JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
УДК: 616.233.002-092
Тошов Собир Саматович
Бухарский государственный медицинский институт Бухара, Узбекистан Камилова Умида Кабировна доктор медицинских наук, профессор, ГУ «Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр терапии и медицинскойреабилитации», Ташкент, Узбекистан
ТЕЧЕНИЕ ХРОНИЧЕСКОЙ ОБСТРУКТИВНОЙ БОЛЕЗНИ ЛЕГКИХ С КОМОРБИДНОСТЬЮ СЕРДЕЧНОСОСУДИСТЫМИ ЗАБОЛЕВАНИЯМИ
For citation: Toshov S.S., Kamilova U.K. COURSE OF CHRONIC OBSTRUCTIVE PULMONARY DISEASE WITH COMORBIDITY WITH CARDIOVASCULAR DISEASES. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 4, pp.75-79
http: //dx. doi.org/10.5281/zenodo.7366206
АННОТАЦИЯ
В статье представлены данные о течении хронической обструктивной болезни легких при коморбидности заболеваниями сердечнососудистой системы. Пациентов с ХОБЛ учитывая их возраст и курение, можно считать, что они находятся в постоянном высоком риске сердечно-сосудистых заболеваний. Кроме того, курение и сердечно-сосудистые заболевания часто сопровождаются у пациентов с ХОБЛ и могут влиять на результаты диагностических показателей заболевания.
Выявление групп пациентов с высоким сердечно-сосудистым риском путем оценки сердечно-сосудистых факторов риска у пациентов с ХОБЛ дает возможность проводить раннюю целенаправленную профилактику и вмешательства. Раннее выявление сопутствующей патологии сердечно-сосудистых заболеваний у пациентов с ХОБЛ, прогнозирование клинического течения заболевания и выбор правильного выбора тактики лечения, в результате чего снижается заболеваемость, инвалидность и смертность, улучшается качество пациентов и прогноз жизни.
Ключевые слова: хроническая обструктивная болезнь легких, сердечно-сосудистая система, коморбидность
Toshov Sobir Samatovich
Bukhara State medical institute Bukhara, Uzbekistan Kamilova Umida Kabirovna
Doctor of Medical Sciences, Professor, State Institution "Republican specialized scientific and practical medical center for therapy and medical rehabilitation" Tashkent, Uzbekistan
COURSE OF CHRONIC OBSTRUCTIVE PULMONARY DISEASE WITH COMORBIDITY WITH CARDIOVASCULAR
DISEASES
ANNOTATION
The article presents data on the course of chronic obstructive pulmonary disease with comorbidity with diseases of the cardiovascular system. Patients with COPD, considering their age and smoking anemia, can be considered that they are at constant high risk of cardiovascular disease. In addition, smoking and cardiovascular disease are often accompanied by COPD patients and can affect the results of diagnostic indicators of the disease.
Identifying groups of patients with high cardiovascular risk by evaluating cardiovascular risk factors in patients with COPD provides an opportunity to carry out early targeted prevention and interventions. Early detection of comorbidity of cardiovascular disease in patients with COPD, predicting the clinical course of the disease and choosing the right choice of treatment tactics, resulting in a decrease in incidence, disability, and mortality, and improving patient quality and prognosis of life.
Keywords: chronic obstructive pulmonary disease, cardiovascular system, comorbidity
Toshov Sobir Samatovich
Buxoro Davlat tibbiyot instituti Buxoro, O'zbekiston Kamilova Umida Kabirovna
Tibbiyot fanlari doktori, professor, "Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi" DM Toshkent, O'zbekiston
O'PKA SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGINI YURAK QON-TOMIR KASALLIKLARI BILAN KOMORBID KECHISHI
ANNOTATSIYA
Maqolada o'pka surunkali obstruktiv kasalligi bilan xastalangan bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklari bilan komorbid kechishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. O' SOK bilan kasallangan bemorlar, ularning yoshi va chekish anamnezini hisobga olgan holda, ular doimiy ravishda yuqori yurak-qon tomir xavfi ostida deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari, chekish va yurak-qon tomir kasalliklari ko'pincha O'SOK bilan kasallangan bemorlarda birga keladi va kasallikning diagnostik ko'rsatkichlari natijalariga ta'sir qilishi mumkin.
