Научная статья на тему 'INSON HUQUQLARI SOHASIDA INDIKATORLARNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA HORIJIY VA XALQARO TAJRIBA; IJOBIY INDIKATORLARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI'

INSON HUQUQLARI SOHASIDA INDIKATORLARNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA HORIJIY VA XALQARO TAJRIBA; IJOBIY INDIKATORLARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
113
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
indikator / inson huquqlari sohasida indikator / “oltin indikator” / subindikator / implementatsiya / disaggregatsiya / o’lchov / monitoring.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Saidsulton Muxtorovich Boqiyev

Ushbu maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida idikatorlarni shakllantirish bo’yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu borada ijobiy tajribalarni O’zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimiga implemintatsiya qilish masalalari nazariy jihatdan tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQLARI SOHASIDA INDIKATORLARNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA HORIJIY VA XALQARO TAJRIBA; IJOBIY INDIKATORLARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA IMPLEMINTATSIYA QILISH MASALALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

INSON HUQUQLARI SOHASIDA INDIKATORLARNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA HORIJIY VA XALQARO TAJRIBA; IJOBIY INDIKATORLARNI MILLIY HUQUQ TIZIMIMIZGA IMPLEMINTATSIYA QILISH

MASALALARI

Saidsulton Muxtorovich Boqiyev

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi "Inson huqulariga oid xalqaro huquq" yo'nalishi magistratura tinglovchisi SaidsultonBokiev@gmail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Inson huquqlarini himoya qilish sohasida idikatorlarni shakllantirish bo'yicha xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribasi, shuningdek bu borada ijobiy tajribalarni O'zbekiston Respublikasining milliy huquq tizimiga implemintatsiya qilish masalalari nazariy jihatdan tahlil etilgan.

Asosiy tushunchalar: indikator, inson huquqlari sohasida indikator, "oltin indikator", subindikator, implementatsiya, disaggregatsiya, o'lchov, monitoring.

Bugungi kunda inson huquqlarini ta'minlash borasida xalqaro standartlar doirasida qator mamlakatlar tajribasi shakllandi. Ularning ayrimlari nafaqat ushbu mamlakatda, balki boshqa davlatlar uchun ham dastur bo'lib xizmat qiluvchi xalqaro ahamiyat kasb etgan bo'lsa, ayrimlari davlat uchun kutilgan natijani bermadi.

Taqdiqot ishining mazkur bo'limida, xalqaro va xorijiy mamlakatlarda inson huquqlarini ta'minlash bo'yicha yaratilgan, tadbiq etilayotgan indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish masalalari xususida so'z yuritamiz.

Xalqaro huquqda insonning asosan 58 ta huquqi doirasida indikatorlar shakllantiriladi. Bular quyidagilardir:

Kamsitilishning ta'qiqlash Oila qurish erkinligi Dam olish huquqi Jamoat ishlarida ishtirok etish huquqi

Hayotga bo'lgan huquq Oilani himoya qilish Etarli turmush darajasi huquqi Huquqni amalga oshirishda xalqaro tartib

Shaxs xavfsizligi va erkinligi Nikohning ihtiyoriy rozilikka asoslanishi O'z taqdirini o'zi belgilash huquqi O'lim jazosidan himoyalanish

O'zboshimchalik Turmush qurishda Bolalarni himoyaga Urush va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bilan hibsga ayollar va erkaklar va yordamga kamsitishlar bo'yicha

