining og'ir darajasi tashxisi qo'yilgan uchinchi kichik guruhdagi bemorlarning o'rtacha yoshi 47.4 ±2.5 yilga teng bo'lib, ularning 5 tasi (25%) erkaklar va 15 tasi (75%)

ayollardan iborat bo'ldi. Nazorat guruhidagilarning yoshi 42.9±3.71 yil, ularning 2 (20%) erkaklar, 8 (80%) ayollar edi.

Barcha guruhdagi bemorlarda antixelikobakter hamda antianemik muolajalar bilan bir qatorda ularning shikoyatlari, ob'ektiv ko'rik natijalari, laborator - asbobiy tekshirishlariga asoslangan holda ko'rsatmalardan kelib chiqib spazmolitiklar, gastroprotektorlar va boshqa dori guruhlari buyurildi.

Bemorlarda klinik, funksional, asbobiy

(ezofagogastroduodenoskopiya), qon zardobida Helicobacter pylori antitanachalari va vitamin B12 immunoferment, biokimyoviy (qon zardobida temir, transferrin, eruvchi transferrin reseptorlari, interleykin-6, , a-nekroz omili) va statistik usullar qo'llanildi.

Tadqiqot natijalarining tahlili. Kuzatuvimizdagi bemorlarda dastlab ularning shikoyatlari hamda sideropenik belgilar asosida kasallik og'irlik darajalari aniqlandi va o'rganildi.

1-jadvalda ushbu guruh bemorlarda kuzatilgan gastroenterologik shikoyatlar va belgilarning solishtirma ko'rsatkichlari keltirilgan.

Jadval 1

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning gastroenterologik

belgilarining solishtirma ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi р

Gastroentrologik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Epigastral sohada og'riq 5 (25%) 0*** 2(20%) 1 (10%) р>0.05

Epigastral soxada og'irlik va to'yish xissi 12 (60%) 2 (10%)*** 5 (50%) 4 (40%) р>0.05

Zarda qaynashi 14 (70%) 1 (5%)*** 6 (60%) 5 (50%) р>0.05

Kekirish 11 (55%) 0*** 5 (50%) 5 (50%) р>0.05

Ko'ngil aynishi 7 (35%) 0*** 3 (30%) 2 (20%) р>0.05

Qorin dam bo'lishi 11 (55%) 2 (10%)*** 5 (50%) 4 (40%) р>0.05

Qabziyat 18 (90%) 9 (45%)*** 8 (80%) 8(80%) р>0.05

Ichning mo'tadil bo'lmasligi 20 (100%) 7 (35%)*** 10 (100%) 10 (100%) р>0.05

Ishtaxa pasayishi 11 (55%) 0*** 6 (60%) 2 (20%)** р>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Asosiy va nazorat guruhlaridagi gastroenterologik belgilarning davolashgacha bo'lgan solishtirma tahlili ularni bir biridan ishonchli farq qilmasligini tasdiqladi.

O'tkazilgan anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12 bilan kompleks muolajalardan keyin asosiy guruh bemorlarida barcha shikoyatlar ishonchli ijobiy tomonga o'zgardi. Faqat vitamin B12 bilan muolajalar olib borilgan nazorat guruhida esa dinamikada faqat ishtaha pasayishidan boshqa shikoyatlardagi o'zgarishlar ishonchsiz bo'ldi.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan bemorlarning asosiy va nazorat guruhlarida kamqonlikni sideropenik

belgilari mavjudligi davolashdan oldin va keyin solishtirma o'rganildi (2- jadval). Unda keltirilganidek, asosiy va nazorat guruhlari orasidagi ko'rsatkichlar o'tkazilgan muolajalargacha solishtirilganda bir biridan ishonchli farq (p>0.05) qilmadi.

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12) davolashdan keyin bemorlarda aniqlangan kamqonlik belgilari davolashdan oldin va undan keyingi o'zgarishlar barcha hollarda yuqori ishonchli bo'lganligini ko'rsatdi.

Jadval 2

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan oldin va keyingi kamqonlik belgilarining dinamikadagi solishtirma o'zgarishlari

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi P

Anemik va sideropenik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Mushak xolsizligi va yuqori charchoq 9 (45%) 1 (5%)*** 5 (50%) 3 (30%)** Р>0.05

Jismoniy zo'riqishda havo yetishmaslik xissi 10 (50%) 0*** 4(40%) 3 (30%) Р>0.05

Bosh aylanishi 12 (60%) 0*** 5 (50%) 2 (20%)*** Р>0.05

Nevrologik belgilar (paresteziya, ataksiya, giperrefleksiya) 8 (40%) 0*** 4(40%) 2 (20%)*** Р>0.05

Uyqu buzilishi va eslash qobiliyatini pasayishi 9 (45%) 0*** 5 (50%) 4(40%) Р>0.05

Disfagiya 8 (40%) 0*** 3 (30%) 2 (20%) Р>0.05

Hid bilishning buzilishi 6 (30%) 0*** 2 (20%) 1 (10%) Р>0.05

Ta'm bilishning buzilishi 7 (35%) 0*** 3 (30%) 2 (20%) Р>0.05

Teri va shilliq qavatlarninig rangparligi 11 (55%) 1 (5%)*** 5 (50%) 4 (40%) Р>0.05

