Научная статья на тему 'INSON AQLIY QOBILIYATIGA OID ATAMALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI'

INSON AQLIY QOBILIYATIGA OID ATAMALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atamalar / aqliy qobiliyat / tarjima / ekvivalent / lingvomadaniy xususiyatlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdurashidova Kamola

Tarjima san`ati tilshunoslikning eng murakkab yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Sababi bu soha tarjimondan bilim, katta mahorat, yuksak did va albatta tajriba talab etadi. Ayniqsa, atamalarning munosib ekvivalentini topish anchagina mushkul. Bunda tarjimon lingvomadaniy xususiyatlarni ham e`tiborga olmog`i darkor. Ushbu maqola inson aqliy qobiliyatiga oid atamalarning tarjima masalalarini tahlil qilishga qaratilgan va maqola so`ngida tarjima usullari taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON AQLIY QOBILIYATIGA OID ATAMALARNING TARJIMADAGI XUSUSIYATLARI»

INSON AQLIY QOBILIYATIGA OID ATAMALARNING TARJIMADAGI

XUSUSIYATLARI

Abdurashidova Kamola kamolashuxratovna19@gmail.com

Annotatsiya. Tarjima sanati tilshunoslikning eng murakkab yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Sababi bu soha tarjimondan bilim, katta mahorat, yuksak did va albatta tajriba talab etadi. Ayniqsa, atamalarning munosib ekvivalentini topish anchagina mushkul. Bunda tarjimon lingvomadaniy xususiyatlarni ham e'tiborga olmog'i darkor. Ushbu maqola inson aqliy qobiliyatiga oid atamalarning tarjima masalalarini tahlil qilishga qaratilgan va maqola so'ngida tarjima usullari taklif etilgan.

Kalit so'zlar: atamalar, aqliy qobiliyat, tarjima, ekvivalent, lingvomadaniy xususiyatlar.

Аннотация. Искусство перевода- одна из самых сложных частей языкознания, поскольку оно требует от переводчика знаний, большого мастерства, высокого вкуса и конечно же опыта. В частности, довольно сложно найти подходящий эквивалент терминов. В этом случае переводчику также следует учитывать лингвокультурологические особенности. В данной статье особое внимание уделяется анализу вопросов перевода терминов, связанных с умственными способностями человека и в конце статьи предлагаются методы перевода.

Ключевые слова: термины, умственные способности, перевод, эквивалент, лингвокультурологические особенности.

Abstract. The art of translation is one of the most difficult parts of linguistics, since it requires knowledge, great skill, high-quality taste and, of course, experience from the translator.in particular, it is quite challenging to find appropriate equivalent of terms.In this case, the translator should also take into account linguocultural features. This article pays special attention to the analysis of the problems of

translating terms related to human mental abilities and at the end of the article translation methods will be offered.

Key words: terms, mental abilities, translation, equivalent, linguocultural features.

KIRISH

Har bir xalq o'z e'tiqodi, milliy xususiyati, o'ziga xos fantastik obrazlari, turli tuman ko'chma ma'noli birikmalari uchun asos qilib olingan misollari bor. Shu kabi V. Shekspir asarlaridagi maqol va matalarda ham yuqoridagi jihatlar o'z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa jahon xalqlari garchi turli tuman tillarda so'zlashsa ham, ularning taffakkur qonunlari bir xildir. V. Shekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o'z davri turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o'zida mujassam qiladi. E. V. Kuxareva arab va rus maqollari bo'yicha tadqiqotlar olib borib, shunday xulosa qiladiki, aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega ekan.

Bu umumiylikni paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar maqollardagi o'xshashlikni etnik kelib chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa olimlar yangi maishiy va madaniy aloqalarning kirib kelishi va qabul qilinishida deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish pog'onalari natijasi va g'oyalar uyg'unligida deb asoslaydilar. "Universaliya" atamasi lotincha "universalis" so'zidan olingan bo'lib, "umumiy", degan ma'nolarni anglatadi va u deyarli barcha tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko'rinishda bo'ladi: deduktiv universaliyalar -shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va aniq ifodalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqollarni tahlil qilish jarayonida maqollarning tarjimasiga aynan tarixiy izchillik va xalq tilidagi madaniy obyektiv usullaridan foydalanildi . Ingliz va o'zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy, universal xususiyatlari haqida qisqacha izlanishlar olib borildi, tarjima jarayonidagi muammolarni o'rganish yuzasidan O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asaridagi uchraydigan maqollar tarjimasi,

Пермяков Г.Л. «Основы структурной паремиалогия», Кухарева Е.В «типологические- универсальное и национально- специфическое в арабских пословицах и поговорках», T. Mirzayevning "O'zbek xalq maqollari" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilanadi [5]. TAHLIL VA NATIJALAR

Bularga asosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi kiradi; induktiv universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud. Xulosa qilib shuni izohlaydiki, maqollar ta'rifi barcha xalq madaniyatiga mos kelishi va ularni qoniqtirishi kerak. Masalan: "Say little, but think the more" - "Oz so'zla, ko'p fikr qil" maqollari turli madaniyatga xos bo'lsa ham, ya'ni biri ingliz milliy madaniyatiga va ikkinchisi o'zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo'lsada, ulardagi mantiqiy mazmun deyarli bir xil, ya'ni turli til va milliy madaniyatdagi universallik esa shu kabi maqollarda ochiq ko'rinib turibdi [1].