olinishini teng huquqliligi bo'lgan huquqi tashviqotlarni

ta'qiqlash ta'qiqlash huquqi

Qiynoqqa qarshi Vijdon va din Madaniy hayotda Madaniy va ilmiy

himoyalanish Erkinligi ishtirok etish huquqi hayot bilan shug'ullanish

Qullikka qarshi Fikrni ifoda etish Ochlikdan Intellektual mulkga

kurash huquqi erkinligi himoyalanish huquqi bo'lgan huquqi

Tenglik Matbuot erkinligi Ta'lim Demokratiya

Qonuniylik Y'ig'ilishlar erkinligi Sog'liq Ayollar huquqlari

Yuridik xizmat Uyushmalar Mulk huquqi Apartaidni taqiqlash

huquqi erkinligi

Mustaqil va xolis Hukumat ishlarida Boshpana huquqi Siyosiy taqdirini o'zi

sudga bo'lgan ishtirok etish belgilash huquqi

huquq huquqi

Aybsizlik Jamoat xavfsizligi Uzluksiz Iqtisodiy taqdirini

preziumpsiyasi boshlang'ich ta'lim huquqi o'zi belgilash huquqi

Erkin Ishlash huquqi Ozchilik Bolalarni himoyalash

harakatlanish madaniyati

Shaxsiy, oilaviy Majburiy Qamoqdagi Fuqarolik burchini

va mehnatdan shaxsga insoniy buzgaligi uchun

yozishmalarning himoyalanish muomala huquqi qamoqdan

sir saqlanishi huquqi himoyalanish

Qonunlar Kasaba Ozodlikdan

ta'siridan uyushmalarga mahrum etishdan

himoyalanish qo'shilish huquqi himoyalanish

Millatga bo'lgan Adolatli sharoitda Muhojirlarni

Huquqi ishlash huquqi chiqarib yuborishda qonuniylik

Inson huquqlari sohasida indikatorlami yaratish borasida eng rivojlangan mamlakatlar qatorida Buyuk Britaniya davlatlari alohida e'tirof etiladi. 21 asr boshlarida Shotlandiya Inson huquqlari bo'yicha komissiya va Tenglik bo'yicha inson

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

huquqlari komissiyasi o'zaro hamkorlikda Angliya, Uels va Shotlandiya inson huquqlari indikatorlarini yaratish ustida tadqiqotlar olib borishdi. Avvaliga sog'liqni saqlash, ta'lim, jismoniy xavfsizlik va davlat ishlarida kamsitilishning ta'qiqlanishiga qaratilgan qator statistik ma'lumot shaklida tuzilgan indikatorlar yaratildi. Ushbu ish bo'yicha maslahatlashuvlar so'ngida inson huquqlari ko'rsatkichlarining yanada kengroq tizimini ishlab chiqish, bunda BMT Inson huquqlari qo'mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda faqat statistik ma'lumotlar emas, atrofdagi insonlarning ham fikrini o'rganish bo'yicha indikatorlarni yaratish ushbu voqeaga asoslangan ma'lumotlarni OAV, rasmiy tarmoqlar va boshqa muqobil ma'lumot manbaalari orqali to'plashga kelishib oldilar. Ma'lumotlarni to'plashda sayyohlar, lo'lilar, uysizlar, qamoqdagi shaxslar fikrlarini o'rganish ham nazarda tutildi.

Natijada, HRMF ("Human Right Measurment Framework") loyihasi ish boshladi1. Loyiha doirasida qator davlat organlari inson huquqlari idoralari bilan keng ko'lamli maslahatlashuvlar yo'lga qo'yildi va 2010 yilda butun Buyuk Britaniyada onlayn maslahatlashuvlar uchun maxsus veb-sayt yaratildi.

Keng ko'lamli harakatlar oqibatida ichki qonunchilik va xalqaro standartlarni birlashtirgan qator inson huquqlari yo'nalishlari, jumladan yashash huquqi, qiynoqlardan himoyalanish, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi, adolatli sud muhokamasiga bo'lgan huquq, shaxsiy va oilaviy hayotga bo'lgan huquq, ta'lim va sog'liqni saqlash huquqi, adekvat turmush darajasiga bo'lgan huquq bo'yicha indikatorlar yaratildi.

Mazkur loyiha doirasida ayniqsa, Inson huquqlari bo'yicha Britaniya instituti va London iqtisodiyoti maktabining inson huquqlarini ijtimoiy-siyosiy o'rganish va tahlil etish markazi samarali ishlarni amalga oshirdi.

