Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^
"INNOVATSIYA" TUSHUNCHASI VA PISA TADQIQOTI TOPSHIRIQLARI ASOSIDA TALABALARNI ISHLASHGA O'RGATISH
N. E. Dusanov
TIPI pedagogika fakulteti dotsenti, O'zbekiston
Mamlakatimizda olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olish uchun bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash zarurati ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda "Innovatsiya tushunchasi" juda keng qo'llanilmoqda. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tu g' ilib, oliy ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo'ladi. Shuningdek, oliy ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Innovatsiya - ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha yuksakroq muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir. "Bugungi kun jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ijodiy fikrlash, yangi innovatsiyon texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi."1
Bugun oliy ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi);
- kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli);
- kelib chiqish manbaiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).
Innovatsiyalar, odatda, bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi. Oily ta'lim tizimida fanlarni integratsiyalab o'qitish mexanizmlarini yaratish, pedagogik va didaktik asoslarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq etish, kundalik va hayotiy faoliyatda qo'llay olish layoqatini oshirish, bilimlarni to'liq o'zlashtirish texnologiyasini takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish, ta'lim
L.R. Gaynutdinova,S.N. Alimxodjaeva, M.A. Roziqova, F.I. Haydarov.Uzluksiz kasb-hunarga yonaltirish usullari (1-9-sinflar uchun) metodik qollanma.-T.; 2012.
May 3, 2024
205
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^
muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar oliy ta'limda o'qitish jarayoniga xalqaro tajribalarni samarali tatbiq etish, talabalarning tabiiy-intellektual qobiliyatini rivojlantirishda integrativ ta'lim texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirdi.
Bunday raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug' vor vazifalar turadi. Xalqaro PISA tadqiqotlari xuddi shu maqsadlarni k o'zlaydi.
PISA topshiriqlari namunalaridan dars mavzusini mustahkamlash, takrorlashda hamda darsdan tashqari to'garak va fakultativ mashg' ulotlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta'kidlash lozimki, PISA dasturining o'ziga xosligi shundaki, u hech bir ishtirokchi mamlakat o'quv dasturlarini takrorlamaydi, shu sababli PISA topshiriqlarini aynan bitta mavzuga bog' lash mushkul: bitta topshiriqning bir savoli qaysidir mavzusiga tegishli bo'lsa, ikkinchi savoli boshqa mavzusiga tegishli yoki ko'p hollarda, integratsiyalashgan bo'lishi mumkin. Shundan kelib chiqib, talabalar PISA topshiriqlarining har bir savolini tegishli mavzuga bo g'lashlari tavsiya etiladi.
PISA tadqiqotlariga tayyorlash talabalarning "hayotga tayyorlik" darajasi, ya'ni ularning oily ta'limda bilim va ko'nikmalaridan hayot faoliyatida uchrashi mumkin bo'lgan muammolarni hal etishda foydalana olishlariga o'rgatadi.
Har bir PISA topshirig'i bir yoki bir nechta savolni o'z ichiga oladi. Har bir savolning o'z maqsadi bo'lib, u quyidagi toifalarga ko'ra tasniflanadi: kompetensiya, ilmiy bilish turi, kontekst, kognitiv daraja.
Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi - turli ko'rinishdagi ilmiy ma'lumotlar, dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda quyidagi ko'nikmalar namoyish etiladi:
- ma'lum bir ko'rinishdagi ma'lumotlarni boshqa ko'rinishda ifodalash;
- ma'lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish;
- ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash;
- ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo'lmagan boshqa qarashlardan farqlay olish;
- turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, internet)dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash1
PISA topshiriqlari fanlarning mazmuniga oid, metodologik va epistemik bilimlarga doir savollarni qamrab oladi. Fanning mazmuniga oid bilimlar deganda
1 A. A. Ismailov va b.q. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnomalar. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. -Toshkent, 2020-yil. -B. 64-65
May 3, 2024
206
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^
tabiat haqida fan tomonidan aniqlangan faktlar, qonuniyatlar, g'oyalar, nazariyalarni bilishlari tushuniladi. Metodologik bilimlar ilmiy tadqiqot metodlari va tadqiqot jarayonlari va epistemik bilimlar ilmiy tadqiqot metodlarining imkoniyatlari, tadqiqotlarning ahamiyati haqidagi bilimlardir.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta'lim rivojiga hissa qo'shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Talabalar darslar jarayonida shu tariqa PISA topshiriqlari bilan tanishib borishlari mazkur topshiriqlarni bajarish jarayonida bilimlaridan to'g'ri foydalana olishga o'rganadi. Ular kelajak hayotida iqtisodiy, ijtimoiy muammolarni hal qilishda zarur bo'ladigan innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari bo' lib shakllanadi. Pedagogika fanlarga asoslangan bilim hamda ko'nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan texnologiyalarni tushunish esa "yoshlarni hayotga tayyorlash"da markaziy o'rinni egallaydi.
References / Adabiyotlar
1. Sh. Xasanova. Ta'lim sifatini baholash xalqaro dasturlari va innovatsion texnologiyalar. O'quv-uslubiy majmua. Navoiy, 2021. -B. 5.
2. A.B. Radjiev va b.q. O'quvchilarning savodxonligining baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi. Qo'llanma. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. -Toshkent, 2019.
3. L.R. Gaynutdinova, S.N. Alimxodjaeva, M.A. Roziqova, F.I. Haydarov. Uzluksiz kasb-hunarga yo'naltirish usullari (1-9-sinflar uchun) metodik qo'llanma. -T.; 2012.
4. A.A. Ismailov va boshq. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnomalar. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. - Toshkent, 2020-yil. -B. 64-65.
5. Дудченко В.С. Инновационная игра как метод исследования и развития органах. М., 1982.
207
https://tipi.uz/
^_May 3, 2024
International Scientific and Practical Conference