Научная статья на тему 'INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISh – “O'ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING USTUVOR VAZIFASI'

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISh – “O'ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING USTUVOR VAZIFASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jamshid Sharipov

Zamonaviy dunyoda, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar mamlakatlarning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi va bu jarayonda inson kapitalining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shuning uchun, “O'zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishning asosiy g'oyalaridan biri inson kapitalini rivojlantirish bo'lib, bu aholining ehtiyojlariga va xalqaro standartlarga to'liq mos keladigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratishni nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISh – “O'ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING USTUVOR VAZIFASI»

Tashkent State University of Economics

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISh - "O'ZBEKISTON-2030" STRATEGIYaSINING USTUVOR VAZIFASI

Jamshid Sharipov

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi bo'limi boshlig'i

Zamonaviy dunyoda, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar mamlakatlarning rivojlanishida muhim rol o'ynaydi va bu jarayonda inson kapitalining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Shuning uchun, "O'zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirishning asosiy g'oyalaridan biri inson kapitalini rivojlantirish bo'lib, bu aholining ehtiyojlariga va xalqaro standartlarga to'liq mos keladigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratishni nazarda tutadi.

"0'zbekiston-2030" strategiyasining 2023 yilda mazkur yo'nalish bo'yicha belgilangan tadbirlari ijrosi tahlil qilinganda, hukumat tomonidan muhim qadamlar tashlanganini ko'rishimiz mumkin.

Ta'lim sohasi inson kapitalining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, "0'zbekiston-2030" strategiyasida jahon standartlariga to'liq javob beradigan, ijodiy yondashuv va kasbiy mahoratni rivojlantirishga xizmat qiladigan ta'lim tizimini yaratishga qaratilgan.

Jumladan, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan xususiy sektor vakillari uchun bank kreditlari bo'yicha binolarni garovga qo'yish huquqlarining berilishi va ko'p qavatli uylarda yoki shaxsiy uy joylarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish imkoniyatlarining yaratilishi maktabgacha ta'lim muassasalari sonining 33942 taga yetishiga va 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasining 74,0 foizga oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Ta'lim sohasidagi muhim jihatlardan yana biri bu - umumiy o'rta ta'limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni jalb qilishdir. Mazkur masalaga misol sifatida 2023 yilda "E-auksion" elektron savdolari orqali 4,79 gektar yer maydoni nodavlat umumta'lim muassasalarini qurish uchun ajratilganini keltirish mumkin. Bu esa kelajakda ta'lim xizmatlarining xilma-xilligi va ularning sifatini oshirishga ko'maklashadi. Shuningdek, xususiy sektorning jalb etilishi orqali ta'lim muassasalarida zamonaviy o'qitish usullari, texnologiyalar va dasturlar joriy etilishi mumkin, bu esa o'quvchilarning ta'lim olish tajribasini yanada boyitadi va ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga tayyorlaydi.

Yoshlarning intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va yanada oshirish maqsadida xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning xarajatlarini qoplab

282

Tashkent State University of Economics

berish bo'yicha davlat xizmatlari yo'lga qo'yildi (2023 yilda mazkur xizmat yo'lga qo'yilganidan boshlab yoshlarning 35,6 milliard so'mlik xarajatlari qoplab berildi) va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 800 turdagi tanlovlar, musobaqalar va o'yinlar o'tkazildi.

