Научная статья на тему 'INSON KAPITALI NAZARIYASIGA ILMIY-FALSAFIY YONDASHUVLAR'

INSON KAPITALI NAZARIYASIGA ILMIY-FALSAFIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
17
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kapital / inson kapitali / postindustrial / moddiy kapital / iqtisod / investitsiya / sogʻliq / malaka / qobiliyat / motivatsiyalar zahirasi / capital / human capital / post-industrial / material capital / economy / investment / health / qualifications / ability / motivation Reserve

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — D.X.Islamova

Har bir narsaning oʻziga hos tushunchasi, mohiyati bor. Ushbu tushunchalar inson va dunyo hayotida chuqurroq maʼnoga ega boʻlishni boshlaganda, ular nazariyaga aylanadi. Inson kapitali ham muhim tushunchalardan biri hisoblanadi. Chunki dunyo hamjamiyatida munosib movqega ega boʻlishni istagan davlat yoki millat yuqori intelektual salohiyat, bilim va tajribaga ega odamlarsiz iqtisodiy va ilmiy rivojlanishga erisha olmaydi. Inson kapitali toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini uygʻotish uchun nazariyalarni chuqur oʻrganish va ular asosida xulosalar chiqarish kerak. Ushbu tadqiqot ishi huddi shu mavzuga bagʻishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND PHILOSOPHICAL APPROACHES TO THE THEORY OF HUMAN CAPITAL

As you know, everything has its own concept, essence. Besides when some concepts begin to take on a deeper meaning in the universe and in human life, they become a theory. Human capital is one such important concept. Because, a state or a nation that wants to take its rightful place in the world today cannot achieve economic development or significant achievements in science without people with high intellectual potential, knowledge and experience. In order to arouse public opinion about human capital, it is necessary to study the theories about it in depth and draw conclusions based on them. This is the subject of this research.

Текст научной работы на тему «INSON KAPITALI NAZARIYASIGA ILMIY-FALSAFIY YONDASHUVLAR»

INSON KAPITALI NAZARIYASIGA ILMIY-FALSAFIY YONDASHUVLAR

UDK 721.2.4

D.X.Islamova* [email protected]

Tayanch so'zlar: kapital, inson kapitali, postindustrial, moddiy kapital, iqtisod, investitsiya, sog'liq, malaka, qobiliyat, motivatsiyalar zahirasi.

O'zbekistonning istiqlolga erishishi jamiyatda ilm-fan va ma'naviyat-ma'rifat sohalarining jadallashishiga turtki bo'ldi. Shu boisdan ilm-fanni rivojlantirish va uni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ana shu mazmundan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 28-mayida ilm-fan va oliy ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan maxsus yig'ilishi bo'lib o'tdi. Davlat rahbarining mazkur nutqi ham bevosita "Asosiy maqsad - mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish" deya nomlandi. Bundan ko'rinib turibdiki, inson kapitali mavzusi bugungi kunda o'rganilishi muhim bo'lgan zarur ilmiy-tadqiqotlar jumlasiga kiradi. Zero, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olayotgan ayni paytda inson kapitali va uni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish dolzarb masalaga aylandi. Inson kapitali terminining tarixi va uning jamiyatda ommalashishiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning XX asrda yana bir pog'ona yuqoriga chiqqanligini ko'rish mumkin. Buning asosiy omili sifatida o'tgan asrning oxirida odamzodning postindustrial jamiyatga, ya'ni informatsion va innovatsion texnologiyalar davriga qadam qo'yishini alohida ko'rsatish mumkin. Bu esa aynan yuqori bilim darajasi va malakasiga ega inson kuchiga bo'lgan talabni har qachongidan ham oshirib yuborganligini anglatadi.

Iqtisodchi olimlardan ba'zilari inson kapitaliga yondashar ekan, "inson kapitali bu har bitta odamdagi bilimlar, qobiliyatlar yig'indisidir", degan xulosaga kelishgan[11, S-4]. Kelgusida foyda keltirishini inobatga olib, unga kapitali deb qaraladi. E'tiborli jihati shundaki, u inson bilan uzviy bog'liq hamda uning ajralmas qismi bo'lganligi bois unga insoniy kapital sifatida qaraladi. Hudi shunday yondashuvlardan biri S.Fisher, K.Shlamenzi va R.Dornbushlarga tegishli bo'lib, ular "Ekonomiks" jurnalida o'zlarining quyidagi fikrlarini bayon qilganlar: "Inson kapitali - insonda o'z aksini topa olgan va o'z egasiga daromad olib keluvchi o'lchov hisoblanadi" [13, S-303].