So'zma-so'z, aqliy faoliyat fe'llari aql yoki intellektual jarayon bilan bog'liq har qanday narsani anglatadi va fe'llar harakatlarni ko'rsatadigan so'zlardir. Shuning uchun, aqliy fe'llar kognitiv (mantiq bilan bog'liq) holatga ishora qiladi, bunda harakatlar asosan mavhum bo'ladi. Bu fe'llar ma'no beradi, bu esa asosan tashqi baholash uchun yaroqsiz, chunki ular unchalik aniq harakatlar emas. Biroq, bu turdagi fe'llarni bilimimiz orqali baholashimiz mumkin. Aqliy fe'llar bizning hissiy qobiliyatlarimiz, qaror qabul qilish, tushunish va rejalashtirish bilan bog'liq bo'lgan ma'nolarni beradi. Mental - statik fe'llarni quyidagi misollar bilan yanada aniqroq tushunish mumkin:

1.Feel- his qilmoq 2.Like-yoqtirmoq

3.Love-sevmoq 4.Hate-nafratlanmoq

5.Realize-tushunib yetmoq, anglamoq

6.Mind- o'ylamoq 7.Know-bilmoq 8.Hope-umid qilmoq 9.Wish-istamoq

10. Understand-tushunmoq 11.Impress-taassurot qoldirmoq 12.Astonish-jalb qilmoq 13.Remember-esda tutmoq

14.Forget-unutmoq 15.Surprise-lol qoldirmoq

16.Concern-diqqat qaratmoq 17.Recognize-tanimoq

18.Know-bilmoq 20.Hear-eshitmoq 22.See-ko'rmoq 24.Feel-his qilmoq 26.Notice-payqamoq 28.Prefer-afzal ko'rmoq 30.Doubt-shubhalanmoq 32.Disl ike-yoqtirmasl ik

19.Taste-ta'tib ko'rmoq 21.Smell-hidlamoq 23.Look-qaramoq 25.Learn-o 'rganmoq

27.Promise-va'da bermoq 29. Own-egalik qilmoq 31.Want-xohlamoq 33.Decide-qaror qilmoq Maqollarni tarjima jarayonida kuzatish mumkin bo'lgan xususiyatlarini quyidagi misollarda o'rganiladi: I can see the future.

Men kelajakni ko'rmayapman. (Aslida ham hichkim ko'ra olmaydi) I can smell. Something is fishy.

Nimadandir baliqday hid kelyapti. (Vaziyatlarni hidlab bo'lmaydi, ammo tushuniladi)

Hope you got the taste of failure!

Umid qilamanki, mag'lubiyatning ta'mini totib ko'rdingiz.

I think I like you.

Menimcha, sen menga yoqasan. (Think - o'ylamoq fe'li buyerda fikrimcha degan ma'noda kelmoqda)

Instead of ignoring what I say, hear me out this time.

Aytganlarimga e'tibor bermaslik o'rniga, bu safar meni tinglang. (Gapda tinglash, mavzu aytilgan narsani qadrlashni anglatadi)

Aqliy fe'llar haqiqiy fe'llardir. Bular haqiqiy fe'llarmi yoki yo'qmi, deb o'ylamaslik kerak. Aqliy fe'llar ham ko'rinmas bo'lsa ham harakatlarni bildiradi. Misollar:

I decided to go to Africa this fall.

Men bu kuzda Afrikaga borishga qaror qildim. (Biz buni ko'ra olmaymiz, faqat kimdir bizga aytganida bilamiz)

He expects you to understand.

(Bu yerda kutilayotgan mavzu umidlarini bildiradi)

Can you promise to work harder?

Ko'proq ishlashga va'da bera olasizmi? (Jumladagi va'da faqat harakat sodir bo'lishini tushunish bo'lgan ishonchni anglatadi)

Did I surprise you?

Men sizni hayratda qoldirdimmi? (Ajablanish hayratda qolgan degan ma'noni anglatadi)

You seem to made him surprised.