O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarni baholagan holda yurak qon-tomir xavfi yuqori bo'lgan bemorlar guruhlarini aniqlash erta maqsadli profilaktika va aralashuvlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklarini komorbid uchrashini erta aniqlash, kasallik klinik kechishini bashoratlash va davolash taktikasini to'g'ri tanlash imkoniyatini yaratadi va buning natijasida kasallanish, nogironlik va o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirish, bemor hayot sifatini va prognozini yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: o'pka surunkali obstruktiv kasalligi, yurak qon-tomir kasalliklari, komorbidlik
Oxirgi yillarda tibbiyotga komorbidlik termini kirib keldi. Bu holat asosiy kasallik bilan bemorlarda uchraydigan yondosh kasalliklar mavjudligini ko'rsatadi. Yondosh kasalliklar bemorlarda kasallikning klinik kechishiga ta'sir qilishi bilan tavsiflanishi bilan birga, bemorlarda davolash taktikasini aniqlash hamda kasallik prognoziga ta'sirini ham baholashni talab etadi. Adabiyotlarda o'pka surunkali obstruktiv kasalligi (O'SOK)ning yurak qon-tomir tizimi kasalliklari bilan birga uchrashi bo'yicha bir qator ma'lumotlar keltirilgan [3, 5, 7, 12].
O'SOK bilan kasallangan hatto yengil va o'rtacha og'irlikdagi bemorlarda ham yurak-qon tomir kasalliklariga moyil bo'lgan shaxslarda subklinik yurak-qon tomir o'zgarishlarni aniqlash bemorlarda kasallik haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi [1, 2, 10]. Yurak ishemik kasalligi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) xavfining ikki yoki uch baravar oshishi bilan bog'liqlik ko'pincha tizimli yallig'lanish markerlarining ko'payishi bilan bog'liq [4, 14]. O'SOK bilan kasallangan bemorlar, ularning yoshi va chekish anamnezini hisobga olgan holda, ular doimiy ravishda yuqori yurak-qon tomir xavfi ostida deb hisoblash mumkin [6, 8]. Bundan tashqari, chekish va yurak-qon tomir kasalliklari ko'pincha O'SOK bilan kasallangan bemorlarda birga keladi va kasallikning diagnostik ko'rsatkichlari natijalariga ta'sir qilishi mumkin [11, 13].
Tadqiqot maqsadi. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklari bilan komorbid kechishini baholash.
Tadqiqot material va usuUari. O'SOK bilan xastalangan 35 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan 190 nafar bemor tekshirildi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 57,81±1,23 yoshni tashkil etdi. O'SOK bilan kasallangan ayollar 106 (55,8%) va erkaklar 84 (44,2%)ni tashkil
etdi. Kardiovaskulyar xavf omillaridan irsiylik, chekish, giperxolesterinemiya (GXS), abdominal semizlik (AS), arterial gipertenziya (AG), yurak ishemik kasalligi (YulK) uchrashi baholandi. Tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar statistik ishlov funksiyalari kiritilgan Microsoft Office Excel-2017 dasturi yordamida Pentium-IV shaxsiy komp'yuterida statistik ishlandi. O'rganilayotgan ko'rsatkichning o'rtacha arifmetik qiymati (M), o'rtacha kvadratik siljish (SD), o'rtacha qiymatning standart xatosi (m), nisbiy ko'rsatkichlar (%)ni hisoblash uchun parametrik va noparametrik variatsion statistika usullaridan foydalanildi. O'rtacha qiymatlarni qiyoslash natijasida olingan ko'rsatkichlarning statistik ahamiyati xato ehtimoli (R) ni va bosh dispersiyalar tengligi (F - Fisher mezoni)ni hisoblagan holda St'yudent (t) mezoni bo'yicha aniqlandi. Ishonchlilik darajasi R<0,05ga teng ko'rsatkichlar statistik ahamiyatli o'zgarishlar sifatida qabul qilindi.
