Научная статья на тему 'INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI YOSHLARDA CHET TILLARINI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHNI UYG’OTISH'

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI YOSHLARDA CHET TILLARINI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHNI UYG’OTISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsiya / texnologiya / sun’iy intelekt / mobil ilova / elektron doska / Zoom platformasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Omonova Laylo Xasanovna, Sattorova Dildora Bahron Qizi

So‘nggi yillarda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan talabning ortishi til o‘rgatishda va o‘rganishda yangidan yangi innovatsiya va texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada shu kabi zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘quv jarayonida qanchalik ahamiyatga ega ekanligi va ulardan samarali foydalanish yo‘llari haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI YOSHLARDA CHET TILLARINI O’RGANISHGA BO’LGAN QIZIQISHNI UYG’OTISH»

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ORQALI YOSHLARDA CHET TILLARINI O'RGANISHGA BO'LGAN QIZIQISHNI

UYG'OTISH

*Omonova Laylo Xasanovna, 2Sattorova Dildora Bahron qizi

1,2"TIQXMMT Milliy tadqiqot universiteti Ingliz tili kafedrasi asistent o'qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11219501

Annotatsiya. So'nggi yillarda chet tillarini o'rganishga bo'lgan talabning ortishi til o'rgatishda va o'rganishda yangidan yangi innovatsiya va texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini oshirmoqda. Ushbu maqolada shu kabi zamonaviy ta'lim texnologiyalarining o'quv jarayonida qanchalik ahamiyatga ega ekanligi va ulardan samarali foydalanish yo'llari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Innovatsiya, texnologiya, sun'iy intelekt, mobil ilova, elektron doska, Zoom platformasi

Аннотация. В последние годы возросший спрос на изучение иностранных языков увеличил необходимость использования новых инноваций и технологий в преподавании и изучении языков. В данной статье рассказывается о том, насколько важны такие современные образовательные технологии в образовательном процессе и как их эффективно использовать.

Ключевые слова: Инновации, технологии, искусственный интеллект, мобильное приложение, электронная доска, платформа Zoom.

Abstract. In recent years, the growth in demand for teaching and learning foreign languages has been increasing the importance of using innovative technologies. This article provides information on how such educational technologies are crucial in the learning and teaching process as well as the use of them effectively

Keywords: Innovation, technology, AI (Artificial intelligence), mobile app, electron board, Zoom platform.

Hozirgi kunda innavatsion texnologiyalar asrida ilmga chanqoq yoshlarning til o'rganishga bo'lgan qiziqishlari kun sayin oshib bormoqda. Chunki, til bilish orqali ular o'zlari istagan ta'lim yo'nalishida yoki ta'lim dargohlarida ilm olishlari, tajriba almashishlari mumkin. Zero, xalqimizda ''Til bilgan el biladi" degan naql bejizga emas. Hozirgi globallashuv jarayonida yoshlarimiz nafaqat birgina chet tilini, balki bir nechta chet tillarini mukammal o'zlashtirmoqdalar. Atrofimizda til o'rganuvchi kishilar, ayniqsa yoshlar kundan kunga ko'payib bormoqda. Ingliz tilini o'zlashtirish kurslari tashkil etilgani, o'quv kurslarini ko'payganiga ko'zingiz tushadi. Bu ham bejizga emas. Ingliz tili dunyo tiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz respublika va jahon olimpiadalarida bilimlarini sinab yuqori pog'onalarni zabt etmoqdalar. Xususan, ingliz tilidan til bilish sertifikatlarining (IELTS, CEFR multi level) eng yuqori C1, C2 darajalariga ega bo'lishmoqda. Bu albatta ta'lim sohasida yaratib berilgan shart - sharoitlar natijasidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" Farmoni bunga yaqqol misol bo'ladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida", "Innovatsion faoliyat to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi. Qabul qilingan uzoq muddatli dasturlarning amalga oshirilishi natijasida yuz beradigan tizimli o'zgarishlar, xususan O'zbekiston Respublikasi ilm - fan hamda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyalarida ko'zda tutilgan islohotlar oliy ta'lim tizimi qamrovi, sifati va salohiyatini tubdan o'zgartirishi hamda pirovardida zamonaviy bilimga ega oliy ma'lumotli, ilmiy salohiyatli bitiruvchilar sonining keskin ortishiga olib keldi.