Taxikardiya, yurak cho'qqisida sistolik shovqin 15 (75%) 2(10%)*** 8 (80%) 5 (50%)*** Р>0.05

Teri qoplamalarining quruqligi 11 (55%) 1 (5%)*** 6 (60%) 5 (50%) Р>0.05

Tirnoqlarning sinuvchanligi 8 (40%) 2(100%)*** 3 (30%) 2 (20%) Р>0.05

Koylonixiya 5 (25%) 1 (5%)*** 2 (20%) 1 (10%) Р>0.05

Soch quruqligi va to'kilishi 14 (70%) 3 (15%)*** 7 (70%) 6 (60%) Р>0.05

Stomatit, glossit 11 (55%) 0*** 6 (60%) 4 (40%)*** Р>0.05

Izoh: r- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Nazorat, ya'ni faqat vitamin B12 preparati qabul qilgan guruhda esa jadvalda keltirilganidek, mushak xolsizligi va yuqori charchoq 50%dan 30%ga (p<0.01), bosh aylanishi 50%dan 20%ga (p<0.001), nevrologik belgilar (paresteziya, ataksiya, giperrefleksiya) 40%dan 20%ga (p<0.01), taxikardiya 80%dan 50%ga (p<0.001), stomatit va glossit 60%dan 40% ga (p<0.01) ishonchli kamayib, qolgan shikoyatlarda

ijobiy o'zgarishlar aniqlangan bo'lsa ham, ular orasidagi farq ishonchli bo'lmadi (2-jadval).

Birinchi kichik guruhning asosiy va nazorat guruhida o'tkazilgan ezofagogastroduodenoskopiya (EFGDS) aniqlangan ko'rsatkichlarni o'zaro solishtirma tahlili hamda davolashdan oldin va keyingi o'zgarishlari 3-jadvalda keltirilgan.

Jadval 3

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi mavjud asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan oldin va

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi P

Endoskopiya tekshiruvlari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gastrodu odenit Yuza 11 (55%) 2 (10%)*** 6 (60%) 7 (70%) Р>0.05

Eroziv 6 (30%) 0*** 3(30%) 2 (20%) Р>0.05

Atrofik 1 (5%) 0* 0 0 Р>0.05

Yara 2 (10%) 0*** 1 (10%) 1 (10%) Р>0.05

Joylashis hi Antral 16 (80%) 3 (15%)*** 9(90%) 8 (80%) Р>0.05

Pangastrik 1 (5%) 0* 0 0 Р>0.05

12 barmoq ichak 3 (15%) 1 (5%)** 1 (10%) 2(20%) Р>0.05

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Unga ko'ra asosiy va nazorat guruhlari o'rtasida muolajalargacha bo'lgan farqlar ishonchsiz bo'lib, bu guruhlar mos ravishda tanlanganligini tasdiqlaydi. Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin dinamikada barcha ko'rsatkichlar ishonchli bo'lib, bu davo samaradorligini yuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Asosiy guruhdan farqli o'laroq faqat vitamin B12 olgan nazorat guruhida o'zgarishlar ishonchli bo'lmay, bemor organizmida Helicobacter pylori ni saqlanishi uning yetakchi sababi deb qarashga asos bo'ladi.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan bemorlarda Helicobacter pylori antitanachalari qon zardobida aniqlandi. Asosiy guruhda ko'rsatkichlar davolashdan oldin va keyin mos ravishda

35.2±0.4 Yed/ml dan 18.5±0.4 Yed/ml ga (p<0.001) ishonchli kamaydi. Nazorat guruhida esa ushbu ko'rsatkich mos ravishda 30.9±2.15 Yed/ml dan 30.63±2.15 Yed/ml ga, atiga 0.3 Yed/ml kamayib ishonchli o'zgarish kuzatilmadi (p>0.05). Olingan natijalar asosiy guruhda anti Helicobacter pylori yordamida o'tkazilgan eradikasiya terapiyasidan so'ng vitamin B12 bilan muolajalar o'tkazilishi yuqori samara berganligini tasdiqlaydi.

Vitamin B12 tanqisligining yengil darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhida uni tasdiqlashda qo'llaniladigan laborator ko'rsatkichlar 4- jadvalda keltirilgan.

Jadval 4

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi ferrokenitik ko'rsatkichlarining davolashdan oldin va keyingi dinamikasi

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi P

Lobarator ko'rsatkich natijalari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gemoglobin g/l 90,15±1,5 124,25±1,6*** 93,1 ± 1,9 112,7 ± 1,9*** p>0.05

Eritrositlar x10 2,95±0,05 3,92±0,05*** 3,03±0,08 3,6± 0,09*** p>0.05

Rang ko'rsatkichi 0,9±0,004 0,89±0,01 0,9±0,001 0,9± 0,02 p>0.05

Qon zardobidagi vitamin B12 pg/ml 127,9±7,3 279,9±9,4*** 122,28±6,99 153,6±12,3* p>0.05

Zardobdagi temir mkmol'/l 18,02±0,05 22,2±7,1 16,35±0,96 15,22 ±0,99 p>0.05

Ferritin mkg/l 124,3±17,03 129,8±11,5 102,3±13,09 100,2±10,28 p>0.05

Transferrinni to'yinish darajasi 27,1% 28,1 % 23,2% 24,2 % p>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Unga ko'ra asosiy va nazorat guruhlarida qondagi temir, ferritin, transferrin tuyinish darajasi ko'rsatkichlari me'yorida bo'lib, qon zardobida vitamin B12 me'yor darajasidan pastligi aniqlandi. Shuningdek, giperxrom holat qayd etildi. Ushbu aniqlanganlar bemor qonidagi o'zgarishlar nafaqat ikkala guruhni o'zaro mos tanlanganligini balki ularda vitamin B12 tanqisligi kamqonligi mavjudligini tasdiqlaydi.

