Научная статья на тему 'ЧАСТОТА СОПУТСТВУЮЩИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ'

ЧАСТОТА СОПУТСТВУЮЩИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
55
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
коморбидность / частота / терапия РА / НПВП. / comorbidity / frequency / RA therapy / NSAIDs

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Таирова Зарангис Камолидиновна, Шодикулова Гуландом Зикрияевна, Шоназарова Нодира Худойбердиевна

Высокая распространенность ревматоидного артрита подразумевает наличие у пациентов сопутствующих патологий и отягощенного коморбидного фона, который влияет на прогноз заболевания, тактику лечения и качество жизни больных. Коморбидные заболевания могут появиться до развития РА, в период обострения или ремиссии, могут быть осложнением аутоиммунного воспаления или его лечения. Наиболее распространенными сопутствующими заболеваниями у больных ревматическими заболеваниями являются кардиоваскулярная патология, болезни легочной системы, инфекции, депрессии, заболевания желудочно-кишечного тракта, опухоли. Учитывая, что сердечно-сосудистые заболевания являются основной причиной смерти при РА, традиционные факторы риска нуждаются в адекватном и своевременном контроле и корректировке. Необходимо улучшить лечение препаратами, применяемыми при лечении РА, с учетом влияния на сопутствующие заболевания.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по медицинским наукам и общественному здравоохранению , автор научной работы — Таирова Зарангис Камолидиновна, Шодикулова Гуландом Зикрияевна, Шоназарова Нодира Худойбердиевна

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FREQUENCY OF COMORBIDITIES IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS

The high prevalence of rheumatoid arthritis implies the presence of comorbidities in patients and aggravated comorbid background, which affects the prognosis of the disease, treatment tactics and the quality of life of patients. Comorbid diseases may appear before the development of RA, during the period of exacerbation or remission, may be a complication of autoimmune inflammation or its treatment. The most common concomitant diseases in patients with rheumatic diseases are cardiovascular pathology, diseases of the pulmonary system, infections, depression, diseases of the gastrointestinal tract, tumors. Given that cardiovascular disease is the main cause of death in RA, traditional risk factors need adequate and timely control and adjustment. It is necessary to improve the treatment of drugs used in the treatment of RA taking into account the effect on comorbid diseases.

Текст научной работы на тему «ЧАСТОТА СОПУТСТВУЮЩИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ»

JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH

ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ

УДК: 616.72-002.772.616-06

Таирова Зарангис Камолидиновна

Базовый докторант кафедры «Внутренние болезни №3» Самаркандский государственный медицинский университет, Самарканд, Узбекистан Шодикулова Гуландом Зикрияевна д.м.н., проф. кафедры «Внутренние болезни №3» Самаркандский государственный медицинский университет, Самарканд, Узбекистан Шоназарова Нодира Худойбердиевна Ассистент кафедры «Внутренние болезни №3» Самаркандский государственный медицинский университет, Самарканд, Узбекистан

ЧАСТОТА СОПУТСТВУЮЩИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ

For citation: Tairova Z.K., Shodikulova G.Z., Shonazarova N.X. FREQUENCY OF COMORBIDITIES IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 4, pp.65-68

http: //dx. doi.org/10.5281/zenodo. 7366187

АННОТАЦИЯ

Высокая распространенность ревматоидного артрита подразумевает наличие у пациентов сопутствующих патологий и отягощенного коморбидного фона, который влияет на прогноз заболевания, тактику лечения и качество жизни больных. Коморбидные заболевания могут появиться до развития РА, в период обострения или ремиссии, могут быть осложнением аутоиммунного воспаления или его лечения. Наиболее распространенными сопутствующими заболеваниями у больных ревматическими заболеваниями являются кардиоваскулярная патология, болезни легочной системы, инфекции, депрессии, заболевания желудочно-кишечного тракта, опухоли. Учитывая, что сердечно-сосудистые заболевания являются основной причиной смерти при РА, традиционные факторы риска нуждаются в адекватном и своевременном контроле и корректировке. Необходимо улучшить лечение препаратами, применяемыми при лечении РА, с учетом влияния на сопутствующие заболевания.

Ключевые слова: коморбидность, частота, терапия РА, НПВП.

