PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA TURIZM SALOHIYATIDAN FOYDALANISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ibrohimjon Jo'raboev Baxtiyor Sharipov
Toshkent amaliy fanlar, Universiteti "umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi dotsenti Toshkent amaliy fanlar, Universiteti "umumiqtisodiyot fanlar" kafedrasi dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.13353103 Annotatsiya: Maqolada turizmning innovatsion rivojlanishi sharoitida sodir bo'layotgan o'zgarishlarning turizm salohiyatiga ta'sirii, sifatli xizmat ko'rsatish negizida baholash masalalari ko'rilgan bo'lib, turizmda turistik faoliyatni baholash mexanizmi o'rganilgan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm sohalarining innovatsion o'ziga xos xususiyatlari asosida turizmning maqbul rivojlanishiga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: turizm, innovatsion rivojlanish, turizm salohiyati, sifatli xizmat, baholash jarayonlari, turistik faoliyat, baholash mexanizmi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, turizm sohalari, turizmning maqbul rivojlanishi.
KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda turizm industriyasini sifat va miqdor jihatdan yangi pog'onaga ko'tarish yuzasidan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlar bilan multiplikativ ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ifodalaydi, hamda barcha makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'sish sur'atlariga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish vazifalari dolzarbligin belgilaydi. Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish mamlakat milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishga ko'maklashadi. Bu borada milliy turizmni innovatsion rivojlantirish va uning jahon bozoridagi pozitsiyasini mustahkamlab borish, ko'hna tariximiz va boy madaniy merosimiz, mintaqalarning o'ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda turizm sohasini jadal rivojlantirish, mintaqalarni muayyan tarixiy-turistik belgilar asosida rayonlashtirish kabi masalalarga bag'ishlangan ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish dolzarb hisoblanadi
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida turizm industriyasini pivojlanishi va takomillashishining asosiy yo'nalishlapi, shuningdek, mavjud bozoplap imkoniyatlapidan foydalanishni yanada yaxshilash yo'llari va kengaytirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa faoliyat sohalariga ta'sir qiladi. O'zbekiston sharoitida turizm sohalarining innovatsion o'ziga xos xususiyatlari asosida turizmning maqbul rivojlanishi va ular bozorini tashkil qilish masalalarining ma'lum bir tomonlari olimlardan N.Tuxliev, D.X.Aslanova, B.Sh.Safarov, M.T.Alimova, A.A.Eshtaev va boshqalar ishlarida ko'rilgan. Ammo innovatsion rivojlanish sharoitida turizm salohiyatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va samarali ishlashini ta'min etish ilmiy ishlarda o'rganilmagan va bu muammoni o'rganishga
e'tiborning qaratilishi shu kun talablaridan kelib chiqadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolaning metodologiyasi ilmiy va tobora ommalashib borayotgan manbalarni tahlil qilishdan boshlab, milliy iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalar, jumladan, turizm industriyasini pivojlantirish va uning salohiyatidan foydalanish mexanizmlari ahamiyati va rolini tahlil qiladi.