O'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin (avval anti Helicobacter pylori undan so'ng vitamin B12) jadvalda keltirilganidek qondagi vitamin B12 ko'rsatkichlari ishonchli oshganligi (p<0.001) va gemoglobin ko'rsatkichlarini 1.4 barobarga ko'tarilganligini ko'rsatdi.

Nazorat guruhida gemoglobin (p<0.001), eritrositlar (p<0.001) va vitamin B12 darajasida (p<0.05) ham ishonchli ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan bo'lsa ham so'ngi ko'rsatkich me'yor darajasiga yetmadi.

Yengil darajadagi vitamin B12 tanqisligi kamqonligi aniqlangan asosiy va nazorat guruhi bemorlarida IL-6 va a-O'NO kabi yallig'lanish sitokinlarning qon zardobidagi ko'rsatkichlari mos ravishda 10.4±0.2

hamda 12.1±1.01 ng/ml va 8.7±0.3 ng/ml hamda 9.31±0.37 ng/ml ga teng bo'lib ular orasidagi farq ishonchli (p>0.05) bo'lmadi (1-rasm).

Енгил даражадаги витамин В12 тащислиги кам;онлиги ани;ланган асосий ва назорат гурухд беморларида ИЛ-6 ва а — УНО каби яллигланиш цитокинларнинг ;он зардобидаги курсаткичлари мос равишда 10.4±0.2 х,амда 12.1±1.01 нг/мл ва 8.7±0.3 нг/мл х,амда 9.31±0.37 нг/мл га тенг булиб улар орасидаги фар; ишончли (р>0.05) булмади (1-расм).

Izoh: *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

1-rasm. Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi yengil darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi yallig'lanish sitokinlarining davolashdan oldin va keyingi dinamikadagi o'zgarishlari

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12) muolajalardan keyin IL-6 ko'rsatkichlari 10.4±0.2 ng/ml dan 8.5±0.2 ng/ml ga (p<0.001), а-O'NO 8.7±0.3 ng/ml dan 7.5±0.2 ng/ml ga (p<0.01) ishonchli kamaydi.

14 12 10 8 6 4 2

12,12

11,06

Asosiy guruh Nazorat guruhi

IL-6 davodan oldin

IL-6 davodan keyin

ONO davodan oldin

O'No davodan keyin

Nazorat guruhida esa IL-6 ko'rsatkichlari 12.1±1.01 ng/ml dan 11.06±0.7 ng/ml ga (p>0.05), а-O'NO 9.31±0.37 ng/ml dan 8.77±0.26 ng/ml ga ishonchsiz (p>0.05r) kamayganligi qayd etildi. Ushbu guruhda yallig'lanish oldi sitokinlarida kuzatilgan ishonchsiz ijobiy dinamika Helicobacter pylori eradikasiya terapiyasi o'tkazilmaganligi bilan bog'liq.

Keyingi bosqichda vitamin B12 o'rta og'ir darajasi tashxisi qo'yilgan bemorlardagi klinik, laborator - asbobiy tekshirish natijalarini muolajalardan oldin va keyin solishtirma o'rgandik. 5-jadvalda ularda kuzatilgan gastroenterologik shikoyatlar va belgilarning solishtirma ko'rsatkichlari keltirilgan.

Jadval 5

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning gastroenterologik

belgilarining solishtirma ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi Р

Gastroentrologik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Epigastral sohada og'riq 14 (70%) 2 (10%)*** 7 (70%) 6(60%) р>0.05

0

Epigastral soxada og'irlik va to'yish xissi 16 (80%) 3 (15%)*** 6(60%) 5 (50%) Р<0.05

Zarda qaynashi 14 (70%) 4 (20%)*** 5(50%) 4(40%) р<0.05

Kekirish 7 (35%) 0*** 3(30%) 2 (20%) р>0.05

Ko'ngil aynishi 9 (45%) 1 (5%)*** 4(40%) 3(30%) р>0.05

Qorin dam bo'lishi 11 (55%) 2 (10%)*** 6 (60%) 5(50%) р>0.05

Qabziyat 17 (85%) 0*** 8 (80%) 7 (70%) р>0.05

Ichning mo'tadil bo'lmasligi 20 (100%) 6 (30%)*** 10 (100%) 10 (100%) р>0.05

Ishtaxa pasayishi 13 (65%) 2 (10%)*** 7 (70%) 6 (60%) р>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Asosiy va nazorat guruhlaridagi gastroenterologik belgilarning davolashgacha bo'lgan solishtirma tahlili ularni bir biridan ishonchli farq qilmasligini tasdiqladi.