Buyuk Britaniya inson huquqlari indikatorlarining o'ziga xos tomoni har bir inson huquqlari sohasi bo'yicha alohida indikatorlar tizimi yaratilib, mazkur indikatorlar asosan shaharlar muhitida yashovchi aholi vakillariga nisbatan tadbiq etilib, monitoring qilish imkoniyatlarini inobatga oladi .

Yanada tushunarliroq qilib aytganda, mazkur indikatorlar "Barqaror rivojlanish maqsadlari"da belgilangan 11-maqsad (shaharlar va aholi yashash punktlarida xavfsizlik va ochiqlikni ta'minlash) vazifalarini qamrab olgan indikatorlar bilan deyarli o'xshash edi.

1 www.equalitvhumanrights.com EHRC Human Right Measurment Framework; Prototype Panels, Indicator Set and Evidence Base, research report 81 (2011)

2 York Human Rights Indicators Report 2017, Reclaiming the Positive. https:www.york.ac.uk|media |cahr/ documents72017_Report_A4_final.pdf

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bugungi kunga kelib mazkur indikatorlar 5 ta asosiy guruh tarkibiga birlashtirildi. Ya'ni:

- Tenglik va kamsitilishning ta'qiqlanishi;

- Ta'lim;

- Sog'liq va ijtimoiy himoya;

- Boshpana va uy-joyga bo'lgan huquq;

- Munosib turmush darajasi;

Buyuk Britaniyada indikatorlarni shakllantirishda aholi o'rtasida turli so'rovlar o'tkazish orqali ularning ehtiyojlarini aniqlash masalasiga alohida e'tibor qaratilib, barcha hududlar uchun bir xil standart indikatorlardan emas, balki aholi muammolaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Masalan, Shimoliy Belfistdagi Yetti Minora aholi punktidagi insonlarni uy-joyga bo'lgan ehtiyojlari 6 ta indikator doirasida

"5

aniqlangan Ya'ni:

- Muntazaam kabutarlar chiqindilaridan tozalanidan maydonlar ulushi;

- Yetti Minorada yashovchi yosh bolali oilalar soni;

- Drenaj va kanalizatsiya muammolari haqida murojaat qilgan aholi ulushi;

- Yashash xonadoni nam va zah bo'lgan aholi ulushi;

- Uy-joy masalasida murojaati natijasidan mamnun bo'lgan aholi ulushi;

- Uy-joy ma'muriyati qarorlaridan norozi bo'lgan aholi ulushi;

Natijada, Birlashgan qirollikda uysiz aholi soni sezilarli darajada kamaya boshladi va 2020 yil aprel va 2021 yil mart oyida o'tgazilgan o'rganishlarda Angliyada 274.000 aholi, ya'ni har 206 nafar insondan biri uysizligi aniqlangan4.

Shuningdek, inson huquqlarining boshqa sohalarida ham indikatorlarni yaratishda muayyan hududda istiqomad qilayotgan aholing ehtiyojlaridan, hududiy tuzilishidan va boshqa belgilari inobatga olingan.

Albatta bu ijobiy jarayondir. Chunki har doim ham turli hududlarda istiqomad qilayotgan aholining ehtiyojlari har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi.

Masalan, qishloq joylarida istiqomad qiluvchi aholining toza ichimlik suviga bo'lgan ehtiyoji shahar aholisiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi. Yoki chekka hududlarda istiqomad qilayotgan aholini ish bilan bandligi ko'rsatkichi shaxar aholisiga nisbatan pastroq hisoblanadi.

Shu bois yuqoridagilarni inobatga olib, milliy indikatorlatni shakllantirishda muayyan hudud, aholi ehtiyoji, sharoit va boshqa belgilarni inobatga olgan holda (diskriminatsiyaga yo'l qo'ymagan holda) yaratish lozim. Ayniqsa, aholiga tibbiy

3 available from www.vork.ac.uk/chp/hsa/papers/spring09/Donellv-pdf/ (accessed 23 may 2012) Participation and the Rights Procect (www.pprproject.org)

4 England.shelter.org.uk 09.12.2021 y

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

xizmat ko'rsatish, ta'lim, ish bilan ta'minlash, internet sifati, huquqiy bilimlarni baholoash kabi sohalarda samarali natijalarni berishi mumkin.