Ta'lim Adam Smit tomonidan mamlakat boyligini oshiradigan asosiy omillar ro'yxatiga kiritiladi. Uning bu fikrlari hozir ham shunisi bilan ahamiyatliki, A.Smit tomonidan ilgari surilgan moddiy kapitalni qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan inson qobiliyati o'rtasidagi o'zgarishlar va farqlarni aniqlab beradi. A.Smit aytadiki, inson ma'lum kasb yoki hunar o'rganish uchun katta mehnat hamda ko'p vaqt sarflashini huddiki uning qimmatbaho buyumga ega bo'lishiga qiyoslaydi. Bu bilan u aynan insonning bilimi, ko'nikma va yoki qobiliyatlarining o'zini boylikka tenglashtiradi.

A.Smit qarashlarini klassik siyosiy iqtisodiyot vakili hisoblangan David Rikardo qo'llab-quvvatlaydi. U "Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning ibtidosi" nomli o'z asarida davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy farq va qator mamlakatlarning ortda qolishi sababini aloqa qatlamlari orasida savodlilikning yetarli bo'lmay qolgani bilan izohlaydi[12, S-89].

Ta'lim olish, ishlab chiqarish tajribasini jamg'arish, sog'liqni saqlash, axborot izlash inson kapitaliga bo'lgan investitsiyani tashkil etadi. Ta'lim va kasbga tayyorgarlik insonning bilim darajasini oshiradi, ya'ni inson kapitali xajmini oshiradi. Insonning o'lim ko'rsatkichlarini

* Islamova Dildora Xamidullayevna - f.f.n., Toshkent davlat texnika universiteti "Falsafa va Milliy g'oya" kafedrasi dotsenti.

85

pasaytirib, uning xizmat qilish qilish muddatini uzaytiruvchi eng muhim faktorlardan biri bu sog'liqni saqlash jarayonidir. Ishchi kuchining nisbatan yuqoriroq baholanuvchi joylarga va sohalarga harakatlanish jarayoni ya'ni inson kapitalining yuqoriroq baholanishi esa migratsiya deb ataladi. Agar o'ylab ko'radigan bo'lsak, ta'lim hamda sog'liqni saqlash sohalari uzoq muddat mavjud bo'lib turish xususiyatiga ega. Ta'lim jarayonining mahsuli o'laroq, yuqori malakali, qobiliyatli, yangi hislatlarni o'zida mujassam etgan kapital - yangi ishchi kuchi vujudga keladi. Insonning mehnat qilish imkoniyatlarini uzaytirish esa sog'liqni saqlash tizimi zimmasisha tushadi. Shu bilan birga yana migratsiya, ma'lumot olish kabi qisqa muddatli omilliar ham mavjud bo'lib, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalari ishchi kuchi narxining o'sishiga xizmat qilsa, migratsiya ishchi kuchi narxini uning qaymati atrofida tebranishini ta'minlaydi.

Insonning jismoniy, aqliy va ijodiy imkoniyatlarining ortishi jamiyatning asosiy ishab chiqarish kuchi sifatida namoyon bo'ladi, deya ta'kidlagan K.Marks. U o'z fikrini davom ettirib, u haqiqiy boylikdir, boshqa boyliklar esa ijtimoiy ishlab chiqarishning o'tkinchi lahzasidir deydi. Inson qobiliyatlarining o'sishini asosiy kapital ishlab chiqarilish deya qarash mumkin. Negaki, asosiy kapitalning o'zi bu insondir.

S.A.Dyatlov inson kapitali deb, "jamoat takror ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida maqsadli foydalaniladigan va mehnat va ishlab chiqarish unumdorligining o'z navbatida ushbu inson daromadining oshishiga ta'sir etuvchi investitsiyalar natijasida shakllangan va inson tomonidan to'plangan sog'liq, malaka, qobiliyat va motivatsiyalar zahirasi tushuniladi" [4, S-83].

Mashhur klassik davr iqtisodiyotchilari shu tariqa inson kapitali nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqdilar. Ularning olib borgan tadqiqotlari shunga asoslanganki, insondagi malaka kapitalizmning bosh faktori hisoblanadi. Bunda inson mehnati uning bilim va malakasini oshirish uchun kiritilgan sarmoyadan ko'proq daromad keltiradi. Insonning bilim olishi, tajriba orttirishiga ketadigan mablag'larning investision tabiatga ega ekanligi to'g'risidagi g'oyalar moddiy kapitalni ishlab chiqarish jarayoni hamda odamning sermahsul qobiliyatlari o'rtasida analogiya o'tkazish uchun metodologik jihatdan asos hisoblanadi.