O'tkazilgan anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12 bilan kompleks muolajalardan keyin asosiy guruh bemorlarida barcha shikoyatlar yuqori ishonchli ijobiy (p<0.001) tomonga o'zgardi. Faqat vitamin B12 bilan muolajalar o'tkazilgan nazorat guruhida esa dinamikada shikoyatlardagi o'zgarishlar ishonchsiz bo'ldi.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan bemorlarning asosiy va nazorat guruhlarida kamqonlik belgilari

mavjudligi ham davolashdan oldin va keyin solishtirma o'rganildi (6-jadval). Tahlil asosiy va nazorat guruhlari orasidagi ko'rsatkichlar o'tkazilgan muolajalargacha solishtirilganda faqat teri qoplamlari quruqligi belgisidan boshqa (p<0.05) barcha hollarda ular bir biridan ishonchli farq (p>0.05) qilmadi.

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12) davolashdan keyin bemorlarda aniqlangan kamqonlik belgilari davolashdan oldin va undan keyingi o'zgarishlar barcha hollarda yuqori ishonchli bo'ldi (6-jadval).

Jadval 6

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi P

Anemik va sideropenik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Mushak xolsizligi va yuqori charchoq 12 (60%) 2 (10%)*** 6(60%) 4(40%)* Р>0.05

Jismoniy zo'riqishda havo yetishmaslik xissi 14 (70% 0*** 6(60%) 5 (50%) Р>0.05

Bosh aylanishi 15 (75%) 0*** 7(70%) 6 (60%) Р>0.05

Nevrologik belgilar (paresteziya, ataksiya, giperrefleksiya) 10 (50%) 0*** 4(40%) 2 (20%)* Р>0.05

Uyqu buzilishi va eslash qobiliyatini pasayishi 11 (55%) 0*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Disfagiya 12 (60%) 1 (5%)*** 5(50%) 4 (40%) Р>0.05

Hid bilishning buzilishi 7 (35%) 1 (5%)*** 3(30%) 2 (20%) Р>0.05

Ta'm bilishning buzilishi 10 (50%) 2 (10%)*** 4 (40%) 3 (30%) Р>0.05

Teri va shilliq qavatlarninig rangparligi 9 (45%) 3 (15%) 4(40%) 3 (30%) Р>0.05

Taxikardiya, yurak cho'qqisida sistolik shovqin 16 (80%) 0*** 7 (70%) 6(60%) Р>0.05

Teri qoplamalarining quruqligi 3 (15%) 0 (0%)*** 4 (40%) 5(50%) Р<0.05

Tirnoqlarning sinuvchanligi 11 (55%) 1 (5%)*** 6 (60%) 6(60%) Р>0.05

Koylonixiya 9 (45%) 2 (10%)*** 4 (40%) 3(30%) Р>0.05

Soch quruqligi va to'kilishi 13 (65%) 3 (15%)*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Stomatit, glossit 9 (45%) 3 (15%)*** 5 (50%) 6(60%) Р>0.05

Izoh: r- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'r p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Nazorat, ya'ni vitamin B12 preparati qabul qilgan guruhda esa jadvalda keltirilganidek, mushak xolsizligi va yuqori charchoq 60%dan 40%ga (p<0.01), nevrologik belgilar (paresteziya, ataksiya, giperrefleksiya) 40%dan 20%ga (p<0.01) ishonchli kamayib, qolgan

i farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-

shikoyatlarda ijobiy o'zgarishlar aniqlangan bo'lsa ham, ular orasidagi farq ishonchli bo'lmadi (6-jadval).

Ikkinchi kichik guruhning asosiy va nazorat guruhlarida o'tkazilgan EFGDS aniqlangan ko'rsatkichlarni o'zaro solishtirma tahlili hamda davolashdan oldin va keyingi o'zgarishlari 7-jadvalda keltirilgan.

Jadval 7

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi mavjud asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan oldin va keyingi ezofagogastroduodinoskopiyada aniqlangan belgilarning dinamikasi

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi Р

Endoskopiya tekshiruvlari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gastroduodeni t Yuza 15 (75%) 4 (20%)*** 7(70%) 6 (60%) Р>0.05

Eroziv 2 (10%) 0 (0%)*** 2(20%) 3(30%) Р>0.05

Atrofik 2 (10%) 1 (5%) 1 (10%) 1 (10%) Р>0.05

Yara 1 (5%) 0 (0%)*** 0 0 Р>0.05

Joylashishi Antral 16 (80%) 4 (20%)*** 7(70%) 6(60%) Р>0.05

Pangastrik 2 (10%) 0 (0%)*** 1 0 Р>0.05

12 barmoq ichak 2 (10%) 0 (0%)*** 2(20%) 2(20%) Р>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi.*-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Keltirilgan raqamlar asosiy va nazorat guruhlari o'rtasida muolajalargacha bo'lgan farqlar ishonchsiz ekanligini ko'rsatib, bu guruhlar mos ravishda tanlanganligini tasdiqlaydi. Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin dinamikada kuzatilgan barcha ko'rsatkichlar ishonchli bo'lib, (bundan atrofik gastrit mustasno p>0.05) bu davo samaradorligini ishonchli yuqori ekanligini ko'rsatadi. Asosiy guruhdan farqli o'laroq vitamin B12 olgan nazorat guruhida o'zgarishlar ishonchli bo'lmay, kuzatuvdagilar organizmida Helicobacter pylori ni saqlanishini uning sababi deb hisoblash mumkin.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan bemorlarda qon zardobida Helicobacter pylori antatanachalari

aniqlandi. Asosiy guruhda ko'rsatkichlar davolashdan oldin va keyin mos ravishda 39.1±1.2 Yed/ml dan 13.1±0.4 Yed/ml ga (p<0.001) ishonchli kamaydi. Nazorat guruhida esa ushbu ko'rsatkich mos ravishda 40.0±0.6 Yed/ml dan 41.9±0.7 Yed/ml ga ko'payganligi qayd etildi. Olingan natijalar asosiy guruhda anti Helicobacter pylori yordamida o'tkazilgan eradikasiya terapiyasidan so'ng vitamin B12 bilan muolajalar o'tkazilishi yuqori samara berganligini tasdiqlaydi.