Tadqiqot natijalarining tahlili. O'SOK bilan xastalangan bemorlarda kasallik klinik belgilari tahlili shuni ko'rsatdiki, 169 (88,9%) bemorlarda hansirash, 183 (96,3%) bemorda surunkali yo'tal, 110 (57,9%) da ko'krak qafasida diskomfort, 87 (45,7%) tada ko'krak qafasida og'riq va 165 (86,8%) bemorlarda charchash kabi shikoyatlar qayd etildi.
Hansirash mMRC (Modified Medical Research Council) shkalasi orqali aniqlandi (1 -jadval). Yengil darajadagi hansirash 41 (21,5%) bemorda kuzatildi. O'rtacha og'ir darajadagi hansirash 87 (45,8%) bemorda aniqlandi, og'ir darajadagi hansirash eng ko'p uchradi va 87 (45,8%) bemorda qayd etildi.
Jadval 1
Hansirash shkalasi mMRC (Modified Medical Research Council)
Og'irlik darajasi Bemorlar soni (n=190)
0- yo'q 4 (2,1%)
1- yengil 41 (21,5%)
2- o'rtacha 43 (22,6%)
3- og'ir 87 (45,8%)
4- o'ta og'ir 15 (7,9%)
Natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, 65% bemorlar nazoratlangan O'SOK guruhini va 35% bemorlar nazoratlanmagan guruhni tashkil etdilar. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillaridan (XO) irsiylik 68 (35,7 %), chekish - 49 (25,7 %), AS 71(37,3 %), AG - 90 (47,3%), GXS - 52 (27,4 %), gipodinamiya 104(54,73 %) bemorlarda aniqlandi (2 - jadval).
Jadval 2
O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillari
Ko'rsatkichlar Bemorlar soni
(n=190)
Ko'rsatkichlar
Irsiylik 68(35,7 %)
Gipodinamiya 104(54,73 %)
Chekish 49(25,7 %)
Abdominal semizlik 71(37,3 %)
AG 90 (47,3%)
Giperxolesterinemiya 52(27,4 %)
Bu bemorlarda kardiovaskulyar XOning bir bemorda uchrashi tahlil qilinganda, 77,9% bemorlarda xavf omili mavjud ekanligi aniqlandi. Shulardan 1 ta xavf omilli bemorlar 13,7% ni, 2 ta xavf omilli bemorlar
15,8% ni, 3 ta va undan ortiq xavf omillari bo'lgan bemorlar 48,4% ni tashkil etdi. 22,1% bemorlarda esa xavf omillari aniqlanmadi (3-jadval).
Jadval 3
O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarini uchrashi
Ko'rsatkichlar Bemorlar soni
(n=190)
Xavf omili yo'q 42(22,1%)
1 ta xavf omilli 26 (13,7%)
2 ta xavf omilli 30 (15,8%)
>3 ta xavf omilli 92 (48,4%)
Bemorlarda kardiovaskulyar kasalliklar bilan komorbidlik tahlil (51%) va surunkali yurak yetishmovchiligi bilan 85 (44,7%) holatda birga qilinganda, AG bilan komorbidlik 90 (47,3%) holatda, YulK bilan - 97 uchrashi aniqlandi (3-rasm).
Gipertoniya YuIK SYuY IKKS
Kasalligi
1-rasm. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar komorbidlik holati
O'SOK bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir xavf omillari (masalan, chekish, gipertenziya) ko'proq tarqalgan bo'lsa-da, bu yurak-qon tomir xavf omillarining mavjudligi bu kasallikda uchraydigan tezlashgan aterosklerotik jarayonni kasallikda kuzatiladigan endoteliy disfunksiyasi rivojlanishi orqali to'liq tushuntirib bera olish mumkin, ya'ni tizimli yallig'lanish markerlarining yuqori darajalari qayd etilishi, ularni endotelial hujayralari bilan o'zaro ta'sir qilishi natijasida ularning disfunksiyasiga olib keladi, hamda kasallik natijasida vujudga keladigan
surunkali gipoksiya tizimli yallig'lanish va oksidlovchi stressni keltirib chiqarishi, hujayraviy adgeziya molekulalarini faollashtirishi va renin-angiotenzin-al'dosteron tizimini faollashtirish orqali aterogenezga ta'sir qilishi mumkin [9].