Yoshlarni zamonaviy bilim va ko'nikmalarga o'rgatish hamda ularning yuqori daromadli sohalarda qulay ishlashlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida https://uzbekcoders.uz platformasida AQShning Coursera kompaniyasi kurslari tashkil etildi, natijada 215 mingdan ortiq yoshlar mazkur kurslarda qamrab olindi. Shuningdek, sport bilan shug'ullanuvchi yoshlar sonini oshirish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahallalarda yashayotgan yoshlar o'rtasida sportning 11 turi bo'yicha besh bosqichli mahalla-sektor-tuman-viloyat-respublika darajasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Global innovatsion indeksdagi past ko'rsatkichlar bo'yicha aniq chora-tadbirlar rejasining tasdiqlanishi, mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirishga bo'lgan intilishini ko'rsatmoqda. 2023 yilgi Global innovatsion indeks reytingida O'zbekiston 132 mamlakatlar orasida 82-o'rinni saqlab qoldi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasining muhim jihatlaridan biri bu sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Millatning salomatligi - uning farovonligining asosidir. Tibbiyotga investitsiyalar kiritish, zamonaviy tibbiy markazlarni tashkil etish va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish sog'lom va samarali jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu o'z navbatida, fuqarolarning jismonan va ruhan farovonligiga g'amxo'rlik qilishga sharoit yaratib beradi.

Strategiya doirasida 2023 yilda sog'liqni saqlash sohasida xam sezilarli ishlar amalga oshirildi, xususan onalar va bolalar salomatliligini mustaxkamlash hamda kasalliklarni oldini olish maqsadida:

- 8,6 million (92%) reproduktiv yoshdagi ayollar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi, 2,2 million homilador va emizadigan ayollarga 308 116 qadoq yod preparatlari, 5,9 million 35 yoshgacha bo'lgan ayollarga 636 129 qadoq temir preparatlari va 168 389 qadoq foliy kislotasi berildi;

- 6-23 oylik 416 655 nafar bolalar birinchi bosqichda va 175 592 nafar bolalar ikkinchi bosqichda 53,3 million (paket) mikroelementlar kukunlari, 3-15 yoshdagi 8,4 million bolalar 847 371 qadoq yod preparatlari bilan ta'minlandi va 210 yoshdagi 6,3 million bolalar (99%) degelmintizatsiyadan o'tkazildi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida ijtimoiy adolat va xilma-xillik ham muhim o'rin tutadi. Jinsi, ijtimoiy maqomi yoki etnik mansubligidan qat'i nazar, tenglikni

283

Tashkent State University of Economics

ta'minlash har bir fuqaroga o'z saloxiyatini amalga oshirishi mumkin bo'lgan jamiyatni shakllantirishga yordam beradi.

Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko'rsatish, aholining og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aholining ko'makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta'minlash maqsadida, 2023 yilning 15 oktyabridan boshlab 28 ta tuman (shahar)da "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatishning yangi tizimi yo'lga qo'yildi.

Ayollarning mavjud muammolarini o'rganib borish va ularga sistematik ravishda yechim topish maqsadida "Xotinqizlar.uz" deb nomlangan yagona milliy interaktiv platforma ishga tushirildi. Mazkur platforma mavjud muammolar bo'yicha onlayn murojaatlar qabul qilish, ularni tegishli davlat idoralariga jo'natish va ijrosini nazorat qilish, zo'ravonlik va tazyiqdan himoyalanish borasida onlayn psixologik maslahatlarni berib borish, ayollarning ishga joylashishiga ko'maklashish, uy-joyini ta'mirlash, uy-joy bilan ta'minlash, ijara to'lovlari uchun kompensatsiyalar to'lash, nogiron ayollarga tezkor tibbiy yordam ko'rsatish va boshqa xizmatlarni ko'rsatishni nazarda tutadi. 2023 yil yakuniga ko'ra, ushbu platforma orqali 490 111 ta ayollar muammosi aniqlangan bo'lib, ulardan 472 458 tasi o'z yechimini topdi.

Shuni ta'kidlash lozimki, "O'zbekiston-2030" strategiyasining amalga oshirilishi tahlili shuni ko'rsatadiki, hukumat tomonidan inson kapitalini rivojlantirishda muhim qadamlar tashlandi, bu esa O'zbekistonning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti uchun muhim omildir. Bu faqat bilim va sog'liqqa sarmoya kiritish emas, balki kelajakka strategik sarmoyadir, unda aqlli, sog'lom va motivatsiyaga ega insonlar mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun yetakchi kuch bo'lib xizmat qiladi.

284

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.