Vitamin B12 tanqisligining o'rta og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhida tashxisni tasdiqlashda foydalanilgan laborator ko'rsatkichlar 8- jadvalda keltirilgan.

Jadval 8

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi p

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Lobarator ko'rsatkich natijalari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gemoglobin g/l 76,25±1,05 125±2,8*** 79,2 ± 1,55 101,2 ± 2,99*** p>0.05

Eritrositlar x10 2,4±0,05 3,34±0,08*** 2,51± 0,05 3,1±0,08*** p>0.05

Rang ko'rsatkichi 0,92±0,01 0,97±0,01** 0,9 ±0,008 0,92± 0,02 p>0.05

Zardobdagi temir mkmol'/l 21,9±1,5 18,8±1,03 20,78 ±1,3 18,99±1,06 p>0.05

Ferritin mkg/l 142,5±16,9 164,9±12,8 145,1±15,8 133,2±18,85 p>0.05

Transferrinni to'yinish darajasi 24,1 % 29,3 % 24 % 21 % p>0.05

Qon zardobidagi vitamin B12 pg/ml 94,3±0,4 202,5±0,2*** 117,62±12,1 182,33±11,25** p>0.05

*

Izoh: Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari k *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05;

Unda ko'rsatilganidek asosiy va nazorat guruhlaridagi qondagi temir, ferritin, transferrin tuyinish darajasi ko'rsatkichlari me'yorida bo'lib, qon zardobida vitamin B12 me'yor darajasidan pastligi aniqlandi. Shuningdek, giperxrom kamqonlik belgilari kuzatildi. Bemorlar qonidagi laborator o'zgarishlar ikkala guruhni o'zaro mos ravishda tanlanganligini hamda ularda vitamin B12 tanqisligi kamqonligi mavjudligini tasdiqlaydi.

O'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin (avval anti Helicobacter pylori undan so'ng vitamin B12) jadvalda keltirilganidek qondagi vitamin B12 ko'rsatkichlari ishonchli oshganligi (p<0.001) va gemoglobin ko'rsatkichlarini 1.6 barobarga ko'tarilganligini ko'rsatdi.

o'rsatkichlari farqi. **-p<0.01; ***-p<0.001.

Nazorat guruhida esa gemoglobin, eritrositlar va vitamin B12 darajasida ijobiy ishonchli o'zgarishlar kuzatildi. Lekin shu o'rinda asosiy va nazorat guruhlarida vitamin B12 mos ravishda 2.1 va 1.5 marotaba oshganligini qayd etish lozim. Asosiy guruhdagi bunday yuqori ijobiy o'zgarishni vitamin B12 bilan o'tkazilgan davo muolajalaridan oldin bemorlarga eradikasion terapiya buyurilganligi bilan bog'lash mumkin.

O'rta og'ir darajadagi vitamin B12 tanqisligi kamqonligi aniqlangan asosiy va nazorat guruhi bemorlarida IL-6 va a-O'NO kabi yallig'lanish sitokinlarning qon zardobidagi ko'rsatkichlari mos ravishda 10.9±0.4 hamda 12.16±0.71 ng/ml va 11.9±0.4 ng/ml hamda 11.46±0.61 ng/ml ga teng bo'lib ular orasidagi farq ishonchli (p>0.05) bo'lmadi (2-rasm).

2- rasm. Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi o'rta og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi yallig'lanish sitokinlarining davolashdan oldin va keyingi dinamikadagi o'zgarishlari

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12) muolajalardan keyin IL-6 ko'rsatkichlari 10.9±0.4 ng/ml dan 7.4±0.2 ng/ml ga (p<0.001), a-O'NO 11.9±0.4 ng/ml dan 8.2±0.4 ng/ml ga (p<0.001) ishonchli kamaydi.

Nazorat guruhida esa IL-6 ko'rsatkichlari 12.16±0.71 ng/ml dan 11.49±0.7 ng/ml ga (p>0.05), a-O'NO 11.46±0.61 ng/ml dan 10.41±0.73 ng/ml ga ishonchsiz (p>0.05) kamayganligi qayd etildi. Ushbu guruhda yallig'lanish oldi sitokinlarida kuzatilgan ishonchsiz

ijobiy dinamika Helicobacter pylori eradikasiya terapiyasi o'tkazilmaganligi bilan bog'liq.

Navbatdagi bosqichda vitamin B12 tanqisligi kamqonligining og'ir darajasida ham uning yengil va o'rta og'ir darajasida o'rganilgan ko'rsatkichlar solishtirma tahlil qilindi. 9-jadvalda ushbu guruh bemorlarda kuzatilgan gastroenterologik shikoyatlar va belgilarning solishtirma ko'rsatkichlari keltirilgan.