Tairova Zarangis Kamolidinovna

basic doctoral student of the Department of Internal Medicine No. 3 Samarkand State Medical University, Samarkand, Uzbekistan Shodikulova Gulandom Zikriyaevna DSc, professor Department of Internal Medicine No. 3 Samarkand State Medical University, Samarkand, Uzbekistan Shonazarova Nodira Xudoyberdievna assistant of the Department of Internal Medicine No. 3 Samarkand State Medical University, Samarkand, Uzbekistan

FREQUENCY OF COMORBIDITIES IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS

ANNOTATION

The high prevalence of rheumatoid arthritis implies the presence of comorbidities in patients and aggravated comorbid background, which affects the prognosis of the disease, treatment tactics and the quality of life of patients. Comorbid diseases may appear before the development of RA, during the period of exacerbation or remission, may be a complication of autoimmune inflammation or its treatment. The most common concomitant diseases in patients with rheumatic diseases are cardiovascular pathology, diseases of the pulmonary system, infections, depression, diseases of the gastrointestinal tract, tumors. Given that cardiovascular disease is the main cause of death in RA, traditional risk factors need adequate and timely control and adjustment. It is necessary to improve the treatment of drugs used in the treatment of RA taking into account the effect on comorbid diseases.

Keywords: comorbidity, frequency, RA therapy, NSAIDs

Tairova Zarangis Kamolidinovna

3-son ichki kasalliklar kafedrasi tayanch doktoranti Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O'zbekiston Shodiqulova Gulandom Zikriyayevna 3-son ichki kasalliklar kafedrasi t.f.d., professor Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O'zbekiston Shonazarova Nodira Xudoyberdiyevna 3-son ichki kasalliklar kafedrasi assistenti Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O'zbekiston

REVMATOID ARTRIT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOMORBID KASALLIKLARNING UCHRASH CHASTOTASI

ANNOTATSIYA

Kasallikning yuqori darajada tarqalishi, bemorlarda og'irlashgan komorbid fon borligini anglatadi, bu esa kasallikning kechishi, davolash taktikasiga va natijada revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatiga sezilarli ta'sir qiladi. Tadqiqotchilarning RAdagi komorbid holatlarga qiziqishi, ularning kasallikning kechishi, oqibati, davolash taktikasini tanlashga va bemorlarning hayot sifatiga ta'siri bilan bog'liq. Qo'shimcha kasalliklar RA rivojlanishidan oldin, qo'zish yoki remissiya davrida paydo bo'lishi mumkin, shuningdek, surunkali autoimmun yallig'lanish va/yoki uning terapiyasining asorati bo'lishi mumkin. Revmatik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda eng ko'p uchraydigan komorbid holatlarga yurak-qon tomir kasalliklari, infeksiyalar, o'pka kasalliklari, tushkunlik, o'smalar va oshqozon-ichak trakti kasalliklari kiradi. RAda o'limning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari ekanligini hisobga olib, an'anaviy xavf omillarini adekvat va o'z vaqtida nazorat qilish va tuzatish kerak. RAni davolashda qo'llanilayotgan preparatlarni komorbid kasalliklarga ta'sirini hisobga olgan holda davolash usullarini takomillashtirish kerak.

Kalit so'zlar: komorbid holat, chastotasi, RAni davolash, NYaQP.

Dolzarbligi. Bugungi kunda revmatik kasalliklar ijtimoiy ahamiyatga ega. Jumladan, revmatoid artritning (RA) tarqalishi-0,61%, ankilozlovchi spondilit-0,1%, psoriatik artrit-0,37%, reaktiv artrit-0,42%, podagra- 0,3%, biriktiruvchi to'qima va qon tomirlarining tizimli kasalliklari- 0,11% ni tashkil etadi [5, 6]. Damjanov N. va boshqalarning fikricha [1, 5, 6], revmatik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda eng ko'p uchraydigan komorbid holatlarga yurak-qon tomir kasalliklari, infeksiyalar, o'pka kasalliklari, tushkunlik, o'smalar va oshqozon-ichak trakti kasalliklari kiradi.

Zamonaviy tibbiyot amaliyotida revmatoid artrit eng dolzarb patologiyalardan biri bo'lib qolmoqda: bir tomondan, bu kasallikning tarqalishi - umumiy aholi orasida 2% gacha; boshqa tomondan, bemorlarda doimiy nogironlikning yuqori ko'rsatkichlari, davolanish va zarur laborator nazorat uchun katta xarajatlarga asoslangan jarayonning yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati [7, 8]. Kasallikning yuqori darajada tarqalishi, bemorlarda og'irlashgan komorbid fon borligini anglatadi, bu esa kasallikning kechishi, davolash taktikasiga va natijada revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatiga sezilarli ta'sir qiladi. [2, 4, 7].

