Original peper
BIOLOGIYA TA'LIMI JARAYONIDA XALQARO BAHOLASH DASTURI (PIZA) ASOSIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING MOHIYATI
© M.N. Ataqulova1^, N.R. Achilova2^_
12Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: xalqaro talabalarni baholash dasturi (PISA) 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha kompetentsiyalarini baholash orqali butun dunyo bo'ylab ta'lim tizimlarini baholash uchun mezon bo'lib xizmat qiladi. PISA standartlarini biologiya bo'yicha ta'lim jarayoniga integratsiyalash o'quvchilarning biologik savodxonligi sifatini oshirishi, tanqidiy fikrlashni, muammolarni hal qilishni va biologik tushunchalarni real hayotda qo'llashni rivojlantirishi mumkin.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi PISA standartlari asosida biologiya ta'limida o'quv jarayonini tashkil etishning joriy etilishi va samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot PISA asosidagi metodologiyalar talabalarning biologiyani tushunishiga va biologik bilimlarni real hayot stsenariylarida qo'llash qobiliyatiga qanday ta'sir qilishini aniqlashga qaratilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda o'quv rejasini tahlil qilish, sinfdagi kuzatishlar va talabalarni baholash kombinatsiyasidan foydalangan holda sifatli yondashuv qo'llaniladi. Materiallarga PISA biologiyasini baholash asoslari, ishtirokchi maktablarning biologiya o'quv dasturlari va o'quvchilarning ishlash ma'lumotlari kiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, PISA standartlarini biologiya ta'limiga integratsiya qilish o'quvchilarning faolligi va tushunishini oshiradi. PISA-ga moslashtirilgan ta'lim so'rovga asoslangan o'rganish, tanqidiy fikrlash va biologik tushunchalarni kundalik vaziyatlarda qo'llashga urg'u beradi.
XULOSA: tadqiqotning xulosasiga ko'ra, biologiya ta'limida o'quv jarayonini PISA standartlari asosida tashkil etish o'quvchilarning ilmiy savodxonligi va muammoni yechish qobiliyatini rivojlantirish uchun foydalidir. o'smirlik davrida ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolarni hal qilmaslik balog'at yoshida tuzatilishi uzoq davom etadigan oqibatlarga olib keladi, bunday jarayonlar o'smirning ham jismoniy, ham ruhiy salomatligiga salbiy ta'sir qiladi va katta yosh davrida hayoti uchun imkoniyatlarni cheklaydi.
Kalit so'zlar: piza, ijodkorlik, fikr, ilmiy tadqiqot, innovatsiya, faoliyat, vazifa, tahlil, dars, tadqiqot, tadqiqot-konkurinsiya, tajriba, ijod, vosita, metod, g'oya, eksperimet.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
Iqtibos uchun: Ataqulova M.N., Achilova N.R. Biologiya ta'limi jarayonida xalqaro baholash dasturi (piza) asosida ta lim jarayonini tashkil etishning mohiyati. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 145-153.
В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ БИОЛОГИИ СУЩНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА ОСНОВАНА НА МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЕ ОЦЕНКИ (PISA)_
© М.Н. Атакулова1И, Н.Р. Ачилова2И_
12Навоийский государственный педагогический институт, Навоий, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: программа международной оценки учащихся (PISA) служит эталоном для оценки систем образования во всем мире, оценивая компетенции 15-летних учащихся в области чтения, математики и естественных наук. Интеграция стандартов PISA в биологическое образование может улучшить биологическую грамотность учащихся, развить критическое мышление, способность решать проблемы и применять биологические концепции в реальной жизни.
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является анализ реализации и эффективности организации учебного процесса в биологическом образовании на основе стандартов PISA. Целью исследования является определение того, как методологии, основанные на PISA, влияют на понимание учащимися биологии и их способность применять биологические знания в реальных жизненных ситуациях.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании используется качественный подход, сочетающий анализ учебной программы, наблюдения в классе и оценки учащихся. Материалы включают систему оценки биологии PISA, учебные программы по биологии участвующих школ и данные об успеваемости учащихся.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что интеграция стандартов PISA в биологическое образование повышает вовлеченность и понимание учащихся. Обучение, ориентированное на PISA, делает упор на обучение, основанное на запросах, критическое мышление и применение биологических концепций в повседневных ситуациях.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: согласно заключению исследования, организация учебного процесса по биологическому образованию на основе стандартов PISA полезна для развития научной грамотности учащихся и способности решать проблемы. Нерешение проблем психического здоровья в подростковом возрасте имеет долгосрочные последствия, которые невозможно исправить во взрослом возрасте, такие процессы негативно влияют как на физическое, так и на психическое здоровье подростка и ограничивают возможности для жизни во взрослой жизни.