F.Machlup bu yondashuvni quyidagicha ifodalaydi: "insonning jismoniy va aqliy qobiliyatini ko'paytiruvchi investisiyalar natijasida yanada samarodor bo'ladigan mukammal mehnatdan nomukammal mehnatni ajratish kerak. Bunday mukammallashuv inson kapitalini tashkil etadi" [9, S-419].

Ba'zi tadqiqotchilarning fikrlari inson kapitalining ta'riflarini birlashtiradi. Jumladan, M.Blaug inson kapitali insonlarning o'z qiymati emas, balki, unga investisiya sifatida kiritilgan sarmoyalar asosida vujudga kelgan malaka qiymatidir [ 2, S-19].

S.A.Kurganskiy ta'rifning ifodalanishini biroz o'zgartirib: "inson kapitali inson tomonidan to'plangan va investitsiya natijasida shakllangan qobiliyat va sifatlar o'lchovidir ulardan maqsadli foydalanish mehnat samaradorligining va daromadning oshishiga olib keladi"- deydi[7, S-97].

Ishlab chiqarish jarayoni davomida inson kapitali moddiy kapital bilan doimo o'zaro munosabatda bo'ladi. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda, inson kapitali va moddiy kapitali o'rtasidagi o'xshashliklarni aniqlab olish mumkin. Quyida ushbu o'xshashliklar haqida fikr yurtiladi:

- Bozor iqtisodiyoti jarayonida foyda keltirib, takror ishlab chiqarishning asosiy faktorlari sifatida yuzaga chiqadi;

- O'zaro munosabatlarga yalpi ishlab chiqarishning kapitali sifatida kirishadi;

- Har ikki turdagi kapitalga kiritilgan sarmoyalar uzoq vaqt mobaynida daromad keltirib turadi;

- Ikkala kapital ham to'plana borib zahiraga aylanadi;

- Ushbu kapitallarning shakllanishiga sarmoya zarur;

- Ikkala kapital hampulli qiymat ko'rinishiga ega bo'lib, ulardanpulliyoki natural tarzda foydalanish mumkin bo'ladi;

- Har ikkala kapital ham ma'naviy va jismoniy tomonlama eskirish xususiyatiga egadir.

86

Inson kapitali tushunchasining mohiyatini unga ma'no jihatdan yaqin bo'lgan ishchi kuchi, inson salohiyati va inson omillari kabi tushunchalar bilan qiyosiy holda tahlil qilib ko'raylik.

Ishchi kuchi iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga bo'lgan barcha jismoniy, aqliy va ma'naviy qobiliyatlarining yig'indisini ifodalaydi.

Inson salohiyati (potensiali) bu "xarakatga keltirilishi mumkin bo'lgan va qo'yilgan maqsadga erishishda kelib chiqadigan vazifalarni yechishda ishlatilishi mumkin bo'lgan imkoniyatlar, manbalar, vositalar, zahiralar va boshqalar yig'indisidir; jamiyat alohida a'zosining, davlatning ma'lum bir sohadagi imkoniyatlari" [1,S-510]. Bular investitsiya qabul qilmagan qobiliyatlardir. Investitsiya natijasida shakllantirilgan va rivojlantirilgan qobiliyatlarni esa inson kapitali deb, qabul qilishimiz mumkin.

Asrimizning avvalida olimlar har bir odam va butun aholining qiymatini aniqlashga harakat qildilar. Buning sababi mamlakatlar hukumatlarining talabi hamda iqtisodiy zaruriyat edi. Bu bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nazariy ahamiyat kasb etdi. Qizig'i shundaki, ba'zi olimlar birinchi jahon urushidagi yo'qotishlarni inson kapitali qiymati orqali baholashga urindilar. I.Giyotning fikricha, kapital - bu insonning o'zidir. Insonning o'limi faqatgina gumanizm sohasi uchun emas, balki jamiyat iqtisodiy hayoti uchun ham yo'qotish bo'lishini ta'kidladilar[11].

Aslida inson kapitalini moddiy kapitaldan ajratib turuvchi bir qator xususiyatlar mavjud. Hozirgi kunda inson kapitali jamiyatning asosiy boyligi va iqtisodiy o'sishning asosiy omilidir. Negaki, faqat inson kapitaligina eski qiymatlarni saqlagan holda yangi qiymatlarni shakllantirish xususiyatiga ega. Tahlillar natijasida inson kapitalining moddiy kapitaldan quyidagi farqli jihatlari ajratildi:

- uni insondan (ya 'ni, uning tashuvchisidan) ajratib bo'lmaydi. Shu sababli almashinuvda

inson kapitalidan foydalanish natijasigina ishtirok etadi;

- amal qilish davrida farqlanadi.