Bemorlarda AG tahlili shuni ko'rsatdiki, gipertoniya kasalligining I bosqichi 33,4% bemorda, II bosqichi 54,4% bemorda va III bosqichi 12,2% bemordlarda qayd etildi (2-rasm).
2- rasm. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda gipertoniya kasalligi bosqichlari
Surunkali yurak yetishmovchili (SYuY) bilan komorbidlik holati tahlil qilinganda II FS bemorlar 69,4 % xollarda uchrashi aniqlandi. SYuY III FS bilan komorbidlik 22,3% bemorlarda qayd etildi va IV FS li bemorlar 8,2%ni tashkil etdi (3-rasm).
3- rasm. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda SYuY bilan komorbidlik holatlari
Olti daqiqali yurish sinamasi (ODYuS) natijalari O'SOK bilan Tekshirilgan bemorlarda komorbid holatlarini baholash maqsadida
kasallangan bemorlarda 382,6 ±37,8 metrni tashkil etdi. Yurak qon-tomir biz Charlson va CIRS shkalalaridan foydalandik (4-jadval). kasalliklari bilan komorbid holat mavjud bo'lgan O' SOKli bemorlarda bu ko'rsatkich ishonchli past bo'lib 296,4±49,3 metrni (r<0,01) tashkil etdi.
Jadval 4
Komorbidlikni baholash shkalalari
Ko'rsatkichlar Bemorlar soni (n=190)
Charlson indeksi 3,3±0,12
CIRS shkalasi 6,69±0,3
O'SOK bor bemorlarda hayot sifati ko'rsatkichini CAT shkalasi orqali baholash natijalari aynan yurak qon-tomir kasalliklari bilan komorbid holatli bemorlarda bu ko'rsatkichning yuqori darajasi (21 dan 30 ballgacha) ega bemorlar 61,6% ni va eng yuqori darajasi, ya'ni 31 dan
O'SOK bor bemorlar hayot sif
40 ballgacha ko'rsatkichga ega bemorlar 13,3%ni tashkil etdi va komorbid holat bo'lmagan bemorlarga nisbatan bu ko'rsatich ishonchli yomonlashganini ko'rsatdi (5-jadval).
Jadval 5
i ko'rsatkichlarini baholash (CAT)
Ko'rsatkichlar Bemorlar soni (n=190) Igurux (n=60) II gurux (n=130)
0 dan 10 ballgacha 53 (27,8%) 52 (86,7%) 1 (0,8%)
11 dan 20 ballgacha 33 (17,3%) 2 (3,3%) 31 (23,8%)
21 dan 30 ballgacha 85 (47,7%) 5 (8,3%) 80 (61,6%)
19 (10%) I_1 (1,7%) I_18 (13,8%)
31 dan 40 ballgacha
O'pka surankali obstruktiv kasallikligida kardiovaskulyar patologiya komorbidligini erta aniqlash natijasida ushbu guruh bemorlarida kasallik kechishini bashoratlash maqsadida kal'kulyator dastur ishlab chiqildi va klinik amaliyotga joriy qilindi.
Shunday qilib, O'SOK bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarni baholagan holda yurak qon-tomir xavfi yuqori bo'lgan bemorlar guruhlarini aniqlash erta maqsadli profilaktika va aralashuvlarni
References/Список литературы/Iqtiboslar
amalga oshirish imkoniyatini beradi. O'SOK bilan kasallangan bemorlarda yurak qon-tomir kasalliklarini komorbid uchrashini erta aniqlash, kasallik klinik kechishini bashoratlash va davolash taktikasini to'g'ri tanlash imkoniyatini yaratadi va buning natijasida kasallanish, nogironlik va o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirish, bemor hayot sifatini va prognozini yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
1. Айсанов З.Р., Чучалин А.Г., Калманова Е.Н. Хроническая обструктивная болезнь легких и сердечно-сосудистая коморбидность. Кардиология. 2019;59(8S):24-36. https://doi.org/10.18087/cardio.2572
2. Клинические рекомендации. Хроническая обструктивная болезнь легких. Межрегиональная общественная организация «Российское Респираторное Общество». 2021. 91 с.