Ключевые слова: пиза, творчество, мысль, научное исследование, новаторство, деятельность, задача, анализ, урок, исследование, исследование-соревнование, опыт, творчество, инструмент, метод, идея, эксперимент.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
Для цитаты: Атакулова М.Н., Ачилова Н.Р. В процессе обучения биологии сущность организации образовательного процесса основана на международной программе оценки (pisa).. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 145143.
THE ESSENCE OF ORGANIZING THE EDUCATIONAL PROCESS ON THE BASIS OF THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM (PIZA) IN THE PROCESS OF BIOLOGY EDUCATION_
© Manzura N. Atakulova1^, Nazifa R. Achilova2^_
1'2Navoi State Pedagogical Institute,Navoi, Uzbekistan
INTRODUCTION: the program for International Student Assessment (PISA) serves as a benchmark for evaluating education systems around the world by assessing the competencies of 15-year-old students in reading, mathematics, and science. Integrating PISA standards into biology education can improve students' biological literacy, develop critical thinking, problem solving, and real-life application of biological concepts.
AIM: the purpose of this study is to analyze the implementation and effectiveness of the organization of the educational process in biology education based on PISA standards. The study aims to determine how PISA-based methodologies affect students' understanding of biology and their ability to apply biological knowledge in real-life scenarios.
MATERIALS AND METHODS: the study uses a qualitative approach using a combination of curriculum analysis, classroom observations, and student evaluations. Materials include the PISA biology assessment framework, biology curricula from participating schools, and student performance data.
DISCUSSION AND RESULTS: the results show that integrating PISA standards into biology education increases student engagement and understanding. PISA-aligned learning emphasizes inquiry-based learning, critical thinking, and the application of biological concepts to everyday situations.
CONCLUSION: according to the conclusion of the research, organization of educational process in biology education based on PISA standards is useful for developing students' scientific literacy and problem solving ability. Failure to address mental health issues during adolescence has long-lasting consequences that cannot be corrected in adulthood, such processes negatively affect both physical and mental health of the adolescent and limit opportunities for life in adulthood.
Keywords: pisa, creativity, thought, scientific research, innovation, activity, task, analysis, lesson, research, research-competition, experience, creativity, tool, method, idea, experiment.
For citation: Manzura N. Atakulova., Nazifa R. Achilova. (2024) 'Essence of organizing the educational process on the basis of the international assessment program (PIZA) in the process of biology education, Inter education & global study, (4(2)), pp. 145-153. (In Uzbek)._
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lgan yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada O'zbekiston Respublikasida qo'yilayotgan amaliy qadamlarga xalq va oliy ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul qilinishi, Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o'rtasida o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to'g'risidagi kelishuvga erishildi. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o'quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg'unlik asosida baholashni o'z ichiga oladi, bu esa dunyo bo'yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. O'quvchi-talabalarning erishgan yutuqlarini o'rganishda barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali baholanadi.
Ta'limning asosiy vazifasi O'quvchi-talabalarni jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir. Bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» ko'nikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kela jakda hozir hatto mavjud bo'lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda.