Jadval 9

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning gastroenterologik

belgilarining solishtirma ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi P

Gastroentrologik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan Muolajadan oldin keyin

Epigastral sohada og'riq 15 (75%) 2 (10%)*** 8 (80%) 6 (60%) р>0.05

Epigastral soxada og'irlik va to'yish xissi 16 (80%) 4 (20%)*** 7 (70%) 5(50%) Р>0.05

Zarda qaynashi 17 (85%) 2 (10%)*** 8 (80%) 7 (70%) р>0.05

Kekirish 9 (45%) 1 (5%)*** 4(40%) 3(30%) р>0.05

Ko'ngil aynishi 12 (60%) 0*** 6(60%) 5(50%) р>0.05

Qorin dam bo'lishi 14 (70%) 2 (10%)*** 8 (80%) 7(70%) р>0.05

Qabziyat 20 (100%) 0*** 9(90%) 9(90%) р>0.05

Ichning mo'tadil bo'lmasligi 20 (100%) 11 (55%)*** 10 (100%) 10 (100%) р>0.05

Ishtaxa pasayishi 16 (80%) 2 (10%)*** 8 (80%) 7(70%) р>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'i p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Asosiy va nazorat guruhlaridagi gastroenterologik belgilarning davolashgacha bo'lgan solishtirma tahlili ularni bir biridan ishonchli farq qilmasligini ko'rsatdi.

O'tkazilgan anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12 bilan kompleks muolajalardan keyin asosiy guruh bemorlarida barcha shikoyatlar yuqori ishonchli ijobiy (p<0.001) tomonga o'zgardi. Faqat vitamin B12 bilan muolajalar o'tkazilgan nazorat guruhida esa dinamikada shikoyatlardagi o'zgarishlar ishonchsiz (p>0,05) bo'ldi.

i farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi aniqlangan bemorlarning asosiy va nazorat guruhlarida kamqonlik belgilari mavjudligi davolashdan oldin va keyin solishtirma o'rganildi. Solishtirma tahlil asosiy va nazorat guruhlari orasidagi ko'rsatkichlar o'tkazilgan muolajalargacha solishtirilganda barcha hollarda bir biridan ishonchli farq (p>0.05) qilmadi.

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori va undan so'ng vitamin B12) davolashdan keyin bemorlarda aniqlangan

kamqonlik belgilari davolashdan oldin va undan keyingi o'zgarishlar yuqori ishonchli ijobiy tomonga o'zgarganligi qayd etildi (10-jadval).

Jadval 10

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan oldin va keyingi kamqonlik belgilarining dinamikadagi solishtirma o'zgarishlari

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi Р

Anemik va sideropenik belgilar Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Mushak xolsizligi va yuqori charchoq 15 (75%) 0*** 7(70%) 5(50%)** Р>0.05

Jismoniy zo'riqishda havo yetishmaslik xissi 16 (80%) 2 (10%)*** 7(70%) 3(30%)*** Р>0.05

Bosh aylanishi 17 (85%) 0*** 8(80%) 7(70%) Р>0.05

Nevrologik belgilar (paresteziya, ataksiya, giperrefleksiya) 11 (55%) 1 (5%)*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Uyqu buzilishi va eslash qobiliyatini pasayishi 12 (60%) 2 (10%)*** 7(70%) 5(50%)** Р>0.05

Disfagiya 13 (65%) 3 (15%)*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Hid bilishning buzilishi 9 (45%) 3 (15%)*** 4(40%) 3(30%) Р>0.05

Ta'm bilishning buzilishi 11 (55%) 0*** 5 (50%) 6(60%) Р>0.05

Teri va shilliq qavatlarninig rangparligi 17 (85%0 4 (20%)*** 9(90%) 8(80%) Р>0.05

Taxikardiya, yurak cho'qqisida sistolik shovqin 18 (90%) 2 (10%)*** 8 (80%) 7(70%) Р>0.05

Teri qoplamalarining quruqligi 16 (80%) 6 (30%)*** 7(70%) 6(60%) Р<0.05

Tirnoqlarning sinuvchanligi 14 (70%) 3 (15%)*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Koylonixiya 9 (45%) 2 (10%)*** 4(40%) 4(40%) Р>0.05

Soch quruqligi va to'kilishi 11 (55%) 4 (20%)*** 6(60%) 5 (50%) Р>0.05

Stomatit, glossit 14(70%) 0*** 7 (70%) 6(60%) Р>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Nazorat, ya'ni vitamin B12 preparati qabul qilgan guruhda esa jadvalda keltirilganidek, mushak xolsizligi va yuqori charchoq 70%dan 50%ga (p<0.01), jismoniy zo'riqishda havo yetishmaslik hissi 70%dan 30%ga (p<0.001) va uyqu buzilishi hamda eslash qobiliyatini pasayishi 70%dan 50%ga (p<0.01) ishonchli kamayib, qolgan shikoyatlarda

ijobiy o'zgarishlar aniqlangan bo'lsa ham, ular orasidagi farq ishonchli bo'lmadi (10-jadval).

Uchinchi kichik guruhning asosiy va nazorat guruhida o'tkazilgan EFGDS aniqlangan ko'rsatkichlarni o'zaro solishtirma tahlili hamda davolashdan oldin va keyingi o'zgarishlari 11-jadvalda keltirilgan.