Tadqiqotchilarning RAdagi komorbid holatlarga qiziqishi, ularning kasallikning kechishi, oqibati, davolash taktikasini tanlashga va bemorlarning hayot sifatiga ta'siri bilan bog'liq. Qo'shimcha kasalliklar RA rivojlanishidan oldin, qo'zish yoki remissiya davrida paydo bo'lishi mumkin, shuningdek, surunkali autoimmun yallig'lanish va/yoki uning terapiyasining asorati bo'lishi mumkin [3, 5].

Ishning maqsadi: Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda ko'p uchraydigan komorbid xolatlar chastotasini aniqlash.

Tadqiqot materiali va metodlari: Ushbu tadqiqotda 2020-2022 yillarda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi kardiorevmatologiya bo'limida RA tashxisi bilan davolangan 80 nafar bemor-66 (82,5%) ayollar, 14 (17,5%) erkaklar tekshirildi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 43,3±11,4 yil, RA kasalligining davomiyligi 11,2±6,4 yilni tashkil etdi.

Istisno mezonlari: 18 yoshgacha va 60 yoshdan oshgan, onkologik kasalliklar, o'tkir va surunkali kasalliklarni qo'zish davri.

Klinik tekshiruv DAS28 (EULAR) indeksiga asoslanib, kasallik aktivligini baholash, bo'g'imlarning rentgenogrammasi, qon umumiy va biokimyoviy taxlili, revmaproba, C-reaktiv oqsil va RF darajasini aniqlash, qondagi siklik sitrullinlangan peptidga antitanachalar konsentratsiyasini (SSPA) aniqlashni o'z ichiga oldi. RA og'irligini baholashda og'riqli va shishgan bo'g'imlarning soni hisobga olingan (og'riqning kuchini vizual analog shkalasi (VASh) mm da qayd etilgan); ertalabki karaxtlikning davomiyligi, NYaQP va glyukokortikosteroidlarni (GKS) qo'llash zarurligi, RAning qo'zg'alishi tufayli bir yilda gospitalizasiyalar soni.

Bemorlar orasida ayollar (82,5%) ko'p uchradi va ular IgM RF (78,8%) bo'yicha seropozitiv ekanligi aniqlandi. 58 (72,5%) bemorning qon zardobida SSPA darajasi aniqlandi. Bemorlarning 77,5%da (n=62) kasallikning o'rtacha va yuqori klinik faolligi aniqlandi (DAS28 >3,2). Kuzatish vaqtida 80 nafar bemordan 22 (27,5%) nafarida eroziv bo'lmagan artrit, qolganlarida rentgen tekshirishda qo'l yoki oyoq bo'g'imlarida har xil darajadagi destruktiv o'zgarishlar kuzatildi.

Bemorlarning 30%-GKS, 77,5%-NYaQP qabul qilgan. GIBP bilan terapiya TNF-a ingibitori tomonidan taqdim etilgan bo'lib, u RA bilan kasallangan 14 (13,2%) nafar bemorlarda o'tkazilgan. Bazis terapiyasiz davolanish muddati 4,2 ± 4,4 yil, bazis terapiya davomiyligi 4,8 ± 2,4 yilni tashkil etdi.

Olingan ma'lumotlarga statistik ishlov berish Microsoft Excel, dasturiy majmuasi yordamida amalga oshirildi. Tadqiqotga faqat xabardor qilingan rozilikni imzolagan bemorlar kiritildi.

Tadqiqot natijalari: Jadvalda tekshirilgan bemorlarning asosiy xususiyatlari ko'rsatilgan. Bazis dori vositalaridan 28 (35%) bemor metotreksat; sulfasalazin, gidroksixloroxin, leflunomid - 32 (40%) bemor qabul qilgan. 29 (36,25%) bemorda terapiya RA tashxisi qo'yilgan paytdan boshlab 6 oy ichida, 24 (30%) nafar bemorda -kasallikning dastlabki 2 yili ichida boshlangan. Bizning tadqiqotimizga

ko'ra, bemorlarning 28,75% da bazis preparatlar kasallikning avj olgan yoki kechki bosqichida, bo'g'imlar va ichki organlarda chuqur patologik o'zgarishlar rivojlangan paytda buyurilgan. Bundan tashqari, RA bilan kasallangan bemorlarning yarmidan ko'pi uzoq vaqt davomida past dozada bazis preparatlar qabul kilgan. Bazis preparatlarni qabul qilishni o'rtacha davomiyligi 6,2±5,3 yilni tashkil etdi, metotreksatning

o'rtacha dozasi haftasiga 15,4±4,3 mg bo'ldi. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, bemorlarning 49,3% preparatni nisbatan past dozada (haftasiga 7,5 dan 12,5 mg gacha) qabul qilgan. Kortikosteroidlar bilan davolashning o'rtacha davomiyligi 4,7±7,9 yil, o'rtacha dozasi esa 6,3±4,1 mg/kun tashkil etdi.