Innovatsion rivojlanish sharoitida turizm salohiyatidan foydalanish jarayonlariini tahlil qilish usullari, turizmni rivojlantirish bo'yicha ishchi dasturlar va qo'llanmalar, zamonaviy veb-vositalardan investitsiya samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida foydalanish bo'yicha iqtisodiy tajribani umumlashtirish, ushbu tadqiqot muammosi bo'yicha investorlar bilan suhbatlar usullari ham qo'llanildi. Shundan kelib chiqqan holda, maqoladagi asosiy g'oyalar va natijalar turizm industriyasini pivojlantirish faoliyatini yaxshilash va takomillashtipishga qaratilgan yo'llanmalapni ishlab chiqishda uslubiy asos hisoblanib, muallifning tavsiyalari hozirgi zamon marketing tamoyillari va boshqa bozor vositalari asosida turizm bozopini takomillashgan rivojlanishga yetkazish bo'yicha nazariy va amaliy qo'llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
TAHLIL VA NATIJALAR
Globallashuv jarayoni tobora chuqurlashib, xalqaro madaniy aloqalarning kengayib borishi sharoitida turizm industriyasi jahonda jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Jahon sayyohlik tashkiloti (JST) ma'lumotlariga ko'ra, "jahon tovarlar va xizmatlar eksportida turizm to'rtinchi o'rinni, daromadlilik bo'yicha esa uchinchi o'rinni egallaydi. 2020 yil uning jahon YaIMdagi ulushi 11,3% (8,8 trln. $)ni tashkil qildi"1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda turizm sohasi iqtisodiyotning yuqori daromadli sektori hisoblanib, jahon tovarlar va xizmatlar bozorining jadallashishiga, aholining ish bilan bandligini ta'minlashga, jahonning turli davlatlari va
http://www.unwto.org
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
mintaqalari o'rtasidagi uzviy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda turizm bo'yicha iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etishda innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning muhim shartlaridan biri bo'lib qolmoqda.
"Hozirgi vaqtda xalqaro amaliyotda Sayohatlar va turizm statistikasi bo'yicha xalqaro konferentsiyada (Ottava, 1991 y.) ishlab chiqilgan hamda JST va BMT Statistika komissiyasi tomonidan ma'qullangan ta'rif keng qo'llanadi. Ushbu ta'rifga muvofiq, sayyoh - bu tashrif buyuruvchi, ya'ni o'zining odatiy muhitidan tashqarida joylashgan makonlarga, o'sha joydagi manbalardan haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanishdan tashqari, istalgan maqsadlarda 12 oydan ortiq bo'lmagan muddat davomida sayohat qiluvchi va o'sha yerda bo'lib turuvchi shaxsdir"2.
Turizmning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
1.Makonning odatiy yashash joyi chegarasidan tashqarida o'zgarishi.
2.Kishilarning yetarlicha qisqa vaqt oralig'ida ko'chib yurishi. Statistika bo'yicha dam olish kuni turizmi (2-3 kun) eng katta ulushni egallaydi, undan keyingi o'rinda turistik safarlar (6-7 kun) turadi, eng kam ulush 8-12 kunlik safarlar hissasiga to'g'ri keladi.
3.Tashrif buyurilgan joy doimiy yoki uzoq muddatli yashash joyi bo'lmasligi kerak.
4.Safarning bosh maqsadi tashrif buyurilayotgan joydagi manbadan haq to'lanadigan faoliyatni amalga oshirish bo'lmasligi kerak.
Nisbatan past daromadli mamlakatlar va mintaqalarga sayyohlar oqimining jadal o'sib borayotgani turizm industriyasi global darajada rivojlanayotganining muhim xususiyatidir. Bu esa, asosan, mehnat xarajatlari kam bo'lgan bunday mamlakatlar va mintaqalarda turistik xizmatlarning ancha arzonligi, aksariyat hollarda rivojlanayotgan mamlakatlarning ilgari foydalanilmagan yoki sust foydalanilgan sayyohlik resurslarining turizm industriyasiga jalb etilishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ayrim mamlakatlarda bozor kon'yunkturasi, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy siyosat dastaklari ta'siri ostida kengayib borayotgan turistlar oqimi muammoli - qoloq yoki turg'unlikda qolgan mintaqalarga yo'naltirilishi mumkin bo'lib, ushbu holat ularni rivojlantirishga ko'maklashadi.
Mamlakatda turizm sohasini muvaffaqiyatli rivojlantirishning eng muhim sharti zaruriy me'yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida qo'llanayotgan turizm turlari ro'yxatini kengaytirish bo'yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida an'anaviy madaniy-tarixiy turizm bilan bir qatorda turizmning ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, sport,
davolash-sog'lomlashtirish, qishloq xo'jaligi, sanoat, ishbilarmonlik kabi boshqa salohiyatli turlarini jadal rivojlantirish ko'zda tutilgan3.