Shubhasiz, XXI asrni innavatsiyon texnologiyalar asri desak mubolag'a bo'lmaydi. Har jabhada texnologiyalar yaratilib ular har bir sohada qo'llanilmoqda va natijada katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta'lim tarbiya jarayonlarida ham keng ravishda foydalanilishi o'zining ijobiy natijasini bermoqda. Innovatsion texnologiyalarni qo'llash, bilimni o'quvchi talabalarga oson va qiyinchiliksiz egallashlari va bir nechta maqsadlarga yetishish imkoniyatini bermoqda.

Innovatsiya inglizcha so'z bo'lib yangilik kiritish, yangilik degan ma'noni ifodalaydi, texnologiya so'zi esa yunoncha so'z bo'lib, "texnos" - san'at, mahorat va "logos" - fan so'zlaridan olingan bo'lib, innovatsion texnologiya - "ta'lim tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish" degan ma'noni bildiradi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritishdir. Ta'limda innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali o'qituvchi berayotgan bilimi o'quvchi talabalarida yanada mustahkamlanishini ta'minlagan bo'ladi. O'qituvchi faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko'p bo'lsa, mazmun shunchalik oshadi. Ayniqsa, hozir shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarni qo'llash kundan kunga kuchayib bormoqda.

Zamonaviy texnologiyalar o'quvchi talabalarni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil ravishda o'rganib, ularni yanada ma'lumotlar bilan boyitishlariga o'rgatadi. Bunda ta'lim jarayonida o'quvchi talaba darsdan tashqari o'zi mustaqil ravishda izlanadi. Bunday interaktiv metodlar o'quvchi talabalarning bilimli, yetuk mutaxassis bo'lishlarini ta'minlaydi. Har bir fan doirasida innovatsion texnologiyalarni qo'llash darslarga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Ilm dargohlarining moddiy texnika bazasi yaxshilandi. Maktablar, litseylar, oliy o'quv yurtlarining deyarli ko'pchiligi komyuterlar, elektron doskalar, televizorlar bilan ta'minlangan. Ayniqsa, o'z ona tilisiga yot bo'lgan boshqa bir tilni o'rganayotgan o'quvchi talabalarda bunday shart-sharoitli xonalarda ilm olishlari, tilni mukammal o'rganishga hissa qo'shadi. Ayniqsa, lingofon xonalarini kerakli jihozlar bilan ta'minlanganligi tilni o'rganayotgan yoshlarda eshitish (listening skill) mahoratini o'sishiga ta'sir qiladi. Xonalardagi elektron doska, televizorlarda dars mobaynida nafaqat yangi mavzu yuzasidan taqdimotlar, balki mavzuga doir video roliklar ham ko'rsatiladi. Bu esa tilni o'rganishga qiziqishi bo'lmagan o'quvchi talabani ham o'ziga jalb etadi. Innovatsion texnologiyadan foydalanish chet tili o'rganishning har bir aspect (o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) ida qo'l keladi. Masalan, tinglab tushunishda til o'rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o'qituvchi tomonidan berilgan vazifa yuzasidan "til egalari" audiolari eshittirilib o'quvchi talaba shu eshitgan audiolari yuzasidan vazifani bajaradi. Bunda bir paytning o'zida so'zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so'z boyligi va uning ma'nolariga e'tibor berishi talab qilinadi. Chet tilini innovatsion texnologiyalardan foydalanib o'rgatish va o'rganish eng samarador usullardan biri.

Bu jarayonda, jumladan:

- Kompyuterdan foydalanganda o'quvchi talabalar chet tilidagi video roliklar, dialoglar, kino, multfllmlarni ko'rishlari, ham eshitishlari mumkin.

- Shuningdek, chet tilidagi radio eshittirishlar va dasturlarni tomosha qilishlari mumkin

- Mavzuga doir slaydlar, ma'lumotlarni ko'rib yanada bilimlarini mustahkamlaydilar.

- Zoom platformasi orqali chet tilidagi masofaviy konferensiyalarda ham bevosita qatnashishlari mumkin.