Jadval 11

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi mavjud asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning davolashdan oldin va keyingi ezofagogastroduodinoskopiyada aniqlangan belgilarning dinamikasi

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi Р

Endoskopiya tekshiruvlari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gastroduodeni t Yuza 11 (55%) 4 (20%)*** 5(50%) 4(40%) Р>0.05

Eroziv 5 (25%) 0*** 2(20%) 3(30%) Р>0.05

Atrofik 2 (10%) 0*** 2(20%) 2(20%) Р>0.05

Yara 2 (10%) 1 (5%) 1(10%) 1 (10%) Р>0.05

Joylashishi Antral 13 (65%) 3 (15%)*** 6(60%) 5(50%) Р>0.05

Pangastrik 3 (15%) 0*** 1 (10%) 1 (10%) Р>0.05

12 barmoq ichak 4 (20%) 2 (10%)* 3(30%) 4 (40%) Р>0.05

Izoh: r- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Jadvalda keltirilganidek, asosiy va nazorat guruhlari o'rtasida i

muolajalargacha bo'lgan farqlar ishonchsiz bo'ldi. Bu guruhlar bir ] biriga mos ravishda tanlanganligini kursatadi. Asosiy guruhda

o'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin dinamikada kuzatilgan ]

barcha ko'rsatkichlar ishonchli bo'lib, bu davo samaradorligini yuqori i bo'lganligini tasdiqlaydi. Asosiy guruhdan farqli o'laroq vitamin B12

olgan nazorat guruhida o'zgarishlar ishonchli bo'lmay, kuzatuvdagilar :

organizmida Helicobacter pylori ni saqlanishini uning sababi deb 1 hisoblash mumkin.

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi mavjud ] bemorlarda qon zardobida Helicobacter pylori antatanachalari

aniqlandi. Asosiy guruhda ko'rsatkichlar davolashdan oldin va keyin mos ravishda 49.9±2.4 Yed/ml dan 17.1±0.4 Yed/ml ga (p<0.001) ishonchli kamaydi. Nazorat guruhida esa ushbu ko'rsatkich mos ravishda 43.15±2.82 Yed/ml dan 44.5±3.5 Yed/ml ga (p>0.05) o'zgarganligi qayd etildi. Olingan natijalar asosiy guruhda anti Helicobacter pylori yordamida o'tkazilgan eradikasiya terapiyasidan so'ng vitamin B12 bilan muolajalar o'tkazilishi yuqori samara berganligini tasdiqlaydi.

Vitamin B12 tanqisligining og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhida tashxisni tasdiqlashda foydalanilgan laborator ko'rsatkichlar 12- jadvalda keltirilgan.

Jadval12

Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi ferrokenitik ko'rsatkichlarining davolashdan oldin va keyingi dinamikasi

Ko'rsatkichlar Asosiy guruh Nazorat guruhi p

Lobarator ko'rsatkich natijalari Muolajadan oldin Muolajadan keyin Muolajadan oldin Muolajadan keyin

Gemoglobin g/l 69,1±1,1 117,8±2,4*** 65,8± 1,53 82.0 ± 3.17*** p>0.05

Eritrositlar x10 2,1±0,1 3,71±0,08*** 1,84± 0,1 2,45± 0,11** p>0.05

Rang ko'rsatkichi 1,02±0,02 0,98±0,01 1,08± 0,043 1,01 ±0,02 p>0.05

Qon zardobidagi vitamin B12 pg/ml 73,0±4,7 148,9±8,05*** 65,3 ±2,82 113,51 ± 9,36*** p>0.05

Zardobdagi temir mkmol'/l 27,5±1,5 26,3±1,06 26,77±0,85 24,12± 0,8 p>0.05

Ferritin mkg/l 193,8±19,6 205,06±21,3 162,44 ±11,25 141,44 ± 5,85 p>0.05

Transferrinni to'yinish darajasi 24 % 28 % 24% 21% p>0.05

Izoh: R- davolashdan oldingi asosiy va nazorat guruhlari ko'rsatkichlari farqi. *-davolashdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar farqi: *-p<0.05; **-p<0.01; ***-p<0.001.

Unda ko'rsatilganidek asosiy va nazorat guruhlarida qondagi temir, ferritin, transferrin tuyinish darajasi ko'rsatkichlari me'yorida bo'lib, qon zardobida vitamin B12 me'yor darajasidan pastligi aniqlandi. Aniqlangan bemor qonidagi laborator o'zgarishlar ikkala guruhni o'zaro mos tanlanganligini hamda ularda vitamin B12 tanqisligi kamqonligi mavjudligini tasdiqlaydi.

O'tkazilgan kompleks muolajalardan keyin (avval anti Helicobacter pylori undan so'ng vitamin B12) jadvalda keltirilganidek qondagi vitamin B12 ko'rsatkichlari ishonchli oshganligi (p<0.001) va gemoglobin ko'rsatkichlarini 1.7 barobarga ko'tarilganligi aniqlandi.