4
So'nggi yillarda turizm tarmog'ining moddiy-texnika bazasi, infratuzilmasi sezilarli mustahkamlandi. 2022 yil noyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda 939 ta mehmonxona va unga o'xshash joylashtirish vositalari mavjud edi. Ularning bir vaqtning o'zida qabul qilish sig'imi 17779 ta nomer (xona) va 34898 ta yotoq o'rnini tashkil qiladi. Bu boradagi eng yuqori ko'rsatkich Toshkent shahri (19,8%), Samarqand (16,4%) va Buxoro (15,4%) viloyatlari, eng kami esa Jizzax (2,8%), Namangan (2,8%) va Sirdaryo viloyatlari (1,6%) hissasiga to'g'ri keladi.5 2015 yilga nisbatan 2022 yil boshida mehmonxonalar va muqobil joylashtirish vositalari soni 1224 birlikka va 42745 yotoq o'rniga yetdi. 2020 yil natijalariga ko'ra, joylashtirish vositalarining eng ko'pi Toshkent shahriga (20,5%), Buxoro (17,1%) va Samarqand (14,5%) viloyatlariga, eng kami Sirdaryo (1,5%), Andijon (3,1%) va Namangan (3,2%) viloyatlariga to'g'ri keladi.
Respublikaning turizm salohiyatini baholash muayyan mintaqa va butun mamlakat miqyosida turizm sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash uchun asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Turizm salohiyatini aniqlashning to'g'riligi tanlab olingan mazkur tarmoqni rivojlantirish omillarining muhimligiga va statistik ma'lumotlarning ishonchliligiga bevosita bog'liq.
Jadval ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadiki, turizm salohiyati darajasi bo'yicha yetakchi mintaqalarga Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari kiradi. Eng past ko'rsatkichlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etilganiga qaramay, nazarimizda ushbu mintaqalarda agroetnografik turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Jadval: O'zbekiston mintaqalarining turizm infratuzilmasi salohiyati6_
Mintaqal ar
Mintaqala Mintaq Mintaq
r bo'yicha alar alar
sayyohlik bo'yich bo'yich
firmalari a a
va mehmo sanator
tashkilotl nxona iy-
arining va kurort
soni muqobil muassa
Mintaq aning turizm salohiy ati
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2
dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4861-sonli farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari to'plami, 2016, № 49, 558-b, 2017 № 1, 3-b.
5 Обсуждается проект Концепции развития туризма /
«Газета.уз». - 2017. - 22 февраля.
2 Aleksandrova A.YU. Geografiya turizma. Press, 2002. - S. 6-7.
M.: Aspekt
6 Davstatqo'mitaning turizm" ma'lumotlari tuzilgan.
"2019 yilda O'zbekistonda asosida muallif tomonidan
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
joylasht irish vositala ri o'rinlari soni salari o'rinlar i soni
Qoraqalpo g'iston Respublik asi 0,017 0,135 0,168 0,073
Andijon 0,010 0,076 0,170 0,050
Buxoro 0,062 0,250 0,091 0,112
Jizzax 0,007 0,055 0,159 0,039
Qashqadar yo 0,014 0,120 0,214 0,071
Navoiy 0,010 0,111 0,139 0,054
Namangan 0,003 0,098 0,544 0,054
Samarqan d 0,178 0,418 0,352 0,297
Surxondar yo 0,014 0,124 0,158 0,065
Sirdaryo 0,003 0,016 0,002 0,005
Toshkent 0,017 0,238 0,942 0,156
Farg'ona 0,014 0,147 1 0,127
Xorazm 0,014 0,189 0,086 0,061
Toshkent sh. 1 1 0,668 0,874
Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, shu jumladan, turizm sohasida ham faol hududiy siljishlarga qaramay, O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda quyidagi qator muammolar va ishlatilmagan imkoniyatlar mavjud:
Turistik talabni rag'batlantirish imkoniyatlari:
Ichki turizm rivojlanishini faollashtirish strategiyasi. U ko'p jihatdan aholining aksariyat qismida hozircha yo'q bo'lgan sayohat qilish odatini paydo qilish bilan bog'liq.