Jadval. RA bilan kasallangan bemorlarning klinik xarakteristikasi

Ko'rsatkich Bemorlar soni (n=80), n (%)

Ayollar/erkaklar 66/14 (82,5/17,5)

Yoshi 43,3±11,4

RAning davomiyligi 11,2±6,4 yil

Seropozitiv RA: RF bo'yicha 82,5%

O'tkazilgan terapiya:

BYaQP:

Metotreksat; 28 (35)

Sul'fasalazin, Gidroksixloroxin,

Leflunomid; 32 (40)

GIBP 14 (13,2)

GKS 24 (30)

NYaQP 62 (77,5)

RA bilan og'rigan bemorlardan 61 (76,25%) nafarida turli organlar patologiyasi aniqlangan, ularning 37 (46,25%) nafarida bir nechta komorbid holatlar kuzatilgan, bu esa terapiyani tanlashda qo'shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, ko'pincha polipragmaziya sababi bo'ladi va salbiy reaksiyalar xavfini oshiradi.

Komorbid kasalliklar orasida yetakchi o'rinni yurak-qon tomir patologiyasi (47 (58,75%) bemor) egalladi. Shundan, arterial gipertenziya (AG)-31 (38,75%) bemorda kuzatildi. Bemorlarning 18 (58%) nafarida AG RA fonida rivojlangan, 9 (29%) bemorlarda arterial gipertenziya tashxisi RA tashxisidan oldin, 4 (13%) bemorda esa AG tashxisi RA tashxisi bilan bir vaqtda qo'yilgan.

Yurak ishemik kasalligi (YuIK) 15 (31,9%) bemorda kuzatildi. Ular orasida ko'pchilikni stabil zo'riqish stenokardiyasi tashkil etdi. Komorbid patologiya uchrash chastotasi bo'yicha ikkinchi o'rinni oshqozon-ichak traktining patologiyasi (42 (52,5%) nafar) tashkil qildi, eng ko'p xolatlar (71,4%) oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak kasalliklariga to'g'ri keldi. Oshqozon-ichak traktining surunkali yallig'lanish kasalliklari, birinchi navbatda oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning eroziv yoki yarali yallig'lanish mavjudligi, RA bilan og'rigan bemorlarda simptomatik va asosiy terapiyani tanlashda to'sqinlik qiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yallig'lanish kasalliklari bilan og'rigan bemorlarning aksariyati uzoq vaqt davomida kortikosteroidlar va NYaQPlarni qabul qilgan, bu esa proton pompasi ingibitorlarini doimiy ravishda qabul qilishni talab qilgan. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning shikastlanish belgilarining paydo bo'lishi, BYaQPlarni vaqtincha to'xtatish yoki bekor qilish, keyin esa boshqa dori bilan almashtirish zarurligini ta'kidlaydi. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichaklarni yalliglanishi

References / Список литературы /Iqtiboslar

1. 2.

3.

4.

5.

6. 7.

BYaQPlaming samarasizligi yoki kam samaradorligi tufayli davo sifatida NYaQP va GKSlarni ko'p qo'llash bilan bog'lik.

8 (19%) bemor turli xil etiologiyali surunkali gepatitdan davolandi, bu esa BYaQP va GIBPlarni buyurishni muammoli qiladi. Osteoartrit (OA) RA bilan og'rigan 22 (36%) bemorda, asosan, 40 yoshdan oshgan bemorlarda aniqlandi. RA bilan kasallangan 6 (9,83%) bemorda qandli diabet (QD), 8 (13,1%) bemorda surunkali autoimmun tireoidit va gipotireoz aniqlandi.

Asosiy terapiyani tanlashda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan siydik yo'llarining surunkali yallig'lanish kasalliklari RA bilan og'rigan 15 (24,5%) bemorda aniqlandi. Nafas olish organlari kasalliklari nisbatan kam uchradi: 4 (6,5%) bemor bronxial astma bilan kasallangan, 3 (4,91%) bemorda surunkali obstruktiv o'pka kasalligi tashxisi qo'yilgan.