Yana bir inson huquqularini ta'minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlardan biri bu Daniyadir. Ushbu mamlakat insonlar o'rtasida gender tenglikni ta'minlash, o'zboshimchalik bilan xibsga olish holatlariga barham berish, qamoqxonlarda insoniy munosabatni ta'minlash, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida dunyo mamlakatlari uchun tajriba bo'la oladigan indikatorlarni joriy etdi. Ulardan eng muhimlaridan biri bu nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlanganlik darajasini baholovchi "Oltin inditarorlar"dir.

BMTning Nogironlar huquqlari bo'yicha qo'mitasi mustaqil eksperta a'zosi S.Langvad "Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini rivojlanishi uchun oltin indikatorlar tegishliligi, kuchliligi bilan o'ziga xos hissa qo'shdi" deb ta'kidladi5.

Ushbu indikatorlarni "Oltin indikator" deb nomlanishiga sabab sifatida har bir indikator malakali mutaxassislar tomonidan dialogga asoslangan jarayonlar natijasida shakllantirilgan bo'lib, Inson huquqlari qo'mitasi tomonidan ushbu sohada "oltin standartlar" vazifasini o'tashiga aoslanadi.

"Oltin indikator" tarkibi 10 ta indikatordan iborat va bular quyidagilardir:

1. O'tgan yil davomida jinsi, yoshi, etnik kelib chiqishi, dini yoki nogironlik belgisi bo'yicha kamsitilishni boshdan kechirgan nogironligi bo'lgan shaxslar ulushi;

2. So'nggi haftada OAV jumladan, televideniya, radio orqali efirga uzatiladigan dasturlarda nogironligi bo'lgan shaxslar hayotini tasvirlovchi yoki ular bilan intervyular tashkil etilganligi holati (haftada kamida bir marta);

3. So'nggi haftada jamoat transportlarida jumladan, avtobus, poezd, taksi, samolyot yo'lovchi tashish kemalari va boshqalarda maishiy va mahalliy muammolarga duch kelgan nogironligi bo'lganlar ulushi;(umumiy aholi nisbatida).

4. Qamoqxonalar va psixatriya muassasalarida saqlanayotgan 30 va undan katta yoshli aholi orasida nogironligi bo'lgalar ulushi;

5. Shaxsiy hayotda nogironlik belgisi kuchli tas'ir etayotgan shaxslar ulushi;

6. 25 yosh va undan katta aholi o'rtasida maktabni erta tark etgan yoki ta'limga jalb etilgan nogironligi bo'lganlar ulushi;

7. Jismoniy, ruhiy holati yaxshi darajada ekanligini his qiluvchi nogironligi bo'lgan shaxslar ulushi;

8. Tanlangan ma'lum bir haftada bandligi ta'minlangan nogironligi bo'lgan shaxslar ulushi;

5 Author Freja Marie Gaare Larsen "The Gold indicators" 2015 y The Danish institute for Human Rights www.humanrights.dk/tilgaengelighed

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

9. So'nggi 3 yilda yashashiga iqtisodiy omillar sezilarli darajada to'sqinlik qilgan nogironligi bo'lganlar ulushi;

10. Oxirigi Daniya parlamentiga bo'lgan saylovlarda ovoz bergan nogironligi bo'lganlar ulushi;

O'sh navbatida mazkur indikatorlar tarkibida 49 ta subindikatorlar ham mavjud bo'lib, ular har bir baholash indikatori mazmunini to'liqroq va tushunarliroq ochib berishga xizmat qiladi.