Shahar va qishloq aholisining daromadlari o'rtasidagi farqni kamaytirish zarurati. U qishloq aholisi orasida sayyohlarning potentsial sonini ko'paytiradi.
Mintaqalarda bandlikni oshirish imkoniyatlari.
Boy tarixiy va madaniy meros to'g'risidagi bilimlarning hozircha yetarli bo'lmagan darajasini oshirishning maqsadga muvofiqligi.
Taklif etiladigan turistik xizmatlar va tutash tarmoqlar mahsulotlari sonini oshirish va sifatini yaxshilashni ta'minlaydigan turistik klasterni modernizatsiyalash muammolari va imkoniyatlari:
Xizmatlar sifati darajasining xalqaro standartlarga yetarli darajada muvofiq emasligi.
Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish zarurati.
Yo'l-transport infratuzilmasining rivojlanmaganligi.
3 a. Avtoturizmni rivojlantirish uchun kempinglarning mavjud emasligi.
3b. O'zbekistonga aviachiptalar narxining qimmatligi.
Mehmonxona sanoatidagi yuqori narxlar.
Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanmagan-ligi.
Sayohatga mo'ljallangan toifadagi mahalliy avtobuslar va boshqa, masalan, karavaning uchun avtotransport vositalari ishlab chiqarishni tashkil qilish zarurati.
O'zbekistonda sayyohlar tomonidan talab yuqori bo'lgan kiyim-kechak, sport jihozlari (masalan, alpinizm uchun mo'ljallangan asbob-anjomlar), ko'rpa-to'shak, mebel, mehmonxona asbob-uskunalari va boshqa mahsulotlarning har xil turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish yoki tashkil qilish (mavjud bo'lmagan taqdirda) imkoniyati;
Turmahsulot sifatining yuqori narxlarga mos emasligi
Xizmatlar sohasi turlari kesimida statistik ma'lumotlarning yo'qligi. Bu turistik klaster rivojlanishini boshqarishni qiyinlashtiradi.
Turizm xizmatlariga talab va taklifning o'sishiga to'sqinlik qiluvchi muammolar:
Turizm xizmatlarining potentsial xaridorlari va yetkazib beruvchilarining yangi turizm turlari haqida sust xabardorligi.
Mintaqalarda turizm sohasi bir tekisda rivojlanmagani.
Mintaqaviy turizmning targ'ib va reklama qilinmasligi.
Ekologiyaning yomonlashishi va atrof-muhitning ifloslanishi.
Insonlarning ma'naviy rivojlanishiga
globallashuvning ziddiyatli ta'siri.
Agrar va etnografik turizm birlashtirilganda biz turizmning agroetnografik turiga ega bo'lamiz. Mazkur turizm turi qishloq joyda yashash, qishloq mehnatida qatnashish, mahalliy xalqning tarixi, madaniyati va san'ati, urf-odatlari va an'analari, milliy ashula va raqslari bilan tanishish, shuningdek, xalq bayramlari va sayllarida ishtirok etishni nazarda tutadi.
Agroetnografik turizmning qishloq hududlari rivojiga ko'rsatadigan ta'siri:
Turistik klaster tarmoqlarida ishlab chiqarishning ortishi;
Qishloq aholisining bandlik darajasi oshishi;
Aholi daromadlari va turmush darajasining oshishi;
Yashash sharoitlarining yaxshilanishiga ta'sir etish;
Mintaqaning investitsion jozibadorligi oshishi;
Qishloq aholisining o'ziga beradigan bahosi oshishi;
Milliy madaniy an'analarni targ'ib va reklama qilish;
Kishilarning yangi bilimlarni egallashi va malakasi oshishi;
Qishloq va yirik shaharlar aholisining o'zaro muloqoti orqali bir-birini madaniy va ruhiy jihatdan boyitish samarasi;
O'zbekistonning qishloq aholisi ko'p bo'lgan hududlari va mintaqalari iqtisodiyoti o'sishining jadallashuvi.