Nazorat guruhida esa barcha aniqlangan laborator ko'rsatkichlar, shu jumladan gemoglobin, eritrositlar va vitamin B12 darajasida ham ijobiy ishonchli o'zgarishlar kuzatilsada ammo ular me'yor darajasiga yetmaganligi qayd etildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Og'ir darajadagi vitamin B12 tanqisligi kamqonligi aniqlangan asosiy va nazorat guruhi bemorlarida IL-6 va а-O'NO kabi yallig'lanish sitokinlarning qon zardobidagi ko'rsatkichlari mos ravishda 18.6±1.1 hamda 23.49±2.33 ng/ml va 13.1±0.7 ng/ml hamda 15.62±1.33 ng/ml ga teng bo'lib ular orasidagi farq ishonchli bo'lmadi (p>0.05) (3-rasm).

3-rasm. Vitamin B12 tanqisligi kamqonligi og'ir darajasi aniqlangan asosiy va nazorat guruhidagi bemorlarning qon zardobidagi yallig'lanish sitokinlarining davolashdan oldin va keyingi dinamikadagi o'zgarishlari (**-p<0.01; ***-p<0.001.).

Asosiy guruhda o'tkazilgan kompleks (anti Helicobacter pylori + vitamin B12) muolajalardan keyin IL-6 ko'rsatkichlari 18.6±1.1 ng/ml dan 14.7±0.4 ng/ml ga (p<0.01), a-O'NO 13.1±0.7 ng/ml dan 9.4±0.5 ng/ml ga (p<0.001) ishonchli kamaydi.

Nazorat guruhida esa IL-6 ko'rsatkichlari 23.49±2.33 ng/ml dan 20.23±2.18 ng/ml ga (p>0.05), a-O'NO 15.62±1.33 ng/ml dan 14.37±1.21 ng/ml ga ishonchsiz (p>0.05) o'zgarganligi qayd etildi. Ushbu guruhda yallig'lanish oldi sitokinlarida kuzatilgan ishonchsiz ijobiy dinamika Helicobacter pylori eradikasiya terapiyasi o'tkazilmaganligi bilan bog'liq.

References/CnncoK .iHTepaTypbi/Iqtiboslar

Shunday qilib o'tkazilgan kompleks tahlil natijalaridan xulosa qilish mamkinki organizmdagi Helicobacter Pylori ko'rsatkichlari bilan vitamin B12 tanqisligi kamqonligi orasida uzviy bog'liqlik mavjud. Shuning uchun vitamin B12 tanqisligi kamqonligi aniqlanib oshqozon - ichak tizimida shikoyat bildirgan barcha bemorlar organizmida Helicobacter Pylorini aniqlash lozim.

Vitamin B12 tanqislik kamqonligining Helicobacter Pylori bilan birga kelgan barcha og'irlik darajalarida avval ushbu bakteriyaga qarshi o'tkazilgan eradikasiya terapiyasidan so'ng monand dozalarda vitamin B12 buyurish ijobiy samara berishini ko'rsatdi.

1. Колосова Н.Г., Баяндина Г.Н., Машукова Н.Г., Геппе Н.А. Обмен железа в организме и пути коррекции его нарушений. Трудный пациент 2011; 8—9: 54—58.,

2. Маев И.В., Кучерявый Ю.А., Андреев Д.Н., Баркалова Е.В. Эрадикационная терапия инфекции Helicobacter pylori: обзор мировых тенденций.Тер. архив. 2014;3:94-9;

3. Новик А.А., Богданов А.Н. Анемии (от «А» до «Я»). СПб: Нева 2004.

4. Amarapurkar D.N., Amarapurkar A.D. Intrinsic factor antibody negative atrophic gastritis; is it different from pernicious anaemia? Trop Gastroenterol 2010; 31 (4): 266—270.].

5. Campuzano-Maya G. Hematologic manifestations of Helicobacter pylori infection // World J. Gastroenterol. 2014. Vol. 20. N° 36. P.12818-12838;].

6. Fayed S.B., Aref M.I., Fathy H.M. et al. Prevalence of celiac disease, Helicobacter pylori and gastroesophageal reflux in patients with refractory iron deficiency anemia. J Trop Pediatr 2008; 54 (1): 43—53.,

7. Goh K. L. et al. Epidemiology of Helicobacter pylori infection and public health implications //Helicobacter. - 2011. - Т. 16. - №. s1. - С. 1-9.

8. Hershko C., Ronson A. Iron deficiency, Helicobacter infection and gastritis. Acta Haematol 2009; 122 (2—3): 97—102.].

9. Hershko C., Skikne B. Pathogenesis and management of iron deficiency anemia: emerging role of celiac disease, Helicobacter pylori, and autoimmune gastritis. Semin Hematol 2009; 46 (4): 339—350.

10. Kadhim, G. , Shikh, M. , Omar, H. and Ismail, A. (2018) Vitamin B12 Deficiency in Helicobacter pylori Infected Patients. Open Access Library Journal, 5, 1-4. doi: 10.4236/oalib.1104172.

11. Kodama M., Murakami K., Okimoto T. et al. Helicobacter pylori eradication improves gastric atrophy and intestinal metaplasia in long-term observation. Digestion 2012; 85 (2): 126—130.

12. Sarari AS, Farraj MA, Hamoudi W, et al. Helicobacter pylori, a causative agent of vitamin B12 deficiency. J Infect Dev Ctries. 2008;2(5):346-9].

13. Vitale G., Barbaro F., Ianiro G. et al. Nutritional aspects of Helico-bacter pylori infection. Minerva Gastroenterol Dietol 2011; 57 (4): 369— 377].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.