Komorbid patologiyaning mavjudligi RA bilan og'rigan bemorlarni davolashda to'g'ridan-to'g'ri tibbiy xarajatlarga ta'sir qiluvchi muhim omil bo'lib hisoblanadi. [9].

Xulosa:

1. Klinik amaliyotda bo'g'imlarning surunkali yallig'lanish kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda mavjud bo'lgan komorbid xolatlarni hisobga olish kerak, ularning mavjudligi RA ning kechishiga ta'sir qiladi, terapiya samaradorligini pasaytiradi va kasalxonaga yotqizish chastotasini oshiradi.

2. RAda o'limning asosiy sababi yurak-qon tomir kasalliklari ekanligini hisobga olib, an'anaviy xavf omillarini adekvat va o'z vaqtida nazorat qilish va tuzatish kerak.

3. RAni davolashda qo'llanilayotgan preparatlarni komorbid kasalliklarga ta'sirini hisobga olgan holda davolash usullarini takomillashtirish kerak.

Damjanov N., Nurmohamed M.T., Szekanecz Z. Biologies, cardiovascular effects and cancer. BMC med icine. 2014; 12: 48. doi: 10.1186/1741-7015-12-48.

Osiri M., Sattayasomboon Y. Prevalence and outpatient medical costs of comorbid cjnditions in patients with rheumatoid arthritis // Joint Bone Spine. - 2013. - № 6 (80). - P. 608-620.

Shodikulova G.Z., Tairova Z.K., Khasanov O.G. ASSESSMENT OF THE STATE OF THE CARDIOVASCULAR SYSTEM IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS. Journal of TMA Bulletin, 2022, issue 2, pp. 183-185.

Shodikulova G.Z. Shonazarova N.X FEATURES OF THYROID DISEASE IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS WITH CARDIOMETABOLIC SYNDROME. Journal of cardiorespiratory research. 2022, vol 3, issue 2, pp. 22-25.

Галушко Е.А., Насонов Е.Л. Распространенность ревматических заболеваний в России. Альманах клинической медицины. 2018; 46(1): 32-9. doi: 10.18786/2072-05 05-2018-46-1-32-39.

Никитина Н.М., Егорова Е.В., Мелехина И.Ф. и др. Проблемы приверженности лечению коморбидных пациентов с ревматоидным артритом. Архивъ внутренней медицины. 2020; 10(5): 372-381. DOI: 10.20514/2226-6704-2020-10-5-372-381

Н.С. Трубникова, Л.Н. Шилова, А.В. Александров. Проблемы коморбидного фона у пациентов с ревматоидным артритом. Вестник ВолГМУ. Выпуск 2 (70). 2019

8. Насонов Е.Л., Каратеев Д.Е., Чичасова Н.В. Проблемы коморбидного фона у пациентов с ревматоидным артритом. Рекомендации EULAR по лечению ревматоидного артрита - 2013: общая характеристика и дискуссионные проблемы // Научно-практическая ревматология. - 2013. - № 6 (51). - С. 609-631.

9. Панафидина Т.А., Кондратьева Л.В., Герасимова Е.В. и др. Коморбидность при ревматоидном артрите. Научно-практическая ревматология. 2014; 52(3): 283—9.

10. Абдувакилов Ж., Ризаев Ж. Биохимические маркеры соединительной ткани у больных хроническим воспалительным пародонтитом на фоне метаболического синдрома //Stomatologiya. - 2018. - Т. 1. - №. 1 (70). - С. 11-14.

11. Ziyadullaev S. et al. The effect of budesonide on the quality of life in patients with bronchial asthma //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 1760-1766.

12. Абдуллаев Д., Гадаев А., Ризаев Ж. Матриксные металлопротеиназы у больных с болезнями пародонта и хронической сердечной недостаточностью //Stomatologiya. - 2017. - Т. 1. - №. 2 (67). - С. 104-106.

13. Зиядуллаев Ш. Х. и др. Роль некоторых регуляторных цитокинов в иммунопатогенезе экзогенных аллергических альвеолитов //Здобутки юлтчно! i експериментально! медицини. - 2017. - №. 1. - С. 38-41.

14. Зиядуллаев С. и соавт. Влияние будесонида на качество жизни больных бронхиальной астмой //Европейский журнал молекулярной и клинической медицины. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 1760-1766 гг.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.