3. Чучалин А.Г., Авдеев С.Н., Айсанов З.Р., Белевский А.С., Лещенко И.В., Овчаренко С.И., Шмелев Е.И. Хроническая обструктивная болезнь легких: федеральные клинические рекомендации по диагностике и лечению. Пульмонология. 2022;32(3): 356-392.
4. Report Global strategy for prevention, diagnosis and management of COPD (Global Initiative for Obstructive Lung Disease, GOLD 2021)
5. Ahn YH, Lee KS, Park JH. et al. Independent risk factors for mortality in patients with chronic obstructive pulmonary disease who undergo comprehensive cardiac evaluations. Respiration. 2015;90(3):199-205.
6. André S, Conde B, Fragoso E, Boléo-Tomé JP, Areias V, Cardoso J; GI DPOC-Grupo de Interesse na Doença Pulmonar Obstrutiva Crónica. COPD and Cardiovascular Disease. Pulmonology. 2019 May-Jun;25(3): 168-176.
7. Batura-Gabryel H, Grabicki M. Przewlekla obturacyjna choroba pluc i choroby sercowo-naczyniowe--"kontinuum sercowo-plucne" [Chronic obstructive pulmonary disease and cardiovascular diseases--'cardiopulmonary continuum']. Pneumonol Alergol Pol. 2014;82(6):590-6.
8. Brassington K, Selemidis S, Bozinovski S, Vlahos R. New frontiers in the treatment of comorbid cardiovascular disease in chronic obstructive pulmonary disease. Clin Sci (Lond). 2019 Apr 12;133(7):885-904.
9. Brassington K, Selemidis S, Bozinovski S, Vlahos R. Chronic obstructive pulmonary disease and atherosclerosis: common mechanisms and novel therapeutics. Clin Sci (Lond). 2022 Mar 31;136(6):405-423.
10. Cazzola M., Calzetta L., Bettoncelli G., et al. Cardiovascular disease in asthma and COPD: A population-based retrospective cross-sectional study. Respiratory Medicine. 2012; 106(2):249-256.
11. Morgan AD, Zakeri R, Quint JK. Defining the relationship between COPD and CVD: what are the implications for clinical practice? Ther Adv Respir Dis. 2018 Jan-Dec;12:1753465817750524. doi: 10.1177/1753465817750524.
12. Patel ARC, Donaldson GC, Mackay AJ, Wedzicha JA, Hurst JR. The impact of ischemic heart disease on symptoms, health status, and exacerbations in patients with COPD. Chest. 2012 Apr;141(4):851-857. doi: 10.1378/chest.11-0853. Epub 2011 Sep 22. PMID: 21940771.
13. Roversi S, Fabbri LM. Interazioni cuore-polmoni: la broncopneumopatia cronica ostruttiva e la cardiopatia ischemica [Lung and heart interaction: chronic obstructive pulmonary disease and ischemic heart disease]. G Ital Cardiol (Rome). 2018 Mar;19(3):153-160. Italian. doi: 10.1714/2883.29073. PMID: 29873642.
14. Rabe KF, Hurst JR, Suissa S. Cardiovascular disease and COPD: dangerous liaisons? Eur Respir Rev. 2018 Oct 3;27(149):180057.
15. Абдувакилов Ж., Ризаев Ж. Биохимические маркеры соединительной ткани у больных хроническим воспалительным пародонтитом на фоне метаболического синдрома //Stomatologiya. - 2018. - Т. 1. - №. 1 (70). - С. 11-14.
16. Ziyadullaev S. et al. The effect of budesonide on the quality of life in patients with bronchial asthma //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 1760-1766.
17. Абдуллаев Д., Гадаев А., Ризаев Ж. Матриксные металлопротеиназы у больных с болезнями пародонта и хронической сердечной недостаточностью //Stomatologiya. - 2017. - Т. 1. - №. 2 (67). - С. 104-106.
18. Зиядуллаев Ш. Х. и др. Роль некоторых регуляторных цитокинов в иммунопатогенезе экзогенных аллергических альвеолитов //Здобутки клшчжй i експериментальнл медицини. - 2017. - №. 1. - С. 38-41.
19. Зиядуллаев С. и соавт. Влияние будесонида на качество жизни больных бронхиальной астмой //Европейский журнал молекулярной и клинической медицины. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 1760-1766 гг.