O'zbekiston mintaqalarida turizm sohasini rivojlantirishning navbatdagi ustuvor yo'nalishi karavaningni rivojlantirishdir.
"Karavaning" so'zi inglizcha caravan - furgon, vagoncha so'zidan kelib chiqqan. Karavaning -
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
g'ildiraklar ustiga qurilgan uyda harakatlanish va yashash bilan bog'liq sayohatdir. Bunday sayohat sub'ektlari karavanerlar deb ataladi.7
Kutilayotgan natijalar:
1. Karavaning har xil turdagi turistik sayohatlarni, ya'ni sport turizmi, ekologik turizm, madaniy-o'rganish turizmi, agroturizm, etnografik turizm va boshqalarni rivojlantirishga yordam beradi.
2. Karavaning sayyohlarni joylashtirish vositasi sifatida qo'llanishi mumkin.
3. Karavaning ichki turizm o'sishini rag'batlantiradi.
4. Karavaning mintaqalarda xususiy tadbirkorlikni kengaytirishga va bandlik darajasini oshirishga ko'maklashadi.
5. Karavaning qishloq aholisi turmush darajasi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
O'zbekiston mintaqalarida turizm sohasini rivojlantirishning uchinchi ustuvor yo'nalishi sifatida biz "Culture house", ya'ni "Madaniyat mehmonxonasi" nomi ostida tematik mehmonxonalarni tashkil qilishni taklif etamiz.
Quyidagi vazifalarni hal etish imkoniyatini beruvchi mazkur innovatsion ilmiy loyihani tatbiq etishdan kutiladigan natijalar:
1. Milliy va chet ellik investorlar uchun O'zbekistonning investitsion jozibadorligi ortishi;
2. Aholi bandligi darajasining oshishi;
3. Mintaqalarda qulay iqtisodiy sharoitlar yaratilishi;
4. Turizmning oziq-ovqat, tibbiy, madaniy, etnografik turlari rivojlanishi;
5. Aholining turmush darajasi va yashash sifati oshishi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib shuni qayd qilamizki:
O'zbekiston Respublikasi turizm industriyasini rivojlantirish bo'yicha 2025 yilgacha bo'lgan davr uchun prognoz ko'rsatkichlari shakllantirish yuzasidan taqdim etilgan chora-tadbirlar, jumladan, turizm industriyasini jadal rivojlantirishning ustuvor va strategik yo'nalishlari turizm industriyasini rivojlantirish uchun qonunchilik, iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy sharoitlarni yaratish muhimligiga asoslanadi;
o'rta muddatda turistik mahsulotlar turlarini diversifikatsiyalash, xorijiy va ichki investitsiyalarni ko'paytirish, turistik infratuzilmani takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish, mamlakatning xalqaro maydonda turistik mavqeini oshirish hisobiga turizmning rivojlanish omillari turizm industriyasi barcha ko'rsatkichlarining jadal o'sishini ta'minlaydi;
2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini yuksaltirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ulushini oshirish, xizmatlarni
diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratiladi.
Shunday qilib, taqdim etilgan innovatsion takliflar iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O'zbekiston mintaqalarida turizm sohasi rivojlanishini jadallashtirishga ko'maklashadi. Turizm klasterini shakllantirish mamlakat mintaqalarining iqtisodiy o'sishi uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilib, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.
ADABIYOTLAR:
[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-sonli farmoni.
[2] Aleksandrova A.Yu. Geografiya turizma. M.: Aspekt Press, 2002. - S. 6-7.
[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4861-sonli farmoni//
[4] O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari to'plami, 2016, № 49, 558-b, 2017 № 1, 3-b.
[5] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4861-sonli farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari to'plami, 2016, № 49, 558-b, 2017 № 1, 3-b.
7 http://svastour.ru