PISA tadqiqotidan ko'zlangan asosiy maqsad, ta'lim siyosati va tizimiga yaqqol natijalarga ega, o'quvchilarning kreativ fikrlash borasida xalqaro taqqoslash mumkin bo'lgan ma'lumotni taqdim etishdir. Topshiriq ostidagi kreativ fikrlash jarayoni ta'lim orqali takomillashtirishga moyil bo'lishi kerak; ta'lim jarayoni kontekstidagi ushbu fikrlash jarayonining turli yordamchi omillari aniq belgilanishi va baholashdagi ko'rsatkichlarga bog'liq bo'lishi kerak; baholashda ishlatilgan soha mazmuni (kontenti) oddiy o'rta maktabda o'tiladigan fanlarga chambarchas bog'liq bo'lishi kerak; baholash maktab va hayotda ijodiy yutuqlar borasida prognozlashtirish qiymatiga ega bo'lishi uchun, testlar ham o'quvchi kundalik hayotida, ham sinfda, ham tashqarida, mashg'ul bo'lgan real faoliyatlarga o'xshashi zarur.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
PISA tadqiqotida kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab turkumi borasida ma'lumot yig'ish qiyin, lekin amalga oshirsa bo'ladigan ishdir. PISA ikki qismdan iborat: test va so'rovnoma. Test qismi o'quvchilar g'oya berish, uni tahlil etish va takomillashtirish bilan bog'liq vazifalarda o'zlarining ijodiy yondashuv kognitiv jarayonlarini naqadar ishga sola olishlari haqida ma'lumot beradi. So'rovnoma ushbu ma'lumotni o'quvchi kreativ fikrlashining boshqa yordamchi omillari borasidagi ma'lumot bilan, jumladan, ijodiy yondashuv (ochiqlik, maqsad sari ishtiyoq va ishonch), maktab muhiti haqidagi tasavvurlari, maktab va uning tashqarisida shug'ullanadigan faoliyat kabi ma'lumotlar bilan to'ldiradi. Tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g'oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog'liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi
PISA topshiriqlari - tadqiqotning baholash vositasi: tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik kompetensiyalari; kompetensiya - Bilim - Kontekst - Kognitiv daraja - Savol formati
I.Kompetensiya: hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish (tabiiy yo'nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish; izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardan foydalanish; tegishli prognozlar qilish va asoslash; izohlovchi farazlarni taklif etish.); ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash (berilgan ilmiy tadqiqotda o'rganilayotgan muammoni aniqlash; ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo'lgan savollarni farqlash; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish sulini taklif etish; berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash; ma'lumotlarning ob'yektivligi va ishonchliligini ta'minlashda olimlar tomonidan; qo'llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash); ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish (ma'lum bir ko'rinishdagi ma'lumotlarni boshqa ko'rinishda ifodalash; ma'lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish; ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo'lmagan boshqa qarashlardan farqlay olish; turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, internet)dan olingan ilmiy mulohaza va dalillarni baholash.)
II. Bilim - sistema: tabiiy yo'nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish:
1. Fizik sistemalar (fizika va kimyo) Moddalarning tuzilishi, Moddalarning fizik xossalari, Moddalarning kimyoviy xossalari, Harakat va kuch, masofadan ta'sir ko'rsatish, Energiya va uning transformatsiyasi, Energiya va materiyaning o'zaro ta'siri
2. Tirik sistemalar (biologiya) Hujayralar, Organizmlarning tuzilishi, Odamlar (salomatlik, oziq-ovqat, ovqat hazm qilish organlar sistemasi va b.) Populyatsiyalar (turlar, evolyutsiya, bioxilmaxillik, genetik o'zgarishlar) Ekosistemalar (oziq zanjiri, modda va energiya almashinuvi)
3. Yer va fazo sistemalari (geografiya va astronomiya) Biosfera (ekosistemalarning faoliyati, barqarorlik), Yer qatlamlarining tuzilishi, Energiya Yerdagi o'zgarishlar, Yerning koinotdagi o'rni, Yer tarixi Koinot ko'lami va uning tarixi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (2)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
III. Kontekstlar - shaxsiy, mahalliy, milliy, global
IV. Kognitiv daraja - Pizaning murakkablik darajasi.
V. Savol farmati - test, ha yoki yo'q savol, nuqtalar o'rnini to'idirish, izoh yozish... va hokoza.
Namuna:COVID-19 PANDEMIYASI. SARS-CoV-2, ya'ni og'ir o'tkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Virus grippga o'xshash tarzda yo'talganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli bo'lsa-da, kasallik belgilari paydo bo'lishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo bo'ladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yo'tal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda o'tkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin.