Masalan, 5 indikator tarkibida;

a) Ma'lum bir hafta yoki oyda turli madaniy va ko'ngilochar tadbirlarda

(kino, teatr, konsert, sport tadbirlari va boshqalarda) qatnashmagan nogironligi

bo'lganlar ulushi;

b) Tura-joy ob'ektlarida nogironligi bo'lgan aholi soni (har 100.000 aholiga

nisbatan 18-64 yosh);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

c) "Oltin indikatorlar"ni yoshga qarab ajratilish;

d) "Oltin indikatorlar"ni jinsga qarab ajratilish;

e) "Oltin indikatorlar"ni millatiga qarab ajratilish;

Shuningdek, Inson huquqlari bo'yicha Daniya instituti tomonidan "Oltin indikatorlar"ni ishlab chiqilishi BMTning Vashington guruhi tomonidan yuritiladigan statistik ma'lumotlarni to'plash bo'yicha ajoyib dastur bo'lib xizmat qildi6.

Ushbu indikatorlar nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini davlar tomonidan kafolatlanganlik darajasini baholab beruvchi ajoyib standart namunasiga ayladi va BMT Inson huquqlari qo'mitasi tomonidan yuksak baholandi.

Haqiqatdan ushbu indikatorlar nogironligi ho'lgan shaxslarning siyosiy, ijimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda ishtirokini faol ta'minlash bilan bog'liq munosabatlarni qamrab olib, ular huquqlarini jamiyatda kamsitilishini oldini olishga xizmat qiluvchi ko'rsatkichlarni o'z tarkibiga olgandi.

Shuningdek, Daniya Nogironlar kengashi kotibiyati rahbari A.Jul Sorensen "Davlatning barqaror rivojlanish yo'lida bizga aynan "Oltin indikatorlar" ga o'xshash aniq baholash ko'rsatkichlari zarurdir va bu borada Daniya Inson huquqlari instituti indikatorlarni topishning inklyuziv jarayonini boshladi"7 deb ta'kidladi.

Ma'lumki, 07.06.2021 yilda O'zbekiston Respublikasining "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida"gi qonuni kuchga kirdi va bu jarayon davlat tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini xalqaro standartlar

6 http://unstates/un/org/unsd/genderstatmanual/Print.aspx?Page=What-are-gender-states

7 Author Freja Marie Gaare Larsen "The Gold indicators" 2015 y The Danish institute for Human Rights www.humanrights.dk/tilgaengelighed

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

darajasida himoya qilish, kafolatlash va buzilgan huquqlarini tiklash zaruratini taqozo etadi.

Ana shunday sharoitda, davlat uchun nogironligi bo'lgan shaxslar va ularning huquqlarini ta'minlanganlik darajasini baholash bilan bog'liq aniq indikatorlar va statistik ma'lumotlar zarur bo'ladi.

Bu borada, Daniya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan samarali foydalanish orqali birinchidan, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari kafolatlanganligi, himoya qilinganligi yoki buzilgan huquqlari tiklanganligi darajasini baholovchi aniq mexanizm vujudga keladi, ikkinchidan, inson huquqlarini ta'minlashga xizmat qiluvchi milliy normalarni takomillashishi kuzatiladi, uchinchidan, davlatning sohaga doir xalqaro indekslardagi o'rniga ijobiy ta'sir etadi.

Bugungi kunda inson huquqlari sohasida ta'limni rivojlantirishda qator mamlakatlarni jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstriy, Niderlandiya, Shveytsiya, Fransiya, Finlandiya, Yaponiya, Norvegiyaning ijobiy tajribalari haqida uzoq gapirishimiz mumkin. Biroq mazkur tadqiqot ishida BMTning Inson huquqlari qo'mitasi tomonidan ta'limni boshqarish, monitoring qilishda davlat tomonidan o'rnatilishi lozim bo'lgan xalqaro standart indikatorlar va ularni implemintatisya qilish masalalari haqida to'xtalishni maqsadga muvofiq deb bildik.

Ma'lumki, Inson huquqlari sohasida ta'lim indikatorlarini joriy etish bo'yicha milliy hujjatlarni tayyorlash tajribasi AQSH tomonidan amalga oshirilgan va o'rganish natijalari bo'yicha xulosalar BMTning 2014 yil sentyabr oyida bo'lib o'tgan 22-sessiyasida taqdim etilgan.