Tadqiqotlar natijasida G.Boag shunday xulosaga keladi, moddiy va inson kapitali o'rtasida ajralmas aloqa mavjud. Shuningdek, u inson kapitalini baholashda mehnatga to'lanadigan maoshni kapitallashtirish usulidan foydalanish ma'qul variant bo'lishini ta'kidlagan. Negaki shu yo'l bilan moddiy narsalarning bahosini ham belgilash mumkin bo'ladi.

N.Senior esa G.Boagning ishlab chiqarishdagi haq to'lash orqali inson kapitalini baholash taklifi juda mushkul ekanligi haqidagi o'z fikrlarini olg'a suradi. Buning sababini u huddiki odamning umri davomida ta'lim olishi va yashashi uchun qancha mablag' ketishini aniq aytish qiyin bo'lgani kabi, kishilarning qobiliyati, bilimi va malakasiga qarab qancha foyda olishini bilmasligi bilan izohlaydi[8].

Moddiy kapitalning, odatda umri nisbatan uzoqroq hisoblanadi. Misol qilib keltiradigan bo'lsak, insondagi bilim, ko'nikma va malakalar uning vafot etishi bilan yakun topganini ko'rsak, pul yoki boshqa moddiyyat shakldagi qimmatliklar esa o'z qiymatini yo'qotmay, har doim saqlanib qoladi. Biroq, bu holat ham nisbiy hisoblanadi. Negaki, har bir avlod o'zidan oldingi avlodning moddiy shakldagi qiymatliklarini qabul qilib olish bilan birga, ularni boyitishga o'z hissasini ham qo'shadi. Inson kapitali bo'yicha ham bu qoida amal qiladi. Odamda qondan-qonga o'tuvchi o'ziga xos "meros" mavjud bo'ladi. Lekin, shunga qaramay, har bir xonadon a'zolari o'z farzandlarini o'qitish, ilm o'rgatish, kasb-hunarga yo'naltirish uchun talaygina sarf-harajatlarni amalga oshiradi. Shundan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, inson kapitalining shakllanish jarayoni ham to'xtovsiz davom etuvchi voqelik hisoblanandi[8, S-111].

Inson kapitali salohiyat doirasida shakllanadi, inson kapitalining shakllanishi esa, mohiyatan inson salohiyatining rivojlanishi demakdir. Bular paralel jarayonlar bo'lib, amalda bir jarayonga birikib ketadilar. Haqiqatdan ham inson kapitalini shakllantirish bo'yicha chora tadbirlar ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa sohalar hisobiga kishilarning mehnat sifatlarini oshirish bilan birga umumiy holda inson salohiyatining rivojlanishiga asos bo'ladi. Bunga qaramay ikkala jarayonni bir biridan ajratib turuvchi xususiyatlari ham mavjud. Insonning ko'p qirrali qobiliyatlari vaqt o'tishi bilan to'plana borib ohiri salohiyatga aylanadi. Bu barcha sohalarda -

87

iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy va siyosiy sohalarda namoyon bo'ladi. Inson kapitalining shakllanishi bu jarayondan bir muncha farq qilib, bu ishlab chiqarish doirasida qo'llanadi.

"Inson salohiyati" "inson kapitaliga" qaraganda kengroq tushunchadir. Chunki inson salohiyatining ma'lum bir qismigina ma'lum bir sharoitlar natijasida inson kapitaliga aylanadi. T.I.Volkovaning e'tirof etishicha: "umumiy holatda iqtisodiyotning rivojlanishi, xususiy holatda jamoat ishlab chiqarishining rivojlanish jarayoni ma'lum bir bosqichda faqatgina salohiyat darajasida bo'lgan u yoki bu tizim to'plangan imkoniyat va omillarining amalda o'z aksini topishi demakdir" [3, S-16].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, "salohiyat"ni hozircha amalga oshmagan mehnat qobiliyatlari sifatida ifodalashimiz mumkin. Inson kapitali undan farqli ravishda mehnat va ishlab chiqarishning real jarayoni davomida o'z aksini topadi. Aniqlik uchun inson kapitali to'planishi va inson salohiyatining rivojlanishi tushunchalarini taqqoslab ko'raylik. Albatta bu ikki jarayon bir-birini taqozo etuvchi va to'ldiruvchi xususiyatga egadir.