1-savol: Yuqoridagi matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi jadvalda har bir fikr uchun "Ha" yoki "Yo'q" ni aylanaga oling. _
SARS-CoV-2 nima? "Ha"yoki "Yo'q"
Irsiy molekulasi tarkibida Uratsil nukleotidini saqlaydi "Ha"yoki "Yo'q"
Noqulay sharoitda anabioz holatida bo'ladi "Ha"yoki "Yo'q"
Strukturasida S-oqsillar hujayra ichiga kirishda muhim ahamiyatga ega. "Ha"yoki "Yo'q"
O'quvchi-talabalar ushbu savolga javob berishlari uchun Viruslar mavzusidan to"liq bilimlarga ega bo'lislari zarur. Agar o'quvchilar quyidagi ketma-ketlikda uchta to'g'ri javobni belgilashsa, javob to'liq qabul qilinadi (1 ball): Ha, Yo'q, Ha. Javob yo'q yoki boshqa javoblar bo'lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball)
Mazkur topshiriq o'quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan. _
Savolning tartib raqami 1
Kompetensiya Ma'lumot va dalillarni ilmiy talqin qilish
Bilim-sistema Metodologik-Tirik
Kontekst global
Kognitiv daraja O'rta
Savol shakli Ha yoki yo'q
VIRUSNING TARQALISHI. Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar ko'rildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat bo'ylab karantin joriy qilindi, Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yo'lga qo'yildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar e'lon qilindi. Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga ta'sir ko'rsatdi. O'zbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.
2-Savol. Ushbu rasmni diqqat bilan kuzating. O'rganganlaringiz asosida tog^ ri javobni tanlang?
A.Dunyo miqyosida Avstraliya materigida kasallanish holati yuqori bo'lgan
B.Afrika qifasining shimoliy qismidagi aholisi kasallikka ko'proq chalingan
C.Qifalardan uzoqda joylasgan orollarda aholining kasallikka nisbatan juda kam darajada chalinishi kuzatilgan
D.Yevropa qifasida virusga chalinish bo'yicha holat stabil
Baholash mezoni
Ushbu savolga o quvchilar geografiya fanidan xaritada ishlash bo'yicha olgan bilimlari asosida javoblarni tanlashlari zarur. O'quvchilar yuqoridagi rasmni kuzatib A va C javobni belgilashgan bo lishsa (1 ball) to g ri javob. Boshqa holatlarda esa ( 0 ball) noto'g'ri javob bo ladi. Javob qabul qilinmaydi.
Mazkur topshiriq o'quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
Savolning tartib raqami 2
Kompetensiya Ma'lumot va dalillarni ilmiy talqin qilish
Bilim-sistema Metodologik-Tirik
Kontekst global
Kognitiv daraja O'rta
Savol shakli Bir yoki bir nechta to'g'ri javob tanlanadigan
2020 - yil yanvar oyida Moderna kompaniyasi mRNA-1273 deb nomlangan SARS-CoV-2 virusiga qarshi RNK vaksinasi ishlab chiqilganini e'lon qildi. Moderna texnologiyasi bu — SARS-CoV-2 zarralari yuzasida mavjud bo'lgan stabillashgan boshoqli oqsilni kodlash orqali koronaviruga qarshi immunitetni keltirib chiqaradigan mRNA-1273 deb nomlangan nukleozid bilan modifikatsiyalangan RNK (modRNA) birikmasi.
Ushbu e'londan so'ng Modernaning aksiyalari ko'tarilib, bosh direktor va boshqa rahbarlar o'z ulushlarini sotish bo'yicha katta dasturni boshladi.2020-yil mart oyida AQSh Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti bilan hamkorlikda odamlarda mRNA-1273'ning I bosqich sinovlari boshlandi. Aprel oyida AQShning Biotibbiy ilg'or tadqiqotlar va ishlab chiqish ma'muriyati (BARDA) Moderna vaksinasini yaratish uchun 483 million dollargacha mablag' ajratdi. May oyida boshlanishi kerak bo'lgan II bosqichni dozalash va samaradorligini o'rganish rejalari aniqlandi. Moderna shveysariyalik vaktsinalarni ishlab chiqaruvchi Lonza Group bilan yiliga 300 million dozani etkazib berish bo'yicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. 2020-yil 25-mayda Moderna kompaniyasi 600 nafar katta yoshli ishtirokchilar bilan vaktsinaning ikki dozasi mRNA-1273'ga qarshi antikor reaksiyasining xavfsizligini va farqlarini baholash uchun Ila bosqichini boshladi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
3-savol Modern vaksinasi matnini yaxshilab o qing. Vaksina yaratishda qanday usullardan foydalanganliklarini yozing?