Siz uni hayratda qoldirganga o'xshaysiz. (Ikkalasini ifodada ko'rsatilmaguncha yoki aytmaguncha ko'rish mumkin emas)

1. So'rab bilgan — kamtarlik, So'ramagan — xumpariik.

2. Kamtar bo'lsang, obro' ortar, Manman bo'lsang, ensa qotar.

3. Yo'q narsa bor bo'lar, kamtar bo'lsang, Bor narsa yo'q bo'lar, manman bo'lsang.

4. Davlat bitsa yomonga O 'zin sanar xoqonga.

5. Birov bilganini maqtar, Birov — ko'rganini.

6. Bilgan kishi bildim demas, Bildim desa, bilgan emas.

7. Haqni nohaq etma, Nohaqni haq etma.

8. O'zi to'g'rining — so'zi to'g'ri.

9. To'g'ri boshni egri qilich kesmas.

10. Manman kamtardan yengilar, To'g'ri el ichida tanilar.

11. Bir tulkining hiylasi,

Necha yerda pand berar.

12. Bilmaganni bildim dema,

Qilmaganni qildim dema [4].

Tilshunos olim G. L. Permyakovning paremalar sohasidagi nazariy tadqiqotlarida bu birliklarning uchta tarkibiy jihati qayd etilgan: 1) lingvistik va kompozitsion yo'nalish; 2) mantiqiy va semiotik yo'nalish; 3) voqeliklar jihati. Bu farqlanish paremalarni ikki jihatdan lingvistik hodisa sifatida ko'rib chiqish imkonini beradi: lingvistik birliklar sifatida va folklor matnlari sifatida Ushbu maqola doirasida paremalarga lingvistik birliklar sifatida qaraladi.Shunday qilib, "parema" atamasiga ikkita - keng va tor yondashuv mavjud.

Hozirgi kunda tilshunoslikda paremalarning maqol va matallarga aniq bo'linish mezonlari mavjud emas. Maqol va matallarning alifbo, mavzu, g'oya, ularni to'plash joyi va vaqti, kelib chiqishi, til guruhlari bo'yicha, kalit so'zlar bo'yicha tasnifi juda shartli sanaladi. Birinchi leksikografik nashrlarda maqol va matallar alifbo tartibida joylashtirilgan. V.P.Jukovning "Rus tili maqol va matallari lug'ati"da paremik ifodalarning uchta turi ifodalangan: maqol, matal, maqol-matalli iboralar. Lug'at tuzuvchisi maqol va matallar umumiy xususiyatlarga ega ekanligiga e'tiborni qaratadi:

1) tuzilishi: har ikkisi ham gapda aks etgan va yakunlangan fikrni ifodalaydi;

2) maqol va matallarning ma'nosi til tashuvchisiga kontekstsiz ham tushunarli. Yuqorida ta'kidlanganidek, matallardan farqli ravishda, maqollar to'g'ridan to'g'ri va majoziy ma'no yoki faqat majoziy ma'no bilan tavsiflanadi, matallar esa faqat to'g'ridan-to'g'ri ma'noga ega.

XULOSA

Asrlar davomida dunyo rivojlanishi jarayonida turli ilm-fan sohalari ham rivoj topib bormoqda. Tarjimonlik fan sifatida rivojlangan paytdan boshlab, o'z ichiga olgan bo'imlari ham rivojlanib, o'zgarib bordi. Shu jumladan, maqollar tarjimasiga alohida e'tibor qaratadigan bo'lsak, turli xalq tilidan tarjima tiliga maqollarni tarjimaqilish jarayoni ravon va izchillikni talab eta boshladi. Har bir til maqollar zaxirasi tarkibida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va

ma'naviy-madaniy me'yorlar, ruhiy holatlar, diniy tasavvur, milliy an'ana va urf-odatlar o'z aksini topgan bo'ladi. Maqollar tilning xalqchilligi va o'ziga xosligini belgilagan holda badiiy asarning milliy bo'yog'ini yuzaga keltiradi. Masalan, ayrim maqollar tarkibi ular taalluqli tillargagina xos bo'lib boshqa tillar bilan yondosh mazmunlarni ifodalaydi [2].

Yuqorida ingliz va o'zbek tillaridagi maqol va matallarning tarjima masalalarini ko'rib chiqdik. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz lozimki, maqollar tarjimasini uch xil yo'nalishda amalga oshirish mumkin.

1. To'g'ridan- to'g'ri tarjima;

2. Qiyosiy tarjima;

3. Umuman mos kelmaydigan tarjima.

Bu uslublardan birini tanlash esa tarjima jarayonida aniqlanadi va mos keluvchi uslubdan foydalaniladi. Bu albatta tarjimonning mahoratiga ham bogliq jarayondir.

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Asiljonova SH. D, Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). ISSN (online): 2181-2454.

2. Nurmonov A. "Hozirgi O'zbek adabiy tili". -T.: Sharq, 2002. -B. 62-63.

INTERNET SAYTLAR

3. arxiv.uz

4. www. library.ziyonet.uz

5. www.literature.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.