Mazkur xulosalarga asosan BMT tomonidan davlatlarda inson huquqlari sohasida ta'limni rivojlanish darajasini monitoring qilish va baholash bo'yicha maxsus xalqaro indikatorlarni o'z ichiga olgan ta'lim dekloratsiyasi yaratilib, bu bo'yicha qo'llanma

Q

dastur 2020 yilda dunyo hamjamiyati e'tiboriga taqdim etilgan .

Ushbu dasturda inson huquqlari sohasida ta'limni rivojlanish darajasini baholovchi 4 ta yo'nalish indikatorlari nazarda tutiladi. Ya'ni:

- Inson huquqlari sohasida ta'lim va treningni Milliy rejalashtirish;

- Rasmiy ta'lim sektorida inson huquqlari ta'limi va treningi;

- Huquqni muhofaza qiluvchi va harbiy organlar uchun inson huquqlari ta'limi va treningi;

- Davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy soha xodimlari, jurnalistlar va boshqa doiradagi mutaxassislar uchun inson huquqlari ta'limi va treningi.

8 Human Rights Education framework: Key indicators to monitor and assess the implementation of human rights education and training. HRE2020. https//www.hre2020.org

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Albatta mazkur sohalar doirasidagi indikatorlar turli so'rovnoma va intervyular o'tkazish, statistik ma'lumotlarni to'plash, davlat idoralaridan rasmiy ma'lumotlarni olish orqali mavjud real holatni ko'rsatib berishga yo'naltirilgan.

Sanab o'tilgan 4 yo'nlish doirasida jami 100 ta indikator va 328 ta subindikator yaratilgan bo'lib, indikatorlarning aksariyati "ha" yoki "yo'q" javobi orqali holatni ifodalashga, subindikatorlar esa statistik ma'lumotlar, so'ronoma va intervyular, rasmiy yozma ma'lumotlar to'plash orqali asosiy indikatorlar natijalari haqida yanada aniqroq ma'lumot berishga xizmat qiladi. Masalan:

Indikator:

Subindikator:

Davlatda inson huquqlari ta 'limini rivojlantirish dasturi yakunlanganmi? Javob: "ha"yoki "yo'q"

Rejani ishlab chiqish bo 'yicha amalga oshirilgan tadbirlar. Rejani tayyorlashning hozirgi holati. Rejani yakunlash uchun kutilayotgan harakat. Javob: statistik va matnli ma 'lumotda qayd etiladi.

Yoki: Indikator

Huquqni muhofaza qiluvchi va harbiy xodimlarga inson huquqalari sohasida ta 'lim beruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot bormi? Javob: "ha"yoki "yo'q"

Subindikator: Istisoslashtirilgan tashkilotni tashkil etish uchun bajariladigan harakatlar. Dastur uchun vaqt oralig'i. Dasturni nazorat qilish uchun mas 'ul shaxs. Xodimlarni o 'qitishda ishtirok etadigan hamkorlar. Ajratilgan byudjet.

Javob: statistik, matnli va raqamli ma'lumotda qayd etiladi.

Yoki: Indikator:

Subindikator:

Davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy xizmat xodimlari, jurnalistlar va boshqa soha mutaxassislari uchun inson huquqlari ta 'limi sohasida o 'quv metodik qo 'llanmalar, darsliklar va o 'quv dasturlari mavjudmi9; Javob: "ha"yoki "yo'q"

Darslik, o 'quv metodik qo 'llanma va dasturlarning sifati (etarli, qat'iy, mustaqil).

Inson huquqlari doirasida ta 'lim bo 'yicha tinglovchida

9 The second phase of the World Programme for Human rights education focuses on the training of civil servents, and the third phase focuses on strengthening the implamintation of the first two phases and promoting human rights training for media professionals journalists.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

bilim, ko 'nikma va malakani shakllantirish darajasi. Javob: intervyu va so 'rovnoma natijalarida, shuningdek statistik, va matnli ma 'lumotda qayd etiladi.