Nihoyat inson salohiyati rivojlanishining bosh maqsadi ijtimoiy samaraga erishish bo'lsa (inson salohiyati rivojlanish indeksi asosiy ko'rsatkich hisoblanib, aholi ta'lim darajasini oshirish, o'rta umr ko'rish darajasini oshirish va boshqalarni nazarda tutadi), inson kapitalining to'planishi avvalambor, iqtisodiy samarani, ya'ni bevosita munosabat qatnashchilari (tadbirkor va ishchi)ning foyda va daromadlarini ko'zlaydi. Shunday qilib "inson kapitali" tushunchasining mustaqil kategoriya sifatida mavjud bo'lishga to'la qonli ravishda haqli ekanligini asoslab berishga harakat qildik.

Adabiyotlar:

1. Bolshoy ekonomicheskiy slovar/ Ob^. red. A.N.Azriliyana. -M.: Fond "Pravovaya kultura", 1994. -S. 510.

2. Blaug M.An Introduction to the Economics of education.-London, 1970. -P.19.

3. Volkova T.I. Vosproizvodstvo tvorcheskogo potensiala nauki. Yekaterenburg: Institut ekonomiki UrRAN, 2004.S.16.

4. Dyatlov S.A. Osnovw teorii chelovecheskogo kapitala. -SPb: Izd-vo UEF, 1994.-S.83.

5. Koriskiy A.V. Vvedeniye v teoriyu chelovecheskogo kapitala., Sib UPK, www.sibupk.nsk.su

6. Koriskiy A.V. Vvedeniye v teoriyu chelovecheskogo kapitala., Sib UPK, www.sibupk.nsk.su.

7. Kurganskiy S.A. Chelovecheskiy kapital: su^nost, struktura, otsenki. -Irkutsk, 1999. -S.97.

8. Klark J.B. Raspredeleniye bogatstva. -M. -L., 1934. -S. 111.

9. Machlup F.The Economics of Information and Human Capital.-Princeton, 1984.-P.419.

10. Marks K. Kapital. Kritika politicheskoy ekonomii / Marks K., Engels F. Soch. 2-ye izd., t.49. -M.: Politizdat, 1974. s. 182-183. 8

11. Obshestvo i ekonomika. 1993, № 9 -10.-C.4.

12. Rikardo D. Sochineniya.- T.1., M.: Gospolitizdat, 1955. s. 89.

13. Fisher S., Dornbush R., Shmalenzi K. Ekonomiks. -M.: Delo, 1993. -S.303.

INSON KAPITALI NAZARIYASIGA ILMIY-FALSAFIY YONDASHUVLAR

Har bir narsaning o'ziga hos tushunchasi, mohiyati bor. Ushbu tushunchalar inson va dunyo hayotida chuqurroq ma'noga ega bo'lishni boshlaganda, ular nazariyaga aylanadi. Inson kapitali ham muhim tushunchalardan biri hisoblanadi. Chunki dunyo hamjamiyatida munosib movqega ega bo'lishni istagan davlatyoki millatyuqori intelektual salohiyat, bilim va tajribaga ega odamlarsiz iqtisodiy va ilmiy rivojlanishga erisha olmaydi. Inson kapitali to'g'risida jamoatchilik fikrini uyg'otish uchun nazariyalarni chuqur o'rganish va ular asosida xulosalar chiqarish kerak. Ushbu tadqiqot ishi huddi shu mavzuga bag'ishlangan.

88

НАУЧНЫЙ И ФИЛОСОФСКИЙ ВЗГЯД НА ТЕОРИЮ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА

У всего есть свое понятие, сущность. Когда эти понятия начинают приобретать более глубокий смысл в жизни человека и мира, они становятся теорией. Человеческий капитал также считается одним из важных понятий. Потому что государство или нация, желающая занять достойное положение в мировом сообществе, не может добиться экономического и научного развития без людей с высоким интеллектуальным потенциалом, знаниями и опытом. Чтобы пробудить общественное мнение о человеческом капитале, необходимо глубоко изучить теории и на их основе сделать выводы. Данная исследовательская работа посвящена этой теме.

SCIENTIFIC AND PHILOSOPHICAL APPROACHES TO THE THEORY OF HUMAN CAPITAL

As you know, everything has its own concept, essence. Besides when some concepts begin to take on a deeper meaning in the universe and in human life, they become a theory. Human capital is one such important concept. Because, a state or a nation that wants to take its rightful place in the world today cannot achieve economic development or significant achievements in science without people with high intellectual potential, knowledge and experience. In order to arouse public opinion about human capital, it is necessary to study the theories about it in depth and draw conclusions based on them. This is the subject of this research.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.