Baholash mezoni
O'quvchi-talabalar ushbu savolgan turlicha fikr mulohazalar keltirishlari mumkin. Ular ichida: zamonaviy biotexnologik usul yordamida vaksina yaratildi; gen injeneriyasidan foydalanildi; transformatsiya hodisasi yuz bergan kabi javoblarni bersa (1 ball) to'g'ri hisoblanadi qolgan holatlarda esa (0 ball) noto'g'ri javob bo"lib hisobga olinmaydi.
Mazkur topshiriq o'quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan.__
Savolning tartib raqami 3
Kompetensiya Ma'lumot va dalillarni ilmiy talqin qilish
Bilim-sistema Metodologik-Tirik
Kontekst global
Kognitiv daraja O'rta
Savol shakli Javobni tanlang
4-savol. Quyidagi ma'lumotlarga qanchalik darajada qiziqasiz?Har bir qatorda
Malumotlar Juda qiziq Qiziq Unchalik emas Qiziq emas
1 Yuqumli infeksiyali kasalliklarga qarshi vaksina qilinishning samaradorligi
2 Yuqumli infeksiyali kasalliklar oqibatida demografik ko'rsatkichlarning o'zgarib turishi
3 Ommaviy qirg'inga sabab bo'luvchi kasalliklar va ularning tarixi
Mazkur topshiriq o'quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
Savolning tartib raqami 4
Kompetensiya Ma'lumot va dalillarni ilmiy talqin qilish
Bilim-sistema Metodologik-Tirik
Kontekst shaxsiy
Kognitiv daraja O'rta
Savol shakli Bir yoki bir nechta to'g'ri javob tanlanadigan
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, o'quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan kreativ topshiriqlardan foydalanish o'quv jarayonini hamda darsdan tashqari mashg'ulotlarni samarasini tashkil etishda va talabalarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini va faoliyatini rivojlantirishda ma'lum maqsadlarga erishishga yordam beradi, talabalarning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni yanada yaxshi natijalarga erishishga yo'naltiradi.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va ta'lim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir. Demak, tug'ma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin bo'lgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga ko'proq urg'u berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo'nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bog'liq vazifalarga asosiy e'tiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan ta'lim kontekstiga, balki g'oya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador bo'lgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ta'lim jarayonida tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarning tafakkurini oshirish orqali dars jarayonlarini tashkil etish hozirgi zamon talablaridan biri hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi (PISA 2021 Creative Thinking Framework (Third Draft))/ Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti/Umumiy tahrir -U.Sharifxodjayev, D.Norboyeva / Tarjima - M. Maxsudov/ Xalq ta'limi vazirligi -Toshkent, 2020-yil, 76 bet.
2. M.N.Ataqulova., M.F.Baxodirovna, THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE THINKING IN TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES. International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 170-174.
3. TDPU huzuridagi tarmoq markazi dotsenti, p.f.n., M.Usmonboeva, katta o'qituvchi A.To'raev "Kreativ pedagogika asoslari"moduli bo'yicha O'quv - uslubiy qo'llanma 2016 yil.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Manzura Ataqulova Ne'matovna, dotsent, Nazifa Achilova Rahmonqulovna, magistrant [Манзура Атакулова Неъматовна, доцент, Назифа Ачилова Рахмонкуловна, магистрант], [Manzura N.Atakulova, assistant professor, Nazifa R. Achilova, master student]; manzil: 210100,O'zbekiston, Navoiy sh., Ibn SIno ko'chasi 45] [адрес: 210100, Узбекистан, Ташкент, г. Навои, ул. Ибн Сины, 45], [address: 210100, Uzbekistan, Navoi sh., 45 Ibn Sino street ]; e-mail: manzuraataqulova@gmail.com achilovanazifa@mail.ru