Albatta mazkur indikatorlar mamlakatlarda inson huquqlari bo'yicha ta'limni tashkil etilsh darajasini monitoring qilish va baholashni nazarda tutadi, biroq har bir davlat xalqaro huquq sub'ekti sifatida xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilar ekan unda belgilangan majburiyatlarni ham bajarishni o'z zimmasiga oladi va xalqaro standartlarga monand o'z milliy mexanizmini yaratishga intiladi.

Bugungi kunda BMTning mazkur xalqaro ta'lim indikatorlari doirasida aksariyat Yevropa mamlakatlari, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Kanada, Singapur va boshqa qator mamlakatlar o'zlarining milliy indikatorlarini ishlab chiqdilar va bu borada ichki monitoring tadbirlarini olib borish orqali inson huquqlari sohasi ta'limida oqsayotgan muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson manfaatlari turar ekan bu borada, avvalo davlat idoralari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining sohaga doir kasbiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirish, inson huquqlarini xalqaro darajada ta'minlash mexanizmlarini milliy huquq tizimimizga joriy etish kabi aniq vazifalarni amalga oshirish zaruratini taqozo etadi.

Inson huquqlari sohasida ta'lim xalqaro standartlarini implimintatsiya qilish orqali, zamonaviy milliy huquq normasi vujudga kelishi bilan birga, inson huquqlarini himoya qilish va ta'minlash sohasida xalqaro darajada yetarli bilim va malakaga ega bo'lgan davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan inson huquqlarini samarali ta'minlanishi bo'yicha ijobiy natijalarga erishish mumkin bo'ladi.

Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, mazkur bobda bayon etilgan inson huquqlari sohasida indikatorlarni shakllantirishda horijiy mamlakatlar tajribasi, ularning xalqaro indekslar doirasidagi o'rni va nufuzi, xalqaro tashkilotlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil etishdan asosiy maqsad zamonaviy indikatorlarni milliy huquq tizimimizga implemintatsiya qilish orqali inson huquqlarini himoya qilishning samarali usul va vositalarini nazariy asoslarda ko'rsatish va bu borada taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Inson huquqlari sohasida milliy indikatorlarni shakllantirishning nazariy asoslarini yaratmasdan, bu borada aniq mexanizmlarni ishlab chiqmasdan turib belgilangan maqsad va vazifalarga erishishga bo'lgan harakat davlat va uning vakolatli organlari uchun murakkabliklarni keltirib chiqaradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Shu bois, mamlakatimizda milliy indikatorlarni shakllantirishda yuqoridagi xalqaro va horijiy mamlakatlar tajribalaridan samarali foydalanish orqali milliy huquq tizimimizni takomillashtirish kutilgan samaradorlikni taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida"gi 08.06.2021 yildagi Qonuni.

2. Office of the High Commissioner for Human Rights (OHCHR), Human Rights Indicators: A Guide to Measurement and Implementation (2012)

3. York Human Rights Indicator Report 2017, Human Rights: Reclaiming the Positive. https: //www.york.ac. uk/media/cahr/ documents/2017_Report_A4_final .pd

4. Human Rights Education framework: Key indicators to monitor and assess the implementation of human rights education and training. HRE2020. https//www.hre2020. org

5. Quantitative data published and regularly updated by UNICEF UNDP

6. The second phase of the World Programme for Human rights education focuses on the training of civil servents, and the third phase focuses on strengthening the implamintation of the first two phases and promoting human rights training for media professional journalists.

7. Author Freja Marie Gaare Larsen "The Gold indicators" 2015 y The Danish institute for Human Rights www.humanrights.dk/tilgaengelighed

8. EHRC Human Right Measurment Framework; Prototype Panels, Indicator Set and Evidence Base, research report 81 (2011)

9. https://lex.uz

10. https://unstates.un.org

11. https://qomus/info/ online dictionary/

12. https: //www.un. org. https: //constitution.uz.

13. England.shelter.org.uk 09.12.2021 y

14. https//www.hre2020. org

15. www.data. unicef. org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.