- Dars davomida mavzu yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar kerak bo'lsa, internet orqali birdan ma'lumotlarni topishlari mumkin.

- Kino, multfilm, video roliklarni subtitrlari bilan ko'rganda ularni nafaqat yaxshi tushunishlari, balki yangi so'z va iboralarni ham o'rganib olishlari mumkin.

- Mobil qurilmalar va ilovalar til o'rganishni yanada qulay va moslashuvchan qildi. O'quvchi yoshlar til o'rganish materiallaridan istalgan vaqtda, istalgan joyda foydalanishlari mumkin, ya'ni uyda, moshinada, yo'lda, qayerda bo'lishlaridan qat'i nazar ularga mashq qilish va til ko'nikmalarini mustahkamlash imkonini beradi.

- Mobil ilovalar til o'rganishni qo'llab-quvvatlash uchun turli xil o'rganish uslublari va afzalliklarini qondirish uchun bir qator interaktiv mashqlar, o'yinlar va resurslarni taklif qiladi.

- Yana qo'shimcha qiladigan bo'lsak xorijiy tillarni ham mobil ilovalardan foydalangan holda o'quv kurslarga bormasdan o'rganish mumkin. Bu albatta, til o'rganuvchining qiziqishiga bog'liq.

Bularga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, bugungi kunda eng ko'p qo'llanilayotgan innovatsiyalardan yana biri bu sun'iy intelektdir (AI). Bu orqali til o'rganayotgan talaba yoki o'quvchi interaktiv va immersive o'rganish tajribalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'quvchi sun'iy intelekt tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan dasturlardan foydalanish orqali content bilan yanada dinamik va jozibali tarzda shug'ullanishlari mumkin. Ammo, ta'limda sun'iy intelektdan me'yorga amal qilgan holda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aks holda, doimiy sun'iy intelektdan foydalanish plagat yoki mualliflik bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ya'ni, talaba sun'iy intelektdan faqatgina qo'shimcha ma'lumotlar, yo'l-yo'riq yoki ko'rsatmalar olgan holda ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish orqali o'zlarining shaxsiy ishlarini yaratishlari lozim. Sun'iy intelektning erta ta'limga integratsiyalashuvi ta'limga bo'lgan yondashuvning tub o'zgarishlarni anglatadi. Ushbu innovatsiyaning mumkin bo'lgan imtiyozlari sezilarli darajada katta, jumladan, shaxsiylashtirilgan o'rganish yo'llari, interfaol tajribalar va o'qituvchini qo'llab-quvvatlash kabilardir.

Shu o'rinda sun'iy intelektning ta'limdagi roli o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabat haqida fikr yuritishga undaydi. Bugungi kundagi texnologiyaga asoslangan ta'lim o'rtasida muqobil munosabatni saqlash va o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi insoniy aloqani saqlab qolish juda muhimdir. Ta'lim texnologiyalari o'qituvchining yosh ongni tarbiyalashdagi muhim rolini almashtirishi emas, aksincha, to'ldirishi kerak. O'qituvchilar berilgan vazifalarni soddalashtirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanishlari mumkin, bu ularga individuallashtirilgan ko'rsatmalar va murabbiylikka ko'proq e'tibor qaratish imkonini beradi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, chet tillarini o'quvchilarga o'rgatishda sun'iy intelekt va innovatsion texnologiyalarning integratsiyasi o'quvchilar va o'qituvchilar uchun tezkor va qiziqarli fikr-mulohaza, interaktiv amaliyot va kengaytirilgan kontent yaratish kabi qator

imtiyozlarni taqdim etadi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish til ta'limini o'zgartirib, o'quvchilarga til ko'nikmalarini oshirishning samarali usullarini taklif qilmoqda. Texnologiyalar rivojlanishda davom etar ekan, ular til o'rganishda tobora muhim rol o'ynab, til o'rganish va o'qitishni qo'llab-quvvatlashning innovatsion va samarali usullarini taqdim etaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6 - iyuldagi PF - 165 son Farmoni

2. Bekmuratova U.B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusidagi referat. Toshkent - 2012 yil

3. N.Q. Xatamova, M.N. Mirzayeva. "Ingliz tili darslarida qo'llaniladigan interfaol usullar" (uslubiy qo'llanma), Navoiy, 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.